Tong yulduzi | Rasmiy kanal
464 subscribers
2.83K photos
293 videos
55 files
2.79K links
Bolalikning sof tuyg‘ularini tarannum etuvchi «Tong yulduzi» Bolalar va o'smirlar gazetasining kanali.

Tong yulduzi guruhi: @tongyulduzi_guruhi

Maqola, she'r, hikoya va rasmlar yuborish uchun: +998946459070

Sayt: https://teletype.in/@tongyulduzi
Download Telegram
Forwarded from Jadid.uz

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Tong yulduzi” gazetasi hamkorligida “Bolalik kunlarimda...” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

📖Tadbirda ijod ahli, adabiyotshunos olimlar, o‘qituvchilar hamda yosh kitobxonlar ishtirok etishdi. Kitobda taniqli ijodkorlar, ilm-fan fidoyilari va san’atkorlarning bolalik xotiralari, o‘quvchilik yillaridagi samimiy voqealar, orzular va ilk ilhom manbalari aks etgan.

Taqdimot davomida bolalar adabiyotini rivojlantirish, yoshlarning kitobga bo‘lgan mehrini oshirish hamda kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish masalalari muhokama qilindi.


Tilda, fikrda, ishda birlik!

Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥1
Forwarded from 128-maktab
📚 Toshkent shahar Chilonzor tumani 128-maktabning 7- "B" sinf o‘quvchilari Alisher Navoiy nomidagi kutubxonada o‘tkazilgan "Tong yulduzi" gazetasining "Bolalik kunlarimda" nomli kitob taqdimotida faol ishtirok etib qaytdilar. 🌟

Bu tadbir davomida o‘quvchilar ijodkorlar bilan yaqindan suhbatlashish, ularning ijod jarayoni bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. ✍️

Ustoz ijodkorlar tomonidan aytilgan fikrlar, qimmatli maslahatlar va ilhomli suhbatlar o‘quvchilarda kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi, ularda ijodga mehr uyg‘otdi. ❤️📖

Tadbir nafaqat ma’rifiy, balki ruhiy zavq ulashuvchi, yoshlarning ma’naviy dunyosini boyituvchi unutilmas uchrashuv bo‘lib qoldi. 🌈🤝

📸 O‘quvchilar ushbu mazmunli uchrashuvdan yorqin taassurotlar bilan qaytdilar hamda kelajakda ko‘proq kitob o‘qish va ijodkorlar bilan uchrashuvlarda faol ishtirok etishga ahd qildilar. 💫📚🌟
https://t.me/maktab_128new
👍4🔥1
Forwarded from Gazetalar sharhi
«TONG YULDUZI» gazetasining 2025-yil 45-sonida:

♦️ ZAVQLI ONLAR SHUKUHI –
“Tong yulduzi” kutubxonasi” turkumida navbatdagi to‘plam – “Bolalik kunlarimda...” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi!

♦️ VATANIMIZ BAYROG‘I – Bir kuni darsda...

♦️ VAQTNI JILOVLAGAN OLIM
– «Bolalik kunlarimda…» sahifasi zabardast olim, shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufga bag‘ishlanadi

♦️ QO‘SHALOQ BAYRAM
– Poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi 20-umumta'lim maktabi 90 yoshga to‘lishi arafasida ta'lim maskanida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri tashkillashtirildi

♦️ TONGDA QICHQIRMAGAN XO‘ROZ –
Ijod maktabi o‘quvchisi Iroda Turdiboevadan ajoyib ertak!

♦️ BUGUNGI KITOBXON YOSHLAR QANDAY?

♦️ “O‘ZBEKISTON BAYROG‘I” KRIPTOGRAMMASI
– Bo‘sh o‘tirmay, bosh qotir!

https://play.google.com/store/apps/details?id=com.greatsoft.uz.tong_yulduzi


〰️〰️〰️〰️〰️
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/gazetalar_sharhi
https://t.me/tongyulduz
👍2
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Respublika ta'lim markazi, BMT Taraqqiyot dasturi, “Ta’lim hamma narsadan ustun” jamg‘armasi (EAA) hamda “Zamin” xalqaro jamoat fondi hamkorligida “O‘zbekistonda iqlim taʼlimi orqali yoshlarning yetakchilik qobiliyatlarini kuchaytirish va rivojlantirish” nomli qo‘shma loyiha doirasida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib oʻtdi. Loyihaning asosiy maqsadi:
Amaldagi o'quv dasturlarini tahlil qilish va takomillashtirish, yoshlarning ekologik ongi va yetakchilik ko'nikmalarini rivojlantiruvchi barqaror ta'lim modelini yaratish va 7-11-sinflar uchun biologiya, geografiya, kimyo va fizika fanlariga iqlim o'zgarishiga oid bilimlarni integratsiya qilish.
Loyiha yakunida 50 mingga yaqin o'qituvchi va 1,3 million dan ortiq 7-11-sinf o'quvchilari iqlim o'zgarishi bo'yicha zamonaviy bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishi rejalashtirilgan.

@tongyulduz
🔥4👍2
Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida jamoatchilik eshituvi tashkil etildi. Unda vazirlik masʼul xodimlari, “Demokratiya va inson huquqlari instituti” respublika jamoat birlashmasi direktori oʻrinbosari Foziljon Otaxonov, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

Tadbirda joriy yil davomida vazirlikka kelib tushgan murojaatlarni oʻrganish va koʻrib chiqish natijalari, sohaga doir qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda jamoatchilik ishtiroki va muhokamasi boʻyicha atroflicha maʼlumot berib oʻtildi.

Shu bilan birga, ishtirokchilarning soʻz yuritilgan mavzu hamda fikrlar yuzasidan bildirgan savollariga masʼullar tomonidan batafsil javob berib oʻtildi.

@tongyulduz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat bo‘yicha Jahon kubogi g‘olibi Javohir Sindarov bilan telefon orqali so‘zlashib, uni tarixiy g‘alaba bilan tabrikladi.

Президент Шавкат Мирзиёев поговорил по телефону с победителем Кубка мира по шахматам Жавохиром Синдаровым и поздравил его с исторической победой.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Forwarded from Alisher Sadullaev
⚡️Prezidentimiz Javohir Sindorov bilan videoaloqa orqali suhbatlashmoqda!

Bayram-bayramdek bo’ldi!

E’tibor uchun rahmat Janob Prezident!

Credits: @minbarortida