Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
5.38K subscribers
3.63K photos
1.22K videos
8 files
2.68K links
"Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik Jamiyatining telegramdagi rasmiy sahifasi:
E-mail: info@tashbus.uz
Call center: 1062
Instagram: https://instagram.com/toshbus?igshid=YmMyMTA2M2Y=
Facebook:
https://www.facebook.com/profile.
Download Telegram
⚡️⚡️DIQQAT EʼLON⚡️⚡️

🚌 Toshkent metropolitenining yer usti halqa yo‘nalishini navbatdagi bosqichini qurish ishlari doirasida THAY bo‘ylab “Qo‘yliq 1-mavzesi” so‘nggi bekati tomonga kirish yo‘li qismida qurilish-montaj ishlarini olib borilishi sababli avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik cheklandi. Shu munosabat bilan, 2022-yil 23-noyabr kunidan boshlab, mazkur ko`chalardan harakatlanuvchi 15-,119- va 185-sonli avtobus yo`nalishlarining harakatiga quyidagicha o‘zgartirish kiritildi:

🔷15-sonli “Qo‘yliq 1-mavzesi - Do‘stlik metrosi” avtobus yo‘nalishining harakati “Qo‘yliq-1 mavzesi” bekatidan Munis, Farg‘ona yo‘li, Qo‘yliq Ota, THAY ko‘chalari orqali “Qo‘yliq dehqon bozori” bekatigacha va o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda;
🔷119-sonli “Qo‘yliq 1-mavzesi – Yunusobod dehqon bozori” avtobus yo‘nalishining harakati THAY bo‘ylab “Qo‘yliq-4 mavzesi” bekatigacha uzaytirilgan holda;
🔷185-sonli “Qo‘yliq 1-mavzesi – Barkamol mahallasi” avtobus yo‘nalishining harakati to‘g‘ri yo‘nalishda “Qo‘yliq-1 mavzesi” bekatidan Munis, Farg‘ona yo‘li, Qo‘yliq Ota, THAY ko‘chalari orqali “Qo‘yliq dehqon bozori” bekatigacha va o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda, qaytish yo‘nalishida Bektemir ko‘chasidan Farg‘ona yo‘li, Munis ko‘chalari orqali “Qo‘yliq-1 mavzesi” bekatigacha tashkil etilganligini ma`lum qilamiz.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
#rasmiy_munosabat

🔹Joriy yilning 23-noyabr kuni poytaxt ko’chalarida harakatlana boshlagan E-1-sonli ekspress avtobuslarining tom qismi bo’yalmagani aks etgan fotosuratlar Telegram ijtimoiy tarmog’iga joylashtirildi.

🔹Mazkur holat yuzasidan "Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik jamiyati quyidagilarni ma`lum qiladi:
Ushbu ekspress avtobus yo’nalishi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi “Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-111-son qaroriga asosan tashkil etilgan bo’lib, Jamiyatning "5-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi "Mercedes-Benz LF" rusumli avtobuslarning 5 donasi ushbu yo`nalishda xizmat ko`rsatish uchun biriktirildi. Yo’lovchilar mazkur ekspress avtobus yo`nalishini poytaxtdagi odatiy avtobus yo`nalishlaridan ajratib olishlarini ta’minlash maqsadida, ekspress avtobuslarning tashqi qismi ko`k rangga bo`yalganini, shuningdek, avtobusning ustki (tepasi) va ichki qismlariga bo`yoq berishga talab yo`qligi sababli bo`yoqlash ishlari amalga oshirilmaganligini ma`lum qilamiz.

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ekspress_avtobus

🚌 Yo‘nalishlar tarmog‘ini maqbullashtirish, harakat tarkiblaridan samarali foydalanish, yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish maqsadida, joriy yilning 23-noyabr kunidan boshlab E-1-sonli “TTZ AShB – Mashinasozlar metrosi” ekspress avtobus yo‘nalishi harakati tashkil etildi.

Mazkur yo‘nalishning ish tartibi soat 7:00 dan 19:30 gacha, jadvallar soni "Mezsedes-Benz Low Floor" rusumli avtobuslar asosida ish kunlariga 5 ta, shanba kunlariga 4 ta va yakshanba kunlariga 3 ta etib belgilanganligini ma`lum qilamiz.

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

📺 Yoshlar telekanali “Davr” informatsion teledasturi | Poytaxtimizda tezyurar ekspress avtobuslar harakati yo’lga qo’yildi

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site
🚌 📣ЭЪЛОН! Йўловчилар диққатига!

🔹Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил
2 февралдаги “Тошкент шаҳар жамоат транспорти тизимини янада ривожлантиришга доир қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”
ги ПҚ-111-сонли қарорга асосан жамоат транспорти тизимини унинг барча турларини узвий боғлаган ҳолда комплекс ривожлантириш, аҳолининг жамоат транспортидан фойдаланиш даражасини ошириш мақсадида, жорий йилнинг 23 ноябрь кунидан бошлаб, 101-сонли "Қибрай болалар дам олиш оромгоҳи-Буюк Ипак Йўли метроси бекати" автобус йўналишининг ҳаракати "Қибрай болалар дам олиш оромгоҳи бекати"дан Дархон кўчаси орқали "Дархон маҳалласи"га узайтирилмоқда.

📙Тошкент шаҳар транспорт бошқармаси матбуот хизмати.

Telegram |Facebook|Instagram| YouTube|
⚡️⚡️YO‘LOVCHILAR DIQQATIGA !⚡️⚡️

🚌 Yo‘nalishlar tarmog‘ini maqbullashtirish, yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish maqsadida, 2022-yil 25-noyabrdan boshlab:

🔹“5-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 101-sonli “Qibray bolalar dam olish oromgohi – Buyuk ipak yo‘li metrosi” “onlayn-GPS” masofaviy nazorat tartibida faoliyat yurituvchi avtobus yo‘nalishining harakati “Qibray bolalar dam olish oromgohi” bekatidan Darxon ko‘chasi orqali “Darxon mahallasi” bekatigacha uzaytirilganligi, yo‘nalish 101-sonli “Darxon mahallasi – Buyuk ipak yo‘li metrosi” avtobus yo‘nalishi deb nomlanganligini;

🔹“5-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 44-sonli “Aviasozlar AShB – Chorsu savdo markazi AShB” avtobus yo‘nalishining harakati “Chorsu savdo markazi AShB”ga kirmagan holda tashkil etilganligi, yo‘nalish 44-sonli “Aviasozlar AShB – Chorsu savdo markazi bekati” deb nomlanganligini;

🔹“5-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 50-sonli “Yunusobod mavzesi 9-daha AShB – Chingeldi mahallasi” avtobus yo‘nalishining harakati Do‘rmon yo‘li ko‘chasidan Ziyolilar ko‘chasi orqali va o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda ikki tomonlama tashkil etilganligini ma`lum qilamiz.

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
⚡️⚡️YO‘LOVCHILAR DIQQATIGA !⚡️⚡️

🚌 Yo‘nalishlar tarmog‘ini maqbullashtirish, yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish maqsadida, 2022-yil 25-noyabr kunidan boshlab:

🔹“7-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 94-sonli “Izza mavzesi - Xalqaro Aeroport-2” va 9T-sonli “Chilonzor mavzesi 25-daha - Toshkent vokzali” avtobus yo`nalishlarining jadvallar soniga quyidagicha o`zgartirishlar kiritildi:
🔸94-sonli avtobus yo`nalishi - Ish kunlariga 8(+1)ta,
🔸9T-sonli avtobus yo`nalishi - Ish kunlariga 12(+1)ta,

🔹“4-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 32-sonli “Sergeli 6a mavzesi - Gulobod ko‘chasi” va 139-sonli “Birlik mavzesi - Chilonzor metrosi” avtobus yo‘nalishlarining ish tartiblari va harakat qatnov vaqtlariga quyidagicha o‘zgartirishlar kiritildi:
🔸32-sonli avtobus yo`nalishining ish tartibi soat 5:40-22;00 gacha, “Sergeli 6a-mavzesi"dan “Gulobod ko‘chasi”ga harakatlanish vaqti 77(+15) daqiqa, “Gulobod ko‘chasi” dan “Sergeli 6a-mavzesi”ga harakatlanish vaqti 75 (+15) daqiqa;
🔸139-sonli avtobus yo`nalishining ish tartibi soat 6:00 – 21:20 gacha, “Chilonzor metrosi”dan “Birlik mavzesi”ga harakatlanish vaqti 18 (+4) daqiqa,
“Birlik mavzesi”dan - Chilonzor metrosi”ga harakatlanish vaqti 24 (+4) daqiqa;

🔹
“4-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 38-sonli “Olchazor mahallasi - O‘zbekqishloqmash zavodi” avtobus yo‘nalishining reja bo‘yicha bajariladigan qatnovlar soni Ish kunlariga 156(+2), shanba kunlariga 140(+6) va yakshanba kunlariga 126(+8) etib belgilanligini ma`lum qilamiz.

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
🚌 93-sonli "Yunusobod mavzesi 9-daha - Qo`yliq 1-mavzesi" avtobus yo`nalishining harakati "FOOD CITY savdo majmuasi"ga qadar uzaytirilishiga sizning fikringiz qanday
Anonymous Poll
64%
Men roziman. Juda qulay avtobus yo`nalishi bo`ladi
36%
Men qarshiman. Amaldagi avtobus yo`nalishi men uchun qulayroq
🚌 Как вы относитесь к продлению автобусного маршрута № 93 "Юнусабад квартал 9 - Куйлюк квартал 1" до "Торгового комплекса Фуд-Сити"
Anonymous Poll
55%
Я согласен. Будет удобный автобусный маршрут
45%
Я против. Мне удобнее действующий маршрут автобуса
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

📺 O`zbekiston 24 telekanali “Reportaj 24” teledasturi | Jamoat transporti sohasida olib borilayotgan raqamlashtirish ishlari to`g`risida

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site
⚡️⚡️DIQQAT EʼLON⚡️⚡️

🚌 Toshkent metropolitenining yer usti halqa yo‘nalishini navbatdagi bosqichini qurish ishlari doirasida THAY bo‘ylab Yangi Qo‘yliq ko‘chasi tomonga kirish qismida qurilish-montaj ishlarini olib borilishi sababli avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik cheklandi. Shu munosabat bilan, 2022-yil 25-noyabr kunidan boshlab, mazkur ko`chalardan harakatlanuvchi 37-,45-, 55-, 99-, 112-, 122-, 130- va 145-sonli avtobus yo`nalishlarining harakatiga quyidagicha o‘zgartirish kiritildi:

🔷37-sonli avtobus yo‘nalishining harakati Yangi Qo‘yliq-THAY ko‘chalari kesishmasigacha tashkil etilganligini;
🔷45-sonli va 55-sonli avtobus yo‘nalishining harakati Yangi Qo‘yliq ko‘chasidan “Madaniyat mahallasi”, “Sergeli tuman tibbiyot kolleji” orqali THAY ko`chasiga va o‘z yo‘nalishlarini davom ettirgan holda tashkil etilganligini;
🔷99-sonli, 112-sonli, 122-sonli, 130-sonli, 145-sonli avtobus yo‘nalishlari bo‘yicha tirbandliklar vujudga kelishi mumkinligini ma`lum qilamiz.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ijtimoiy_sorovnoma

🚌📲 Barchangizga ma`lumki hozirda avtobuslar harakatini kuzatish uchun mo`ljallangan bir qancha mobil ilovalar bor. Jumladan, 3TM, 2GIS, Yandex va Google maps. Yo`lovchilar va fuqarolar ushbu ilovalarning qaysi biridan faol foydalanishmoqda?

Bu haqida batafsil ushbu video orqali bilib olishingiz mumkin

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site
#rasmiy_maʼlumot

"Mercedes-Benz" rusumli avtobusda tutun chiqganligi yuzasidan RASMIY MAʼLUMOT!

Joriy yilning 26-noyabr kuni soat 15:00 da, Mirzo Ulug`bek tumani Parkent ko`chasida, "5-Avtobus saroyi" filialining E-1-sonli "TTZ ASHB-Mashinasozlar metrosi ASHB" yo`nalishidagi , davlat raqami 01|547 DCA, saroy raqami 242-bo‘lgan, "Mercedes-Benz" rusumli avtobusda tutun hosil bo`lgani haqida xabar tarqaldi.

🔹Mazkur holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ quyidagilarni maʼlum qiladi:
Ushbu avtobus 2008-yil ishlab chiqarilgan bo‘lib, tasarruf boshidan buyon 1 043 408 km masofani bosib o‘tgan. Dastlabki maʼlumotga ko‘ra, avtobusning simlarni tutashuvi natijasida dvigatel bo`linmasida tutash (tutun) hosil bo‘lgan. Avtobusda yong`in kelib chiqmagan. Hodisa oqibatida avtobus va yo‘lovchilarga zarar yetmagan. Hozirda “5-Avtobus saroyi” filialining texnik xodimlari tomonidan mazkur avtobusning texnik nosozligi bartaraf etilmoqda. Ushbu avtobus joriy yilning 27-noyabr kunidan yo’nalishda xizmat ko’rsatishni davom ettirishini ma’lum qilamiz.

📌Hurmatli haydovchilar! Yo‘llarda harakatlanayotganingizda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishingizni va avtotransport vositalarini texnik holati soz ekanligiga eʼtiborli bo‘lishingizni so‘raymiz!

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
Photo
#MAN_A22_CNG

🚌
"Toshshahartransxizmat" AJ va "TRUCK AND BUS TRADE GROUP" MCHJ o`rtasida tuzilgan shartnomaga asosan, joriy yilning 16- va 22-noyabr kunlari "MAN A22 CNG" rusumli avtobuslarning navbatdagi 20 donasi "Toshshahartransxizmat" AJ tasarrufiga topshirilgan edi. Mazkur avtobuslardan samarali foydalanish maqsadida, xarid qilingan "MAN A22 CNG" rusumli avtobuslarning:

🔹2 donasi - "2-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 17-sonli “A.Yugnakiy mavzesi – Chorsu savdo markazi”;
🔹1 donasi - "2-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 83-sonli “Yunusobod mavzesi 6-daha – Ekskavator zavodi bekati”;
🔹1 donasi "2-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 89-sonli “Qorasuv 1-mavzesi – Chorsu savdo markazi”;
🔹1 donasi "7-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 2-sonli “Chilonzor 25-daha – Ekskavator zavodi bekati” ";
🔹2 donasi - "7-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 9T-sonli “Chilonzor mavzesi 25-daha – Toshkent vokzali”;
🔹1 donasi - "8-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 67-sonli “Yunusobod mavzesi 19-daha – Xalqaro Aeroport-2”;
🔹1 donasi -"8-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 100-sonli “Qoraqamish 2/4 mavzesi – Beshyog‘och maydoni”;
🔹2 donasi - "8-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 118-sonli “Chilonzor buyum bozori – O‘zposlsavdo”;
🔹1 donasi - "12-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 40-sonli “Sergeli mavzesi 12-daha – Toshkent vokzali”;
🔹1 donasi- "12-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 47-sonli “Do‘stlik 2-mavzesi – Gulobod ko‘chasi”;
🔹1 donasi -"12-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 105-sonli “Sergile qo‘rg‘oni – Karvon bozori bekati”;
🔹1 donasi - "12-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 131-sonli “Do‘stlik 2-mavzesi – Olimpiya mavzesi”;
🔹2 donasi - "18-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 87-sonli “Chinni bozori bekati – Qoraqamish 2/4 mavzesi”;
🔹2 donasi - "18-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 125-sonli “O‘rikzor mavzesi – Do‘mbirobod ko‘chasi” avtobus yo`nalishlarida xizmat ko`rsatish uchun biriktirilganligini ma`lum qilamiz.

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
Photo
#HAFTA_DAVOMIDA

🗓 2022-yil 21-noyabrdan 27-noyabr holatiga

💠
Validator ishlamay qolganligi yuzasidan RASMIY MA`LUMOT! tayyorlandi.
💠 Yangi "SAZ LE-60" rusumli avtobuslarning navbatdagi 14 donasi "Toshshahartransxizmat" AJ tasarrufiga topshirilib, 31, 15, 119, 71, 74, 78, 117 va 120-sonli avtobuslarda xizmat ko`rsatish uchun biriktirildi.
💠“Toshshahartransxizmat” AJning 1062 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali kelib tushgan shikoyatlarning tasnifi va miqdori to’g’risidagi ma`lumot infografika ko`rinishida tayyorlandi.
💠OAV vakillari va blogerlar ishtirokida yangi ekspress avtobus yo`nalishi tashkil etilganligi munosabat bilan press-tur uyushtirildi.
💠15-,119- va 185-sonli avtobus yo`nalishlarining harakatiga o‘zgartirish kiritildi.
💠 E-1-sonli ekspress avtobuslarining tom qismi bo’yalmaganligi yuzasidan rasmiy munosabat tayyorlandi.
💠 E-1-sonli “TTZ AShB – Mashinasozlar metrosi” ekspress avtobus yo‘nalishi harakati tashkil etildi.
💠 Yoshlar telekanali “Davr” informatsion teledasturi | Poytaxtimizda tezyurar ekspress avtobuslar harakati yo’lga qo’yilgani to`g`risida reportaj tayyorladi
💠101-, 44- va 50-sonli avtobus yo`nalishlarining harakatiga o`zgartirishlar kiritildi.
💠94-, 9T-, 32-, 135- va 38- avtobus yo`nalishlarining harakat qatnov vaqti hamda jadvallar soniga o`zgartirish kiritildi.
💠"Qachon kelasan 13" sarlavhasi ostida ijtimoiy tarmoqda joylashtirilgan post yuzasidan RASMIY MA`LUMOT tayyorlandi.
💠93-sonli "Yunusobod mavzesi 9-daha - Qo`yliq 1-mavzesi" avtobus yo`nalishining harakati "FOOD CITY savdo majmuasi"ga qadar uzaytirilishi yuzasidan ijtimoiy so`rovnoma o`tkazildi.
💠 O`zbekiston 24 telekanali “Reportaj 24” teledasturi | Jamoat transporti sohasida olib borilayotgan raqamlashtirish ishlari to`g`risida reportaj tayyorladi.
💠37-,45-, 55-, 99-, 112-, 122-, 130- va 145-sonli avtobus yo`nalishlarining harakatiga o‘zgartirish kiritildi
💠 Avtobuslar harakatini kuzatish uchun mo`ljallangan mobil ilovalar 3TM, 2GIS, Yandex va Google maps dan foydalanish darajasini o`rganish uchun ijtimoiy so`rovnoma o`tkazilgani haqida videorolik tayyorlandi
💠"Mercedes-Benz" rusumli avtobusda tutun chiqqanligi yuzasidan rasmiy ma`lumot tayyorlandi.

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

📺 O`zbekiston 24 telekanali, “Fakt 24” informatsion dasturi | Toshkentda yangi ekspress avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site