Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
5.15K subscribers
3.54K photos
1.15K videos
8 files
2.6K links
"Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik Jamiyatining telegramdagi rasmiy sahifasi:
E-mail: info@tashbus.uz
Call center: 1062
Instagram: https://instagram.com/toshbus?igshid=YmMyMTA2M2Y=
Facebook:
https://www.facebook.com/profile.
Download Telegram
#rasmiy_maʼlumot

Avtobuslar yo’lning qarama-qarshi yo’nalishida harakatlangani yuzasidan RASMIY MAʼLUMOT!

Joriy yilning 4-may kuni soat 17:30 larda, yo’lovchi tashish bilan shug’ullanuvchi avtobuslar yo’lning qarama-qarshi yo’nalishi tomon harakatlangani aks etgan video ijtimoiy tarmoqga joylashtirildi.

🔹Mazkur holat yuzasidan, “Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyati quyidagilarni ma`lum qiladi:
Yangihayot tumani, 3- va 4-metro bekati oralig’ida yo’l qurilish ishlari olib borilayotganligi sababli, Yo’l harakati xavfsizligi inspektorlari tomonidan yo’lovchi tashish bilan shug’ullanuvchi jamoat transporti avtobus yo’nalishlariga bir taraflama yo’l bo’lagidan harakatlanishga ruxsat etilganligini hamda ushbu harakat yo’l harakati xavfsizligi inspektorlarining nazorati ostida tashkil etilganligini ma’lum qilamiz.


❗️Hurmatli haydovchilar! Siz transport vositasini boshqarayotgan vaqtingiz nafaqat o‘zingizning balki, yo‘lovchilarning ham hayotiga javobgar ekanligingizni unutmang.Yo’l harakati qoidalariga rioya qilgan holda harakatlaning!

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Web-site
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
Photo
#HAFTA_DAVOMIDA

🗓 2023-yil 1-maydan 7-may holatiga

💠
Avtobusning tom qismida joylashgan gaz ballonni himoyalab turuvchi qoplamasi yo‘lning qatnov qismiga tushganligi yuzasidan RASMIY MA'LUMOT !
💠Elektrobuslarni quvvatlovchi stantsiyalar yetishmayotganligi haqida tanqidiy post yuzasidan RASMIY MA'LUMOT!
💠Yangi avtobusni boshqarishda yo'l qo'yilgan kamchilik yuzasidan RASMIY MUNOSABAT!
💠Elektrobuslarni quvvatlash jarayonlarini to‘g‘risida videolavha.
💠“Toshshahartransxizmat” AJ raisi Anvar Djurayev Toshkentda avtobus tomidagi qoplama nega qoʻporilgani haqida - OAV BIZ HAQIMIZDA
💠Toshkent telekanali, "Gap chiqdi" tok-shousi | Jamoat transporti: Tirbandlik yechimi!
💠Shahar yo'lovchilar transportidan bepul foydalanishi uchun ayrim toifadagi fuqarolarga imtiyozli transport kartalarini berish tartibi joriy etildi.
💠Sevimli telekanali, "Zamon" informatsion dasturi |Yangi avtobusning tom qismi nega ajralib tushdi?
💠Sevimli telekanali, "Zamon" informatsion dasturi |Jamoat transporti avtobuslar uchun ajratilgan yo'laklarda va avtobus bekatlari atrofida reyd tadbirlari o'tkazilmoqda
💠28-sonli avtobus yo'nalishi haydovchi va yo'lovchilarining fikri
💠MY5 telekanali, "Markaziy studiya" dasturi | Transport karta orqali to’lov qilganlarga chegirma beriladi
💠“Yangi O’zbekiston” nashri | Jamoat transporti tariflari o’zgaradi
💠Avtobuslar yo’lning qarama-qarshi yo’nalishida harakatlangani yuzasidan RASMIY MAʼLUMOT!
💠Poytaxt bo'ylab harakatlanuvchi 14 ta avtobus yoʻnalishlarida xizmat ko'rsatish yangi turdagi brutto-shartnoma asosida tashkil etilmoqda
💠Xabardor.uz | Jamoat transportida narxlar oshadi, lekin yo'lovchilarga ham qulayliklar bor - OAV BIZ HAQIMIZDA
💠Yangi joriy etilayotgan tarif rejasi haqida.
💠Yangi joriy etilayotgan tarif rejasi yuzasidan ijtimoiy so’rovnoma
tashkil etildi.
💠Kechki tig’iz vaqtda avtobusda harakatlanishda qulayliklar haqida yo’lovchilar fikri.
💠Kun.uz axborot nashrida e'lon qilingan maqola yuzasidan RASMIY MAʼLUMOT !
💠Saz Le-60 rusumli avtobus ishtirokida sodir bo’lgan yo’l-transport hodisasi yuzasidan RASMIY MA'LUMOT!

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Web-site
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
Photo
#rasmiy_maʼlumot

"Saz Le-60" rusumli avtobusda tutun chiqganligi yuzasidan RASMIY MAʼLUMOT!

Joriy yilning 14-may kuni, 17:15 larda, 70-sonli avtobusda tutun hosil bo`lgani va harakatni davom ettirayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqga joylashtirildi.

🔹Mazkur holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ quyidagilarni maʼlum qiladi:
2023-yil 14-may kuni , "7-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi "SAZ LE-60" rusumli, saroy raqami 008 bo'lgan, 70-sonli-"M. Yusuf ASHB - Chilonzor 20-daxa" avtobus yo'nalishi haydovchisi T.N soat 06:18 da ishga chiqib, jadval asosida 11 ta qatnovni bajargan. 2023-yil 14-may kuni soat 17:15 larda haydovchi T.N 70-sonli avtobusda Muhammad Yusuf ko'chasidan harakatlanib borayotgan vaqtda, avtobusning turbonaduv qismidagi tirsakli vali sinishi oqibatida moy haydab glushitelda qora tutun hosil bo'lgan. Avtobus haydovchisi ushbu holatni ko'ra turib, avtobusni to'xtatish va yo'lovchilarni tushurish o'rniga harakatni davom ettirgan. Hodisa oqibatida yo‘lovchilarga zarar yetmagan.

O'z vazifasiga sovuqqonlik bilan qarab, yo'lovchilar hayotini xavf ostida qoldirgani uchun, mazkur avtobus haydovchisi T.N bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganligini ma'lum qilamiz.

Hozirda “7
-Avtobus saroyi” filialining texnik xodimlar tomonidan avtobusning texnik nosozligi bartaraf etilmoqda. Tez kunlarda ushbu avtobus yo’nalishda xizmat ko’rsatishni davom ettirishini ma’lum qilamiz.

📌Hurmatli haydovchilar! Yo‘llarda harakatlanayotganingizda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishingizni va avtotransport vositalarini texnik holati soz ekanligiga eʼtiborli bo‘lishingizni so‘raymiz!

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Web-site
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
Photo
#rasmiy_maʼlumot

"Saz Le-60" rusumli avtobusda tutun chiqganligi yuzasidan RASMIY MAʼLUMOT!

Joriy yilning 19-may kuni, 08:01 da, 190-sonli avtobusda tutun hosil bo`lgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqga joylashtirildi.

🔹Mazkur holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ quyidagilarni maʼlum qiladi:
2023-yil 19-may kuni , "5-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi "SAZ LE-60" rusumli, saroy raqami 065-bo'lgan, 190-sonli-"Yangibozor qo‘rg‘oni - Yangi O‘zbekiston bog‘i" avtobus yo'nalishi haydovchisi Mahtumquli ko'chasidan harakatlanib borayotgan vaqtda, avtobusning kollektor, turbonaduv qismidagi nosozlik sababli qora tutun qoplami chiqqan. Avtobus haydovchisi ushbu holatni ko'rib, avtobusni zudlik bilan “Toshavtota’mirxizmat” UKning ikkinchi filialiga olib borgan. “5-Avtobus saroyi” filialining texnik xodimlar tomonidan avtobusning texnik nosozligi tezkor bartaraf etilib, shu kunning o'zida qayta yo’nalishda xizmat ko’rsatish uchun chiqarilganligini ma’lum qilamiz.

📌Hurmatli haydovchilar! Yo‘llarda harakatlanayotganingizda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishingizni va avtotransport vositalarini texnik holati soz ekanligiga eʼtiborli bo‘lishingizni so‘raymiz!

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Web-site
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
Photo
#rasmiy_maʼlumot

"Mercedes-Benz" rusumli avtobusda yong'in sodir bo'lganligi yuzasidan RASMIY MAʼLUMOT!

Joriy yilning 21-may kuni soat 16:43 da, "2-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi, davlat raqami 01|158 HCA bo‘lgan, "Mercedes-Benz" rusumli, 96-sonli avtobusda yong'in hosil bo'lgani haqida xabar tarqaldi.

🔹Mazkur holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ quyidagilarni maʼlum qiladi:
Ushbu avtobus 2012-yil ishlab chiqarilgan bo‘lib, tasarruf boshidan buyon 882 589 km masofani bosib o‘tgan. Dastlabki maʼlumotga ko‘ra, avtobus haydovchisi B.Z (1990-yilda tug`ilgan), 96-sonli yo'nalishda Yashnobod tumani, "Ashxobod" istirohat bog'i chorraxasidan harakatlanib borayotgan vaqtda, avtobusning elektr simlarida qisqa tutashuv yuzaga kelib, elektr simlarining yonishi sodir bo'lgan. Ushbu holatni haydovchi birlamchi yong'in o'chirish vositasi (огнетушитель) yordamida zudlik bilan bartaraf etishga harakat qilgan, ammo yong'in kuchayganligi sababli, o'chirish imkoni bo'lmagan. Avtobus to'liq yonib ketgan.

Yong'in qutqaruv bo'linmalari voqea joyiga soat 16:45 da yetib borib, soat 16:50 da yong'in bartaraf etilgan.Hodisa natijasida jabrlanganlar va jarohat olganlar yo'q. Hozirda, “Toshshahartransxizmat” AJning Ishlab chiqarish texnik bo‘limi xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi olib borilmoqda.

📌Hurmatli haydovchilar! Yo‘llarda harakatlanayotganingizda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishingizni va avtotransport vositalarini texnik holati soz ekanligiga eʼtiborli bo‘lishingizni so‘raymiz!

✍️
Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Web-site
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
Photo
#rasmiy_maʼlumot

"Yutong" rusumli elektrobus va "Cobalt" rusumli yengil avtomobil ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan RASMIY MAʼLUMOT!

🔹Joriy yilning 6-iyun kuni soat 15:20 larda, Mirzo Ulug'bek tumanidagi “Do‘rmon yo‘li” va “G‘azalkent”ko‘chalari kesishmasi oldida 89-sonli “Qorasuv1-dahasi - Chorsu ASHB” yo‘nalishda harakatlanayotgan, “Yutong” rusumli, davlat raqami 01|365 NKA bo‘lgan elektrobus (haydovchi 31.01.1958 y.t., Lomanov Sergey Alekseyevich) Do‘rmon yo‘li ko‘chasidan harakatlanib kelib, G‘azalkent ko‘chasiga chorrahadan chapga burilayotgan vaqtda, “Do‘rmon yo‘li” ko‘chasi bo‘ylab Tohir Malik ko‘chasi kesishmasi tomonga harakatlangan “Cobalt” rusumli, davlat raqami 01|L 126 OB bo‘lgan avtomobil (haydovchisi 2003 y.t. Yakubov Fazliddin Shodmon o‘g‘li) svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘iga harakatlanib kelib elektrobusning old yon qismiga to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, mazkur yo'l-transport hodisasi oqibatida "Cobalt" rusmli yengil avtomobil haydovchisi (2003-y.t. Yakubov Fazliddin Shodmon o‘g‘li) voqea joyida vafot etgan hamda yonida bo‘lgan yo‘lovchi tan jarohati olib tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tez yordam mashinasida yuborilgan.

🔹Hozirda mazkur yo‘l-transport hodisasi yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

📌Hurmatli haydovchilar! Yo’llarda harakatlanayotganingizda yo’l-harakati qoidalariga rioya qilishingizni va yo’llarda e’tiborli bo’lishingizni so’raymiz!

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Web-site
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
Photo
#rasmiy_maʼlumot

"Mercedes-Benz" rusumli avtobusda tutun chiqganligi yuzasidan RASMIY MAʼLUMOT!

Joriy yilning 10-iyul kuni, "18-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 147-sonli "Chorsu savdo markazi-Chinni bozor" yo'nalishidagi "Mercedes-Benz LF" rusumli avtobusda tutun hosil bo`lgani haqida xabar tarqaldi.

🔹Mazkur holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ quyidagilarni maʼlum qiladi:
"18-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan, saroy raqami 652-bo'lgan, 147-sonli avtobus (2013-yilda ishlab chiqarilgan, 909 777 km masofa yurgan) TXAY ko'chasi bo’ylab "Chinni bozori" tomonga harakatlanayotgan vaqtda, avtobusning orqa qismidagi elektr o’tkazish simlarining kuchlanishi natijasida, tutashuv sodir bo’lgan. Mazkur hodisa, avtobus haydovchisi G'.U tomonidan darhol aniqlanib, avtobus ichida bo’lgan yo’lovchilar zudlik bilan avtobusdan tushirilgan va ushbu holat tezkorlik bilan bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida yo‘lovchilarga zarar yetmagan.

Hozirda ushbu avtobus, shatakka oluvchi maxsus transport vositasi yordamida “18-Avtobus saroyi” filialiga olib kelingan bo’lib, texnik xodimlar tomonidan avtobusning texnik nosozligi bartaraf etilib tez kunlarda yo’nalishga chiqarish choralari ko'rilayotganligini ma’lum qilamiz.

📌Hurmatli haydovchilar! Yo‘llarda harakatlanayotganingizda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishingizni va avtotransport vositalarini texnik holati soz ekanligiga eʼtiborli bo‘lishingizni so‘raymiz!

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Web-site
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
#rasmiy_munosabat
#rasmiy_maʼlumot

"Yutong" rusumli elektrobus ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan RASMIY MAʼLUMOT!

🔹Joriy yilning 24-iyul kuni soat 17:20 da, "1-Avtobus saroyi" filiali haydovchisi A.D (1995-yilda tug`ilgan) "Yutong" rusumli, saroy raqami 020-bo‘lgan elektrobusni 28-yo'nalishda Shayxontohur tumani, A.Navoiy ko'chasida maxsus A yo'lak bo'ylab boshqarib borayotgan vaqtda, elektrobusning chap tarafida harakatlanib ketayotgan "Nexia-3" rusumi davlat raqami 01|S 103 DB bo'lgan yengil avtomobil yo'l harakati qoidasini qo'pol ravishda buzib, yo'lning 2-qatnov qismidan harakatini keskin o'ngga burib, xavfli holatni keltirib chiqargan. "Nexia-3" rusumi yengil avtomobilning ushbu keskin xatti-harakati(monyovri) natijasida bo'ladigan yo'l-transport hodisasini oldini olish maqsadida, elektrobus haydovchisi A.D keskin tormoz olishga majbur bo'lgan. Natijada elektrobus salonida tik turgan holda ketayotgan yo'lovchilardan biri (shaxsi hozircha ma'lum emas) yiqilgan. Yo'lovchiga tez tibbiy yordam ko'rsatish maqsadida, tez yordam chaqirilgan va elektrobus chiptachisi hamroxligida yo'lovchi shiifoxonaga olib ketilgan.

🔹Hozirda mazkur yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan bo'lib, xizmat surishtiruvi o‘tkazilmoqda.

📌Hurmatli haydovchilar! Yo’llarda harakatlanayotganingizda yo’l-harakati qoidalariga rioya qilishingizni va yo’llarda e’tiborli bo’lishingizni so’raymiz! Zero jamoat transportida kimningdir ota-onasi, kimningdir yaqini va oila a'zolari harakatlanib ketayotganini, ularning hayoti uchun ham barchamiz birdek mas'ul ekanligimizni unutmang!

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Web-site
#rasmiy_maʼlumot

"Yutong CNG" rusumli avtobus va "ZIL" rusumli avtomobil ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan
RASMIY MAʼLUMOT!

Joriy yilning 27-iyul kuni "Ko дну" telegram kanalida "Yutong CNG" rusumli avtobusning texnik holati yuzasidan tanqidiy post joylashtirildi.

🔹Mazkur holat yuzasidan "Toshshahartransxizmat" AJ quyidagilarni ma'lum qiladi:
2023-yil 26-iyul kuni, soat 21:30 larda, Jamiyatning "18-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi, davlat raqami 01|927 LKA bo'lgan, "Yutong CNG" rusumli, 147-sonli "Chorsu savdo markazi - Chinni bozori" avtobus (haydovchisi U.A) Uchtepa tumani, "Istirohat" ko'chasi bo'ylab "18-Avtobus saroyi"ga harakatlanib borayotganda, u bilan bir yo'nalishda harakatlanayotgan davlat raqami 01|S 746 EB bo'lgan, "ZIL" rusumli avtomobil (haydovchisi T.M ) avtobusni quvib o'tayotgan vaqtda, oraliq masofani hisobga olmasdan avtobusning o'ng orqa yon qismida joylashgan kuzov, eshik hamda avtobus kuzovining tashqi qismidagi oynalariga to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan. Sodir etilgan ushbu yo'l-transport hodisasi natijasida tan jarohati olganlar yo'q. Avtobus texnik shikastlangan.

"ZIL" rusumli avtomobil haydovchisi T.M aybdorlikni tan olib, avtobusga yetkazilgan zararni to'liq qoplashini aytganligi sababli, xolislar ishtirokida joyida dalolatnoma (Европротокол) tuzilib, "18-Avtobus saroyi"ga joylashtirilgan.

Bugun, 27-iyul kuni soat 10:00 larda ushbu avtobusni ta'mirlash uchun, "2-Avtobus saroyi"ga THAY bo'ylab olib ketilayotgan vaqtda, fuqarolar tomonidan suratga olinib, ijtimoiy tarmoqqa joylashtirilgan.

"2-Avtobus saroyi” filialining texnik xodimlari tomonidan mazkur avtobusning texnik nosozligi bartaraf etilib, tez kunlarda qayta yo’nalishda xizmat ko’rsatish uchun chiqarilishini ma’lum qilamiz.

📌Hurmatli haydovchilar! Yo’llarda harakatlanayotganingizda yo’l-harakati qoidalariga rioya qilishingizni va yo’llarda e’tiborli bo’lishingizni so’raymiz!

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Web-site
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
Photo
#rasmiy_maʼlumot

Avtobus mostdan tushib ketganligi yuzasidan RASMIY MAʼLUMOT!

🔹Joriy yilning 29-iyul kuni, Telegram ijtimoiy tarmog’ida “Archa ko’chada avtobus ichidagi odamlari bilan mostdan tushib ketdi” degan xabarlar tarqaldi.

🔹Mazkur holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ quyidagilarni ma’lum qiladi:
Ijtimoiy tarmoqlarda mostdan tushib ketganligi aytilayotgan avtobus Jamiyatning “4-Avtobus saroyi” filiali tasarrufidagi “Mercedes-benz” rusumli avtobus hisoblanib, O’zbekiston Kinematografiya agentligi hamda Ichki ishlar vazirligi tomonidan maxsus suratga olinayotgan o’tkir syujetli “Uch qahramon” filmining tasvirga olish jarayonida amalga oshirilgan sahnalashtirilgan holat hisoblanadi. Shuningdek, filmni suratga olish jarayonida xavfsizlik choralari ko’rilgan bo’lib, hudud yo’l patrul xizmati inspektorlari tomonidan nazoratga olinganligini hamda suratga olish jarayonida hech bir fuqaro jabrlanmaganligini ma’lum qilamiz.

📌Ijtimoiy tarmoq faollaridan ushbu holatni noto'g'ri talqin qilmasliklarini so'raymiz.

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Web-site
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
Video
#rasmiy_maʼlumot

Facebook ijtimoiy tarmog'ida joylashtirilgan tandiqiy post yuzasidan RASMIY MA'LUMOT!

Joriy yilning 9-avgust kuni Facebook ijtimoiy tarmog’ida 121-sonli avtobusning validatorining QR-kod belgisi yo'qligi haqida tanqidiy post joylashtirildi.

🔹Mazkur holat yuzasidan "Toshshahartransxizmat" AJ quyidagilarini ma’lum qiladi:
Ushbu holat "18-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi, saroy raqami 692-bo’lgan "MAN CNG" rusumli, 121-sonli "Yunusobod mavzesi 9-daha - "Chinni bozori" avtobus yo’nalishida kuzatilgan bo’lib, mas’ul xodimlar tomonidan tezkor tekshiruv o’tkazilganda mazkur validator eski turdagi validatorlardan biri ekanligi aniqlandi. Ushbu nosozlik tezkorlik bilan bartaraf etilib, hozirda 121-sonli "Yuusobod mavzesi 9-daha - "Chinni bozori" yo’nalishida harakatlanuvchi mazkur avtobusning validatorlari yangi turdagisiga almashtirilganligini va yo'lovchilar mobil ilovalar yordamida validatorlardagi QR-kodni skanerlash orqali elektron to'lovni amalga oshirishlari mumkinligini ma'lum qilamiz.

Ta’kidlash kerakki, bugungi kunda ATTO operatori bilan hamkorlikda avtobuslardagi barcha eski turdagi validatorlar yangi turdagisiga bosqichma-bosqich almashtirilmoqda.

“Toshshahartransxizmat” AJ keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.

📌Aziz yo'lovchilar! Yuqoridagi kabi holatlar kuzatilgan taqdirda "Toshshahartransxizmat" AJ ning qisqa raqamli 1062 ishonch telefoni orqali murojaat qilishingiz mumkinligini eslatib o'tamiz!

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Web-site
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
Photo
#rasmiy_maʼlumot

"Yutong" rusumli avtobusda tutun chiqganligi yuzasidan RASMIY MAʼLUMOT!

Joriy yilning 25-avgust kuni, "18-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 147-sonli "Yutong" rusumli avtobusda tutun hosil bo'lgani haqida xabar tarqaldi.

🔹Mazkur holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ quyidagilarni maʼlum qiladi:
"18-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi davlat raqami 01|918 LKA, saroy raqami 348-bo‘lgan, 147-sonli "Chorsu savdo markazi-Chinni bozor" avtobus, yo'nalishda harakatlanayotgan vaqtda, avtobusning sovutish tizimi (konditsioner) kompressoridagi nosozlik tufaylik, sovutish tizimi (konditsioner) tasmasi (remeni) ishqalanishi hisobiga tutun hosil bo'lgan.
Mazkur hodisa, avtobus haydovchisi tomonidan darhol aniqlanib, nosozlikni bartarf etish maqsadida, avtobusni "18-Avtobus saroyi" filialiga olib borgan. Hodisa oqibatida yo'lovchilarga va atrofdagilarga zarar yetmagan.

Hozirda ushbu avtobus, “18-Avtobus saroyi” filialiga olib kelingan bo’lib, "Yutong" kompaniyasining texnik xodimlari tomonidann avtobusning texnik nosozligi bartaraf etilib, soz holatga keltirilganligini hamda ushbu avtobus joriy yilning 26-avgust kunidan yo’nalishda xizmat ko’rsatishni davom ettirishini ma’lum qilamiz.

📌Hurmatli haydovchilar! Yo‘llarda harakatlanayotganingizda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishingizni va avtotransport vositalarini texnik holati soz ekanligiga eʼtiborli bo‘lishingizni so‘raymiz!

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Web-site
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
#rasmiy_maʼlumot
#rasmiy_maʼlumot

Avtobus haydovchisi yo'lning qarama-qarshi tarafida harakatlanganligi yuzasidan RASMIY MAʼLUMOT!

Joriy yilning 28-avgust kuni soat 18:25 da, 93-sonli yo‘nalishda harakatlanuvchi avtobus harakat davomida yo'lning qatnov qismida katta tirbandlik yuzaga kelganligi sababli yo'lning qarama-qarshi tarafida harakatlangani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan.

🔹Mazkur holat yuzasidan, “Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyati quyidagilarni ma`lum qiladi:
“Toshshahartransxizmat” AJning Harakat xavfsizligini nazorat qilish bo`limi xodimlari tomonidan tezkor surishtiruv o`tkazilganda, mazkur qoidabuzarlik "1-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan "King Long" rusumli, davlat raqami 01|824 LKA bo'lgan 93-sonli "Food city savdo majmuasi - Yunusobod mavzesi 9-daha" avtobus yo'nalishi haydovchisi O.R. tomonidan amalga oshirilgani aniqlandi.

Hozirda mazkur qoidabuzarlikka nisbatan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, qoidani buzgan avtobus haydovchisi jarimaga tortilganligini ma'lum qilamiz.

❗️Hurmatli haydovchilar! Siz transport vositasini boshqarayotgan vaqtingiz nafaqat o‘zingizning balki, yo‘lovchilarning ham hayotiga javobgar ekanligingizni unutmang.

📌Aziz yo‘lovchilar! Yuqoridagi kabi holatlar kuzatilgan taqdirda “Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyatining 1062 ishonch raqami orqali murojaat qilishingizni hamda avtobus haydovchisi amalga oshirayotgan qoidabuzarlikni suratga olib avtobus raqamini bizga yuborishingizni iltimos qilamiz.

✍️
Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐
Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site
Forwarded from Muslima Obidova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_maʼlumot

“Toshshahartransxizmat” AJ binosida tutun sodir bo'lganligi yuzasidan RASMIY MAʼLUMOT!
#rasmiy_maʼlumot

"MAN" rusumli avtobus va yengil avtomobil ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan
RASMIY MAʼLUMOT!

🔹
Joriy yilning 10-noyabr kuni soat 8:00 larda, Yashnobod tumani, Maxtumquli ko'chasi Ashxabod bog'i chorraxasida Jamiyatning "5-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi, "MAN" rusumli, davlat raqami 01|671 HKA bo'lgan, 21-sonli "Qorasuv1-mavzesi - Toshkent MUM" yo'nalishidagi avtobus (haydovchisi K.S. 1982-yil) va “Nexia-1” rusumli, davlat raqami 60|F 316 RA bo'lgan yengil avtomobil (haydovchisi K.A ) ishtirokida yo'l transport hodisasi sodir bo'lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko'ra, harakat vaqtida avtobus yo'l qatnov qismining chap bo‘lagida hech qanday avariya holatini anglatuvchi belgilarini qo'ymasdan va avariya chiroqlarini yoqmasdan to'xtab turgan yengil avtomobilning orqa qismiga borib urilishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo'lgan. Sodir etilgan ushbu yo'l-transport hodisasi natijasida "Nexia-1" rusumli avtomobil haydovchisi yengil tan jarohati olgan. Avtobus va yengil avtomobil texnik shikastlangan.

🔹Hozirda ushbu yo'l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o'rnatilgan tartibda rasmiylashtirilganligini ma'lum qilamiz.

📌Hurmatli haydovchilar! Yo’llarda harakatlanayotganingizda yo’l-harakati qoidalariga rioya qilishingizni va yo’llarda e’tiborli bo’lishingizni so’raymiz!

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐
Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
Photo
#rasmiy_maʼlumot

"MAN" rusumli avtobusda yong'in sodir bo'lganligi yuzasidan RASMIY MAʼLUMOT!

Joriy yilning 13-noyabr kuni soat 16:30 da, "12-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi, davlat raqami 01|947 YJA bo‘lgan, "MAN" rusumli avtobusda yong'in sodir bo'lgani haqida xabar tarqaldi.

🔹Mazkur holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ quyidagilarni maʼlum qiladi:
Dastlabki maʼlumotga ko‘ra, yong'in avtobus haydovchisi o'rindig'i orqasida joylashgan elektr simlarini birlashgan blok qismida qisqa tutashuv natijasida sodir bo'lgan. Avtobus kafolat muddatida tasarruf etilayotganligiini inobatga olib, yong'inning aniq sababi avtobus ishlab chiqaruvchi zavod "TRUCK and BUS MOTORS" MCHJ mutaxassislari bilan birgalikda aniqlanmoqda.

Yong'in qutqaruv bo'linmalari voqea joyiga soat 16:36 da yetib borib yong'in bartaraf etilgan.Hodisa natijasida jabrlanganlar va jarohat olganlar yo'q. Hozirda, “Toshshahartransxizmat” AJning Ishlab chiqarish texnik bo‘limi xodimlari tomonidan ham xizmat tekshiruvi olib borilmoqda.

📌Hurmatli haydovchilar! Yo‘llarda harakatlanayotganingizda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishingizni va avtotransport vositalarini texnik holati soz ekanligiga eʼtiborli bo‘lishingizni so‘raymiz!
#rasmiy_maʼlumot

"Mercedes-Benz" rusumli avtobusda yong'in sodir bo'lganligi yuzasidan RASMIY MAʼLUMOT!

Joriy yilning 20-dekabr kuni soat 21:11 da, "5-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi, "Mercedes-Benz" rusumli avtobusda yong'in hosil bo'lgani haqida xabar tarqaldi.

🔹Mazkur holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ quyidagilarni maʼlum qiladi:
Ushbu avtobus 2008-yil ishlab chiqarilgan bo‘lib, dastlabki maʼlumotga ko‘ra, soat 20:00 da “5-avtobus saroyi” tasarrufidagi davlat raqami  01|794 OJA, saroy raqami 369- bo‘lgan, "Mercedes-Benz" rusumli, 151-sonli Chingeldi maxallasi-Buyuk Ipak yo‘li metro bekati yo‘nalishida  harakatlanuvchi, haydovchi R.A (1969-yilda tug'ilgan) boshqaruvidagi avtobus, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi Kimyo instituti binosi qarshisida harakatlanayotgan vaqtda, avtobusning yuqori bosimli havo quvurining yorilishi natijasida qisqa tutashuv  yuzaga kelgan va haydovchi tomonidan tutunni o‘chirish uchun dastlabki choralar ko‘rilishiga qaramay qisqa tutashuv alangaga aylangan. Shundan so'ng, voqea joyiga FVV Yong'in qutqaruv bo'linmasi tezkor guruhi chaqirilib, yong'in qisqa vaqtda bartaraf etilgan. Mazkur hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo'q, avtobusning dvigatel qismiga zarar yetgan.

Hozirda, “Toshshahartransxizmat” AJning Ishlab chiqarish texnik bo‘limi xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi olib borilmoqda.

📌Hurmatli haydovchilar! Yo‘llarda harakatlanayotganingizda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishingizni va avtotransport vositalarini texnik holati soz ekanligiga eʼtiborli bo‘lishingizni so‘raymiz!

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐
Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site
Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
Photo
#rasmiy_maʼlumot

50-sonli avtobusning sanitar holati talab darajasida emasligi yuzasidan RASMIY MA'LUMOT!

Joriy yilning 11-yanvar kuni kun.uz'ning Telegram ijtimoiy tarmog'ida 50-sonli avtobusning sanitar holati talab darajasida emasligi haqida video joylashtirildi.

🔹Mazkur holat yuzasidan "Toshshahartransxizmat" AJ quyidagilarini ma'lum qiladi:
Ushbu holat "5- Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi, saroy raqami 156-bo'lgan "MAN" rusumli, 50-sonli "Yunusobod mavzesi 9 daxasi –Chingeldi maxallasi" avtobus yo'nalishida kuzatilgan.

"Toshshahartransxizmat" AJ avtobus saroyi filiallarida belgilangan tartibga asosan, barcha avtobuslar yo'nalishdan qaytganidan so'ng ularning sanitar va texnik holatlari tekshirilib, har kuni yuvib-tozalash ishlari olib boriladi. Erta tongda navbatchi mexanik tomonidan tekshiruv o'tkazilib, texnik soz va sanitar holati toza bo'lgan avtbuslar yo'nalishga chiqariladi.

Shu munosabat bilan, bugun "5-avtobus saroyi" filiali navbatchi mexanigi X.B o'z xizmat vazifasiga sovuqqonlik bilan qarab, sanitar holati talab darajasida bo'lmagan 50-sonli avtobusni yo'nalishga chiqargani uchun, oylik maoshining 15%i miqdorida jarima jazosi qo'llanildi.

Shuningdek, ushbu holatni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida, saroy raqami 156-bo'lgan mazkur 50-sonli avtobus avtoshoxbekatga yetib kelganida mas'ul xodimlar tomonidan tozalanib, sanitar holati tartibga keltirilganligini hamda hozirda yo'nalishda toza, ozoda holatda yo'lovchilarga xizmat ko'rsatayotganligini ma'lum qilamiz.

Keltirilgan noqulayliklar uchun yo'lovchilardan uzur so'raymiz!

📌Aziz yo'lovchilar! Yuqoridagi kabi holatlar kuzatilgan taqdirda "Toshshahartransxizmat" AJ ning qisqa raqamli 1062 ishonch telefoni orqali yoki ATTO mobil ilovasi orqali murojaat qilishingiz mumkinligini eslatib o'tamiz!