Texnikumlar | Rasmiy xabarlar
4.51K subscribers
271 photos
68 videos
92 files
414 links
Янги профессионал таълим тизими–шахс, жамият ва иқтисодиёт манфаатлари интеграцияси.

Саволлар бўлса: texnikumlar@bk.ru почта манзилига юборинг

Реклама бўйича мурожаат: @analytic_22

Техникумлар гуруҳи 👉 @texnikumlar_guruhi
Download Telegram
#Qabul2023   #Kollej   #Texnikum

⚡️ Birinchi kun natijalari e’lon qilindi

Ma’lumki, 2023-yil 26-sentabr kuni barcha hududlarda professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar) ga kirish test sinovlari boshlandi.

26-sentabr kuni 61 ta binoda ikki smenada o‘tkazilgan test sinovlarida jami 23 ming nafarga yaqin abituriyent ishtirok etdi.

26-sentabr kuni o‘tkazilgan test sinovi natijalari talabgorlarning shaxsiy kabinetida e’lon qilindi.

Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

@TEXNIKUMLAR
#Qabul2023 #Kollej #Texnikum

⚡️ Ikkinchi kun natijalari e’lon qilindi

2023-yil 27-sentabr kuni o‘tkazilgan professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar) ga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 27-sentabr kuni test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

📋 Ma’lumot uchun: 27-sentabr kuni o‘tkazilgan test sinovlarida jami 27 ming nafardan ziyod abituriyent ishtirok etdi.

@TEXNIKUMLAR
#Qabul2023   #Kollej   #Texnikum

⚡️ Uchinchi kun natijalari e’lon qilindi

2023-yil 28-sentabr kuni o‘tkazilgan professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar) ga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 28-sentabr kuni test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

📋 Ma’lumot uchun: 28-sentabr kuni o‘tkazilgan test sinovlarida jami 22,5 ming nafarga yaqin abituriyent ishtirok etdi.

@TEXNIKUMLAR
#Qabul2023   #Kollej   #Texnikum

⚡️ Beshinchi (so‘nggi) kun natijalari e’lon qilindi

2023-yil 30-sentabr kuni o‘tkazilgan professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar) ga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 30-sentabr kuni test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

📋 Ma’lumot uchun: 30-sentabr kuni o‘tkazilgan test sinovlarida 2 ming nafardan ziyod abituriyent ishtirok etdi.

@TEXNIKUMLAR
#abituriyent2024 #texnikum #kollej

❗️Joriy yilda texnikum yoki kollejlarga alohida ro‘yxatdan o‘tib, imtihon topshirilmaydi

Prezidentning PF-81-son farmoniga asosan my.uzbmb.uz sayti orqali 5–25-iyun kunlari onlayn ro‘yxatdan o‘tib, kirish imtihonlarida qatnashgan abituriyentlar o‘z xohishiga ko‘ra, bugun 18-avgustdan kollej va texnikumlarga qabul tanlovida ham ishtirok etishi mumkin.

Buning uchun 27-avgustga qadar (shu kuni ham) my.uzbmb.uz saytida mutaxassislik fanlari (1- va 2-fan)ga mos kollej yoki texnikumning kasb va mutaxassisligi hamda ta’lim shaklini tanlashlari lozim. Shundan so‘ng abituriyentlar OTMga kirish imtihonlarida to‘plagan ballari bilan tanlovda ishtirok etadi.

@TEXNIKUMLAR