Tong yulduzi | Rasmiy kanal
462 subscribers
2.7K photos
287 videos
55 files
2.76K links
Bolalikning sof tuyg‘ularini tarannum etuvchi «Tong yulduzi» Bolalar va o'smirlar gazetasining kanali.

Tong yulduzi guruhi: @tongyulduzi_guruhi

Maqola, she'r, hikoya va rasmlar yuborish uchun: +998946459070

Sayt: https://teletype.in/@tongyulduzi
Download Telegram
​​Abdulhamid Cho‘lpon. Chopon va paranji (hikoya)

Shaharning dilrabo, chiroyliq bog‘larig‘a kirar edim.
Kirar edim men bir vaqtlar shaharning dilrabo bog‘lariga.
Kalta, ixcham pichimlik kiyimlar kiygan ozoda yigitlar, kelishgan, ko‘klam tuslik va tortqich ranglik ko‘ylak kiygan qizlar…
Kelishgan qizlar, ozoda yigitlar u yoqdan-bu yoqg‘a asta-asta bosishib o‘talar, o‘talar edi qo‘ltiqlashib…
Ixcham kiyimlik, katta-katta kelishgan tugmalik yigitlar va hirs qo‘zg‘atquchi ko‘ylak kiygan qizlar orasida uzun choponlik, ola-bula belbog‘liq yakka-yakka yigitlar ham uchrab qolurlar edi…
Uchrab qolurlar edi shunda uzun-uzun, ola-bula choponlar…
Bir vaqtlar bo‘ldikim, choponlarni ul bog‘larg‘a qo‘ymas bo‘ldilar.
Bir vaqtlar bo‘ldi kim, shaharning dilrabo boqchasi ola-bula choponni ko‘rushdan mahrum qoldi…
Choponni, choponliklarni kursilarga o‘lturg‘uzmay, bog‘larg‘a kirg‘uzmay qo‘ydilar…
Choponni shaharning dilrabo bog‘idan haydadilar, quvdilar…
Choponni mahkamalarga, «oliy ostona»larga kirg‘izmadilar, qo‘ymadilar…
Siz bizning poytaxtimizg‘a boring. Taassub xazinasi deb ayblang‘on soddadillardan boshqada chopon qolmadi…
Qolmadi chopon ozoda zamona yigitlarimizda… Qator tugmalar, ixcham bellar, chaqkon, kalta kiyimlar bechora choponni «engib» keladar… Hay-hay!
Ey, besh yillik ko‘z yoshlari bilan cho‘mulg‘on Far-g‘ona!
Ey, Turkistonning jannat burchagi bo‘lg‘on sodda vodiy!
Sening bog‘laringda choponning katta hurmati bor.
Chopondan qochqon yigitlarni sen yumshoq, erkalaguchi bag‘ringg‘a qabul qilmading.
Sof, boy, ko‘m-ko‘k bag‘ringda chopong‘a issiq joy berding.
Mahkamalaringda chopon yot emas.
Ixcham tugmalar chopong‘a xo‘mraymaylar…
Qurultoylarda bo‘ldim: qishloq dehqonlari eski choponlarini tashlamag‘onlar. Sening bag‘ringg‘a hayot istab kelganlarga qalin chopon kiyub yurub tuyg‘azg‘uchi oziq, tot berguchi meva-cheva tayyorlayturg‘on chorikor hali ham chopon orasida…
Chopon orasidadur qishloq dehqonlari…
Chopon bilandur qishloq soddadillari…
Qishloqi dehqon ustidadur alarning hayot berguchi tuproqlarini o‘pgan choponlar…
Hali chopon senda tashlanmag‘on.
Hatto bir vaqtlar choponni tashlab yuborg‘on «mamadana» o‘g‘illar ham yana qaytib chopon olg‘onlar… Chopon «vatandoshliq» qozong‘on!
Dilrabo bog‘chalarg‘a kirdim men.
Yuqori osmonlarda yurdim men…
Ola-bula choponlar, uzun-uzun belbog‘lar…
U bilan bog‘chalar ham bulg‘anmag‘on, ostonalar ham kir bo‘lmag‘on, madaniyat ham qochib ketmag‘on.
Chopon, eldan quvlanmoqchi bo‘lg‘on mazlum, bechora chopon!
Paranjini ham tort yoningg‘a, paranjini ham!..

t.me/tongyulduz
#hikmatlar

“Katta bo‘lsa meni boqadi-da!“ “Qariganimda menga qaraydi-da!“ deb farzand o‘stirish juda noto‘g‘ri deb bilaman. Moddiy manfaatlar uchun tarbiya qilingan boladan moddiy manfaat uchun har narsani kutsa bo‘ladi.

Nurmuhammad

🍂

Modomiki boshqalarga foyda beradigan narsa yoza olmasang, hech bo‘lmasa o‘ziga manfaat oluvchi o‘quvchi bo‘lgin!

🍃

Hamma sizning foydangizga hukm chiqarayotgan bo‘lsa xam, Halovat topish uchun uni vijdon tarozusida tortib ko‘ring. Arzimas manfaat uchun tarozingizni yo‘qotib qo‘ymang.

🍂

O‘ng qo‘lingizni qalbingizga qo‘yib: "Allohim, ey bu qalbni yaratguvchisi, (qalbimni) iymon ila to‘ldir, toki O‘zinga yo‘liqgunimcha", deb ayting.

«U kunda na mol, na bolalar manfaat berar, magar kim Alloh huzuriga toza qalb ila kelar, (o‘sha manfaat topur)».

(Shuaro surasi 89- oyat)

🍃

Manfaat kursiga o‘xshaydi. Boshingga qo‘ysang, seni pastga tushiradi, oyoq ostingga qo‘ysang, yuksaklarga ko‘taradi.

Yusuf Xos Hojib

🍂

O‘zini seni tanimaganga olayotgan kimsaga e'tibor berma! Chunki, shunday shaxslar bo‘ladiki, (sendan) o‘zlariga keladigan manfaat tugagach, xabarlari ham kesiladi, to‘xtaydi.

"Chiroyli hikmatlar"dan olindi

t.me/tongyulduz
Tungi mutolaa #tungi_mutolaa
(o‘qish uchun atigi 15 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Abdulhamid Cho‘lpon. Qor qo‘ynida lola (hikoya)

https://teletype.in/@sherali_toshniyozov/ryFIyY2vr

Quyida mazkur hikoyani muhokama qilishingiz mumkin
👇👇
t.me/tongyulduz
​​💭Rossiyalik tarixchi, maxsus xizmatlar va SSSR tarixi bo‘yicha o‘nlab kitoblar muallifi Aleksandr Kolpakidi O‘zbekiston SSR va uning rahbari Sharof Rashidovning sovetlar siyosatidagi islom vektorida tutgan o‘rni hamda «paxta ishi»ning haqiqiy sabablari haqida gapirgan...

SSSRda paxta «oq oltin» deb atalgan. Moskva ishlab chiqaruvchi respublikalardan uni past narxlarda sotib olgan va jahon narxlarida eksport qilgan. Olingan valuta mablag‘lari, xuddi neftdollarlar va tabiiy resurslardan boshqa daromadlar kabi, qurollanish poygasiga sarflangan.

Qiyin iqtisodiy vaziyat tufayli Kreml paxta yetishtirishni doimiy ravishda oshirish haqida talab qo‘ygan. Belgilangan majburiyatlarni bajarish imkonsizligi qo‘shib yozishga sabab bo‘ldi. SSSRda qo‘shib yozish amaliyoti keng tarqalgan bo‘lib, deyarli barcha hududlarda kuzatilgan. KGB ham bu narsani yaxshi bilgan, biroq, tarixchining so‘zlariga ko‘ra, korrupsiyaga qarshi kurash, deb atalgan kampaniya hammani ham qamrab olmadi.

«Biz tushunamiz - qo‘shib yozish, hiyla-nayranglar, poralar. Lekin savol tug‘iladi: bu korrupsiyaga eng botgan respublika edimi yoki yo‘q. Hozir istalgan odam shunday deydi: yo‘q, albatta. Boltiqbo‘yi va ikkita Kavkazorti respublikalarida - xafa qilmaslik uchun ular nomini aytmayman - korrupsiyaning ta'siri juda katta edi. Lekin nima uchun ularga hech kim tegmagan? Keyinchalik bu respublikalarning rahbarlari qayta qurishda katta rol o‘ynadi. Nima uchun prokuratura brigadasini korrupsiyaga butunlay botib ketgan Stavropol o‘lkasiga tashlashmadi?» - deya savol bilan chiqqan Kolpakidi. Tarixchining so‘zlariga ko‘ra, korrupsiyaga qarshi kampaniya bahonasi bilan O‘zbekistonga berilgan zarba tashabbusi Andropovdan chiqqan, u o‘z dunyoqarashi bo‘yicha g‘arbga yaqin va bozor munosabatlari pozitsiyasiga ega bo‘lgan.

«O‘zbek ishini kim boshlagan? Gdlyan va Ivanovni hamma biladi. O‘zbekiston KGB raisi Levon Melkumovni deyarli hech kim bilmaydi. Bularning barini Andropov, Melkumov, Gdlyan, Ivanovlar qilishdi. U yerda boshiga ikki marta o‘q uzib, o‘z joniga qasd qilganlar bo‘lgan. Va bu korrupsiyaga qarshi kurash, deb atalgan», - dedi olim tarixchi Fyodor Razzoqovning ushbu mavzuga bag‘ishlangan kitobi bo‘yicha.

Uning so‘zlariga ko‘ra, sovet nomenklaturasining ustunlaridan biri - urush faxriysi, harbiy nishonlar kavaleri Sharof Rashidovni qulatishga sabab bo‘lgan o‘zbek ishi - respublikalarda juda salbiy qabul qilingan. Boshqa rahbarlar markazga ishonchini yo‘qotib, sovet davlatining siyosiy asoslarini zaiflashtirdilar.

Olim ishonch bildirishicha, Rashidov sovet qo‘shinlarining Afg‘onistonga kiritilishiga qarshi chiqqani va islom olami bilan munosabatlarni mustahkamlashni xohlagani paxta ishining yashirin sababiga aylangan.

«Rashidov har doim Afg‘onistonga qo‘shinlar kiritilishi xato bo‘lganini ko‘rsatib kelgan va urushni tugatishni talab qilgan. U musulmon respublika yetakchisi sifatida bundan manfaatdor bo‘lgani aniq. Bu mamlakatimizning musulmon dunyosi bilan munosabatlariga juda kuchli geosiyosiy zarba bo‘ldi», - dedi Aleksandr Kolpakidi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu nafaqat Rashidovning shaxsiga, balki sovet ittifoqidagi asosiy islom omili sanalgan butun O‘zbekistonga qarshi kampaniya bo‘lgan.

Manba: https://kun.uz/uz/51070721

Doʻstlarga ham ulashing: @tongyulduz
​​DUNYOGA MASHXUR DOVYURAK AYOL!!!


Katrin Shvitser –1967 yilda Boston marafonida qatnashgan birinchi ayol. Bu hodisa ayollarga marafonda rasman ishtirok etish uchun ruxsat berilishidan 5 yil oldin sodir bo‘lgan edi. Marafon tashkilotchilari vakili Jok Sempl uni poyga paytida trassadan kuch bilan olib chiqishga harakat qilgan.  
U shunchalik fikrida qatiy turganligi sababli buni uddasidan chiqa olmaganlar!!!


Каналга уланиш⤵️⤵️
https://t.me/tongyulduz
#tabrik

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga tabrik yo‘lladi

Muhtaram ustoz va murabbiylar!

Avvalo, siz, azizlarni, ta'lim-tarbiya sohasida mehnat qilayotgan barcha pedagog xodimlarni O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan tabriklab, eng ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Ushbu qutlug‘ ayyomda barchamiz bizga ilm o‘rgatgan, hayot sabog‘ini bergan jonkuyar, fidoyi o‘qituvchi va domlalarimizga chuqur hurmat bajo keltirib, chin dildan ta'zim qilamiz.

Batafsil o'qish uchun

✦•┈•✦•┈•✦•┈•✦•┈•✦•┈•✦•┈•✦
☑️ @tongyulduz kanali
​​BOG‘BON VA QURIGAN DARAXT

Bog‘bon, parvarishlab yurgan bog‘idagi qurib qolgan daraxtni chopish uchun boltasi bilan daraxt oldiga bordi. Qurigan daraxt yolvorib:
-"Ey mard inson! Mening hech bir aybim bo‘lmagani holda, nima uchun endi meni chopib tashlamoqchisan?" dedi. Bog‘bon:
-"Sening qurib qolishing, sen uchun yetarli aybdir" dedi. Daraxt:
-"Ko‘rib turganingdek to‘ppa to‘g‘riman, egri-bukri emasman. To‘g‘riligim uchun meni kechir!" dedi. Bog‘bon:
-"Koshki edi egri-bukri, ammo yosh bo‘lganingda edi. U vaqtda kuchli quvvatli bo‘lar eding. Qurib qolmagan bo‘lar eding. yerdan olayotgan suving bilan hayot topgan bo‘lar eding. Sening urug‘ing yaxshi emas ekan. Asling buzuq ekan ki, go‘zal bir daraxt bo‘lolmabsan. Qurib qolganing uchun ham go‘zal bir daraxtning shohi bilan seni payvand qilib, go‘zallashtirishni imkoni yo‘q. Bu bog‘dan chopilishga mahkumsan!" dedi.

🍃🍂

Daraxtlar yaxshi, mazali meva berishlari uchun payvand qilinadilar. Insonlar ham go‘zal axloqlarni qo‘lga kiritishlari uchun, Allohning do‘stlarining ko‘ngillariga payvand etilishlari lozimdir.
Alloh do‘stlarining vazifalari, iflosliklarni poklab, go‘zalliklarni o‘rtaga chiqarmoqdir.

Hazrati Mavlono Rumiyning Masnaviylaridan hikoyalar

t.me/tongyulduz
​​🔎Ruzveltning oʻqi...

1912-yilda Teodor Ruzvelt prezidentlikka oʻz nomzodini qoʻygach, saylovchilar bilan uchrashuvlardan birida, unga qarata kimdir oʻq uzadi.

Oʻq koʻkragidagi koʻzoynak gʻilofi va nutq yozilgan qalin qoʻlyozmaga tegadi. Ruzvelt oʻz joyini tark etmadi va yana 1.5 soat gapiradi. Boʻlajak prezident jarohatning xavfli emasligini tushundi: u qon tuflamadi, demak oʻq oʻpkaga kirmagan...

Keyinroq vrachlar oʻqning oʻpkaga chuqur kirganini, ammo uni olish juda xavfli ekanligini aytishadi va Ruzvelt oʻsha oʻqni butun umri davomida olib yuradi...

Suratda esa Ruzveltning oʻsha kechadagi koʻylagi.

Doʻstlarga ham ulashing: @tongyulduz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalom-u alaykum!

Haftaning boshi, "og‘ir kun" deb ataluvchi dushanba boshlanmoqda. Haftani qanday boshlasak, shunday yakunlaymiz. Shunday ekan kuningizni qanday o‘tkazish, avvalo, o‘zingizga bog‘liq! Hormang-tolmang, kechgacha chiroyli tabassum qilishdan charchamang! Zero, sizning tabassumingiz ko‘plarning ko‘ngliga xush yoqadi😉😊

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/tongyulduz
GULDON VA TOSH

Billur guldon bilan tosh to'qnashsa, toshga baloyam urmaydi, guldon sinadi. Negaki, guldon bag'rida gul bor.
Yaxshi bilan yomon to'qnashsa, yomonga baloyam urmaydi, yaxshining dili vayron bo'ladi. Negaki, yaxshining qalbida ezgulik bor...

"Daftar hoshiyasidagi bitiklar"
O'tkir Hoshimov


#ibrat_uchun

t.me/tongyulduz
#iqtiboslar

Hech bir inson yomonlik uchun yaratilmaydi. Inson dunyodan lazzatlanish, bu dunyo sinovlaridan o‘tish uchun keladi.

Tohir Malik - "Shaytanat"

🌸🌸🌸🌸🌸

...kichkintoylarimizga chiroyli va qimmatbaho o'yinchoqlar olib beramiz. Ammo uning qiziqishi, ongining rivojlanishi Mikki Maus, o'rgimchak odam yoki gapiruvchi qo'g'irchoq bilan cheklanmasligini anglamaymiz. Mavlono Rumiy yoki Alisher Navoiy, Mikelanjelo yoki Leonardo da Vinchi, Rembrand yoki Kamoliddin Behzod, Motsart yoki Chaykovskiy daholari bilan tanishtirishni xayolimizga ham keltirmaymiz. Afsus bilan aytsam, ko'p ota-ona bu daholarni o'zlari ham bilmaydi...

Tohir Malik
"Quyoshingiz botmasin"


t.me/tongyulduz
​​BOLALIK KUNLARIMDA

Qishlog‘im Qatron tog‘ etagidagi so‘lim bir maskan edi. Bir-biriga chambarchas bog‘lar ko‘p bo‘lardi. Biz ana shu bog‘larda katta bo‘lganmiz. Tut pishig‘idan to sariq behilar uzib olinmaguncha u yerdan chiqmasdik. Besh yoshimizdan tog‘ etagiga qo‘y, mol boqishga chiqardik. Kattalar biz yoshlarni bekor yurmaslikka, mehnat qilishga o‘rgatishardi. Urush bizning qishlog‘imizga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Oyoqyalang maktabga borgan kunlarimiz ko‘p bo‘lgan. Qornimiz to‘yib ovqat yemaganmiz. Aziz bolajonlarim, men sizlarga kitob bilan bog‘liq bir voqeani so‘zlab bermoqchiman: Bir rus qo‘shnimiz bo‘lardi. U menga bir kitob berdi. Men uni eng qimmatli sovg‘a sanab, enam bergan matoga o‘rab, maktabga olib bordim. Bolalar bir ko‘ray, bir ko‘ray, deb talashib ketishdi. Ustozimiz, darsda shovqin solayapsan, jim o‘tir, deb urishib berdi. Men qo‘rqib sinfdan chiqib ketdim. Ustozim gap nimadaligini bilgach, aytganingda, men ham sizlar bilan birga kitobni tomosha qilardim, degan. Hozir esa do‘konlardan istagan kitobni topib, istagancha o‘qish mumkin. Yuksak maqsadlar sari olg‘a boshlayotgan Yurtboshimiz, ertangi kunga ishonch bilan yashayotgan yurtdoshlarimiz bor. A’lo baholarga o‘qishingiz uchun barcha sharoitlar yaratilgan beqiyos yurtda ulg‘aymoqdasiz. Bobolaringiz, ustozlaringiz o‘gitiga amal qilsangiz, albatta, niyatingizga yetasiz.

Xudoyberdi TO‘XTABOYEV,
«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni sohibi


39-son 3-bet

t.me/tongyulduz
​​A’LOCHINING BIR KUNI

Boshlang‘ich sinfda o‘qib yurganimda, eng katta maqsadim a’lochi bo‘lish edi. Dadam hamisha o‘qishimni nazorat qilar edi. Yuqori sinfga o‘tganimda esa turli fan olimpiadalarida, xalqaro musobaqalarda qatnashish kabi yanada kattaroq maqsadlar sari intila boshladim.

Shu yili Janubiy Afrika Respublikasining Durban shahrida o‘tkazilgan Xalqaro matematika musobaqasida oltin medalga sazovor bo‘ldim. Shunda bildimki, a’lochi va namunali o‘quvchi bo‘lish bu eng oddiy vazifamiz ekan. Harakat qilsak, undan katta yutuqlarga erishishimiz mumkin. Buning uchun esa eng muhimi har bir kunimizni tartib va reja bilan o‘tkazishimiz kerak. Masalan, men ixtisoslashtirilgan maktabinternatida tahsil olaman. Bu yerda bizning ma’lum kun tartibimiz bor. Nonushtadan so‘ng biz tushgacha o‘quv binosida dars o‘tamiz. So‘ng, tushlik qilamiz. Kunning ikkinchi yarmida aniq bir fandan qo‘shimcha o‘quv kurslarida o‘qiymiz. Bo‘sh vaqtlarimizda esa kutubxonaga kirib badiiy kitoblarni mutolaa qilamiz. Balki shu tobda xayolingizdan, yoshlikda o‘ynabkulish ham kerak-ku, degan o‘y o‘tayotgandir?! Lekin xalqaro musobaqalardan so‘ng yurtimizga qaytganimizda, aeroportda bizni kutib olishgan kundagi tantana yoki dam olish kunlari oila davrasida o‘tkazgan damlarimning o‘zi men uchun eng katta xursandchilikdir.

Anvarjon RAHMATOV,
Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanidagi
Xalqaro matematika maktabining
8-sinf o‘quvchisi, Xalqaro
matematika musobaqasining oltin medal
sohibi


39-SON, 3-BET (2019-YIL)

T.ME/TONGYULDUZ
​​O‘ZBEK TILIMIZNING JOZIBASI meni ohanrabodek maftun qiladi

– Rusiyzabon o‘quvchilarga mustaqil davlat tili hisoblangan o‘zbek tilini o‘rgatib kelyapman. Ularning til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlari meni yanada ko‘proq izlanishga, tilimizning sofligini saqlash, jozibadorligini oshirishga undaydi. Sevimli o‘quvchilarim siymosida o‘zimning bolaligimni, o‘quvchilik yillarimni ko‘rgandek bo‘laman. O‘qituvchilar oilasida ulg‘ayganim bois, bu kasbning mashaqqatlari, zahmatlari menga tanish edi. Dadam o‘zim tahsil olgan maktabda geografiya fanidan dars berardilar. Bolalarning uzoqdan meni ko‘rsatib, ustozning qizi, deya e’tirof etishlarining o‘ziyoq mendan ushbu kasbga mas’uliyat bilan qarashni talab qilgan. Ayni shu lahzalarda o‘z oldimga aniq maqsad qo‘ygan edim: men ham, albatta, o‘qituvchi bo‘laman! Fan «kema»larida birma-bir suzib chiqar ekanman, yana o‘sha bolalikdagi qiziqishlarim tug‘yon urib, meni o‘zbek tilimizning jozibasi, ohangdorligi, misralardagi qofiyalarning marjondek terilgani meni ohanrabodek o‘ziga maftun qilardi. Badiiy asarlar mutolaasi qahramonlar hayoti bilan yashashga undardi. Teran tafakkur sohiblarini tarbiyalayotgan jonkuyar ustozlar, mashaqqatli, ammo sharafli kasbingizda ulkan zafarlar hamisha hamrohingiz bo‘lsin. Shogirdlar ardog‘ida ustoz degan buyuk nomga munosib bo‘lib, faxr ila yashamoqlikni tilab qolaman. Muhtaram ustoz va murabbiylar, kasb bayramingiz yana bir bor muborak bo‘lsin!

Barchinoy KARIMOVA, «Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi–2019» ko‘rik-tanlovi Respublika bosqichi g‘olibi, Buxoro viloyati, Buxoro shahridagi 39-Davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabining o‘zbek tili fani o‘qituvchisi

T.ME/TONGYULDUZ
​​Bugun Mavlono Jaloliddin Rumiyning tavallud kunlari

Mavlono Jaloliddin Rumiy 1207-yil 30-sentyabrda Balxda tug‘ilgan. Uning otasi shahar peshvolaridan bo‘lib, «Olimlar sultoni» unvonini olgan Husayn Xatibi o‘g‘li Bahouddin Valad, onasi Balx amirining qizi Mo‘mina xotundir. Bahouddin Valad ba'zi sayosiy voqealar va mo‘g‘ul istilosi sababli Balxdan ketishga majbur bo‘lgan.

1212 yoki 1213-yil oila o‘z yaqinlari bilan Balxdan chiqib Nishopurga kelgan. Bahouddin Valad bu shaharda mashhur mutasavvif Fariduddin Attor bilan uchrashadi. Mavlono kichik bo‘lishiga qaramay, Fariduddin Attorning nazariga tushdi. Bahouddin Valad Nishopurdan Bag‘dodga va keyinchalik Kufa yo‘li orqali Ka'baga yo‘l oladi. Haj amalini bajargandan so‘ng Shomga keladi. Shomdan Malayziya, Erzinjon, Sivas, Qaysari, Nig‘de yo‘llari orqali Larendega (Karaman) keladi. Karamanda amir Muso qurdirgan madrasada qo‘nim topadi. 1222-yilda Karamanga kelgan Bahouddin Valad va uning oilasi bu yerda yetti yil yashaydi.

Mavlono 1225-yilda Sharafuddin Loloning qizi Gavhar xonimga uylanadi. Mavlononing bu nikohidan Sulton Valad va Alouddin Chalabiy ismli ikki o‘g‘li bor. Gavhar xonim vafot etganidan bir necha yil o‘tib, bir bolasi bilan beva qolgan Karra xonimga uylanadi. Mavlononing ikkinchi nikohidan Muzaffariddin, Amir Alim Chalabiy degan ikki o‘g‘il va Malika xonim ismli bir qiz dunyoga keladi.

O‘sha kezlarda Onado‘lining katta qismi Saljuqiylar davlatining hukmronligi ostida edi. Bu davlatning poytaxti bo‘lgan Qo‘nyo san'at asarlari bilan mashhur, olimlar va san'atkorlari ko‘p shahar edi. Qisqasi, Saljuqiylar davlati eng porloq davrini boshdan kechirayotgan bo‘lib, davlat hukmdori Bahouddin Valadni Karamandan Qo‘nyoga taklif etdi va shu yerda joylashishini xohladi.

Bahouddin Valad Sultonning taklifini qabul etdi va 1228-yil 3- mayda Qo‘nyoga oilasi va do‘stlari bilan keldi. Sulton Alouddin ularni tantana bilan qarshilab, yashashlari uchun Oltinapa madrasasidan joy ajratdi. «Olimlar sultoni» 1231-yilning yanvar oyida Qo‘nyoda vafot etdi. Muborak jasadi saljuqiylar saroyining Gul bog‘chasiga qo‘yildi. «Olimlar sultoni» vafot etgach, shogirdlari va muridlari Mavlononing atrofida to‘plandilar. Mavlononi otasining merosxo‘ri qilib qo‘ydilar. Darhaqiqat, Mavlono buyuk bir shoir va din olimi bo‘lgach, “Iplikchi” madrasasida va'zlar o‘qirdi. Va'zlari uni tinglashga kelganlar bilan to‘lib toshardi.

Mavlono 1244-yil 12-noyabrda Shamsi Tabriziy bilan uchrashadi. Bu uchrashuv tarixda «Ikki dengizning uchrashuvi» deya ataldi. Biroq birgaliklari uzoqqa cho‘zilmadi. Shams foniy dunyodan uzildi.

Mavlono Shamsning o‘limidan so‘ng uzoq yillar yakka o‘zi yashaydi. Keyingi yillarda Salohiddin Zarkubiy va Husomiddin Chalabiy Shamsi Tabriziyning o‘rnini to‘ldira boshlaydilar.

Hayotini «Xom edim, pishdim, yondim» so‘zlari-la xulosalagan Mavlono 1273-yil 17-dekabrda yakshanba kuni Haqning rahmatiga yetishadi. Mavlononing janozasini uning vasiyatiga ko‘ra Sadriddin Qo‘nyoviy o‘qimoqchi bo‘ladi. Lekin Sadriddin Qo‘nyoviy eng yaxshi ko‘rgan insoni Mavlononi yo‘qotganidan o‘zini tutib turolmay janozada hushidan ketadi. Shu sababli Mavlononing janozasini qozi Sirojiddin o‘qiydi.

Mavlono o‘lim kunini yangidan tug‘ilgan kun sifatida qabul qilardi. U o‘lgan zahoti sevganiga, ya'ni Allohga yetishishini bilardi. Shuning uchun Mavlono o‘lim kunini to‘y kuni ma'nosida kelgan so‘z «Shabi arus» deb atardi va do‘stlariga o‘limi orqasidan «Ey, voh» deya yig‘lamasliklarini vasiyat qilgandi.

«O‘lganimizdan so‘ng mozorimizni yerdan axtarmang! Bizning mozorimiz oriflar ko‘ngillaridadir!»

Mavlono Jaloliddin Rumiy

t.me/tongyulduz