Termiz tumani hokimligi
2.13K subscribers
18.9K photos
2.44K videos
14 files
8.82K links
Termiz tumani hokimligining rasmiy axborot kanali

Veb sayt: www.tertu.uz

Facebook: www.facebook.com/termiz.tuman.hokimligi

Telegram: https://t.me/termiztumanhokimligi

Twitter: @TermizX

Murojaat uchun: @termizt_hokimga_Murojaat_bot
Download Telegram
Bugun 22-mart – “Mahalla tizimi xodimlari kuni” munosabati bilan viloyat hokimligida mahalla tizimida faoliyat yuritayogan fidoyi, o‘z kasbining chinakam mehnatkashlari, ilg‘orlari bo‘lgan vohaliklar ishtirokida tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, mahalla tizimi xodimlarini bugungi kasb bayrami bilan muborakbod etdi. Prezidentimizning tegishli Farmoniga asosan davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlangan surxondaryolik 3 nafar mahalla tizimi xodimlariga medall va ordenlar hamda 15 nafariga "Mahalla iftixori" ko‘krak nishonlari tantanali topshirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1943

#Surxondaryo #mahallaxodimlari #medal #orden #kokraknishonlari

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz rahbarining viloyatimizga tashrifi chog‘ida ta'lim sohasini rivojlantirishga ham alohida to‘xtalib, otalar kunini tashkil etish bo‘yicha Surxondaryo tajribasini yo‘lga qo‘yish taklifini bildirib o‘tgan edilar.

Shu munosabat bilan Termiz tumanidagi ta'lim maskanlarida muntazam ravishda otalar yig‘ilishi o‘tkazilb kelinmoqda.

#Surxondaryo_TV

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Maxsus reportaj"|Termiz tumanidagi ta’lim muassasalarida yaratilgan shart-sharoitlar va u yerda ertamiz egalari bo‘lgan o‘g‘il-qizlarga berilayotgan sifatli ta’lim hususida so‘z yuritiladi.

#Surxondaryo_TV

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Zamin saxovati"| Tomorqasidan unumli foydalanib, undan yilning to‘rt faslida ham hosil olib kelayotgan “Namuna” mahallasidagi yurtdoshlarimiz haqida so‘z yuritiladi.

Ushbu mahalla ahli turli meva-sabzavotlarni yetishtirish sirlarini puxta o‘zlashtirgan.

#Surxondaryo_TV

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularni sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida vohamizda muntazam ravishda “DXX kubogi” musobaqalar tashkil etib kelinmoqda. Mazkur musobaqaning Termiz tuman bosqichiga start berildi.

#Surxondaryo_TV

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Obod mahalla | Termiz innovatsion tumanidagi "Qo'ng'irot" mahallasi aholisi tomorqasida innovatsion usullarda mahsulotlar yetishtirmoqda

#Surxondaryo_TV

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Agrar sohada amalga oshirilayotgan ishlar, joriy etilayotgan ilm-fan yutuqlari hamda sohadagi mavjud muammolarni o‘rganish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Ingichka tolali paxtachilik ilmiy-tekshirish institutida olimlarning ingichka tolali paxta yetishtirishning iqtisodiy samaradorligi va uni oshirish yo‘llari to‘g‘risidagi fikrlari tinglandi. Shuningdek, Veterinariya va chorvachilik tarmog‘i mas’ullari bilan sohada yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilindi.

Tumanga tashrif yakunida “Agropilla” MChJning Yangiariq filialida ipak qurti boqish tadbirlarining borishi bilan tanishildi. Pillakorlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog//2022

#Surxondaryo #paxtachilik #chorvachilik #pillakorlar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
“Boysun bahori” xalqaro folklor festivalining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Boysun tumani Bibishirin mahallasidagi turizm kompleksining markaziy amfiteatrida bo‘lib o‘tayotgan tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov so‘zga chiqib, barcha ishtirokchilarni xalqaro festival tantanalari bilan qutladi.

Viloyat rahbari o‘z so‘zida "Boysun bahori" festivali insoniyat madaniy merosining qimmatbaho boyliklaridan biri ekanligi hamda bu festival xalqimizning milliy qadriyat va an’analarini asrab-avaylashga, kelajak avlodlarga yetkazishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Xalqaro festivalning rasmiy tantanalari ochiq deb e’lon qilindi. Ayni vaqtda poytaxtdan tashrif buyurgan san’atkorlar, vohamizning folklor jamoalari ishtirokidagi konsert dasturi namoyish etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, festival tadbirlari joriy yil 7-may kuniga qadar davom etadi.

#Surxondaryo #Boysunbahori #ochilish

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun Polsha davlatining “Polsha-Osiyo” Savdo palatasi prezidenti Yanush Pexochinski boshchiligidagi delegatsiya Termiz shahriga tashrif buyurdi. Mehmonlar dastlab, “Al Hakim At-Termiziy” majmuasi bilan tanishishdi.

Shundan so‘ng, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz tumanidagi “Termiz xalqaro savdo markazi”da Polsha delesiyasini qabul qildi. Kengaytirilgan tarkibda o‘tkazilgan uchrashuvda ikki tomon mas’ullari, mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2034

#Surxondaryo #Polsha #delegatsiya #tashrif #qabul

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Viloyat rahbari Jarqo‘rg‘on tumani “Yangi O‘zbekiston” massivida turar joylar, ijtimoiy soha obyektlari va xizmat ko‘rsatish nuqtalarining qurilishi, tuman markazini obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Shuningdek, Termiz tumani Ayritom mahallasida 54 gektar maydonda joylashgan “Termiz erkin iqtisodiy zonasi”da qurilayotgan loyihalar, Qahramon mahallasi hududida “Janub Surxon eksport” MChJ tomonidan faoliyatsiz issiqxonani tiklash, mahsulot yetishtirishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2040

#Surxondaryo #YangiUzbekiston #turarjoylar #EIZ #loyihalar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati mirishkor dehqonlari yetishtirilgan g‘alla hosilini yig‘ishtirib olish mavsumini boshlash arafasida turishibdi. Bugun mavsum oldidan Al Hakim At-Termiziy majmuasida tadbir tashkil etildi va jonliq so‘yilib, ehson qilindi.

Tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov, sektor rahbarlari, tumanlar hokimlari, qishloq xo‘jaligi sohasi faxriylari va xodimlari, diniy soha vakillari hamda faollar ishtirok etishdi.

Viloyat rahbari xalqimizning rizq-ro‘zi bo‘lgan g‘alla hosilini nes-nobud qilmasdan, o‘rim-yig‘im mavsumini uyushqoqlik bilan o‘tkazish, bunda barcha kuch va vositalarni safarbar qilish lozimligini ta’kidladi. Mas’ullarning hamjihatlikda, soha faxriylarining maslahatlari asosida ishni tashkil etishlari muhimligi qayd etildi.

Tadbir so‘ngida yurt tinchligi, hosillar mo‘l-ko‘lchiligi, boshlanayotgan mavsumni xayrli o‘tkazishni so‘rab duoga qo‘l ochildi, Qur’on tilovat qilindi.

#Surxondaryo #Galla2024 #Ehsontadbiri

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz tumanida joylashgan 1 000 o‘rinli viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi, Jarqo‘rg‘on tumanida Sport maktabi, dzyudo seksiyasi faoliyati hamda vohamizda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti bilan tanishdi.

Shuningdek, sahovatpesha tadbirkor o‘z mablag‘lari evaziga qurgan mahalla idorasi, tikuvchilik sexi va boshqa maishiy xizmat nuqtalarini o‘z ichiga olgan guzarni foydalanishga topshirish tadbirida ishtirok etdi. Xo‘jaqishloq mahallasidagi 26-sonli bog‘chani ta’mirlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2093

#Surxondaryo #ijtimoiysoha #shifoxona #sport #mahalla #bogcha

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun kunning ikkinchi yarmida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz tumaniga tashrif buyurib, “Sayxunobod” tajribasini joriy etish, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.

Xususan, Namuna mahallasida “Termez water” MChJning ichimlik suvlarini qadoqlash sexi, Hakim bobo Qosimov hamda Qudratilla Tolipovlarning xonadonlarida issiqxonachilik, limonchilik, bog‘dorchilik, asalarichilik va parrandachilik faoliyatlari bilan tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2099

#Surxondaryo #Termezwater #Sayxunobodtajribasi #bandlik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
IQTISODIYOT TAYANCHI: Termiz tumanida qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar. Xususan, tumandagi “Ayritom sardori” fermer xo‘jaligida olib borilayotgan g‘alla o‘rimi hamda paxta parvarishi xususida so‘z boradi.

#Surxondaryo_TV

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Termiz tumani aholisi dehqonchilik borasida o‘ziga xos katta tajribaga ega. Mirishkorlar tomonidan yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari mahalliy bozor rastalarini to‘ldirish bilan birga, xorijiy davlatlarga ham eksport qilinmoqda. Ayni kunlarda hudud dalalarida pishib yetilgan poliz mahsulotlarini yig‘ib-terib olish ishlari qizg‘in ketmoqda.

#Surxondaryo_TV

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida 300 o‘rinli tibbiyot klasteri qurilishi, Termiz va Angor tumanlarida og‘ir hudud sifatida tanlab olingan mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar hamda Jarqo‘rg‘on tumanida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivida qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi bilan tanishdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2112

#Surxondaryo #tibbiyotklaster #mahalla #turarjoylar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov haftalik ish rejasiga muvofiq ijtimoiy soha obyektlari faoliyati, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Termiz tumani va Termiz shahridagi tibbiyot muassasalari hamda umumta’lim maktabida bo‘ldi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2120

#Surxondaryo #tibbiyot #shifoxona #maktab

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz, Jarqo‘rg‘on va Sariosiyo tumanlarida “Yangi O‘zbekiston” massivlarida turar joylar, ijtimoiy soha obyektlari, xizmat ko‘rsatish nuqtalarining barpo etilishi, hududlarni obodonlashtirish, infrastrukturaning yaratilishi bilan tanishdi.

Shuningdek, Sariosiyo tumanidagi ikkita mahallada infratuzilmani yaxshilash, aholini kommunal xizmatlar bilan sifatli va barqaror ta’minlash tadbirlarining borishi o‘rganildi hamda tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2126

#Surxondaryo #YangiUzbekistonmassivi #mahalla #infratuzilma

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahri va Termiz tumanida turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar hamda xotin-qizlar bilan ishlash yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar, obyektlar bilan tanishdi.

Xususan, Termiz San’at kollejining ta’mirdan chiqarilgan o‘quvchilar turar joyi, xotin-qizlar bandligi ta’minlangan qandolatchilik sexi faoliyati hamda “Qirqqiz” madaniy meros obyekti bilan tanishildi. Shuningdek, Termiz shahrida ajrim yoqasidagi oila va Termiz tumanidagi probatsiya hisobida turgan xotin-qizlar muammolari o‘rganildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2140

#Surxondaryo #Sanatmaktabi #Qirqqiz #xotinqizlarbandligi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bu borada amalga oshirilayotgan ishlar hamda yangi investitsiya loyihalari bilan tanishish maqsadida Termiz shahri va Termiz tumanidagi qator ob’ektlarga tashrif buyurdi.

Xususan, Termiz shahrida xostel, ko‘p tarmoqli xususiy klinika, lak bo‘yoq va pardozlash mahsulotlari ishlab chiqarish hamda milliy shirinliklar tayyorlash korxonalari faoliyati hamda Termiz tumanida parrandachilik klasteri va “Termiz xalqaro savdo markazi” hududida Fonon zargarlik loyihasini tashkil etish ishlari bilan tanishildi.

Shuningdek, viloyat Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasining 2024-yil 1-yarim yilligidagi faoliyati hamda Prezidentimizning “Surxondaryo viloyatida yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan mutasaddilarning taqdimotlari ko‘rib chiqildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2146

#Surxondaryo #investitsiyaloyihalari #taqdimot

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter