Termiz tumani hokimligi
2.1K subscribers
20K photos
2.55K videos
14 files
9.21K links
Termiz tumani hokimligining rasmiy axborot kanali

Veb sayt: www.tertu.uz

Facebook: www.facebook.com/termiz.tuman.hokimligi

Telegram: https://t.me/termiztumanhokimligi

Twitter: @TermizX

Murojaat uchun: @termizt_hokimga_Murojaat_bot
Download Telegram
Surxondaryo viloyati mirishkor dehqonlari yetishtirilgan g‘alla hosilini yig‘ishtirib olish mavsumini boshlash arafasida turishibdi. Bugun mavsum oldidan Al Hakim At-Termiziy majmuasida tadbir tashkil etildi va jonliq so‘yilib, ehson qilindi.

Tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov, sektor rahbarlari, tumanlar hokimlari, qishloq xo‘jaligi sohasi faxriylari va xodimlari, diniy soha vakillari hamda faollar ishtirok etishdi.

Viloyat rahbari xalqimizning rizq-ro‘zi bo‘lgan g‘alla hosilini nes-nobud qilmasdan, o‘rim-yig‘im mavsumini uyushqoqlik bilan o‘tkazish, bunda barcha kuch va vositalarni safarbar qilish lozimligini ta’kidladi. Mas’ullarning hamjihatlikda, soha faxriylarining maslahatlari asosida ishni tashkil etishlari muhimligi qayd etildi.

Tadbir so‘ngida yurt tinchligi, hosillar mo‘l-ko‘lchiligi, boshlanayotgan mavsumni xayrli o‘tkazishni so‘rab duoga qo‘l ochildi, Qur’on tilovat qilindi.

#Surxondaryo #Galla2024 #Ehsontadbiri

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X