#qiziqarli #GarriPotter
🎭 Severus Sneyp
Garri Potter seriyali romandagi adabiy qahramon. Roman boshidan boshlab u bosh qahramonga dushmanlik ko'rsatadi va deyarli roman oxirigacha uning asosiy antagonisti bo'lib qoladi. Rouling so'nggi kitobining oxirigacha Severusni bunday qilishga nima undayotgani haqidagi tafsilotlarni oshkor etmaydi.
🔺Severus hayotiy, haqiqiy insonning prototipi, yaʼni Jon Nettleshipdir. Bu inson Rouling o'qigan maktabda kimyo o'qituvchisi edi.
🔺 Ba'zi odamlarning o'ziga xos hidi boʼlgani kabi, Severusda ham shunday hid boʼlgan. Severusda qanday hid bor, deb so'rashganida, Rouling undan achchiq va eski poyabzal hidi borligini aytgan.
🔺O'ziga xos noyob sehrgar: u bir vaqtning o'zida qora kuchlarga ega bo'lgan va Patronusni chaqira oladigan yagona sehrgardir.
@ulmasbekbooks

#qiziqarli
📌 Sovet Ittifoqida kitob o'qish
⭐ 1950-yilda SSSR fuqarolari haftasiga o'rtacha 11 soat kitob o'qishga. Bu amerikalikl, ingliz, yoki fransuzlarga qaraganda ikki baravar ko'p.
📢 Bu natijaga Stalinning 1931-yilda boʻlib oʻtgan Birinchi Butunittifoq konferensiyasidagi nutqi taʼsir koʻrsatgan: "Biz ilgʻor mamlakatlardan 50-100 yilga ortdamiz. Bu davrni 10 yilda bosib oʻtishimiz kerak. Yo biz buni qilamiz, yoki ular bizni ezib tashlashadi. Bizda oz narsa qoldi: texnikani o'rganish, ilm-fanni o'zlashtirish. Biz buni qilganimizda, hozir orzu qilishga ham jur'at etmaydigan tezlikka ega bo'lamiz ".
💪10 yildan so'ng, ya'ni 1941-yilning hal qiluvchi yilida SSSRni tor-mor etishning iloji bo'lmadi. Shunday qilib, umuman olganda, “texnikani o‘rganish va fanni o‘zlashtirish” vazifasi uddalandi. Biroq, hiyla-nayrang, yondashuv murakkab bo'lishi kerak edi.
Mantiq oddiy: ishlab chiqarish va sanoatlashtirishning o'sish sur'ati nafaqat ishchilarning malakasi va kasbiy mahoratiga, balki ishlab chiqarish madaniyatiga ham bog'liq. Bu esa, o‘z navbatida, madaniyatsiz bularni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ya'ni, savodsiz va doimiy mutolaasiz.

💪 Agata Kristining asari inson hayotini saqlab qolgan
⭐ Ma'lum bo'lishicha, detektivlar qirolichasi nafaqat o'z qahramonlarining taqdirini, balki real hayotdagi bir insonning taqdirini ham saqlab qolgan. Bu bir kichkina qizcha haqida.
1977-yilda bir yarim yoshli qizaloq London kasalxonasiga yotqizilgan. Qizchaning ahvoli o'ta og'ir edi. Eng yomoni shundaki, shifokorlar tashxis qo'yib, davo topisha olmadilar.
👩⚕Kasalxonada xizmat qilayotgan hamshira oʼsha vaqtda Agata Kristining “Oq ot” hikoyasini oʻqiyotgan edi. Asarda insonning talliy bilan zaharlanishining belgilari juda batafsil tasvirlangan edi. Hamshira oʼqigan hikoyasidagi tasvirlangan holat bilan qizchani taqqosladi va qiz bundan o'layotganini tushundi. Olingan testlar uning taqqoslama taxminlarini tasdiqladi.
Nihoyat, kichkina bemor qizchaning hayoti qutqarildi!

#qiziqarli #fakt
🤔 Bashoratmi yoki tasodifmi?
🛳 Morgan Robertson 1898-yilda "Titanning halokati" yoki "Befoyda" romanini yozgan. Bu Shimoliy Atlantikada aysbergga urilib, cho‘kib ketadigan okean layneri haqidagi hikoya edi. Oradan roppa-rosa 14 yil o'tib, "Titanik" xuddi shu joyda va xuddi shunday cho'kdi. Romanda kema Atlantika okeanida aysbergga urilib, cho‘kib ketgan kema Titan deb atalgan.

Sizga Qur’on suralarining nechtasi Makkada nozil bo‘lgan deyilsa, o‘ylanib qolasiz? Yoki nechta sura Madinada nozil bo‘lgan deyilsa ham o‘ylanib qolasiz. Quyidagi arifmetik usul bilan, siz tezda bu savollarga javob berish imkoniga ega bo‘lasiz.
Malumki, Qur’oni karimdagi eng uzun sura bu Baqara surasidir. U 286 oyatdan iborat. Bu (286) uch xonalik raqam bo‘lib, agar biz shundan avvalgi 2 raqamini olsak, 86 raqami qoladi va bu Makkiy suralarning adadidir. Agar 286 raqamdan oxirgi 6 raqamini olsak, 28 qoladi va bu Madaniy suralarning adadidir. 86 va 28 raqamlarini bir-biriga qo‘shsak 114 bo‘ladi va bu umumiy Qur’oni karim suralarining adadidir.
Buni esingizdan chiqarmang!
Tanishlarga joʼnatib qoʼying!

Ilmiy asarda tasvirlanadigan birinchi to'plam Aristotelga tegishli boʼlgan.
Aristotel ko'plab mamlakatlardan ko'plab o'simliklarni to'plash va tasvirlash bilan shug'ullanadigan kollektor edi. Uning kollektsiyasining asosiy yetkazib beruvchisi Aleksandr Makedonskiy edi.

#sanat #rasm #qiziqarli
Ajoyib surat!
Dante bilan "Ilohiy komediya"ni muhokama qilish - bu xitoylik rassomlar Dai Dudu, Li Tiezi va Chjan Anning (2006) ajoyib muhtasham rasmidir. Asl nusxasi 6mx2,6m hajmga teng.
Qarang-chi, suratdan kimlarni tanir ekansiz.

#qiziqarli #rasm
Rassom Aleks Andreyevning "Inson ko‘zlarining ochilishi og‘riqli bo‘ladi" nomli kartinasi.
PS. Juda ajoyib kartina-a?!

#kitoblar #qiziqarli
🕊 Odamzodning ajoyib taqdirini, tasodifiy holatlar natijasida zindonga tushib qolganlarini tasvirlaydigan uch kitob haqida.
Ayrimlari yolg'on ayblovlar bilan zindonda qolib ketgan, ammo bu ularni sindira olmagan. Ular faqatgina hayotda davom etish uchun emas, balki jasorati bilan hayratlanarli qochishlarni amalga oshirish uchun ichlaridagi kuchlarni topishgan!
✍️Stiven King
📖"Shoushenkdan qochish"
Aybsiz odamning hikoyasi, u umrboqiy qamoq jazosiga hukm qilinadi. Endi Shoushenk zindonida umrboqiy jazo o'tash kerak, bu yerda dahshatli shafqatsizlik hukm suradi va qonunsizlik gullab-yashnaydi. Ammo u nafaqat zindon ierarxiyasida mustahkam o'rin egallaydi, balki asirlikdan muvaffaqiyatli qochishni rejalashtiradi va buni uddalaydi.
✍️Anri Sharer
📖"Kapalak"
Bosh qahramon 25 yoshida qotillikda ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilinadi. Fransuz Guyanasidagi surgunda u ajoyib sinovlardan o'tadi, ko'p marta o'limdan bitta soch o'rashida qutulib qoladi. Hayotda qolish instinkti va erkinlikka jilovsiz intilish oxir-oqibatda unga ozod bo'lish imkonini berdi.
✍️Aleksandr Dyuma
📖"Graf Monte-Kristo"
If qal'asi mahbusi Edmon Dantesning hayajonli hikoyasi. Jasoartli qochishni amalga oshirib, u o'z kelib chiqqan shahriga adolatni qaror toptirish uchun qaytadi.

#kutubxona #kitoblar #qiziqarli #tarjima #maqola
🏛 Kongress Kutubxonasi qanchalik katta?
Bugun sizlarga Kongress kutubxonasi haqida oʻzim oʻqib, oʻrgangan ayrim maʼlumotlarni berib oʻtmoqchiman. Ushbu maʼlumotlar ingliz tilidan oʻzbekchaga oʻgirildi.
Kongress Kutubxonasi odamlar dunyo tarixini tushunishi uchun zarur bo'lgan 160 milliondan ortiq kitoblar, qoʻllanmalar va hokazolarni oʻzida saqlaydi. Kutubxonada 1507-yilda chizilgan va birinchi marta “Amerika” nomi tilga olingan xaritadan tortib, COVID-19 pandemiyasi bo'yicha og'zaki va yozma maʼlumotlargacha mavjud.
Kongress Kutubxonasi 1800-yil 24-aprelda, Prezident Jon Adams «Kongress foydalanishi uchun zarur bo'lgan kitoblarni» sotib olishga va «ularni saqlash uchun mos xonani jihozlashga» 5000 dollar ajratishni tasdiqlaydigan Kongress Aktini imzolaganda tashkil etilgan. (Ushbu akt shuningdek federal hukumatning ish joyini Filadelfiyadan Vashingtonga ko'chirishni ham nazarda tutgan.)
Kutubxona uchun birinchi xarid Londondan buyurtma qilingan 740 ta kitob va 30 ta xaritalardan iborat to'plam bo'lgan. Kitoblar asosan qonunchilikka oid bo'lib, Kongressning qonun chiqaruvchi organiga mos kelgan, qolgan qismi esa turli mavzularni qamrab olgan. Kitoblar dastlab AQSh Kapitoliysida, kutubxonaning birinchi uyida saqlangan.
Birinchi xariddan keyingi ikki asrdan ko'proq vaqt davomida kutubxona ancha kengaydi. Bugungi kunda Kongress Kutubxonasi fizik jihatdan uchta binoga - Tomas Jefferson binosi, Jon Adams binosi va Jeyms Madison xotira xinosi (Kapitoliy yonida joylashgan) binolarga boʻlingan. Uning javonlari kolleksiyalari taxminan 800 mil (1287 km) kattalikdagi maydonini egallaydi va 164 milliondan ortiq fondni o'z ichiga oladi. Bu fond quyidagilarni o'z ichiga oladi:
▪️ 470 tildagi katalogga kiritilgan 29.49 milliondan ortiq kitoblar;
▪️ 1501-yilgacha bosilgan 5700 nusxa incunabula (eng qadimgi chop etilgan kitoblar);
▪️ Mustaqillik Deklaratsiyasining qo'lyozma loyihasi, Ozodlik Deklaratsiyasining birinchi loyihasi va Abraham Linkolnning qo'li bilan yozilgan Gettisburg Murojaatnomasining ikki nusxasi;
▪️ Ma'lum bo'lgan Gutenberg Bibliyasining uchta mukammal vellum nusxasidan biri;
▪️ AQSh hukumatining 1 milliondan ortiq nashrlari;
▪️ 5.8 million xaritalar, jumladan, Martin Valdseyuller tomonidan 1507-yilda tuzilgan dunyo xaritasi bo'lib, u "Amerika" nomi ilk bor qayd etilgan hujjat hisoblanadi;
▪️ Dunyo bo'ylab gazetalarning 1 million nusxada chop etilgan sonlari, bundan tashqari, bog'lam holidagi jildlarda va mikrooʻramlarda yuz minglab boshqa nusxalari;
▪️ O'tgan ikki yil davomida chop etilgan 60,000 nashrdagi jurnallar;
▪️ 8.2 million qogʻoz holidagi musiqa notalari;
▪️ 4.2 million audio yozuvlar;
▪️ 1.8 million film va video yozuvlar;
▪️ 16 milliondan ortiq bosma suratlar, fotograf, chizmalar va plakatlar;
▪️ Besh Stradivarius torli musiqa asboblari va dunyodagi eng katta fleyta kolleksiyasi.
Kongress kutubxonasi haqida qisqacha shular edi. Yana ham koʻproq maʼlumotlarni sizlar bilan boʻlishaman. Kongress kutubxonasiga borish barchamizga nasib etsin.
© Oʻlmasbek

#janrlar #qiziqarli #bilarmidingiz
Pamflet – bu qisqa, odatda kichik hajmdagi, jamoatchilikka muhim bir mavzuda ma'lumot beruvchi yoki biror masala bo'yicha fikr-mulohazalarni tarqatish uchun yozilgan nashrdir. Pamfletlar odatda siyosiy, ijtimoiy yoki madaniy masalalar bo'yicha yoziladi va keng omma orasida tarqatiladi. Ular muallifning nuqtai nazarini ifodalash, muayyan masala yoki hodisaga e'tibor qaratish va odamlarni ma'lum bir harakatga undash maqsadida yoziladi. Pamfletlar ko'pincha qisqa, aniq va ta'sirli bo'ladi.

#fakt #bilarmidingiz #qiziqarli
Bu asar real hayotdagi voqealarga asoslangan. Romanning bosh qahramoni real hayotda mavjud bo'lgan moliyachi va sanoatchi Charlz T. Yerkesning hayoti va faoliyatidan olingan.
Charlz T. Yerkes XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Amerikada mashhur bo'lgan va o'zining moliyaviy manipulyatsiyalari bilan tanilgan shaxs edi. U Ko‘chmas mulk va moliyaviy bozorlar bilan shug'ullangan va ko'plab bahsli va ziddiyatli ishlar bilan bog'liq edi.
Berilgan maʼlumotdan foydalanib topib koʻringchi gap qaysi asar haqida ketmoqda?

#bilarmidingiz #qiziqarli #mutolaa
Mutolaa Alsgeymer xastaligiga chalinishning oldini oladi
Qator tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, ko‘p kitob o‘qigan insonlar Alsgeymer kasalligiga kamroq chalinishar ekan. Miya ham xuddi boshqa a’zolar singari qo‘llab-quvvatlashga va mashqlar yordamida mustahkamlanishga muhtoj bo‘ladi. Kitob o‘qish esa bu borada eng samarali usuldir.

TURK MIFOLOGIYASIDA RANGLAR NIMANI ANGLATADI?
Turk mifologiyasida to‘rt tomon turli ranglar bilan belgilangan:
Qora - shimol, suv, tun, qish, yomon ruhlar timsoli.
Qizil – janub, olov, yoz, ko‘tarinkilik timsoli.
Ko‘k (moviy) - sharq, osmon, bahor, tong, daraxt, bayroq timsoli.
Oq - g‘arb, kuz, otlar, haqiqat timsoli.
Sariq rang oila, boylik, oltin, ajdodlar, o‘choq timsoli.

#qiziqarli #faktlar #kitoblar
📚 Kitob haqida qiziqarli faktlar (1-qism)
📌 Imom al-Buxoriy 600000 hadis to‘plab, shundan 100000 sahih, 200000 zaif hadisni yodlagan. Bu hadislarni to‘plashda 90000 dan oshiq kishining huzurida bo‘lib chiqqan.
📌 Ayollar erkaklarga qaraganda ko‘p (68 %) kitob sotib oladilar.
📌 Dunyoda sotiladigan kitoblarning yarmidan ko‘pini 45 yoshdan oshgan kishilar sotib oladilar.
📌 Italiyalik Rio Kozelli eng zerikarli kitoblarni to‘playdi. Uning kolleksiyasi 10000 jilddan iborat. Bir omadsiz italyan shoiri kitobi Kozelli to‘plamidan o‘rin olganini bilgandan so‘ng, o‘zini o‘zi o‘ldirishiga bir baxya qolgan.
📌 Qamoqda yozish rejasi tuzilgan kitoblar orasida Servantesning “Don Kixot”, Jon Banyanning “Avliyoning sayohati”, Oskar Uayldning “Qamoqdagi istig‘for”, Nikolo Makiavellining “Hukmdor” asarlari mavjud.
📌 Bitta roman yozish uchun 500 soat ketadi.
📌 Jamoa bilan kitobni ovoz chiqarib o‘qish bo‘yicha eng uzoq davom etgan marafon 224 soat kechgan.

📚 Kitob haqida qiziqarli faktlar (2-qism)
🖌 Fanda kitob o‘g‘rilarini bibliokleptoman deyiladi. Dunyodagi eng mashhur kitob o‘g‘risining ismi – Stiven Blumerg. U 270 kutubxonadan 23000 nodir kitoblarni o‘g‘irlagan. Uning “to‘plam”i narxi 20 million dollardan oshadi.
🖌 Dunyodagi eng katta lug‘at “Nemis lug‘ati” (“Deutsches Wortetbuch”) bo‘lib, u 1854-yili Yakob va Vilgelm Grimm tomonidan boshlangan. Bu ishga keyinchalik turli olimlar hissa qo‘shib, 1971-yili yakunlangan. 33 jildli ushbu lug‘at 34519 betdan iborat.
🖌 Barcha zamon va xalqlarning eng mashhur yozuvchisi Agata Kristidir. Uning detektiv hikoyalari 50 dan ortiq tilda hamon chop etilmoqda. Kristining nashr etilgan kitoblari nusxasi 2 milliarddan oshadi.
🖌 Dunyodagi eng og‘ir kitob Britaniya muzeyida saqlanuvchi XVII asrga oid geografik atlasdir. Uning bo‘yi 1,9 metr, og‘irligi 320 kilogrammdir.
🖌 Google dunyoda chop etilgan barcha badiiy, publitsistik, ilmiy asarlar sonini hisoblab chiqqan. Ularning soni 130 milliondan oshadi.
🖌 Napoleon daqiqasiga 2000 ta so‘zni o‘qiy olgan.
🖌 Dunyodagi eng mashhur kitob qahramoni – Napoleondir. U haqda 10000 dan ortiq turli janrdagi kitoblar yozilgan.
🖌 95 % insonlar daqiqasiga 210 so‘z yoki 2 daqiqada 1,5 sahifa kitob o‘qiydilar.
🖌 Balzak yarim soatda 200 bet kitob o‘qigan.
🖌 Ma’lumki, qadimda kitob juda qimmat bo‘lgan. 18-asrgacha ba’zi kutubxonalarda kitoblar o‘g‘irlanmasligi uchun zanjirga bog‘lab qo‘yilgan.
🖌 Kitobni sekin o‘qilganda 100 foiz matn tushunilmaydi, faqatgina 60 foiz anglanadi, aksincha, tez o‘qilganda matnning 80 foizi tushuniladi.
🖌 Aksariyat o‘quvchilar kitobning 18-betidayoq unga qiziqishni yo‘qotadilar.
🖌 Dunyodagi eng katta gonorar Rim imperatori Mark Avreliy tomonidan shoir Oppianga to‘langan. Uning baliq tutish va ov haqidagi dostonining har bir satri uchun 1 oltin tanga hadya qilingan. Uning ikki dostoni 20 000 baytdan iborat.

📚 Kitob haqida qiziqarli faktlar (3-qism)
☑️ Adabiyotchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, Shekspir asarlaridan “sevgi” so‘zi 2259 marta, “nafrat” so‘zi esa 229 marta takrorlangan.
☑️ Bolani o‘qishga o‘rgatish uchun eng qulay payt – 4-6 yoshlik paytidir. Bolani 7 yoshdan o‘qishga o‘rgatish biroz qiyin kechadi.
☑️ Bastiliya mahbuslari faqatgina odamlar bo‘lmagan. Bir marta Didro va D’Alamberning “Fransuz ensiklopediyasi”ni din va jamiyat axloqiga zarar keltirgani uchun “qamab qo‘yganlar”.
☑️ Dunyodagi eng qimmat badiiy asar Leonardo da Vinchi tomonidan ko‘chirilgan “Leychester kodeksi” kitobidir. Uni “Microsoft” asoschisi Bill Geyts 1994-yili Nyu-Yorkdagi “Sotbis” auksionidan 30,8 million dollarga sotib olgan.
☑️ Dunyodagi eng katta kitob holida chop etilgan majmua Irlandiya universiteti tomonidan 1968-1972-yillarda chiqarilgan 1112 jildli “Britaniya parlamenti hujjatlari”dir. To‘liq majmua 3,3 tonnani tashkil etadi. Uni to‘liq o‘qib chiqish uchun 6 yil ketadi.
☑️ Dunyodagi eng qadimiy kitob Priss papirusidir. U eramizdan avvalgi 3350-yili yozilgan. Ushbu qo‘lyozma uni 1839-yili Fivadan topgan Emil Priss sharafiga shunday nomlangan. Qo‘lyozma muallifi – fir’avnning vaziri Pta-Gotep. U yoshlarning tarbiyasizligi, dangasa va axloqsizligidan noligan.
☑️ Hozirgi paytda dunyodagi eng katta kitob – “Bu – Muhammad (s.a.v.)” deb nomlangan bo‘lib, og‘irligi 1,5 tonnadir. Kitob 429 sahifadan iborat. Uni 9 oy davomida 50 kishi tayyorlagan. 2,7 million dollar sarflangan. Kitob Dubaydagi savdo markazida saqlanadi.
☑️ Mashhur golland shifokori German Burxavening “Tibbiyot san’atining yagona va teran sirlari” nomli kitobi muallif o‘limidan so‘ng 1738-yili 10000 dollar oltinga auksionda sotilgan. Bejirim bezalgan va g‘iloflangan kitob ochilganida uning barcha sahifalari bo‘sh edi. Faqatgina ilk sahifasida shunday yozilgan edi: “Boshingni sovuqda qoldirsang ham oyog‘ingni issiq tut. Shundagina sen eng zo‘r shifokorlarni ham kambag‘al qilasan”.