Termiz tumani hokimligi
2.13K subscribers
18.9K photos
2.44K videos
14 files
8.82K links
Termiz tumani hokimligining rasmiy axborot kanali

Veb sayt: www.tertu.uz

Facebook: www.facebook.com/termiz.tuman.hokimligi

Telegram: https://t.me/termiztumanhokimligi

Twitter: @TermizX

Murojaat uchun: @termizt_hokimga_Murojaat_bot
Download Telegram
🌏 Интернет ривожлангани сайин одамлар «узоқдан туриб» пул тўлашига тўғри кела бошлади. Пулни қўлдан қўлга беришни эса умуман иложи йўқ. Шунинг учун «ўртакаш»ларга, яъни электрон тўлов тизимлари, банк ёки курьерга мурожаат этиш керак. Бу нимани англатади?

Криптовалюталар ҳақида нималарни билиш лозим?

Ўзбекистонда криптоактивлар муомаласи қандай тартибга солинади?


Майнинг, биткоин, блокчейн: улар қандай ишлайди?

Жисмоний шахс мустақил криптовалюта билан шуғулланиш ҳуқуқига эгами?

Криптовалюта билан ишлашда қонунчилик ва жавобгарлик тамойиллари қандай?


⬆️ Юқоридаги инфографикада батафсил маълумот келтирилган.

Telegram | Facebook | You Tube | Web-site
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Termiz tumanidagi “Marvarid” dam olish maskanida “Yoshlar birligi va bunyodkorligi uchun” shiori ostida «Chilla – iste’dodlar mavsumi madaniy tadbirlari» bo‘lib o‘tdi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
📢 Elektr energiyasi iste’molchilari diqqatiga!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan yangi “HET BILLING” dasturiy kompleksi ishga tushirilishi munosabati bilan 2024-yil 31-iyul soat 23:50dan 5-avgust soat 22:00gacha Ma’lumotlarni qayta ishlash markazida profilaktik ishlar olib borilishi ma’lum qilindi.

Xabarda mazkur vaqt oralig‘ida elektr energiyasi uchun onlayn to‘lovlarni amalga oshirish hamda shaxsiy hisob raqamdagi mavjud ma’lumotlarni olishda texnik uzilishlar bo‘lishi, shu bilan birga iste’molchilarga qulaylik yaratish maqsadida ayni muddatda qarzdor iste’molchilar avtomatik tarzda tarmoqdan ajratilmasligi bildirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
▶️ Bugun, 31-iyul kuni 16:00 dan boshlab Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashining yetmish birinchi sessiyasi o‘z ishini boshlaydi.

Sessiya ishida deputatlar tomonidan yigirma birta masala ko‘rib chiqilishi belgilangan. Kun tartibi bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

🌐 Sessiya ishi Termiz tumani hokimligi Axborot xizmatining Facebook.com ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatib boriladi.

Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Янги сайлов тизимининг ўзига хос хусусиятлари ҳақида нимани билиш лозим?

Аралаш сайлов тизими нимадан иборат?
Мажоритар сайлов тизими нима?
Пропорционал сайлов тизими нима?
Сайловчиларга бериладиган бюллетенлар сони нечта бўлади?
Аралаш сайлов тизими афзаллиги нимада?

🎥 Видеороликда шу каби саволларга жавоб олиш мумкин.

Telegram | Facebook | You Tube | Web-site
Ijtimoiy soha obyektlari va sanoat korxonasi faoliyati bilan tanishildi

Bugun Termiz tumani hokimi Shuxrat Nazarov yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari hamda qo‘shimcha o‘quv binolari qurilishi bilan tanishish maqsadida tumandagi 11- va 36-sonli maktablarga tashrif buyurdi.

Mutasaddilar bilan maktablarni yangi o‘quv yiliga tayyorlash ishlarining borishi, shuningdek, investitsiya dasturi asosida qo‘shimcha o‘quv binolarini qurish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Ishlarni jadallashtirish, belgilangan muddatda qurilish ishlarini sifatli yakunlash bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, tuman rahbari yiliga 60 ming tonna boyitilgan omuxta yem ishlab chiqarayotgan “Afrosiyob Parranda” MChJ faoliyati bilan tanishdi. 2020 yilda ishga tushirilgan loyihaning umumiy qiymati 71,5 mlrd so‘mni tashkil etadi. Tadbirkor bilan suhbat davomida loyihani kengaytirish va ish o‘rinlari sonini oshirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site
Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashining yetmish birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Sessiya ishini Kengash raisi o‘rinbosari Soatmurod Nazarov boshqarib bordi. Unda Kengash deputatlari, sektor rahbarlari, tuman hokimining tarmoqlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, kengash kotibiyati, aloqador korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.

Deputatlar tomonidan kun tartibidagi yigirma birta masala ko‘rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

Har bir masala yuzasidan mas’ullarning hisobotlari tinglandi. Deputatlar masalalar yuzasidan mas’ullarga savol va takliflarini berishdi hamda ko‘tarilgan har bir masala yuzasidan mas’ullarning javoblari olindi.

🌐 Sessiya ishi tuman hokimligi Axborot xizmatining Facebook.com ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatib borildi.

Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter