Ta'zim sizga (www.NBKstudio.uz)
Ozodbek Nazarbekov
Aziz Ustozlarimiz, sizlarni 1-oktyabr O'qituvchilar va murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz.
t.me/tongyulduz
t.me/tongyulduz
#ustozlarimga #bayramingiz_muborak
ODDIY MUALLIM
Qadri bilinadi endi menga goh,
Oddiy maktabimning o‘sha behasham,
Navoiy-ku bizga ustozdir, biroq,
Kimdir o‘qitgan-ku Alisherni ham!
Shunday buyuk zotga harf o‘rgatgan kim?
Oddiy muallim-da, oddiy muallim!
Ayagan hayotning sanchiqlaridan,
Yiqilsa ko‘targan to‘siqlaridan,
Otadek ezilgan, g‘ussaga botsa,
Boladek quvongan yutuqlaridan.
Uyquda shogirdin o‘ylab yotgan kim?
Oddiy muallim-da, oddiy muallim!
Yo‘qdan Beruniyni binolar qilgan,
Husaynni Ibn Sinolar qilgan,
Mashrabni mashhuri dunyolar qilgan.
Abdulloning tilin burrolar qilgan,
Ilon o‘ynatgandek so‘z o‘ynatgan kim?
Oddiy muallim-da, oddiy muallim!
Yuzga kiraman men Xudo xohlasa,
Ehtimol, yuzdan ham o‘tarman bir kun.
Qaynoq quchog‘ida hurlar chorlasa,
Hech kimdan qarzim yo‘q ketarman bir kun.
Bo‘lsa ham, bir zotda bo‘ladi qarzim,
Oddiy muallim u, oddiy muallim!
©Muhammad Yusuf.

Aziz ustozlar sizni "Tong yulduzi" jamoasi nomidan bayram bilan qutlaymiz!
Ustoz naqshi jahondir,shogird bo‘lsa o‘sha naqsh guli...
t.me/tongyulduz
Ustoz naqshi jahondir,shogird bo‘lsa o‘sha naqsh guli...
t.me/tongyulduz
#anglash
"Umumiy farovonlik haqida qayg'urishni bir kishining zimmasiga yuklash naqadar telbalik bo'lardi, axir bir odam, agar u tasodifan yaxshi odam bo'lsa, boshqa shunday bir odamdan oshirib hech narsa qilolmaydi, ammo agar u ahmoq odam bo'lsa, o'zining hokimiyat imkonlari bilan boshqa millionlab odamlar qilganicha yovuzlik qilishi mumkin.
Jon Milton.

Taqdir degan bir odamning fahm-farosatda tengi yòq, oqila va gòzal qizi bor ekan. Taqdir qiziga qarab:
"Aql, Davlat, Umid degan uch odamdan sovchi kelyapti, qaysi biriga rozi bòlasan?" - deb sòrabdi. Shunda qizi:
" Aql - insondagi eng ulug' fazilatdir, aqlga suyanib turib dòstni dushmandan, xushyorni devonadan farqlash mumkin. Lekin uning bir aybi bor:
Davlat - ham ishbilarmon, ham hukmdordir. Lekin u hech qachon, hech kimga vafo qilmaydi. Men Umidni ixtiyor qilaman. Chunki u insonga hech qachon xiyonat qilmaydi, undan ajralmaydi. Butun jahon undan manfaatdor" - deb javob beribdi.
T.Malik "Murdalar gapirmaydilar"📕
t.me/tongyulduz
Taqdir degan bir odamning fahm-farosatda tengi yòq, oqila va gòzal qizi bor ekan. Taqdir qiziga qarab:
"Aql, Davlat, Umid degan uch odamdan sovchi kelyapti, qaysi biriga rozi bòlasan?" - deb sòrabdi. Shunda qizi:
" Aql - insondagi eng ulug' fazilatdir, aqlga suyanib turib dòstni dushmandan, xushyorni devonadan farqlash mumkin. Lekin uning bir aybi bor:
kishini chalg'itib, xatarli yòllarga solib qòyishi mumkin.Davlat - ham ishbilarmon, ham hukmdordir. Lekin u hech qachon, hech kimga vafo qilmaydi. Men Umidni ixtiyor qilaman. Chunki u insonga hech qachon xiyonat qilmaydi, undan ajralmaydi. Butun jahon undan manfaatdor" - deb javob beribdi.
T.Malik "Murdalar gapirmaydilar"📕
t.me/tongyulduz
#BU_QIZIQ
O’qituvchilar eng ko’p maosh oladigan davlatlarni bilasizmi?
O’qituvchilik kasbi har bir davlatda eng muhim kasblardan hisoblanadi, chunki mamlakat farovonligi bevosita bog'liq bo'lgan xalqning savodli bo'lishi uchun poydevorni aynan o'qituvchilar qo'yishadi. Ayrim mamlakatlarda o'qituvchilarning davlat rivoji uchun qo'shayotgan hissalari yuksak qadrlanadi va ularga yaxshi maosh to'lanadi.
Quyida o'qituvchilar yiliga eng ko'p maosh oladigan mamlakatlar bilan tanishishingiz mumkin.
17. Fransiya —31,421.49 dollar
Fransiyada ycole maternelle deb ataluvchi maktabgacha ta'limdan keyin majburiy ta'lim tizimi uchta: ycole, collige va lycye bosqichlariga bo'lingan.
16. Portugaliya — 32,563.75 dollar
Portugaliyada maktabgacha ta'limdan oliy ta'limgacha bo'lgan davrda ta'lim olish uchun davlat yoki xususiy ta'lim muassasasidan birini tanlash mumkin.
15. Kosta-Rika — 33,519.29 dollar
Kosta-Rikada o'quvchilar oilalari orasidagi iqtisodiy tafovut ajralib turmasligi uchun barcha maktab o'quvchilari bir xil libosda yurishlari shart.
14. Shvetsiya — 36,766.81 dollar
Shvetsiyada majburiy maktab ta'limi to'rt: maktabgacha, kichik, o'rta va katta ta'lim bosqichlariga bo'linadi.
13. Avstriya —37,122.44 dollar
Avstriyada 9 yillik majburiy bepul ta'lim tizimi joriy etilgan.
12. Finlyandiya — 37,728.28 dollar
Finlyandiyada bolalar 7 yoshga to'lganidan keyin maktabga qabul qilinadi.
11. Kanada — 39,071.90 dollar
Bu yerda bolalar 16 yoshgacha maktabga kelishga majbur bo'lib, Manitoba, Ontario va Nyu-Bransuikda ta’lim olish 18 yoshgacha majburiy hisoblanadi.
10. Niderlandiya — 39,098.02 dollar
Niderlandiyada asosiy ta’lim tili golland tili bo’lsa-da, aksariyat maktab va universitetlar ingliz tilida ta’lim berishga o’tmoqda.
9. Avstraliya — 40,762.47 dollar
Avstraliyada uch turdagi maktablar mavjud: davlat maktablari, katolik maktablari va mustaqil yoki xususiy maktablar.
8. Ispaniya — 41,886.99 dollar
2008-yilgi moliyaviy inqiroz sababli hozirda Ispaniya Yevropada ishsizlik ko'rsatkichi bo'yicha eng yuqori o’rinda turadi.
7. Meksika — 42,816.51 dollar
Meksikada aksariyat bolalar boshlang'ich maktabga borishadi, ammo 2011-yilda atigi 62 foiz bola o’rta maktabga kirgan.
6. AQSh — 43,556.76 dollar
2011-yilda AQShda 3 yoshli bolalarning yarmi maktabgacha ta’lim muassasasiga qatnagan bo’lsa, Yevropada bu ko’rsatkich 90 foizni tashkil etgan.
5. Daniya — 46,784.11 dollar
Daniyada ta’lim olish bepul bo’lib, bu yerda 9 yillik majburiy ta’lim joriy etilgan.
4. Norvegiya — 47,313.23 dollar
Norvegiyada emigrantlarning farzandlari uchun ta’lim ikki tilda olib boriladigan maktablar faoliyat ko’rsatadi.
3. Germaniya — 61,418.47 dollar
Nemis oilalaridagi bolalarning aksariyati davlat maktablarida o’qishadi.
2. Shveysariya — 69,704.74 dollar
Shveysariyada 26 ta kanton majburiy ta’lim tizimi uchun mas’ul hisoblanadi.
1. Lyuksemburg — 79,129.67 dollar
Lyuksemburgda ta’lim uchta tilda: lyuksemburg, nemis va fransuz tillarida olib boriladi.
O'zbekistonda esa taxminan 4000-5000$ 🤦♂(yiliga)
Kanalga ulaning👇👇
https://telegram.me/tongyulduz

Tungi mutolaa #tungi_mutolaa
(Òqish uchun atigi 15 daqiqa vaqtingiz ketadi)
#rivoyat
Halol rizq
Qadim zamonda o'ta insofli halol, husn bobida havas qilguday, davlati yetti avlodiga yetguday bir savdogarzoda o'tgan ekan. U umrini tijoratda o'tkazar ekan. Bir kuni savdo bilan Bag'dodga borib bir gado qizga oshiq bo'lib qolibdi. Savdogar dil izhorini bildiribdi. Shunda qiz ixtiyori otasidaligini aytibdi. Savdogarzoda Bag'doddagi gadolar sardori — qizning otasi mulla Usmonga yo'liqibdi va qizining qo'lini so'rab qancha boylik bo'lsa berishligini so'rabdi.
Gadolar boshlig'i bir kulib savdogarzodadan o'z molidan qancha foiz foyda olishini so'rabdi. Savdogarzoda 10-15 foizligini aytibdi. Shunda gadolar boshlig'i savdogarzodani masxaralab:
— Ey yigit! Sen nodonga qiz beramanmi? Shaharma shahar yurib shu foydani foyda deyapsanmi? Mana qara men senga ko'rsatay. Yech qolingdagi uzugingni, uning bahosi qancha?, - debdi.
Savdogarzoda uzuk bahosini bolali tuya bahosida belgilabdi.
— Yaxshi, - debdi gado, - endi uzugingni ertaga men aytgan joydan olasan.
Gado Juma kuni juda katta jamoat yig'iladigan "Abdulqodir Jiyloniy" masjidiga borib, hamma to'planganda imomga baland ovozda murojaat qilibdi.
— Ey, imom! Men ushbu shaharning faqir bir gadosiman. Umrim nochorlikda o'tdi, lekin halol yashadim. Mana bu uzukni 3 kun oldin topib oldim. Aytishlaricha juda qimmat turarmish. Lekin menga xarom kerak emas. Faqat men o'g'il uylashim va qizimni turmushga berishim kerak. Shahrimiz mo'minlariga aytsangiz, masjid darvozasi oldida ro'mol yozsam, baqadri hol men bechorani quruq qo'yishmas - debdi.
Bu gaplarni eshitgan mo'minlar juda ta'sirlanishib, gadoning halolligiga qoyil qolishibdi va namozni o'qib bo'lishib hammalari uning belbog'iga pul tashlashibdi. Juda katta pul yig'ilibdi. Kechqurun gado savdogarzodani uyiga chaqiribdi va pulni ko'rsatib debdi:
— Ey savdogarzoda! Mana ko'r - sen safar mashaqqatiga qiynalib, jon berib, jon olib 10-15 foiz foyda qiladigan bo'lsang, men hech qiynalmay bir kunda qancha pul topa olaman. Endi sen mana bu puldan olib masjidga bor. Imomga uchra, bu pullardan suyunchi, deb ber va uzugingni qaytarib ol va bizga qo'shil. Shunda qizimni senga beraman.
Shunda savdogarzoda aytibdi.
— Ey aldoqchi! Butun avlod-ajdodim haqqi-hurmati men kechdim sen nobakorning qizidan ham, qimmatbaho uzugimdan ham. Mening ota-bobolarim halol savdogar edilar, meni halol ovqat bilan boqdilar. Men ham halol oiladan uylanib Alloh farzand bersa ularni halol taom bilan boqsam - deb o'z mollarini yig'ib ushbu shahardan chiqib ketgan ekan.
══════ ❁✿❁ ══════

32 yoshli bemor doktor Richard Kroulining qabuliga keldi. "Men bosh barmog'imni sòrish odatidan hech qutula olmayman", dedi u. "Bu ishga kòp ahamiyat beravermang", dedi Krouli. "Ammo har kuni har xil barmog'ingizni sòrib yuring". Bemor uning aytganini qilishga kirishdi. Ammo har safar qòlini og'ziga olib borganida òylab qolardi: bugun qaysi barmog'ini tanlasa ekan? Bir hafta òtmay turib u bu odatidan qutuldi. ''Bironta ishga odatlanib qolsangiz undan qutulish qiyin bòladi", dedi Richard Krouli bemorga. "Qachonki bu odat bizdan yangi munosabat va tanlash qarori kabilarni talab qilganda uning naqadar befoyda ekanini tushunib yetamiz".
Paulo KOELO. "Maktub"

#ADOLAT
• Xiyonatdan qolgan yara hech qachon bitmaydi...
• Uning alami hech qachon ketmaydi...
• Ammo, unutmang!
• Adolatda tursanggiz sizga xiyonat qilib ketganlar vaqti kelib uzr so‘rash uchun qaytadi.
• Bu Alloh taoloning adolati bo‘ladi.
• O‘sha kuni xoinni kechirmaslik esa sizning adolatinggiz hisoblanadi!
©️ Mahbubiy📚

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hayotimiz, kelajagimiz bugungi, ba’zan bizga ahamiyatsizdek ko’ringan kichik qarorlarimiz, tanlovlarimizga bog’liq...
Har bir harakatingiz natijasini kelajakda ko’rajaksiz. Demak, bugungi natijalar, kechagi tanlovlar hosilasidir!.. Shanday ekan, oldingizga qo’ygan maqsadlaringizga bugungi tanlovlaringiz mos keladimi, yo’qmi, aniqlab oling...

📅 KUN KISHISI 📅
MOXANDAS KARAMCHAND GANDI (1869-yilning 2-oktabrida Gujarat shtatining Porbandar shahrida tugʻilgan, 1948-yilning 30-yanvarida Nyu-Deli shahrida vafot etgan) - hind siyosat va jamoat arbobi, Hindiston mustaqilligi uchun kurash yetakchilaridan biri. Mutafakkir. Uning falsafasi satyagraxa, yaʼni kuch ishlatmasdan qarshilik koʻrsatish. Hind xalqi uni "Mahatma" (Buyuk qalb) deb ataydi. 🇮🇳✊📝

#iqtibos
💭Qandaydir sitam yetsa, bu bizning gunohlarimiz uchun berilgan jazo ekani haqidagi fikr meni g‘azabga minishdan saqlab turardi.
© Maxatma Gandi

Bu haykal Madriddagi (Ispaniya) muzeylaridan birida joylashgan.
Uning nomi "Musulmonlar, nasroniylar va yahudiylar".
Bu haykalni ko‘rgan bir yahudiy sayyoh, haykal haqida norozilik bildirdi.
Undan - "Nega norozi bo‘lyapsiz, axir yahudiy eng yuqorida turibdiku?"-
deb so‘raganlarida, yahudiy sayyoh shunday javob berdi
- "Ha, yahudiy eng yuqorida turibdi, ammo bu musulmon o‘rnidan turadigan bo‘lsa yahudiysi ham nasroniysi ham yiqiladi".

Farg‘onadagi maktabda 1-sinf o‘quvchilariga polda dars o‘tilmoqda.
Farg‘ona shahridagi 24-sonli umumta'lim maktabining 1-sinf o‘quvchilari partalari yo‘q sinfda, polda o‘tirib dars o‘tilayotgani tasvirlangan surat tarqaldi. Surat muallifining ta'kidlashicha, Davlat test markazi partalarni olib ketgani sabab bolalar shu ahvolda ta'lim olishga majbur bo‘lmoqda.
Ushbu holatga o‘quvchilardan birining onasi — Nafisa Sotvoldiyeva ismli ayol guvoh bo‘lib qolgan.
«Hozirgina o‘qituvchini tabriklagani kirib, asabim buzildi. Nima emish, partalar Davlat test markaziniki emish. Test tugaguncha shu holda dars o‘tirishar ekan. Dars jarayonini suratga olib chiqdim», — deya ma'lum qiladi hodisa guvohi.
Ma'lum bo‘lishicha, maktabda 400 ta parta yo‘qligi sabab, shuncha bolani polga o‘tirg‘izib dars o‘tilmoqda. Bu holat keyingi haftaning dushanba kunigacha davom etishi aytilgan.
Manba: Daryo.uz

Bir adibdan so‘rashdi:
"Hikmatlarning eng go‘zali qaysi?" U dedi: "yetmish yildan beri kitob o‘qiyman, lekin mana bu so‘zdan ko‘ra go‘zalrog‘ini topmadim: "Toatning mashaqqati ketadi, savobi qoladi. Gunohning lazzati ketadi, jazosi qoladi. Sen o‘zing uchun qaysi birini tanlayotganingga boq!"

Germaniya Demokratik Respublikasi chegarachisi va Germaniya Federativ Respublikasi politsiyachisi Berlin devorida. Gʻarbiy Berlin. 1990-yil.
Doʻstlarga ham ulashing: t.me/tongyulduz

#ibrat_vaqti
"Dunyoning eng yaxshi 10 daqiqalik filmi" unvonini olgan qisqa metrajli filmni ko'rish uchun kinoteatrga odamlar yig'ildi. Film boshlandi hamki katta ekranda uyning oppoq shiftidan boshqa xech nima ko'rinmasdi. To'rtinchi daqiqada ham shu ahvol, beshinchida ham.
Sakkizinchi daqiqada ham shiftdan boshqa hech narsa yo'q edi, odamlar betoqatlana boshladi, ba'zilari kinoteatrni tark etdi, ba'zilari ketgan vaqtiga achindi. To'qqizinchi daqiqada ekranda hastalik tufayli bir umr falajlikka mahkum bo'lgan bola va uning yotog'i ko'rindi.
Ekrandagi yozuv:
"Bu bolakay yana necha yillarini shu zaylda davom etadi, siz esa 8 daqiqa chidolmadingiz..."

(o‘qish uchun atigi 15 daqiqa vaqtingiz ketadi)
G‘afur G‘ulom. Ko‘ngilsizning «qilig‘i» (hikoya)
https://telegra.ph/Gafur-Gulom-Kongilsizning-qiligi-hikoya-10-02
Quyida mazkur hikoyani muhokama qilishingiz mumkin👇👇

Telegraph
G‘afur G‘ulom. Ko‘ngilsizning «qilig‘i» (hikoya)
Bir tancha bo‘lib gurunglashib, g‘o‘za chuvib o‘ltirgan qiz-juvonlar qo‘yarda-qo‘ymay Sarvar xoladan o‘tgan gaplardan hikoya so‘ylatmoqchi bo‘ldilar. Sarvar xola qo‘lidagi ko‘sakning og‘zini yorar ekan, javob kutib tikilgan juvonlarga qaradi-da: — Qurib ketsin…
#Assalomu_alaykum #kundalikdan
Kechagi kuningni aylamagin yod,
Ertang kelmay turib,etmagin faryod
O‘tgan,kelmaganga qayg‘urmagin sen..
Quvnoq bo‘l,umringni qilmagin barbod.
Umar Xayyom... ✍️
🌺🌺🌺🌺🌺
Hayotingizni go‘zal narsalarga bag‘ishlang, yoqimsiz narsalarga emas. Chunki sizning vaqtingiz kam, energiyangiz chegaralangan, ularni behuda narsalarga sarflagani.. shusiz ham oz vaqtingizni va kam bo‘lgan energiyangizni bo‘lmag‘ur nafrat, hasrat, g‘azab va rashkka sarflash ahmoqlikdir.
Osho✍

TAKABBUR QIZ VA OSHIQ YIGIT TAQDIRI
🥀🕊
Kichkina bir qishloqda bo‘ydoq bir yigit bor edi. Kunlardan birida u o‘z qishlog‘idagi sohibjamol qizni ko‘riboq, sevib qoldi. Muhabbati kundan-kun olov olib, butun es-hushini ayirdi. Biroq sohibjamol qiz garchi husnda kamolga yetgan, misoli ko‘kdagi oy bo‘lsada o‘ziga bino qo‘ygan, takabbur edi. Uning ishqida yuzlab yigitlar telba bo‘layozishgandi. Yigit garchand qizning kibrliligini bilsa-da, unga dil izhori qildi. Biroq sohibjamol qiz uni mensimadi, nopisandlikcha oshiqqa rad javobini berdi. Yigit esa taqdirga tan berishni lozim ko‘rmadi. «Qizlar mard, jangchilarni yoqtirishadi. Jangovarlik xususiyatlarini o‘zlashtirsam, jangchi bo‘lsam, ehtimol keyin rozilik berar menga tegishga», deya jangchi bo‘lishga qaror qildi. Shu tariqa yigit shaharga borib harbiy xizmatni o‘tashga kirishdi. U askarlikka qabul qilinibdi, harbiylik salohiyatiga ega bo‘libdi. Janglarda qatnashib, qahramonliklar ko‘rsatgach, zobit maqomida ona qishlog‘iga qaytibdi. Baxtga qarshi zobit yigitning sevgisi yana javobsiz qolibdi. O‘jar qiz bu gal ham uning muhabbatini rad etib, uni quruq qo‘l bilan qaytarib yuboribdi. Yigit shunda ham fikridan qaytmabdi. «Ehtimol u boyvachchalarni yoqtirar. Men endi davlat orttirishim, qimmatbaho sovg‘a-salomlar bilan uning ko‘nglini ovlashim kerak. Balki shunda mening ko‘ngil izhorim qondirilar» deya savdo sohasiga o‘zini uribdi. Shahardan do‘kon ochib, ulgurji olgan mahsulotlarni olib kelib, chakana narxda pullay boshlabdi. Kundan- kun savdo ishlari yurishib, pul jamg‘ara boshlabdi. Oradan yillar o‘tib, davlatmand bo‘lib yana qishlog‘iga qaytibdi va to‘g‘ri o‘zi yoqtirgan qizning oldiga qimmatbaho sovg‘alar bilan kirib boribdi. Takabbur qiz oshiq yigitning sovg‘alarini xohlab- xohlamay qabul qilibdiyu, ammo uning muhabbatiga yana avvalgi javobini aytibdi. Bechora oshiq yigit ranjib ortiga qaytibdi. Shu kech o‘ylab-o‘ylab shu qarorga kelibdi u: « Ehtimol u dono, oqil yigitlarga eʼtibor qaratar. Donishmand bo‘lsam, fikri o‘zgarar...» -shunday deya o‘z boyligini uydagilarga bo‘lishib berib, donishmandlikka erishish uchun uydan chiqib ketibdi. Bir donishmandga shogird tushib, undan ilm olgach, oradan yillar o‘tib, tag‘in ona qishlog‘iga qaytibdi. Ammo o‘zi yoqtirgan qizning oldiga borishga shoshilmabdi. Tinchgina uyida o‘z ishlarini asta-sekin davom ettiraveribdi. Oradan yana vaqt o‘tibdi. Husni kamollikda o‘zini tanho deb sanagan takabbur qiz hech bir oshiqning izhorini qabul qilmay, turmush ham qurmabdi. U mening chiroyimga arzirli yigit yo'q deb, o‘ylabdi o‘zicha. Vaqt o‘tishi bilan husn ham uni tark etibdi. Yuziga ajinlar toshibdi, sochlarida oq tolalar paydo bo‘libdi, shu tariqa u qarimsiq qizga aylanibdi qolibdi. Uning qo‘lini boshqa biror bir yigit so‘rab kelmabdi va boshqa hech kim bezovta qilmabdi. Nihoyat xato qilganini, adashganini, takabburlik oxir-oqibat zalolatga olib kelganini tushungan qari qiz yig‘lab siqtabdi. So‘ng noiloj donishmand yigitning oldiga borib, undan uzr so‘rabdi va o‘ziga xotinlikka qabul qilishini aytibdi. Donishmand rozi bo‘libdi. Odamlar bu holdan hayratga tushishibdi. Bir odam qiziqishi ustun kelib, donishmandning oldiga borib, shu savolni beribdi: «Nega yoshligida seni nazar-pisand qilmay, izhorlaringni rad etavergan takabbur qizni nikohingga olding. Tag‘in u qarib qolgan bo‘lsa?..» Bu savolga donishmand kulimsirab shunday javob beribdi: « Men faqat yaxshilikni ko‘zlayman: agar sen taʼkidlayotgan shu takabbur va qariqiz bo‘lmaganida men hozirgi maqomga ko‘tarila olmas edim...»