#anglash
«Fidokor kishilar insoniyatga quyoshdek zarur. Ular jamiyatning eng hayotbaxsh qismidirlar.
Ular – be'mani bahslar yurituvchi, zerikkanidan xom-xatala “asar”lar yaratuvchi, keraksiz loyihalar va bir tiyinga arzimaydigan dissertatsiyalar yoqlovchi, axloqsiz, qorin to‘ydirish dardida yolg‘on gapiruvchi kishilar toifasidan tashqari, boshqacha odamlar – jasoratga, e'tiqodga va aniq, foydali maqsadga ega bo‘lgan odamlar ham borligini jamiyatga ko‘rsatib, isbotlab turadilar».
Anton Chexov
t.me/tongyulduz

«KO‘NGIL KO‘ZI» bolalarga quvonch ulashdi
Aziz o‘quvchim! Ko‘rish qobiliyati cheklangan tengdoshlaringizning quvonchiga sherik bo‘lishni istaysizmi? Unday bo‘lsa, poytaxtimizdagi 77-ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bo‘lib o‘tgan ajoyib bayram tadbiri bilan tanishing...
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tashabbusi bilan «Ko‘ngil ko‘zi» loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasidagi navbatdagi tadbir ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bo‘lib o‘tdi. Mazkur o‘quv dargohida kompyuter sinfining ochilishi haqiqiy bayramga aylanib ketdi. Agentlik tomonidan taqdim etilgan kompyuterlar ko‘rish qobiliyati cheklangan o‘quvchilar uchun maksimal darajada moslashtirilgan. Qanday qilib, deysizmi? Gap shundaki, mazkur qurilmalarning ekranlari maxsus ovozli interfeyslar asosidagi dasturlar bilan ta’minlangan.Ular ekrandagi matn bloklari, yorliqlar va menyu elementlarining nomlarini aytish xususiyatiga ega. Shuningdek, ushbu kompyuterlarga «Bolalik kunlarimda» loyihasi doirasidagi audioertaklar ham joylashtirilgan. 11-«V» sinf o‘quvchisi Fatxulla Mirzaxo‘jayevning aytishicha, u informatika faniga juda qiziqadi. Bugun uning maktabida kompyuter sinfining ochilishi uning uchun katta quvonch, tantana. Tadbir yakunida bolajonlar uchun bayram dasturxoni yozilib, ular sevgan san’atkorlar ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi. Quvonarlisi, endilikda bunday sinflar boshqa maktab-internatlarda ham yo‘lga qo‘yiladi. Zero, ko‘rish qobiliyati cheklangan bolalar ham boshqa tengdoshlari kabi mamlakatdagi shart-sharoitlardan unumli foydalanish huquqiga egalar.
Sayyora Qodirova

Tungi mutolaa #tungi_mutolaa
(o‘qish uchun atigi 15 daqiqa vaqtingiz ketadi)
Alvaro Yunke. Muallima uchun atirgul (hikoya)
https://telegra.ph/Alvaro-Yunke-Muallima-uchun-atirgul-hikoya-10-07
Quyida mazkur hikoyani muhokama qilishingiz mumkin👇👇

Telegraph

Gyugo Gomerning otasi — shoir. Gyugo Gomer yaqinda to‘qqizga kiradi. U ham, albatta, shoir bo‘ladi. Har holda otasi o‘g‘lining qiyofasida o‘z bolaligini ko‘rgani, to‘g‘rirog‘i, bolaning betakror fe’l-atvoriga qarab, u ham shoir bo‘ladi, deydi. Gyugo Gomer…
(Kimgadir maktub)
Balki hozir osmon bulutdir,
Balki hozir yog'moqda yomg'ir,
Balki qalbda hukmron sukut,
Balki atrof qop-qorong'udir.
Ahvolingiz so'rasam agar,
Hech shoshilmang yomon deyishga,
Axir sizning haqqingiz bordir,
Faqatgina omon bo'lishga.
Bexabarsiz olam holidan,
Uzilgansiz dunyodan mutloq.
Yolg'izlikka to'lgan xonaning
Derazasin ochingiz tezroq.
Va, esadi o'ynoqi, daydi,
Ma'yuslikni bilmagan shamol.
Nafas oling bir bora to'yib,
Mahzunlikni tark etar xayol.
O'qiyabsiz, rahmat, erinmay,
Sizga yozgan g'alat maktubim,
Balki hozir nur sochar quyosh,
Balki yalt-yalt yonar yulduzlar.
Siz mamnunsiz hayotingizdan,
Yoki biroz tushkunsiz bugun.
Unutmangki har lahzangizni,
Shod qilguvchi o'zingiz butun.
Shubhasiz, siz eng baxtli inson.
Kulib yuring doimo dildosh,
Tabassum-la oching ko'zingiz,
Erta tongda nur sochsa quyosh.
© Kiyishjon Ollomova
t.me/tongyulduz
Balki hozir osmon bulutdir,
Balki hozir yog'moqda yomg'ir,
Balki qalbda hukmron sukut,
Balki atrof qop-qorong'udir.
Ahvolingiz so'rasam agar,
Hech shoshilmang yomon deyishga,
Axir sizning haqqingiz bordir,
Faqatgina omon bo'lishga.
Bexabarsiz olam holidan,
Uzilgansiz dunyodan mutloq.
Yolg'izlikka to'lgan xonaning
Derazasin ochingiz tezroq.
Va, esadi o'ynoqi, daydi,
Ma'yuslikni bilmagan shamol.
Nafas oling bir bora to'yib,
Mahzunlikni tark etar xayol.
O'qiyabsiz, rahmat, erinmay,
Sizga yozgan g'alat maktubim,
Balki hozir nur sochar quyosh,
Balki yalt-yalt yonar yulduzlar.
Siz mamnunsiz hayotingizdan,
Yoki biroz tushkunsiz bugun.
Unutmangki har lahzangizni,
Shod qilguvchi o'zingiz butun.
Shubhasiz, siz eng baxtli inson.
Kulib yuring doimo dildosh,
Tabassum-la oching ko'zingiz,
Erta tongda nur sochsa quyosh.
© Kiyishjon Ollomova
t.me/tongyulduz
#ibrat_uchun
"Daryoning bu qirg‘og‘ida turgan tulki narigi qirg‘oqda turgan tuyadan so‘radi: "Daryoning chuqurligi qayergacha ekan?" Tuya javob berdi: "Tizzagacha ekan". Tulki daryoga tushdi. Bir payt suv uni o‘rab oldi. Yaʼni suvga cho‘ka boshladi. Boshini suvdan chiqarishga qattiq urindi va mashaqqat bilan suzib borib, daryoda turgan katta toshga borib to‘xtadi. Tosh ustida biroz hansirab nafas olgach, tuyaga qarab: "Suvning chuqurligi tizzagacha ekan" demaganmiding?!" deya qichqirdi. Shunda tuya: "To‘g‘ri. Tizzamgacha edi-da" dedi".
Xulosa sizdan.......

🇻🇳Nega Muhammad Ali Vyetnamdagi urushga borishdan bosh tortgan?!
Afsonaviy boks qiroli Muhammad Ali (Kassius Kley) AQSH armiyasi safida xizmat qilishdan bosh tortgan va u Vyetnamdagi urushni ham adolatsiz urush deb hisoblagan. AQSHda bu davrda irqiy kamsitish siyosati hukmron edi. U shunday degandi: "Hech bir vyetnamlik meni biror marta ham qora tanli deb atamadi. Shunday ekan, nega men ularga qarshi urshishim kerak". Armiya xizmatidan bosh tortgani uchun uni 5 yil muddatga qamoq jazosiga hukm qilishgan, ammo u jazodan qutulib qoladi. Bundan tashqari uni chempionlik unvonidan mahrum qilishib, 3 yil davomida ringga chiqishini ta'qiqlab qo'yishadi...
Bizning manzil: @tongyulduz 🎓

Yaxshi kitoblar mutolaasi — bu o‘tgan zamonlarning eng yaxshi insonlari bilan suhbat qurishdir.
- Rene Dekart
📚 ️t.me/tongyulduz
- Rene Dekart
📚 ️t.me/tongyulduz
- Feride, - dedi, - bizning butun sarguzashtlarimiz mana shu yerdan boshlangan. Bilaman, azizim, sening bu ko‘zlaring shunchalar jafo, shunchalar sargardonliklarni ko‘rdiki, gaplarimga, dardlarimga, albatta, tushunadi. Senga ko‘ngil bergan vaqtlarimda kulishdan, ermak qilishdan boshqa narsani bilmaydigan g‘ofil, sho‘x qizcha, nurday, ovozday qo‘lga kirmaydigan Choliqushi eding. Senga chuqur muhabbatim bor edi. Har kuni ertalab uyg‘onganimda muhabbatim qalbimda yana ham ulg‘ayganini sezardim. Bundan ham uyalar, ham qo‘rqar edim. Gohi mahallar menga shunday qarar, shunday so‘zlar aytardingki, yuragim shirin umidlar bilan talpina boshlardi. Lekin sen darrov o‘zgarib olarding. Hamisha kulib, mazax qilib turgan bola ko‘zlaringda goho nozik, hassos qiz qalbi aks etardi-yu yana darhol yo‘q bo‘lib ketardi. Ana shunday hollarda: "yo‘q, bu qiz meni tushunmaydi, axiri meni xazon qiladi!" deb o‘ylardim. Hayotingni, ko‘nglingni shunchalik toza vafo bilan menga bag‘ishlaganingni umid qilgan edim. Sen, balki meni ko‘rganingda o‘chgan rangingni, titray boshlagan shu chiroyli lablaringni yashirish uchungina mendan qochib yurgandirsan?
📚"Choliqushi" R.N.Guntekin
Kanalga ulanish: t.me/tongyulduz
📚"Choliqushi" R.N.Guntekin
Kanalga ulanish: t.me/tongyulduz
#anglash
"Insonning yuragi uning tanasidan yuz baravar og'irroq...shu darajada og'irki, uni bir kishi ko'tarolmaydi...Binobarin, biz odamlar toki tirik ekanmiz, bir-birimizga yordam berishimiz, bir-birimizning yuragimizga madad bo'lishga harakat qilishimiz kerak ....Toki o'lim hayotda bizni yolg'izlik balosiga giriftor qilib qo'ymasin".
Nodar Dumbadze. Abadiyat qonuni.

#Kitobdan_parchalar
"Kitob meni qanchalar telba qildi, qanchalar jununvash qildi, u meni bolalikning tor ko’chalaridan aql-idrokning cho’qqilari sari yetaklab o’tdi."
Nazar Eshonqul. "Qora kitob"
📚 t.me/tongyulduz

#besh_kunlik_dunyo
Olimlar tosh asri million yoki necha ming yil oldin o‘tib ketgan deyishadi. Lekin men ayrim odamlarning tosh qalblariga qarab, bu gapga ishongim kelmaydi. Tosh asri tugamaganga o‘xshaydi.
Bir kishi o‘zining singlisi bilan yuz ko‘rmas darajada arazlashgan ekan. Uzoq yillar davomida aka-singil begonalarday yurishgan. Vaqti kelib, singil qazo qilganida aka fotihaga bormoqni ixtiyor etib, harakatini «o‘likning hurmatini qilib qo‘yish kerak», deb izohlabdi.
Ajab, ming bor ajab! Durust, o‘likning hurmati bor ekan. Tirikning hurmati-chi?
"Mehmon tuyg‘ular" kitobidan

📅 KUN KISHISI 📅
PAVEL DUROV (1984-yilning 10-oktabrida Leningradda tugʻilgan) - rossiyalik taniqli tadbirkor, dasturchi, dollar milliarderi. "VKontakte" ijtimoiy tarmogʻi asoschisi. Bundan tashqari, u Telegram Messenjerining ham yaratuvchisi hisoblanadi.🇷🇺👨💻🔎🌐
Do'stlarga ulashamiz👇👇
https://telegram.me/tongyulduz

BIR G‘ALABA TARIXI
Kunlardan bir kuni qurbaqalar kim baland tog‘ning cho‘qqisiga birinchi bo‘lib chiqa olishi bo‘yicha o‘zaro musobaqa o‘ynamoqchi bo‘lishibdi. Bu musobaqada ko‘pgina qurbaqalar qatnashishini istashibdi. Butun o‘rmondan unda istiqomat qiluvchilar, bu topshiriqni bajarish mumkin emasdek tuyulganligidan, qurbaqalarning qanday muvaffaqiyatsizlikka uchrashlarini ko‘rmoqchi va ularning ustilaridan kulmoqchi bo‘lib to‘planishibdi.
Musobaqa boshlanibdi va qurbaqalar cho‘qqiga qarab intila boshlabdilar. Va o‘rmon mehmonlari tomonidan pichinglar, mazax qilishlar boshlanibdi:
- «Anavilarga qara, hozir hammalari qulab tushadilar!»
- «Axir bu mumkin emas, ular o‘zlarini kim deb o‘ylayaptilar!»
- «Siz hech qachon cho‘qqiga chiqa olmaysiz!»
Qurbaqalar birin-ketin tog‘dan qulab tusha boshlabdilar.
Hayvonlar baqirishni davom ettiribdilar:
- «Tog‘ning qanday balandligini qaranglar, Sizlar esa shunchalik kichik va nimjonsizlarki!»
- «Bu juda ham qiyin-ku, sizlarning panjalaringiz juda ham kichik!»
- «Sizlar burgut emas, qurbaqasizlar-ku!».
Bunday kinoyalarni eshitgan qurbaqalarning ko‘pi musobaqadan chiqib ketishibdi.
Yana biroz vaqt o‘tibdi va barcha qurbaqalar yiqilibdilar va o‘zlarining maqsadlaridan ortga chekinibdilar.
Faqatgina bitta qurbaqa cho‘qqiga qarab intilaveribdi.
Mazaxlarga qaramasdan, “bu mumkin emas” degan hayqiriqlarga va yo‘lning og‘irligiga qaramasdan, u yana va yana yuqoriga ko‘tarilaveribdi.
Va nihoyat, g‘olib-qurbaqa tog‘ cho‘qqisiga chiqqan va o‘z maqsadiga erishgan on ham yetib kelibdi.
Hamma hayron va hatto lol qolibdi: “Qanday qilib bu kichkinagina qurbaqa bundak katta va tik tog‘ning cho‘qqisiga chiqa oldi?”
U qaytib pastga tushganida musobaqa qatnashchilari va kuzatuvchilar undan so‘rashibdi:
“Sen buni qanday uddalading? Sening qanday siring bor?”
U esa shunchaki kar edi! U “bu mumkin emas” degan gaplarni eshitmadi.
Mumkin emas – bu faqat dabdabali so‘z!
Mumkin emas –bu dalil emas. Bu faqat kimningdir fikri!
Mumkin emas – bu hukm emas. Bu da'vat!
Mumkin emas –o‘zini sinash imkoniyati!
Mumkin emas –bu doimga ham emas!
Mumkin emas –mumkin

Himolay tog'ining navbatdagi mo'jizasi😍
Bu Himolayda 400 yilda bir marta gullaydigan Mahameru guldir. Biz ushbu hodisani rasm shaklida bo'lsa ham ko'rdik😊.
Ushbu gulning keyingi gullashi 2419 - yilda bo'ladi.
Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/tongyulduz
Bu Himolayda 400 yilda bir marta gullaydigan Mahameru guldir. Biz ushbu hodisani rasm shaklida bo'lsa ham ko'rdik😊.
Ushbu gulning keyingi gullashi 2419 - yilda bo'ladi.
Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/tongyulduz
Abdurauf Fitrat. Musulmon sevgisi (hikoyat)
Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning qilgan g‘azotlaridan biri tugagach, bir musulmon xotin tushib qolgan yaradorlarni izlab topmoqchi bo‘ldi: o‘liklar orasiga kirdi. U yon-bu yonni izlar chog‘da “Oh… suv!..” degan bir tovush eshitdi. Bir yarador musulmonning suvdonini ko‘rdi.
Ozroq suv topib shu yaradorning oldiga keldi. Boshini astagina ko‘tarib, suvni ichtirmoqchi bo‘ldi. Yarador musulmon dudog‘ini suvga yetkuzar chog‘da boshqa yoqdan “Oh… suv!..” degan o‘zga bir tovush keldi. Yarador suv keltirgan xotinga dediki:
— Bu suvni mendan burun shu tovush egasiga eltib ber. Bir yo‘ldoshim yaralanib suvsab yotar ekan, men icholmayman.
Xotin suvni ikkinchi yaradorga olib bordi. U ham suvni ichayin deb turgan chog‘ida “Oh… suv!..” degan yana bir tovush eshitdi, xotinga dediki:
— Shu yo‘ldoshim suvsiz ekan, men icholmayman, ber suvingni shunga.
Xotin suvni uchinchi yaradorga yetkazdi. U suvni ichayotganda birinchi yaradorning “Oh… o‘oldim… suvsizlikdan” degan tovushi keldi. Bu ham xotinga:
— Suvingni mendan burun shu tovush egasiga ber! – dedi va o‘zi ichmadi.
Xotin yana qaytib birinchi yaradorning oldiga kelsa, bechoraning o‘lib yotganini ko‘rdi. Ikkinchi yaradorning oldiga bordi, u ham o‘lib yotgan ekan. Uchinchi yarador ham suvsizlikdan o‘lib qolmasin deya yugurib ketdi:
— Ey, voh!.. Bu ham o‘lib qolibdi! – deb suvni to‘kdi.
Musulmonlarning o‘lim chog‘ida ham bir-birlarini qanchalik sevishlarini o‘ylab ko‘z yosh qildi.
“O‘qi” kitobi, Boku, 1917-yil

#tabrik #90_yillik
«Xalq ta'limi» tahririyati «Tong yulduzi» gazetasining
90 yilligi bilan qutladi.
«O‘zbekiston zaminida ko‘plab nashrlar, gazeta va jurnallar bo‘lishiga qaramasdan «Tong yulduzi» gazetasining o‘zigagina xos bo‘lgan ajoyib ta'riflari bor.
Kelajak poydevorini ilmdan, devorlarini ma'naviyatdan va ma'rifatdan tashkil etilishiga xizmat qilayotgan, 90 yoshni qarshilayotgan, xalqqa ilm-u urfon ulashayotgan «Tong yulduzi» gazetasining fidoyi xodimlarini va barcha ilm ahlini chin qalbdan qutlaymiz. Sizlarni bugungi tarixiy hodisa bilan ko‘plab muxlislaringiz kabi, «Xalq ta'limi» tahririyati nomidan chin dildan tabriklaymiz».
t.me/tongyulduz
«Xalq ta'limi» tahririyati «Tong yulduzi» gazetasining
90 yilligi bilan qutladi.
«O‘zbekiston zaminida ko‘plab nashrlar, gazeta va jurnallar bo‘lishiga qaramasdan «Tong yulduzi» gazetasining o‘zigagina xos bo‘lgan ajoyib ta'riflari bor.
Kelajak poydevorini ilmdan, devorlarini ma'naviyatdan va ma'rifatdan tashkil etilishiga xizmat qilayotgan, 90 yoshni qarshilayotgan, xalqqa ilm-u urfon ulashayotgan «Tong yulduzi» gazetasining fidoyi xodimlarini va barcha ilm ahlini chin qalbdan qutlaymiz. Sizlarni bugungi tarixiy hodisa bilan ko‘plab muxlislaringiz kabi, «Xalq ta'limi» tahririyati nomidan chin dildan tabriklaymiz».
t.me/tongyulduz
Tungi mutolaa #tungi_mutolaa
(o‘qish uchun atigi 15 daqiqa vaqtingiz ketadi)
Abdulla Qahhor. Mayiz yemagan xotin (hikoya)
https://telegra.ph/Abdulla-Qahhor-Mayiz-yemagan-xotin-hikoya-10-10
Quyida mazkur hikoyani muhokama qilishingiz mumkin👇👇
t.me/tongyulduz
(o‘qish uchun atigi 15 daqiqa vaqtingiz ketadi)
Abdulla Qahhor. Mayiz yemagan xotin (hikoya)
https://telegra.ph/Abdulla-Qahhor-Mayiz-yemagan-xotin-hikoya-10-10
Quyida mazkur hikoyani muhokama qilishingiz mumkin👇👇
t.me/tongyulduz
Telegraph
Abdulla Qahhor. Mayiz yemagan xotin (hikoya)
— Ayol kishi erkakka qo‘l berib so‘rashdimi — bas!.. Ro‘za tutgan kishi og‘zini chayqasa, suv tomog‘iga ketmasa hamki, ro‘zasi ochiladi — shu og‘iz chayqashdan bahra oladi-da! Abdulhakimning qiziga usta Mavlonning o‘g‘li bir hovuch mayiz berganini o‘z qo‘zim…
🕌 Juma tongi muborak bo'lsin!
Ezgu orzu - umidlar ila boshlagan yangi kuningiz xayrli, barokatli, foydali o'tsin!
Kanalga ulanish
https://telegram.me/tongyulduz
Ezgu orzu - umidlar ila boshlagan yangi kuningiz xayrli, barokatli, foydali o'tsin!
Kanalga ulanish
https://telegram.me/tongyulduz
Nobel mukofoti kimga nasib qildi?
2019-yil 10-oktyabr kuni, avstriyalik 76 yoshli yozuvchi va dramaturg Peter Xandke joriy yilning Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotini qo‘lga kiritdi.
Xandke 1942-yil Avstriyada tug‘ilgan. Avangard yo'nalishda ijod qiladi, qator roman, hikoya, sheʼr, pesa, esselari eʼlon qilingan. Nemis tilida qalam tebratadi. "O‘n bir metr qarshisidagi darvozabon qo‘rquvi", "Chapaqay ayol", "Uyga asta qaytish" kabi kitoblari mashhur. Ayrim asarlari film qilingan.

#ibrat
Zolimning uch alomati bordir:
- o‘zidan ustun bo‘lgan odamga hasad yuzasidan zulm etadi;
- o‘zidan quyi odamga ustunligi yuzasidan zulm etadi;
- zulm qilayotgan odamga yordamchi bo‘lib, boshqalarga zulm etadi.
Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu