#tafakkur #mashhurlar
Tarbiya qiyin ish va tarbiya shart-sharoitlarini yaxshilash - har qanday kishining ham muqaddas burchlaridan biridir, zero, o‘zini va tevarak-atrofdagilarni ma’lumotli qilishdan ham ko‘ra muhimroq ish yo‘q.
Suqrot
@ulmasbekbooks

#bilarmidingiz #qiziqarli #mutolaa
Mutolaa Alsgeymer xastaligiga chalinishning oldini oladi
Qator tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, ko‘p kitob o‘qigan insonlar Alsgeymer kasalligiga kamroq chalinishar ekan. Miya ham xuddi boshqa a’zolar singari qo‘llab-quvvatlashga va mashqlar yordamida mustahkamlanishga muhtoj bo‘ladi. Kitob o‘qish esa bu borada eng samarali usuldir.

Ajoyib fikrlari, qarashlari va jahon adabiyotining sara asarlarini oʻzbek tiliga mohirona tarjima qilib kelayotgan bir tarjimonning sahifasini sizlar bilan boʻlishmoqchiman.
Oʻzim muntazam ravishda kuzatib boraman. Qoʻyiladigan postlarni miriqib oʻqiyman, bilmaganlarimni oʻrganaman.
❗️ Bu ushbu sahifamda tavsiya qilgan birinchi boshqa sahifa hisoblanadi.
(Reklama emas, xolis tavsiya)
https://t.me/bobil_kutubxonasi

Telegram
Bobil Kutubxonasi
Reading Because Murder Is Wrong!
Instagram: https://www.instagram.com/muzaffarmirzohid/

#mulohaza
Insonlarga yordam bera olsangiz yordam bering, berolmasangiz ibodat qiling! Ibodat qilolmasangiz, ular haqida yaxshi fikrda bo‘ling. Boshqalar haqidagi yaxshi fikrlar ham bu xizmatdir!

#asardan_parcha
1912-yilda Munavvarqori «turkiy, forsiy va porsiyon»larni Oʻrta Osiyodagi musulmon guruhlari sifatida sanagan.
«Porsiyon» rus tilidagi «forsiy» soʻzining kalkasi boʻlib, ayni ibora ikki turli yozilishda ishlatilishi lingvistik emas, balkim diniy farqliliklarni urgʻulashga qaratilgandir. Rus tilidagi «porsiyon», ayni damda,shia mazhabini ham anglatadi .
Shu kabi maʼlumotlar sizga qiziqmi? Oʻqigan va ayni dam mutolaasida boʻlgan kitoblarimdan berib boraman.
@ulmasbekbooks
1912-yilda Munavvarqori «turkiy, forsiy va porsiyon»larni Oʻrta Osiyodagi musulmon guruhlari sifatida sanagan.
«Porsiyon» rus tilidagi «forsiy» soʻzining kalkasi boʻlib, ayni ibora ikki turli yozilishda ishlatilishi lingvistik emas, balkim diniy farqliliklarni urgʻulashga qaratilgandir. Rus tilidagi «porsiyon», ayni damda,
Shu kabi maʼlumotlar sizga qiziqmi? Oʻqigan va ayni dam mutolaasida boʻlgan kitoblarimdan berib boraman.
@ulmasbekbooks
#asardan_parcha
«biz, turkistonliklar, uchun forsiy tilning ahamiyati katta, chunki madrasa va udabo tilidur... Tursiktonning Samarqand va Fargʻona viloyatlarida forscha soʻylayturgan bir necha shahar va qishloqlar bordur». «Har turkni forsiy va har forsni turkiy bilmogʻi lozimdur», lekin turkistonliklar 2 emas, 4 tilni (dini uchun arab tili, dunyoni anglash uchun rus tillarini ham ) bilishi kerak», Mahmudxoʻja Behbudiy.
@ulmasbekbooks
«biz, turkistonliklar, uchun forsiy tilning ahamiyati katta, chunki madrasa va udabo tilidur... Tursiktonning Samarqand va Fargʻona viloyatlarida forscha soʻylayturgan bir necha shahar va qishloqlar bordur». «Har turkni forsiy va har forsni turkiy bilmogʻi lozimdur», lekin turkistonliklar 2 emas, 4 tilni (
@ulmasbekbooks
#taqriz
Teodor Drayzerning "Sarmoyador" romani haqida
Teodor Drayzerning "Sarmoyador" romani - bu adabiyot olamida o'ziga xos o'rin egallagan, inson ruhiyati va kapitalizmning murakkab tuzilishini chuqur tahlil qilgan asar. Bu roman, o'zining hayotiy voqealari va kuchli xarakterlari bilan o'quvchini o'ziga jalb qiladi va ularni zamonaviy jamiyatning murakkabliklariga olib kiradi.
Romanning bosh qahramoni Frenk Kapervud, o'zining iqtidorli va ambitsiyali shaxsiyati bilan ajralib turadi. Drayzer Kupervudning bolaligidan boshlab, uning hayot yo'lini batafsil tasvirlaydi. Kapervudning dastlabki muvaffaqiyatlari va uning moliyaviy dunyodagi yuksalishi, o'quvchini hayratda qoldiradi. Uning moliyaviy manipulyatsiyalari va biznesdagi muvaffaqiyatlari orqali, muallif kapitalizmning ichki mexanizmlarini ochib beradi.
Frenk Kapervud - bu murakkab va ko'p qirrali xarakter. Uning kuchli iroda va qat'iyatliligi, shuningdek, uning axloqiy ziddiyatlari va ichki kurashlari, o'quvchini uning hayoti va qarorlariga hamdard qiladi. Kapervudning shaxsiy hayoti ham, uning professional hayoti kabi murakkab va ziddiyatli. Uning sevgi munosabatlari va oilaviy hayoti, romanning asosiy mavzularidan biri bo'lib, insonning ichki dunyosini yanada chuqurroq ochib beradi.
"Sarmoyador" romani, kapitalizm va uning ijtimoiy ta'sirlarini chuqur tahlil qiladi. Drayzer, kapitalizmning inson hayotiga va jamiyatga ta'sirini ochib beradi. Romanda, kapitalizmning ijobiy va salbiy tomonlari, uning insoniy munosabatlarga ta'siri va axloqiy ziddiyatlari batafsil tasvirlangan. Drayzer, kapitalizmning murakkab tuzilishini va uning inson ruhiyatiga ta'sirini chuqur tahlil qiladi.
Drayzerning yozuv uslubi oddiy va sodda bo'lib, o'quvchini o'ziga tortadi. Muallif, voqealarni batafsil va hayotiy tasvirlaydi, bu esa o'quvchiga romandagi voqealarni yanada chuqurroq his qilish imkonini beradi. Drayzerning uslubi, o'zining hayotiy tajribasi va kuzatuvlari bilan boyitilgan, bu esa asarga chuqur mazmun va haqiqatni olib kiradi.
"Sarmoyador" romani Teodor Drayzerning eng muhim asarlaridan biri bo'lib, Amerika jamiyatining iqtisodiy va ijtimoiy hayotini chuqur tasvirlaydi. Frenk Kapervudning hayoti va uning moliyaviy muvaffaqiyatlari orqali Drayzer kapitalizmning qaltis tomonlarini va insoniy ambitsiyalarni chuqur o'rganadi. Bu roman o'quvchiga nafaqat qiziqarli syujetni, balki chuqur ijtimoiy va iqtisodiy tahlilni ham taqdim etadi. Drayzerning uslubi va tili roman o'quvchilarini qahramonning ichki dunyosiga chuqur kirishga undaydi va ularni Amerika jamiyatining murakkabliklarini tushunishga yordam beradi.
🔹 2024-yilda oʻqilgan oltinchi kitob
©️ @ulmasbekbooks

Sahifamiz rivojiga hissa qoʻshing
“Tirikchilik” platformasida yangi sahifa ochdik. Endilikda u orqali kanalimiz faoliyatini moddiy qoʻllab-quvvatlashingiz mumkin.
👉 tirikchilik.uz/ulmasbekbooks
Qoʻllab-quvvatlovchilarga tashakkur!

#tavsiya #kitoblar
Psixologlarning tavsiyasiga ko‘ra, kitoblarni faqat xotirjam holatda o'qish kerak. Agar sizning ruhiy ahvolingiz asabiy yoki xafa holatda bo'lsa, kitob o‘qishdan hech ham zavq hissini tuymaysiz. Tinch holatda o'qiyotganda, miyangiz bu jarayonni yoqimli xotiralar bilan bog‘laydi. Aksincha holatda bo‘lsangiz natija ham teskari bo‘ladi.

#shunchaki #fikrlar
Gapirayotgan gaping to‘g‘ri bo‘lishi mumkin, lekin niyating to‘g‘ri bo‘lmasa, so‘zingning ahamiyati puchayadi.
@ulmasbekbooks
Gapirayotgan gaping to‘g‘ri bo‘lishi mumkin, lekin niyating to‘g‘ri bo‘lmasa, so‘zingning ahamiyati puchayadi.
@ulmasbekbooks
#mashhurlar #maslahat
Rey Bredberi:
Roman yozishdan boshlamang. U juda ko‘p vaqt oladi. Yozuvchilikka qisqa hikoyalar orqali yo‘l toping. Har hafta bir nechta hikoya yozing. Qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi.
Bredberining o‘zi ilk romani – “Farengeyt bo‘yicha 451 daraja”ni yozguniga qadar 30 yil shu taxlit ishlagan.

#qiziqarli #fakt
TURK MIFOLOGIYASIDA RANGLAR NIMANI ANGLATADI?
Turk mifologiyasida to‘rt tomon turli ranglar bilan belgilangan:
Qora - shimol, suv, tun, qish, yomon ruhlar timsoli.
Qizil – janub, olov, yoz, ko‘tarinkilik timsoli.
Ko‘k (moviy) - sharq, osmon, bahor, tong, daraxt, bayroq timsoli.
Oq - g‘arb, kuz, otlar, haqiqat timsoli.
Sariq rang oila, boylik, oltin, ajdodlar, o‘choq timsoli.

#fikrlar #tafakkur
Ne’mat shukrga, shukr esa o‘sishga bog‘liq. Modomiki bandadan shukr to‘xtamas ekan, Allohdan ham ne’matning o‘sishi to‘xtab qolmaydi.

#asardan_parcha #tafakkur
O‘zingizni...
O‘zingizni muhim shaxs deb hisoblamang. Dunyo siz bo‘lsangiz ham, bo‘lmasangiz ham turaveradi. Oilangiz, farzandlaringiz siz o‘lgandan keyin ham yashayverishadi. Ishlaringiz sizsiz ham bitaveradi. Barchasini zimmangizga olib, o‘zingizni qiynayvermang. Umringiz qanday o‘tganini ham bilmay qolasiz. Tashlab qo‘ying, vazifalarni taqsimlang, atrofingizdagilar uchun emas, o‘zingiz uchun ham yashang. Ularni o‘zingizga bog‘lab qo‘ysangiz, ishoning, sizdan keyin ko‘proq qiynalishadi. Qo‘yib bering, ularni ham harakat qilishga o‘rgating, ishlaringiz siz bo‘lmasangizda yuraveradigan holatga kelsin. Vaqtingizni, kuchingizni oxiratingiz uchun ham sarflab turing. Ishoning, hammasi yaxshi bo‘ladi.
Orif Taskinning «Hayot menga shuni o‘rgatdi» kitobidan

#qiziqarli #faktlar #kitoblar
📚 Kitob haqida qiziqarli faktlar (1-qism)
📌 Imom al-Buxoriy 600000 hadis to‘plab, shundan 100000 sahih, 200000 zaif hadisni yodlagan. Bu hadislarni to‘plashda 90000 dan oshiq kishining huzurida bo‘lib chiqqan.
📌 Ayollar erkaklarga qaraganda ko‘p (68 %) kitob sotib oladilar.
📌 Dunyoda sotiladigan kitoblarning yarmidan ko‘pini 45 yoshdan oshgan kishilar sotib oladilar.
📌 Italiyalik Rio Kozelli eng zerikarli kitoblarni to‘playdi. Uning kolleksiyasi 10000 jilddan iborat. Bir omadsiz italyan shoiri kitobi Kozelli to‘plamidan o‘rin olganini bilgandan so‘ng, o‘zini o‘zi o‘ldirishiga bir baxya qolgan.
📌 Qamoqda yozish rejasi tuzilgan kitoblar orasida Servantesning “Don Kixot”, Jon Banyanning “Avliyoning sayohati”, Oskar Uayldning “Qamoqdagi istig‘for”, Nikolo Makiavellining “Hukmdor” asarlari mavjud.
📌 Bitta roman yozish uchun 500 soat ketadi.
📌 Jamoa bilan kitobni ovoz chiqarib o‘qish bo‘yicha eng uzoq davom etgan marafon 224 soat kechgan.

📚 Kitob haqida qiziqarli faktlar (2-qism)
🖌 Fanda kitob o‘g‘rilarini bibliokleptoman deyiladi. Dunyodagi eng mashhur kitob o‘g‘risining ismi – Stiven Blumerg. U 270 kutubxonadan 23000 nodir kitoblarni o‘g‘irlagan. Uning “to‘plam”i narxi 20 million dollardan oshadi.
🖌 Dunyodagi eng katta lug‘at “Nemis lug‘ati” (“Deutsches Wortetbuch”) bo‘lib, u 1854-yili Yakob va Vilgelm Grimm tomonidan boshlangan. Bu ishga keyinchalik turli olimlar hissa qo‘shib, 1971-yili yakunlangan. 33 jildli ushbu lug‘at 34519 betdan iborat.
🖌 Barcha zamon va xalqlarning eng mashhur yozuvchisi Agata Kristidir. Uning detektiv hikoyalari 50 dan ortiq tilda hamon chop etilmoqda. Kristining nashr etilgan kitoblari nusxasi 2 milliarddan oshadi.
🖌 Dunyodagi eng og‘ir kitob Britaniya muzeyida saqlanuvchi XVII asrga oid geografik atlasdir. Uning bo‘yi 1,9 metr, og‘irligi 320 kilogrammdir.
🖌 Google dunyoda chop etilgan barcha badiiy, publitsistik, ilmiy asarlar sonini hisoblab chiqqan. Ularning soni 130 milliondan oshadi.
🖌 Napoleon daqiqasiga 2000 ta so‘zni o‘qiy olgan.
🖌 Dunyodagi eng mashhur kitob qahramoni – Napoleondir. U haqda 10000 dan ortiq turli janrdagi kitoblar yozilgan.
🖌 95 % insonlar daqiqasiga 210 so‘z yoki 2 daqiqada 1,5 sahifa kitob o‘qiydilar.
🖌 Balzak yarim soatda 200 bet kitob o‘qigan.
🖌 Ma’lumki, qadimda kitob juda qimmat bo‘lgan. 18-asrgacha ba’zi kutubxonalarda kitoblar o‘g‘irlanmasligi uchun zanjirga bog‘lab qo‘yilgan.
🖌 Kitobni sekin o‘qilganda 100 foiz matn tushunilmaydi, faqatgina 60 foiz anglanadi, aksincha, tez o‘qilganda matnning 80 foizi tushuniladi.
🖌 Aksariyat o‘quvchilar kitobning 18-betidayoq unga qiziqishni yo‘qotadilar.
🖌 Dunyodagi eng katta gonorar Rim imperatori Mark Avreliy tomonidan shoir Oppianga to‘langan. Uning baliq tutish va ov haqidagi dostonining har bir satri uchun 1 oltin tanga hadya qilingan. Uning ikki dostoni 20 000 baytdan iborat.

📚 Kitob haqida qiziqarli faktlar (3-qism)
☑️ Adabiyotchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, Shekspir asarlaridan “sevgi” so‘zi 2259 marta, “nafrat” so‘zi esa 229 marta takrorlangan.
☑️ Bolani o‘qishga o‘rgatish uchun eng qulay payt – 4-6 yoshlik paytidir. Bolani 7 yoshdan o‘qishga o‘rgatish biroz qiyin kechadi.
☑️ Bastiliya mahbuslari faqatgina odamlar bo‘lmagan. Bir marta Didro va D’Alamberning “Fransuz ensiklopediyasi”ni din va jamiyat axloqiga zarar keltirgani uchun “qamab qo‘yganlar”.
☑️ Dunyodagi eng qimmat badiiy asar Leonardo da Vinchi tomonidan ko‘chirilgan “Leychester kodeksi” kitobidir. Uni “Microsoft” asoschisi Bill Geyts 1994-yili Nyu-Yorkdagi “Sotbis” auksionidan 30,8 million dollarga sotib olgan.
☑️ Dunyodagi eng katta kitob holida chop etilgan majmua Irlandiya universiteti tomonidan 1968-1972-yillarda chiqarilgan 1112 jildli “Britaniya parlamenti hujjatlari”dir. To‘liq majmua 3,3 tonnani tashkil etadi. Uni to‘liq o‘qib chiqish uchun 6 yil ketadi.
☑️ Dunyodagi eng qadimiy kitob Priss papirusidir. U eramizdan avvalgi 3350-yili yozilgan. Ushbu qo‘lyozma uni 1839-yili Fivadan topgan Emil Priss sharafiga shunday nomlangan. Qo‘lyozma muallifi – fir’avnning vaziri Pta-Gotep. U yoshlarning tarbiyasizligi, dangasa va axloqsizligidan noligan.
☑️ Hozirgi paytda dunyodagi eng katta kitob – “Bu – Muhammad (s.a.v.)” deb nomlangan bo‘lib, og‘irligi 1,5 tonnadir. Kitob 429 sahifadan iborat. Uni 9 oy davomida 50 kishi tayyorlagan. 2,7 million dollar sarflangan. Kitob Dubaydagi savdo markazida saqlanadi.
☑️ Mashhur golland shifokori German Burxavening “Tibbiyot san’atining yagona va teran sirlari” nomli kitobi muallif o‘limidan so‘ng 1738-yili 10000 dollar oltinga auksionda sotilgan. Bejirim bezalgan va g‘iloflangan kitob ochilganida uning barcha sahifalari bo‘sh edi. Faqatgina ilk sahifasida shunday yozilgan edi: “Boshingni sovuqda qoldirsang ham oyog‘ingni issiq tut. Shundagina sen eng zo‘r shifokorlarni ham kambag‘al qilasan”.

Adib Xolidning "Oʻzbekiston tavalludi" asari
Adib Xolid jadidlar haqida ko‘plab maqolalar yozgan mohir olim bo‘lib, uning barcha tadqiqotlari ushbu kitobda O‘zbekiston yaratilishining mohirona va keng qamrovli sharhida jamlangan.
Kitobda Rossiya inqilobining joʻshqin davrida Oʻzbekistonning tashkil topishi tarixi bayon etilgan. 1917-yilda Rossiya mustabid hokimiyati qulaganidan keyin oʻn yil davomida mahalliy jamiyat shafqatsiz urushlar, iqtisodiy inqiro, ocharchilik taʼsirida oʻzgardi va natijada yangi inqilobiy davlat esa yangi institutlarni yarata boshladi. Shu bilan birga, bu shafqatsizliklar umid bagʻishladi va yangi maqsadlarni qoʻydi, mahalliy arboblar ijtimoiy tuzumni oʻzgartirish imkoniyatidan foydalanishdi. Inqilobiy va milliy joʻshqinlikning birgalikda joʻsh urishi ziyolilar tasavvurini oʻziga jalb qildi va Oʻrta Osiyodagi siyosiy manzarani belgilab berdi. Bundan tashqari, inqilobdan chiqqan gʻayrat tufayli zamonaviy oʻzbek adabiyotining oltin asri boshlandi: aynan shu davrda biz bugun bilgan oʻzbek tili shakllandi. Romanlar ham, modernistik poetika ham, ajoyib teatr spektakllari ham paydo boʻldi. Bu davrda Fitrat, Qodiriy, Choʻlpon kabi adabiy yirik namoyondalar oʻzlarining eng buyuk asarlarini yaratdilar.
"Oʻzbekiston tavalludi" Oʻrta Osiyo, umuman SSSRning eng yangi tarixshunosligida, ayniqsa, dastlabki sovet islohotlari davrida katta voqea hisoblanadi.
Adib Xolid bu kitobida oʻzbek ziyolilari, mahalliy bolsheviklar va Moskva oʻrtasidagi murakkab munosabatlarni tahlil qilib kutilmagan xulosalarga keladi. Muallif nuqtai nazaridan, yangi oʻzbek jamiyati nafaqat Oktyabr inqilobining, balki 1917-yildan ancha oldin shakllangan milliy gʻoyaning natijasi hamdir. Oʻzbek madaniy inqilobi esa faqatgina sotsialistik emas, balki birinchi navbatda musulmon inqilobi boʻlib chiqadi.
🔹 2024-yilda oʻqilgan yettinchi kitob