Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
5.41K subscribers
3.7K photos
1.26K videos
9 files
2.74K links
"Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik Jamiyatining telegramdagi rasmiy sahifasi:
E-mail: info@tashbus.uz
Call center: 1062
Instagram: https://instagram.com/toshbus?igshid=YmMyMTA2M2Y=
Facebook:
https://www.facebook.com/profile.
Download Telegram
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
Photo
#rasmiy_munosabat

Facebook ijtimoiy tarmog'ida 118-sonli avtobus yo'nalishi harakati to'g'risida joylashtirilgan tandiqiy post yuzasidan RASMIY MA'LUMOT!

Joriy yilning 27-iyul kuni, soat 15:45 larda, "Facebook" ijtimoiy tarmog'ida, 118-sonli avtobus yo'nalishining foaliyati yuzasidan tanqidiy post joylashtirildi.

🔹“Mazkur holat yuzasidan "Toshshahartransxizmat" AJ quyidagilarni ma'lum qiladi:
Jamiyatning "8-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 118-sonli “Chilonzor buyum bozori – O‘zposlsavdo” avtobus yo'nalishida ish kunlari 11 ta avtobus harakatlanishi belgilangan bo'lib, joriy yilning 27-iyul kuni harakat tarkibidagi “Mercedes-benz” rusumli saroy raqamlari 100, 225, 258-bo'lgan avtobuslarning texnik nosozligi "8-Avtobus saroyi" filialida ta'mirlanayotganligi sababli, shu kuni yo'nalishda 11 ta avtobus o'rniga 8 ta avtobuslar harakatlangan. Shuningdek, tushlik vaqtida, mazkur yo'nalishda harakatlanotgan saroy raqamlari 392 va 403-bo'lgan "MAN" rusumli avtobuslar gaz yoqilg'isini qayta quyish uchun yoqilg'i shaxobchasiga borib kelganligi sababli, soat 14:00 dan 16:00 ga qadar yo'nalish avtobuslarining oraliq intervali uzayib ketish holati kuzatilgan.

Hozirda "8-Avtobus saroyi" filiali texnik xodimlar tomonidan avtobuslarning texnik nosozligi bartaraf etilib yo’nalishga chiqarish choralari ko'rilayotganligini hamda ayni paytda 118-avtobus yo'nalishida 9 ta avtobuslar xizmat ko'rsatayotganligini ma'lum qilamiz.

📌Aziz kuzatuvchilar! Yuqoridagi kabi holatlar yoki jamoat transporti sohasida kuzatilayotgan kamchiliklarga guvoh bo'lsangiz “Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyatining 1062 ishonch raqamiga yoki tashbus.uz veb-saytining "Aloqa➡️Fuqarolar murojaati" bo'limi orqali murojaat qilishingizni so'raymiz!

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Web-site
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

💠 Joriy yilning 4-avgust kuni, "Toshshahartransxizmat" AJning "7-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi "Yutong
" rusumli davlat raqami 01| 230 PKA, saroy raqami 724-bo'lgan 69-sonli yo'nalishdagi avtobusning konditsioner tizimidagi nosozlik to'g'risida "Telegram" ijtimoiy tarmog'ida joylashtirilgan tanqidiy post yuzasidan RASMIY MA'LUMOT!

Nosozlik tezda bartaraf etilib, qayta yo'nalishda xizmat ko'rsatish uchun chiqarildi

✍️
Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Web-site
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
Photo
#rasmiy_munosabat

"Saz Le-60" rusumli avtobus ishtirokida sodir bo’lgan yo’l-transport hodisasi yuzasidan RASMIY MA’LUMOT!

🔹Joriy yilning 14-avgust kuni soat 15:10 larda, "12-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi "Saz Le-60" rusumli, davlat raqami 01|850 ZJA bo'lgan, 184-sonli "Toshloq mahalla - Sergeli-4 mavzesi" yo'nalishida harakatlanayotgan haydovchi I.B boshqaruvidagi avtobus Yangihayot tumani, THAY bo'ylab harakatlanayotgan vaqtda, “Atlant qirilish mollari do‘koni” oldida avtobus bilan bir yo'nalishda harakatlanayotgan tirkamali yuk mashinasi avtobusning yo‘nalishiga halaqit berishi natijasida, haydovchi avtobusni avval o‘ng tarafdagi stolbaga, so‘ng yo‘lni ajratuvchi betonli to‘siqga urilishi natijasida yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan. Mazkur yo'l-transport hodisasi natijasida avtobusdagi yo‘lovchilar jarohatlanmagan, haydovchi o‘ng oyoq tizza pasini lat yoyish tan jarohati bilan 16-sonli Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ko‘rsatish markaziga yuborilgan. “Saz Le-60” rusumli avtobus texnik shikastlangan.

🔹Hozirda ushbu yo'l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB JHH YHXB xodimlari tomonidan o'rnatilgan tartibda rasmiylashtirilganligini ma'lum qilamiz.

📌Hurmatli haydovchilar! Yo’llarda harakatlanayotganingizda yo’l-harakati qoidalariga rioya qilishingizni va yo’llarda e’tiborli bo’lishingizni so’raymiz!

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Web-site
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
Photo
#rasmiy_munosabat

Telegram ijtimoiy tarmog’ida e’lon qilingan tanqidiy post yuzasidan RASMIY MA’LUMOT!

🔹
Joriy yilning 15-avgust kuni, Telegramm ijtimoiy tarmog‘ida 52-sonli avtobus yo‘nalishi belgilangan bekatda to'xtamay o'tib ketganligi to'g'risida tanqidiy post joylashtirildi.

🔹Mazkur holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyati quyidagilarni maʼlum qiladi:
Ushbu qoidabuzarlik "2-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan, davlat raqami 01| 457 BKA, saroy raqami 265-bo’lgan 52-sonli “Uchuvchilar shaharchasi – Toshkent vokzali” avtobus yo‘nalishi haydovchisi R.N tomonidan amalga oshirilgan. Mazkur qoidabuzarlikka nisbatan tezkor chora ko'rish maqsadida, “2-Avtobus saroyi” filialining mas'ul xodimlari avtoshoxbekatga yetib borib, qoidabuzar haydovchiga nisbatan tushuntirish ishlari ya'ni, yo'lovchi tashish va korxona tomonidan belgilangan tartib qoidalarga amal qilgan holda ishlash yuzasidan maxsus yo'riqnoma o'tkazildi. Shuningdek, belgilangan bekatda to'xtamay o'tib ketganligi va yo'nalish vaqtida telefondan foydalanganligi sababli haydovchidan tushuntirish xati olinib, qoidabuzar haydovchiga nisbatan intizomiy jazo chorasi ko'rilishi belgilanligini ma’lum qilamiz.

📌Aziz yo‘lovchilar! Yuqoridagi kabi holatlar kuzatilgan taqdirda “Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyatining 1062 ishonch raqamiga yoki tashbus.uz veb-saytining "Aloqa➡️Fuqarolar murojaati" bo'limi orqali murojaat qilishingizni so'raymiz!

✍️
Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Web-site
#rasmiy_munosabat

Telegram ijtimoiy tarmog’ida e’lon qilingan tanqidiy post yuzasidan RASMIY MA’LUMOT!

🔹
Joriy yilning 15-avgust kuni, Telegramm ijtimoiy tarmog‘ida 57-sonli avtobus yo‘nalishida chiptachi yo'lovchining ID kartasini olib qo'yganligi to'g'risida tanqidiy post joylashtirildi.

🔹Mazkur holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyati quyidagilarni maʼlum qiladi:
Ushbu qoidabuzarlik "4-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan, davlat raqami 01| 063 NKA bo'lgan 57-sonli “Oloy bozori bekati – Erkin qo'rg'oni” avtobus yo‘nalishi chiptachisi K.A tomonidan amalga oshirilganligi aniqlandi. O'zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-apreldagi "Shahar yo'lovchilar transport to'g'risida"gi qonuni 25-moddasiga muvofiq Imtiyozli yurish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni olib yurishlari va ko'rsatishlari majburiy etib belgilangan. Shunungdek, hozirda ayrim universitet va institutlarda talabalik guvohnomasi ID karta ko'rinishida berilayotganligi va ushbu ID kartalar ham talabalik guvohnamasi sifatida teng kuchga egaligi munosabati bilan, talabaning ID kartasini nohaq tortib olganligi hamda yo'lovchi tashish qoidasini buzib  o'z xizmat vazifasini to'g'ri bajarmaganligi sababli, mazkur chiptachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganlini ma'lum qilamiz.

📌Aziz yo‘lovchilar! Yuqoridagi kabi holatlar kuzatilgan taqdirda “Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyatining 1062 ishonch raqamiga yoki tashbus.uz veb-saytining "Aloqa➡️Fuqarolar murojaati" bo'limi orqali  murojaat qilishingizni so'raymiz!

✍️
Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Web-site
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
Photo
#rasmiy_munosabat

Avtobuslar yoqilg'i quyish shaxobchalarida navbatda turganligi yuzasidan RASMIY MA'LUMOT!

Ijtimoiy tarmoqlarda avtobuslar yoqilg'i quyish shaxobchalarida navbatda turib qolganligi aks etgan videolar tarqaldi.

🔹“Mazkur holat yuzasidan "Toshshahartransxizmat" AJ quyidagilarni ma'lum qiladi:
Ayrim yoqilg’i quyish shaxobchalari yopilganligi munosabati bilan, “Toshshahartransxizmat” AJ tasarrufidagi avtobuslarni tabiiy gaz bilan ta'minlash uchun boshqa yoqilg‘i quyish shoxobchalariga yuborilgan. Bu esa yoqilg‘i quyish shoxobchalarida navbatlar paydo bo‘lishiga olib kelgan.

Mazkur masalani hal etish maqsadida, Toshkent shahar hokimligida «Hududgazta’minot” AJ va “Toshshahartransxizmat” AJ ishtirokida tezkor ishchi guruh tuzilib, poytaxtdagi mavjud yoqilg’i quyish shaxobchalarida “Toshshahartransxizmat” AJ tasarrufidagi avtobuslar uchun qo'shimcha yoqilg’i quyish stansiyalari ajratilganligini hamda tabiiy gazda harakatlanadigan avtobuslarning uzluksiz ishlashi bo‘yicha barcha chora-tadbirlar ko'rilayotganligini ma'lum qilamiz.

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Web-site
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
Photo
#rasmiy_munosabat

"Yutong" rusumli elektrobus bilan sodir bo’lgan yo’l-transport hodisasi yuzasidan RASMIY MA’LUMOT!

🔹Joriy yilning 7-sentabr kuni soat 17:20 larda, "1-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi "Yutong" rusumli, davlat raqami 01|076 NKA bo'lgan, 13T-sonli "Suvsoz mavzesi - Toshkent vokzali" yo'nalishida harakatlanayotgan haydovchi G.I boshqaruvidagi avtobus Bektemir tumani, Suvsoz dahasi dan Toshkent vokzali Husayn Bayqaro ko‘chasi Quyuv Mexanika zavodi qarshisida 34-35 km tezlikda harakatlanayotgan elektrobusga ikki yo‘nalishli harakat oqimida transport vositalarining 3 ta qator bo'lib harakatlanishi yo‘nalishga halaqit berishi natijasida, haydovchi elektrobus boshqaruvini o‘ng tomonga burgan va yo‘l yoqasida turgan beton stolbaga urilishi natijasida yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan. Mazkur yo'l-transport hodisasi natijasida elektrobusdagi yo‘lovchilarning 5 nafari hamda haydovchi tan jarohati olgan. Tan jarohati olgan 5 nafar yo‘lovchi "Shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi" va "Toshkent shahar 4-sonli klinik shifoxonasi"ga tibbiy yordam korsatish uchun yuborilgan. “Yutong” rusumli elektrobus texnik shikastlangan.

🔹Hozirda ushbu yo'l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilayotganligini ma'lum qilamiz.

📌Hurmatli haydovchilar! Yo’llarda harakatlanayotganingizda yo’l-harakati qoidalariga rioya qilishingizni va yo’llarda e’tiborli bo’lishingizni so’raymiz!

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐
Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
#rasmiy_munosabat
#rasmiy_munosabat

"King Long" rusumli avtobusning o'rta qismi (гармошка) shikastlanganligi yuzasidan RASMIY MA'LUMOT!

🔹Joriy yilning 11-sentabr kuni soat 21:35 larda, "12-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi "King Long" rusumli, davlat raqami 01|805 LKA bo'lgan, 131-sonli yo'nalishda harakatlanayotgan haydovchi A.A boshqaruvidagi avtobus Yangihayot tumani, Sergeli 1-mavzesi, Izumrud restorani qarshisida, yo'lning qatnov qismida joylashgan quduqning atrofi cho'kishi oqibatida chuqurlik hosil bo'lgan va avtobusning o'rta g'ildiraklari quduqqa tushib ketishi natijasida, mahkamlangan quduq qopqog'i avtobusning ulangan tag va o'rta qismi(гармошка)ga shikast yetkazgan. Mazkur hodisasi natijasida avtobusdagi yo‘lovchilarga zarar yetmagan. “King Long” rusumli avtobus texnik shikastlangan.

🔹Hozirda ushbu yo'l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o'rnatilgan tartibda rasmiylashtirilganligini ma'lum qilamiz.

📌Hurmatli haydovchilar! Yo’llarda harakatlanayotganingizda yo’l-harakati qoidalariga rioya qilishingizni va yo’llarda e’tiborli bo’lishingizni so’raymiz!

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐
Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site