Tong yulduzi | Rasmiy kanal
466 subscribers
2.71K photos
287 videos
55 files
2.77K links
Bolalikning sof tuyg‘ularini tarannum etuvchi «Tong yulduzi» Bolalar va o'smirlar gazetasining kanali.

Tong yulduzi guruhi: @tongyulduzi_guruhi

Maqola, she'r, hikoya va rasmlar yuborish uchun: +998946459070

Sayt: https://teletype.in/@tongyulduzi
Download Telegram
11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni!

Bugun 11-oktyabr 2002-yildan buyon butun dunyoda qizlarning haq-huquqlarini himoya qilish maqsadida "Xalqaro qizlar kuni" nishonlanadi.

Qiz yoʻq uyda sarin sabo esmaydi,
Qiz yoʻq uyda jambil-rayhon oʻsmaydi.
Oʻgʻillarning ota bilan ishi yoʻq,
Qiz otasin har qadamda eslaydi.
Koʻzlariga surgay yurgan izingiz,
Qay oʻgʻildan kamdir, ayting qizingiz...
Qiz yoʻq uyda tonglar erta otmaydi,
Tomda oftob, ayvonda oy yotmaydi.
Oʻgʻil qanday doʻst boʻladi, bilmadim,
Qiz doʻst boʻlsa — siringizni sotmaydi.
Ogʻir kunda javdiratmas koʻzingiz,
Qay oʻgʻildan kamdir, ayting qizingiz...

t.me/tongyulduz
#ona #ibrat_uchun

To'ldirib bo'lmaydi dunyo kamini,
Hayot tashvishlarin bir chetga suring.
Yo'lingizda mushtoq ko'zlar namini,
Boring, volidangiz bir yo'qlab keling.

Shu qartaygan qo'lda belangan beshik,
Sizga baxtni bergan shu qalbi o'ksik.
O'sha eski hovli, sarg'aygan eshik,
Boring, volidangiz bir yo'qlab keling.

Ilk bosgan izingiz ko'ziga surgan,
Sizni deya gohi yig'lagan, kulgan.
Porloq kamolingiz orzular qilgan,
Boring, volidangiz bir yo'qlab keling.

Qirov tushgan sochi nedan nishona,
Yillar o'tib borar, ko'pdir baxona.
Farzandin sog'ingan, axir u ona,
Boring, volidangiz bir yo'qlab keling.

Balki asrdayin o'tar har tuni,
Yodingizda bormi tug'ulgan kuni.
Balki topolmassiz ertaga uni,
Boring, volidangiz bir yo'qlab keling.

Savobni olisdan izlamang aslo,
Onaga qattiq so'z so'zlamang aslo.
Uning poyidadir har ikki dunyo,
Boring, volidangiz bir yo'qlab keling.

Olismanda demang, demang bu taqdir,
Nahot qalbda zarra qolmadi mehr.
Axir sizni jannat kutmoqda, axir,
Boring, volidangiz bir yo'qlab keling.

Ey Hamza so'zinga aylagin amal,
Onang duo qilar tun, allamahal.
Hech qursa bayram deb bugun loaqal,
Boring volidangiz bir yo'qlab keling.

👇👇Do'stlarizga ulashing:👇👇
https://t.me/tongyulduz
#foto_status

Ey birodar, umr kunlari hijronni ko‘tarishga qisqalik qiladi.

"Al-aqdul farid" dan

t.me/tongyulduz
🇬🇧 Iron rusts from disuse; stagnant water loses its purity and in cold weather becomes frozen; even so does inaction sap the vigor of the mind.
ⓒ Leonardo da Vinci

🇷🇺 Железо ржавеет, не находя себе применения; стоячая вода гниет или замерзает на холоде, также и ум человека, не находя себе применения, чахнет.
ⓒ Леонардо Да Винчи

🇺🇿 Ishlatilmasa, temir zanglaydi; ko‘lmak suv ayniydi yoki sovuqdan muzlab qoladi; inson aqli ham xuddi shunday - ishlatilmasa, zaiflashib qoladi.
Leonardo Da Vinchi

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/tongyulduz
​​Ko‘pchilik televizor orqali farzandlarini tug‘ilgan kunlari bilan tabriklamoqni odat qildi. Mayli, bu ham keraksiz odatlarning, bekorchi xarajatlarning bir ko‘rinishi deylik. Lekin masalaning boshqa tomoni ham bor. To‘g‘ri, hamma bolasiga baxt, uzoq umr tilaydi. Biz bu tilakni inkor etmaymiz. Biz uchun ajabki, hech kim farzand-u arjumandiga Allohdan iymon, insof, vijdon, aql-idrok so‘ramaydi. Bola uchun bularning zarurati yo'qmikin? Yoki... iymonsiz odam baxtli bo‘la olarmikin?

Tohir Malik... ✍️

t.me/tongyulduz
🔭Ulugʻbek rasadxonasi. 1428-1429-yillarda Amir Temur nabirasi Mirzo Ulugʻbek tomonidan Koʻxak tepaligida (Choʻponota) ulkan silindr shaklida qurdirilgan. "Boburnoma"ga koʻra, 30,4 m dan iborat 3 qavatli qilib qurilgan. Unda oʻndan ortiq turli astronomik qurilma va asboblar bo'lgan. Ulardan eng asosiysi radiusi 40,2 m li qoʻshaloq yoydan iborat kvadrant (yoki sekstantga yaqin) qurilma hisoblanadi.

Mirzo Ulugʻbekning eng yirik astronomik asari "Ziji Koʻragoniy" rasadxonada yaratilgan. Uning qurilishi va keyingi ilmiy faoliyati Ulugʻbek taklifi bilan yigʻilgan qator mashhur olimlar Gʻiyosiddin Koshiy, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi va boshqalar nomi bilan bogʻliq.

Ulugʻbek rasadxonasining arxeologik qoldiqlari 1908-yil V.L. Vyatkin rahbarligida olib borilgan qazilma ishlari natijasida topilgan.

Doʻstlarga ham ulashing: @tongyulduz
#iqtiboslar

Agar har bir ko‘ringan narsa ko‘ringani kabi bo‘lsaydi, juda o‘tkir va ziyrak ko‘zlar sohibi Payg‘ambar: "Narsani menga bo‘lgani kabi ko‘rsat" - deya faryod etmasdi.
📚"Ichindagi ichindadur" Jaloliddin Rumiy

Ishq davomi avom o‘ylagancha vasl emas - hajrdir. Zero, vasl ishq o‘tini so‘ndirg‘uchi, hajr esa kamolotga erishtirguvchidir.
📚"Mehrobdan chayon" A.Qodiriy

Payg‘ambar Sallallohu alayhi Vassalam buyuradilarki: Olimlarning yomoni amirlarni ziyorat qilgani, amirlarning yaxshisi olimlarni ziyorat etganidir. Faqirning eshigiga kelgan amir naqadar xush va amirning eshigiga borgan faqir naqadar noxushdir.
📚"Ichindagi ichindadur" Jaloliddin Rumiy

t.me/tongyulduz
#ibrat

Payg‘ambar (s.a.v.) "Kecha uzundir, uni uyqu bilan qisqartirma, kunduz porloqdir, uni gunohlar bilan qoraytirma" (hadis), dedi. Kecha Allohga sir aytish va yolvorish uchun uzundir. Bunda inson do‘st va dushmanlari tomonidan bezovta qilinmaydi va Alloh bilan yolg‘iz qoladi. Ulug‘ Tangri inson amallarini ko‘z-ko‘z etishdan saqlanishi va faqat Alloh uchun qilinishini ta‘minlash maqsadida kechani bir pardadek tortgan. Ammo zulmat tunda ham amallarini faqat ko‘rsatish niyatidagina ado etganlar yolg‘iz Tangri uchun ibodat qilganlaridan ajralib turadi. Ko‘z-ko‘z uchun amal qilgan kimsa yaramasdir. Bunday ikkiyuzlamachi odam o‘ziga o‘zi: "Modomiki, meni hech kim (kechasi) ko‘rmas ekan, unda nega ibodat qilayin?" der. Javoban: "Seni ko‘rmoqda, faqat sen - seni ko‘rganni ko‘ra oladigan inson emassan", deyishadi. Seni shunday bir zot ko‘rmoqdaki, har kim uning qudrati qo‘lidadir va ojiz qolganlarida hamma Uni chaqiradi. Odamlar biror joylari og‘riganda yo biror falokat yuz berganda, o‘zlarini ishonchli ahvolda his etmaganlarida Unga murojaat qiladilar va iltijolarining mustajob bo‘lishiga inonadilar. Biroq Alloh ular tilaklarini bajo keltirganda, ular yana oyoqqa turganlarida, takror hayolga beriladilar va: "Ey Tangrim! Zindonning bir burchagida ming "Qulhuvalloh" ila zerikmasdan Seni chorlagandik va Sen bizga yordam berding. Endi biz tashqaridamiz, biroq zindonda bo‘lganimizdagidek hamon Senga muhtojmiz. Bizni qorong‘u olamning zindonidan chiqar-da, nabiylarning olamiga yetkaz. Axir, bizga o‘sha zindondan chiqqan va darddan xalos bo‘lgan onimizdagi ixlos nechun kelmayotir-da, buning o‘rniga yuz ming turli hayol hosil bo‘lmoqda? Hayollarning foyda berish-bermasligi ham aniq emas. Ular faqat dangasalik, zerikish hissini uyg‘otayotir. Bularning kulini ko‘kka sovurgan ishonch va aniqlik qayerda?" deya Ulug‘ Tangriga yolvoradilar. Javoban Ulug‘ Tangri buyuradiki: Mening bundan maqsadim, sizdagi hayvoniy nafsdir. Bu Men va sizning dushmanimizdir. Ey mo‘minlar!
"Mening dushmanim va sizlarning dushmanlaringiz bo‘lgan mushriklarni do‘st tutmanglar". Bu dushmanni har doim mujohada (din uchun kurash) zindonida ushlab turing. Chunki zindonda balo va dard iskanjasida ekan, ixlosingiz quvvatlanadi.

J. Rumiy, "Ichindagi ichindadur"

t.me/tongyulduz
​​IMKONIYATLAR ESHIGI OCHILDI

– Barchaga ma’lumki, «Barkamol avlod» bolalar markazlarining asosiy maqsadi o‘quvchi­yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularning xohish­istaklari, qobiliyatlarini ochib beradigan turli to‘garak mashg‘ulotlari asosida faoliyat yuritishdan iborat. Men ko‘p yillik ta’lim sohasidagi va aynan «Barkamol avlod» bolalar markazlarining tashkil etilishdan tortib to shu bugunga qadar bo‘lgan faoliyatimdan kelib chiqib ayta olamanki, 1­oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni bayrami tantanalari arafasida Prezidentimizning «Xalq ta’limi samaradorligini tubdan takomillashtirish chora­tadbirlari to‘g‘risida»­ gi Qarorida ko‘rsatilgan «Barkamol avlod» bolalar maktablari hamda 2020–2023­yillarda Buxoro, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Xorazm va Toshkent shahrida 100–200 o‘rinli «Bolalar sayyohlik bazalari»ning tashkil etilishi, «Barkamol avlod» bolalar maktablarida 2020–2021­o‘quv yilidan boshlab «STEAM – ta’lim» dasturi joriy etilishi aytib o‘tilganligi biz uchun, ya’ni maktabdan tashqari ta’lim sohasi vakillari hamda xalqimiz uchun katta bir imkoniyatlar eshigi bo‘ldi. Chunki yurtimizning kelajagi bo‘lmish yosh avlodni kamolga yetkazishda, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va qobiliyat hamda iste’dodlarini ro‘yobga chiqarish, ularni vatanparvarlik va tariximizga bo‘lgan chuqur hurmat, ehtirom asosida tarbiyalashda to‘garak mashg‘ulotlarining o‘rni beqiyos.

Muqaddas HIKMATOVA, Qashqadaryo viloyat «Barkamol avlod» bolalar
markazining ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari

t.me/tongyulduz
📅 KUN KISHISI 📅

IP MAN
(1893-yilning 14-oktabrida Xitoyning Foshan shahar okrugida tugʻilgan, 1972-yilning 1-dekabrida Gongkongning Vankok tumanida vafot etgan) - taniqli Xitoy jang sanʼati ustasi. Vin-Chun jang uslubi namoyondasi. Ip Man 1950-1969-yillarda Gongkongda birinchi marta kung-fu Vin-Chun boʻyicha dars berishni boshlagan. U Yevropa va Amerikada Xitoy jang sanʼati bilan Gʻarb dunyosini tanishtirgan Bryus Lining ustozi sifatida juda mashhur.🇨🇳🥋🥇

(Rasmda uchinchi qator chapdan ikkinchisi Bryus Li)

t.me/tongyulduz
​​NAVBAT TIL BAYRAMIGA

Ijod maktabimizning ochilganiga ko‘p bo‘lmagan bo‘lsa-da, u yerda turli tadbirlar, uchrashuvlar, taniqli yozuvchi va shoirlar, darsliklar mualliflari bilan davra suhbatlari o‘tkazilyapti.

Har shanba – ijod kuni. Ilk safarimiz Qatag‘on qurbonlari xotira maydoniga bo‘ldi. Direktorimiz hamda o‘qituvchilarimizning aytishicha, Abdulla Qodiriy hayotini, og‘ir taqdirini o‘rganishni o‘sha muqaddas xiyobondan boshlash kerak ekan. Ko‘plab begunoh millatimiz fidoyilari kabi bobomiz ham o‘sha yerda otilganini bilib oldik. Tarixning og‘ir kunlari haqida eshitib, mustaqillikning, hozirgi baxtli kunlarimizning qadrini yanada chuqurroq his qildik. O‘zbekiston tarixi davlat muzeyiga qilgan safarimiz ham juda taassurotlarga boy bo‘ldi. M u z e y xodimlari b e r g a n ma’lumotlar tariximizga oid bilimlar i m i z n i boyitdi. Taassurotlarimizni adabiyot daftarimizga tushirib boryapmiz. Menga, ayniqsa, Oliy Majlis binosiga qilgan sayohatimiz juda yoqdi. Prezidentimiz nutq so‘zlaydigan minbar, deputatlar o‘rindiqlari, yurtimizda yagona bo‘lgan 4.5 tonnalik qimmatbaho qandil e’tiborimizni tortdi. Oliy Majlis qonunchilik palatasida taniqli sharhlovchi Abdug‘affor Qirg‘izboyev bilan uchrashuv bo‘ldi. U kishi bizni ushbu maktabga kirganimiz bilan tabriklab, Parlament tarixidagi eng yosh ishtirokchilar ekanligimizni aytdi. Yana bir tashrifimiz Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetiga bo‘ldi. O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi arafasida bu yerda juda katta anjuman bo‘lib o‘tdi. Filologiya fanlari nomzodlari, tilshunos olimlar, pedagoglar o‘zbek tilining naqadar boyligi, jozibadorligi, uning qadr­qimmati haqida uzoq gapirishdi. Ayni paytda Nilufar opa barchamizni o‘zbek tili haqida insho yozishga chorladi. Bu e’tiborga molik ko‘rik­tanlov bo‘lishini ham ta’kidladilar. Barcha ijodkor do‘stlarim kabi men ham ona tilimiz haqida she’r yozishga kirishdim. Nasib qilsa, ona tili o‘qituvchimiz va direktorimiz ishonchini qozonaman.

Salohiddin RAHIMJONOV,
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 6-sinf o‘quvchisi

t.me/tongyulduz
​​📜Ip Man haqida qisqacha📜
(Jang san'ati rivojiga qo'shgan hissasi)

Ma'lumki, Ip Man butun umri davomida Wing Chun texnik jang san'atini o'zgartirgan va rivojlantirgan, ammo bu yerda uning shaxsiy hissasini aniqlash qiyin.
Agar Ip Man ba'zan zamonaviy Wing-Chun asoschisi deb atalgan bo'lsa, unda bu birinchi navbatda uning jang san'ati turini o'qitish nazariyasi va metodologiyasiga qo'shgan hissasi bilan bog'liq. Bugungi kunda, Wing Chun ixcham va oqilona uslub sifatida tanilgan: tushunarsiz harakatlarni yodlash o'rniga o'quvchiga boshidanoq kichik texnik printsiplar to'plami taklif etiladi, ular asosida keyinchalik aniq ijro etilishi va ma'lum texnik harakatlarning maqsadga muvofiqligini baholash mumkin. Bunday holda, Wing-Chun nazariyasi "markaziy chiziq", "hujum chizig'idan chiqib ketish" va hokazo kabi oqilona nuqtai nazardan shakllantirilgan. Ammo XX asr boshlarida, Wing Chun-da, xitoy kung funi boshqa uslublarida bo'lgani kabi, ezoterik terminlar ham hukmronlik qildi va hayvonlarning odatlariga taqlid qilish ham mavjud edi. Ip Man Wing Chun tizimiga zamonaviy uyg'unlikni berdi va diniy-mistik va "hayvonlarning" elementlarini ushbu o'qitish usuli bilan amalda tozaladi , chunki Wing Chun amaliyotchilarining keyingi avlodlari Xitoyning an'anaviy dinlari bilan tanishmasligini taxmin qilgan.

Hayotining oxirigacha, Ip Man ko'plab talabalarini birlashtira oladigan birlashma yaratishga qaror qildi. Bugungi kunda bunday qadam tabiiy tuyulishi mumkin, ammo 1967-yilda uning Wing Chun Atletik Uyushmasi Gonkongda rasmiy ravishda ro'yxatdan o'tgan jang san'atlarini yoyish va rivojlantirish vazifasini qo'ygan birinchi tashkilot bo'ldi. Uyushma uzoq vaqtdan beri faoliyat yuritib xalqaroga aylandi, uning a'zolari soni doimiy ravishda o'sib bormoqda.

Internet manbalari asosida Sherali Toshniyozov tayyorladi

t.me/tongyulduz
#Kitobdan_parchalar

"Biron bir joydagi islomning mavqeini yoki ta’sirini bilish uchun keng ko‘lamli tadqiqotlar olib borish shart emas. O‘sha yerdagi qiz-juvonlarning gap-so‘zlari, jamoatda o‘zlarini tutishlariga, kiyimlariga bir nazar tashlansa kifoya."

Tohir Malik. "Tosh qalblarga zinhor nazar solinmas"

t.me/tongyulduz
​​💡O'zgalar taqdirini o'quvchisi bo'lgandan ko'ra,
O'z taqdiring yozuvchisi bo'l.

t.me/tongyulduz
#kichik_hikoyalar
Jahon adabiyoti turkumidan

Alan Y. Mayer
(OMADSIZLIK)

Tanamdagi shiddatli oģriqdan uyģonib ketdim. Kòzimni ochishim bilan karovatim oldida turgan hamshirani kòrdim.
-Mister Fudjima,-dedi u,-omadingiz bor ekan, siz ikki kun avval Xirosimadagi bombardimondan omon qoldingiz. Hozir siz gospitaldasiz, ortiq xavf ostida emassiz.
Madorsizlikdan bazòr sòradim:
-Qayerdaman?
-Nagasakida,- javob berdi u.

Davronbek Tojialiyev tarjimasi

t.me/tongyulduz
Muvaffaqiyat qozongan insonlarning hayot yo'liga e'tibor qaratadigan bòlsak. Bularning zamirida Ilm yotganini kòramiz.

Agar inson ilm nuri bilan o‘z yo‘lini yoritmasa, zulmat va nodonlik ko‘chasida qoladi. Kishi qalbining nuri ilm va ma’rifat bilan baquvvat bo‘ladi. Insoniyatning qadri ilm bilan hosil bo‘ladi. Ilmdan hali hech kim zarar ko‘rgan emas. Ilmni egallab olish esa bir san’atdir. Dunyoda qanday yovuzlik sodir bo‘lgan bo‘lsa, ularning hammasi nodonlik orqali kelib chiqqan. Eng zo‘r halokat nodonlik, insoniylikni bitiruvchi ham nodonlikdur. Yaxshi tahsil ko‘rgan va ilm nuri bilan xulqini yaxshilagan ayol har erda izzat topadi.

Ilm — ayol uchun ziynat. Aqlini nodonlikdan qutqargan har bir ayol nomus, izzat, ayollik qadrini tushunib etadi. Bunday ayol hech bir ishda adashmaydi. Ilmsiz ayol esa bola tarbiyalashda turli xatolarga yo‘l qo‘yadi.

Abdibek Sheroziy.
image t.me/tongyulduz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#hazil

Yotoqxonadagi holatlardan biri. Non narxi (1400 so'm) oshgandan keyingi holat...😂😂😂

Do'stlarga ulashamiz👇👇
https://telegram.me/tongyulduz
#kichik_hikoyalar
Jahon adabiyoti turkumidan

Robert Tompkins
(HAQIQATNI QIDIRIB)

Nihoyat, bu xilvat, ovloq qishloqda uning qidiruvlari yakunlandi. Chirib, tòkilay deb qolgan bu xaroba kulbada miltillab turgan olov yonida Haqiqat o'tirardi.
U umrida hech qachon bundayin qari va badbashara ayolni kòrmagan edi.
-Siz Haqiqtmisiz? Qartaygan, burushiq yuzli alvasti tantanavor bosh silkidi.
-Ayting-chi, men insoniyatga siz haqingizda bildirishim kerakmi? Ularga qanday xabar yetkazay?
Kampir olovga tupurdi-da javob berdi:
- Ularga meni yosh va sohibjamol, deb ayt.

Davronbek Tojialiyev tarjimasi

t.me/tongyulduz