✅ PYTHON dasturlash tilini o'rganishni xohlaysizmi?
🕒 Vaqtingiz cheklanganmi? Hech qisi yo'q! Bizning yopiq guruhimizda va ochiq kanalimizda asosiy narsalarni tez va samarali o'rganing!
Kursning afzalliklari:
📚 Oddiy va tushunarli tushuntirish
⚡️ Har bir dars amaliyotga qaratilgan
💻 Uyda yoki istalgan joyda o'rganish imkoniyati
👨🏼💻 Kimlar uchun?
Bukurs dasturlashni boshlashni xohlaydigan yangi boshlovchilar uchun juda mos keladi!
💥 Kursimiz mutloqo tekin.
Biz bilan boshlang - o'zingizni yangi darajaga olib chiqing!
Hoziroq bizga qoshiling - @sadikovcoder

👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 5 yil ichida ishsiz qolmaslik uchun nima qilish kerak? | Alisher Tojiyev
👍2
Forwarded from المودّة
#Tafakkur
Hayot Dasturchisini taniysizmi?
Bir kuni professor tez orada oliygohni bitiradigan talabalariga shunday dedi:
– Umid qilamanki, siz ajoyib kompyuter muhandisi, yaxshi dasturchi, malakali tarmoq mutaxassisi yoki tajribali tizim ma’muri bo‘lasiz. Lekin shu paytgacha sizga aytilmagan bir gap bor: Yerni yaratgan, Quyoshni quvvat manbaiga aylantirgan va Oyni tizimli soat kabi ishlatib qo‘ygan bir Zot bor. Biz his qilayotgan hayoti dunyo Borliq Ijodkorining cheksiz bilimi va mahoratidan dalolat beradi.
U Zot shu qadar ajoyib dasturchiki, U yaratgan dastur minglab yillar davomida hech bir xatosiz va muammosiz ishlamoqda.
Uning naqadar yaxshi dasturchi ekanligini anglamoqchi bo‘lsangiz, avvalo o‘zingizga boqing. Sizning barcha kodlaringiz hatto o‘zingiz ham ko‘rmaydigan juda kichik hujayrada saqlanadi. DNK – bu dastur va albatta har bir dasturning ijodkori bor. Hujayralaringizda muloqot qilish, ko‘rish, eshitish va boshqa hislarni tuyish imkonini beradigan kodlar mavjud. Alloh Taolo aytadi:
«Hamda o‘zlaringizda (ushbu hayotga kelib-ketishingizdan tortib, vujudlaringizdagi har bir a’zoingizda, balki har bir hujayrangizning naqadar nozik tartib-intizom bilan yaratilib, o‘z o‘rniga joylashtirilganida va o‘z zimmasidagi Yaratgan buyurgan vazifani quloq qoqmasdan ado etib borishida Allohning qudratiga dalolat qiladigan oyat-alomatlar bordir). Axir ko‘rmaysizlarmi?!» («Zoriyot» surasi, 21-oyat).
©️Azon Global

👍4
Forwarded from Aziz Rahimov
Xitoyliklarning bepul DeepSeek sun’iy intellektini ishlatib ko’rdim.
OpenAIning pullik ChatGPTsidan yaxshiroq.
OpenAI shu holga 18 mlrd$ bilan kelgan.
Xitoyliklar esa bir necha million bilan erishishdi. Qanday qilib?
Amerika nVidia chiplarini Xitoyga import qilishga ruxsatlari bermagandi. Asosiy xarajat ham shu edi. Shu chiplardan ko'p ishlatmasdan yechim qilishga majbur bo'lishdi.
Buni kuzatib 1993 yilda Kaliforniyalik Professorning Yaponlar haqida yozgani esimga tushib ketdi:
“Yaponlar tejamkor, ko’p ishlab, ko’p mahsulot ishlab chiqarishadi. Bizlar esa ko’p iste’mol qilamiz, kam tejaymiz, ko’p pul ishlatamiz. Yaponlarga oson, ularning raqobatchilariga qiyin bo’lib boryapti.”
Ha, ba’zan imkoniyatlarimiz cheklanganligi ham imkoniyat bo’ladi.

👍8
Meros (inheritance) boʻladigan CSS atributlari, yaʼni parent elementdan child elementga avtomatik oʻtadigan CSS xususiyatlari
Bu xususiyatlar child elementga avtomatik tarzda o'tadi (agar ular child elementda qayta belgilanmagan boʻlsa):
color – Matn rangi
font-family – Shrift turi
font-size – Shrift hajmi
font-weight – Qalinlik (bold, normal, 100-900)
font-style – Kursiv (italic, normal)
line-height – Qatorlar orasidagi masofa
letter-spacing – Harflar orasidagi boʻshliq
text-align – Matnni hizalash (left, center, right)
text-indent – Matnni chetga surish (abzas)
text-transform – Katta/kichik harf (uppercase, lowercase, capitalize)
visibility – Koʻrinishi (visible, hidden)
list-style-type – Roʻyxat belgisi turi (disc, circle, square, decimal)
list-style-position – Roʻyxat markerining joyi (inside, outside)
cursor – Sichqoncha kursori (pointer, default, text)
direction – Matn yoʻnalishi (ltr, rtl)
word-spacing – Soʻzlar orasidagi masofa
@uz_python
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Forwarded from المودّة
U shunday deydi:
“Ayol kishi faqat uy bekasi emas, u dunyoni o‘zgartirishga qodir. IT sohasini o‘rganing, rivojlaning va o‘z orzularingiz sari dadil yuring!”
Gazeta.uz: "Qizlar IT sohasida"
Kun.uz: "Fargʻonalik qizning Microsoftdagi muvaffaqiyati"
Xabar.uz: "16 yoshli dasturchi qiz"
YouTube: "Dilafruz bilan suhbat"
Daryo.uz: "Fargʻonadan Silikon vodiysigacha"
YouTube: "Microsoft ELCHISI sifatida bir kun"
Imtihonlar.uz: Dilafruzning ambassadorlik yo‘li
Oyina.uz: "17 yoshli IT yulduzi"
YouTube: "Dilafruz Jo‘raboyeva – IT’dagi yangi qahramon"
- Software Engineer(.NET)
- Microsoft Ambassador
- President Tech Award Winner’24(100k$)
- IT STAR’24 | Yulduz Tech Awards’24
- Evrasia.ТерриторияДетства’24
- Self-Defense Camp Alumna’25
- Rahimov School’25
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YouTube
Microsoft'нинг 16 ёшли элчиси
"Мен ҳам олима бўламан" кўрсатувининг 23-сони
👍3
Forwarded from Aleph Nought
1000$ maoshlik kasb egasi bo‘lishni istaysizmi?
Hozir shu mazmundagi kontentlar ko‘payib ketdi. Ayniqsa IT (AyTi) sohasidagi reklamalarda. 2-3 yillar avval do‘stim bilan bir 3D dizaynerning "Men oyiga 5000$ dan ko‘proq topaman" degan intervyusini ko‘rib qolgan edik. Gaplarida go‘yo yoshlarni dizayner bo‘lishga targ‘ib qilardi. O‘shanda do‘stim bilan juda ko‘p fikr mulohazalar qilganmiz.
Hech kuzatganmisiz, shunday odamlarning aksariyatida kichik bo‘lsa ham o‘quv markazi yoki pullik onlayn kurslari bo'ladi...
AyTi sohasidagi kasblar AyTi sohasidan uzoqda bo‘lgan odamlar uchun biroz g‘ayritabiiy ko‘rinadi. Shuning uchun birovlarni pulga qiziqtirib o‘zlarining kurslarini sotib yurganlar bundan yaxshigina foydalanadi. Sodda odamlar tushunmaydida. AyTi ga aloqador bo‘lmagan kasblar esa hammaga tushunarli va aldash juda qiyin. Masalan, nega oshpazlar netga chiqib olib "Mana oshpaz bo‘linglar, soqqani tegida qolasiz, men sizga oshpazlikni o‘rgataman" demaydi. Vaholanki O‘zbekistonning o‘zida ham oyiga 2000-3000$ topadigan oshpazlar ham bor! Kimdir chiqib shunday desa ham - bizda bunga nisbatan fikrlash immuniteti bor: "Ha qimmat mehmonxonaning oshpazi bo‘lsa kerak", "Kazo-kazolarga ovqat pishirsa kerak", "Nomer 1 oshpaz ekan-de" deb o‘ylashimiz mumkin.
Mana shu "Nomer 1 (one, odin)" deb o‘ylashimizda juda katta narsa bor. Nima uchun o‘zi "Nomer 1" deymiz? Chunki farazan "100 ta, 1000 ta, 1 millionta oshpaz bo‘lsa - shuning ichida birinchisi va eng zo‘ri" degan xulosa kelib chiqadi. Shunda 1000 taning o'rtasidagi yoki oxirlaridagi oshpazlar ham shuncha topadi degani emas-ku to'grimi?!
Sodda bo‘lmang, AyTi da ham xuddi shunday. O‘sha dizayner misolida aytsak, "Ha men bilan birga 200 dan ortiq odamlar o‘qigan, ammo faqat men Allohning fazli bilan yaxshi ishlarga joylashib ketdim, qolganlar ichida hatto xalizgacha ham ish topolmay yurganlari bor" demaydi. Kerak bo‘lsa do‘stlarini ham maqtab ketadi. Uning "krugida" hamma omadli, boy, kuchli mutaxasislar...
Qaysi sohada bo‘lsangiz ham - Alloh sizning harakatlaringizga yarashasini beradi. Hozir ustachilikni tashlab AyTi o‘qib, mutahasis bo‘lib boyib ketaman degan vasvasalarga ishonmang. Qayerda va kim bo‘lsangiz ham rizqingiz sizni topadi, kamaymaydi va ko‘paymaydi ham. Faqat eng yaxshisi bo‘lishga harakat qiling derdimku, ammo maqola bu haqida emas...
Bir do‘stim - "Har qanday offline/online AyTi kurslaridan pul, maosh kabi kontekstlarni olib tashlash kerak" degan edi (Adham rahmat). Mutaxasis bo'lsa, kursini sotishda muammo yo'q. Kimga kerak bo'lsa, o'quvchilar o'zi qiziqib, izlanib sotib olaveradi. Zotan AyTi sohasini faqat shu sohaga qiziqadiganlar o'qishi kerak. Har qanday pulga qiziqqan odamlar emas. Aks holda hamma o'qishi kerak. Chunki hammaga pul kerak. Ammo pul faqat AyTida deb kim aytdi?
Shaxsiy (asil basharam, asil sharoitim, yaʼni shaxsan menda qanaqa? ) ahvolimdan kelib chiqib aytaman:
Biror kursda o‘qimoqchimisiz, shunchaki o‘qing, puliga qiziqmang. Puliga qiziqtirayotgan «mutaxasislardan» esa ehtiyot bo‘ling.

Shaxsiy (
Shaxsan o‘zim bitta loyihani kamida 4000-5000$ ga qilaman. Bu rost! Mazza eshitiladi shundaymi? Lekin bu kabi loyihalar 1 yilda bitta yoki ikkita kelib qolishi haqida aytsamchi? Shunda men oyiga qancha topishim mumkin?
Biror kursda o‘qimoqchimisiz, shunchaki o‘qing, puliga qiziqmang. Puliga qiziqtirayotgan «mutaxasislardan» esa ehtiyot bo‘ling.
✔️ Dasturlash va IT sohasining keskin rivojlanib ketishiga sabab bu — sof meritokratiya sohasidir.
Ya’ni, bu sohada tanish-bilish, pora yoki amaldorlarning aralashuvi bilan natijaga erishib bo’lmaydi.
Faqat sohaning haqiqiy mutaxassislari va mehnat qilganlar yutuqqa erishadi.
Xulosa…

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
We all love a bit of sport, but it shouldn't be the be-all and end-all. We need scholars. Invest in education. Set your goals and keep going.
👍4
Forwarded from Jakhongir Rakhmonov - IT
Zamonaviy narkotiklar
Birinchi telefonlar chiqdi. Keyin Facebook, Instagram, TikTok, Telegram lar.
Bular attention span, ya’ni diqqatni saqlash qobiliyatini qisqartirib tashladi. Oldin soatlab diqqat bilan dars qila olgan, ishlay olgan, kitob o‘qiy olgan bo‘lsak, hozir bu narsa daqiqalarda o‘lchanadi. Kimdirlarda hatto sekundlarda.
Lekin hech bo‘lmaganda shu daqiqalarda qilgan ishimizni o‘zimiz tushunib qilar edik. Kichikroq bo‘lsa-da foyda ola olar edik.
Yaqinda esa ChatGPT va boshqa AI instrumentlar chiqdi. Ana endi odamlar o‘ylashni ham shu instrumentlarga topshirishni boshladi.
Critical thinking degan narsa kamayib bormoqda. Menga ishonmaysizmi? Microsoftda qilingan tadqiqotga ishonarsiz: https://www.microsoft.com/en-us/research/wp-content/uploads/2025/01/lee_2025_ai_critical_thinking_survey.pdf
O‘zingizni himoya qiling. 100% fikrlashni AIga topshirib qo‘ymang. Biror sohada mukammallikka intiling. Qiyin mavzularga chuqur kiring. Fundamental ko‘nikmalar ustida ishlang.
Bu gaplarimga hamma ham qo‘shilmasligi mumkin. Lekin bir narsa aniq. Miya ham mushaklarga o‘xshaydi. Ishlatmasa atrofiyaga uchraydi.
Ishlating.
@jakhonrakhmonov

🔰 AURA Projects taqdim etadi: Kundalik ishlaringizni yodda tutuvchi — Eslatma Bot! ⏰📲
Unutish — insoniy. Ammo Eslatma Bot bilan siz hech narsani unutmaysiz! Endi muhim ishlar, uchrashuvlar yoki oddiy vazifalarni vaqtida bajarish ancha oson bo‘ladi! 🙌
📌 @eslatma_1bot — bu sizning shaxsiy eslatuvchingiz. Yozing, vaqt belgilang — qolganini bot o‘zi hal qiladi! 🔁
🧠 Bot qanday ishlaydi?
Siz istalgan matnni va eslatish vaqtini yuborasiz — bot esa aniq belgilangan vaqtda sizga eslatadi!
Hech qanday murakkab sozlamalar yo‘q. Foydalanish oson, interfeys oddiy.
🚀 Bot imkoniyatlari:
🔹 Tez va sodda eslatma qo‘shish
🔹 Belgilangan vaqtda xabar yuborish
🔹 Har qanday matnli eslatmalarni qabul qilish
🔹 Minimalist va qulay dizayn
🔹 Doimiy foydali yangilanishlar
🎉 Kundalik ishingizni soddalashtiring! Endi hech narsani unutmang — Eslatma Bot doimo yodingizda saqlaydi.
📲 Hozir foydalanishni boshlang: @eslatma_1bot
👥 Kanalimizga qo‘shiling: AURA Projects

Telegram
AURA Group
🔰 AURA Group — yosh dasturchilar jamoasi tomonidan yaratilgan sodda va foydali loyihalar maydoni
admin: @Boborahim_00
admin: @Boborahim_00
👍3
Forwarded from Azimjon's Fikrlog
Bugun 25-may.
Men uchun so'ngi qo'ng'iroq chalinganiga bugun 11 yil to'ldi.
O'sha paytda birinchi qo'ngirog'ini eshitgan kichkintoylar bugun maktabni bitirib, katta hayotga qadam qo'yishyapti.
2 hafta ilgari o'zim o'qigan maktabimga borib, 11-sinf bitiruvchilar bilan ko'rishdim.
Ularga o'zim bosib o'tgan yo'l haqida gapirib berdim.
Vaqt buyog’iga tez o’tadi — chunki endi mahalladagi kichik ko’chadan katta trassaga o’tyapsiz.
Trassada tabiiyki sizdan tezroq, siznikidan yaxshiroq ulovlar bo’ladi. Ularga qarab, yo’lingizda chalg’ib qolmang.
E’tiboringiz yo’lga qarating. Vaqti vaqti bilan to’xtab yoqilg’i quyib, xordiq chiqarishni ham unutmang.
Ba’zi yo’llar tekis bo’lsa, ba’zi yo’llarda yamalar chiqib turadi. Manzilga sekinroq borsangiz ham, muhimi eson-omon yetib oling.
Qisqa yo’ldan yuraman deb, qiyshiq ko’chalarga kirmang — adashasiz. To’g’ri yo’l uzoq bo’lsada sizni manzilga olib boradi.
Oq yo’l.

Forwarded from Sardor Dushamov | PHP - tengi yo'q til!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sun'iy intellektning havfi mana