Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
5.35K subscribers
3.68K photos
1.24K videos
8 files
2.72K links
"Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik Jamiyatining telegramdagi rasmiy sahifasi:
E-mail: info@tashbus.uz
Call center: 1062
Instagram: https://instagram.com/toshbus?igshid=YmMyMTA2M2Y=
Facebook:
https://www.facebook.com/profile.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bayrogim_faxrim_31🇺🇿

🇺🇿18-noyabr - O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i qabul qilingan kun.🇺🇿
Bu yil ushbu tarixiy sananing 31 yilligi yurtimiz bo`ylab keng nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan, "Toshshahartransxizmat" AJda "Muqaddasdir Vatan bayrog`i" shiori ostida ma`naviy-ma`rifiy tadbir o`tkazildi.

💠 Tadbirda O`zbekiston yozuvchilari uyushmasi a`zosi, shoir, tarjimon-Davron Rajab va Transport vazirining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo'yicha maslahatchisi Djalalova Dilorom Maxmudjanovnalar so`zga chiqib, milliy g`ururimiz, iftixorimiz bo`lgan davlatimiz bayrog`ining yaratilish tarixi, shuningdek, uning ahamiyati va o`rnini mustahkamlash borasida fikr-mulohazalarini bildirib o`tdilar.

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
Photo
#HAFTA_DAVOMIDA

🗓 2022-yil 14-noyabrdan 20-noyabr holatiga


💠
Jamoat transporti (avtobuslar) dan bir oy mobaynida foydalangan yo‘lovchilar soni bo`yicha ma`lumot infografika ko`rinishida tayyorlandi.
💠"D" toifali haydovchilik guvohnomasiga ega haydovchilarni ishga qabul qilish va "D" toifali haydovchilik guvohnomasiga o`qitish bo`yicha videoe`lon
tayyorlandi.
💠18-noyabr - O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilingan kun munosabati bilan video tabrik tayyorlandi.
💠 Yangi "SAZ LE-60" rusumli avtobuslarning navbatdagi 8 donasi "Toshshahartransxizmat" AJ tasarrufiga topshirilib, 15, 48 va 146-sonli avtobuslarda xizmat ko`rsatish uchun biriktirildi.
💠"MAN A22 CNG" rusumli avtobuslarning navbatdagi 10 donasi "Toshshahartransxizmat" AJ tasarrufiga topshirilib, 68, 8, 40, 13, 69 va 82-sonli avtobus yo`nalishlarida xizmat ko`rsatish uchun biriktirildi.
💠 "Muqaddasdir Vatan bayrog`i" shiori ostida ma`naviy-ma`rifiy tadbir o`tkazildi.


✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
#rasmiy_maʼlumot

Validator ishlamay qolganligi yuzasidan RASMIY MA`LUMOT!

Joriy yilning 18-noyabr kuni Telegram ijtimoiy tarmog`ida 46-sonli avtobusning orqa eshiklaridagi validatorlar ishlamayotgani haqida xabar joylashtirildi.

🔹Mazkur holat yuzasidan "Toshshahartransxizmat" AJ quyidagilarini ma`lum qiladi:
Mazkur holat "18- Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi, saroy raqami 660-bo`lgan "MAN" rusumli, 46-sonli "Birlik mavzesi - RET zavodi" avtobus yo`nalishida kuzatilgan bo`lib, mas`ul xodimlar tomonidan tezkor tekshiruv o`tkazilganda validator simi uzilganligi tufayli vaqtinchalik ishlamay qolib o`chiq holatda bo`lganligi aniqlandi. "18-Avtobus saroyi" mas`ul xodimlari tomonidan kechki texnik ko`rik jarayonida ushbu nosozlik bartaraf etilib, hozirda 46-sonli "Birlik mavzesi - RET zavodi" yo`nalishida harakatlanuvchi mazkur avtobusning orqa qismidagi validatorlar soz holatda ishlayotganligini va yo`lovchilar elektron to`lovni amalga oshirishlari mumkinligini ma`lum qilamiz.

📌Aziz yo`lovchilar! Yuqoridagi kabi holatlar kuzatilgan taqdirda "Toshshahartransxizmat" AJ ning qisqa raqamli 1062 ishonch telefoni orqali murojaat qilishingizni so`raymiz.

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
#Автотураргоҳ

🚗 🅿️ ТОШКЕНТ ШАҲРИНИНГ 10 ТА МАРКАЗИЙ КЎЧАЛАРИДА ЙЎЛ-БЎЙИ ПУЛЛИК ТЎХТАШ ЖОЙЛАРИНИ ТАШКИЛ ЭТИШ РЕЖАЛЛАШТИРИЛМОҚДА.

🚘 Тошкент шаҳрида автомобилларнинг йўл бўйи пулли тўхташ жойларининг ягона тизимини яратиш шахсий автомобилдан фойдаланиш улушини ва кўчалардаги тирбандликларни камайтиришнинг асосий механизмларидан бири ҳисобланади.

🅿️ Тошкент шаҳрида автомобилларнинг йўл бўйи пуллик тўхташ жойларининг ягона тизиминини яратиш учун қуйидаги тадбирларни амалга ошириш кўзда тутилмоқда:

👉БАТАФСИЛ

📝🚘 Тошкент шаҳар транспорт бош бошқармаси матбуот хизмати

Telegram |Facebook|Instagram| YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Тошкент шаҳрининг 10 та марказий кўчаларида йўл-бўйи пуллик тўхташ жойларини ташкил этиш режаллаштирилмоқда.

📍Булар: Глинка, Братислава, Миробод, Авлиё ота, Тарас Шевченко, Саид Барака, Моштабиб, Фидокор, Содиқ Азимов ва Якуб Колас кўчаларидир.

🚘 Автоматлаштирилган йўл бўйи пуллик тўхташ жойлари давлат-хусусий шериклик асосида ташкил этилади.

♿️ Лойиҳага асосан имконияти чекланган шахслар учун ушбу йўл бўйи автотураргоҳлардан фойдаланиш бепул бўлади.

🅿️ Тошкент шаҳрида автомобилларнинг йўл бўйи пуллик тўхташ жойларининг ягона тизимини яратиш учун қуйидаги тадбирларни амалга ошириш кўзда тутилмоқда.

Батафсил


Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги Ахборот хизмати


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
#SAZ_LE_60
#SAZ_LE_60

🚌 Joriy yilning 16-noyabr kuni, "Samarqand avtomobil zavodi" MCHJda ishlab chiqarilgan "SAZ LE-60" rusumli avtobuslarning navbatdagi 14 donasi “Toshshahartransxizmat” AJ tasarruffiga topshirilgan edi. Mazkur xarid qilingan yangi avtobuslardan samarali foydalanish maqsadida, "SAZ LE-60" rusumli avtobuslarning:

🔹1 donasi -"18-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 31-sonli "Qoraqamish 2/4 mavzesi - Chinni bozori" avtobus yo‘nalishiga;
🔹2 donasi - "1-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 15-sonli "Qo`yliq dehqon bozori-Do`stlik metrosi"avtobus yo`nalishiga;
🔹2 donasi - "1-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 119-sonli "Qo`yliq 1-mavzesi - Yunusobod dehqon bozori" avtobus yo`nalishiga;
🔹2 donasi - "8-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 71-sonli "Chuqursoy temir yo`l stansiyasi - Uzumzor mavzesi" avtobus yo`nalishiga;
🔹1 donasi - "12-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 74-sonli "Shoimko`prik bekati - Chilonzor metrosi" avtobus yo`nalishiga;
🔹2 donasi - "8-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 78-sonli "Beruniy metrosi - Toshkent vokzali" avtobus yo`nalishiga;
🔹1 donasi - "12-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 117-sonli "Do`stlik 2-mavzesi - Qo`yliq dehqon bozori" avtobus yo`nalishiga;
🔹3 donasi - "18-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 120-sonli "Chorsu metrosi - Keles" avtobus yo`nalishlarida xizmat ko`rsatish uchun biriktirilganligini ma`lum qilamiz.

Bugunga qadar Toshkent shahriga ushbu avtobuslardan 163 dona olib kelingan bo‘lib, endilikda ularning soni 177 donaga yetdi.

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site
#INFOGRAFIKA

☎️“Toshshahartransxizmat” AJning 1062 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali kelib tushgan shikoyatlarning tasnifi va miqdori to’g’risida MA’LUMOT

(2022-yil 1-yanvardan 31-oktabr holatiga)

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site
🚌 📣ЭЪЛОН! Йўловчилар диққатига! 🚌

🔹Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил
2 февралдаги “Тошкент шаҳар жамоат транспорти тизимини янада ривожлантиришга доир қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”
ги ПҚ-111-сонли қарорга асосан аҳолининг жамоат транспортидан фойдаланиш даражасини ошириш мақсадида, жорий йилнинг 23 ноябрь кунидан бошлаб, Е-1-сонли "ТТЗ АШБ-Машинасозлар метроси АШБ" янги экспресс автобус йўналиши ташкил этилмоқда.

🚌 Автобус йўналиши "ТТЗ АШБ" дан Юзработ, Гулсанам, Буюк Ипак Йўли, Мирзо Улуғбек, Тараққиёт 2-тор кўчалари орқали Машинасозлар метроси АШБ"га қадар ҳаракатланади.

🚏Тўхташ бекатлари: ТТЗ бозори, Буюк Ипак Йўли метроси, Шифокорлар малакасини ошириш институти, Ашхобод боғи.


📙Тошкент шаҳар транспорт бош бошқармаси матбуот хизмати.

Telegram |Facebook|Instagram| YouTube|
⚡️DIQQAT EʼLON!!!⚡️

📢 “Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyati barcha turdagi OAV vakillari va blogerlarni Yangi ekspress avtobus yo`nalishi tashkil etilganligi munosabat bilan press-turga taklif etadi.

📅 Sana: 23-noyabr 2022-yil

🕚 Boshlanish vaqti: 13:00

🗺 Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug`bek tumani, TTZ Avtoshox bekati

Shuningdek, jamoat transportida kuzatilayotgan bir qator yangiliklar, yo‘lovchilar uchun yaratilayotgan qulayliklar hamda kelajakda rejalashtirilayotgan bir qancha loyihalar to`g`risida ma`lumotlar taqdim etiladi.

☎️Murojaat uchun: (97) 706-46-56

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site