Termiz tumani hokimligi
2.13K subscribers
18.9K photos
2.44K videos
14 files
8.82K links
Termiz tumani hokimligining rasmiy axborot kanali

Veb sayt: www.tertu.uz

Facebook: www.facebook.com/termiz.tuman.hokimligi

Telegram: https://t.me/termiztumanhokimligi

Twitter: @TermizX

Murojaat uchun: @termizt_hokimga_Murojaat_bot
Download Telegram
Tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari B.Valiyev rahbarligidagi ishchi guruh Termiz tumanidagi "Termez National Carpets" MCHJ qarashli “Gilam mahsulotlarini ishlab chiqarish” korxonasida bo‘lib, korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Ishchi guruh tomonidan shu yerning o‘zida Termiz shahri, Angor, Muzrabot, Sherobod, Qiziriq va Termiz tumanlarida faoliyat yurituvchi eksportyor korxona vakillari hamda tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Muloqot davomida tadbirkorlarning kredit olish, kredit qarzdorligini so‘ndirish va muddatini uzaytirish, “Yoshlar jamg‘armasi”dan resurs ajratish, gaz tarmog‘iga ulanishda texnik shart olish, qarz munosabatlari bilan bog‘liq hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaat va takliflari o‘rganildi.

Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ayni vaqtda “Boysun bahori” xalqaro folklor festivalining ikkinchi kun tadbirlari doirasida Termiz tumani qo‘rg‘onida ham milliy kuy-qo‘shiqlar, ko‘rgazmalar hamda turli chiqishlar namoyish etilmoqda.

Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ulug‘bek Qosimov: “Surxondaryoning inson sivilizatsiyasidagi o‘rni va ahamiyatini ko‘rsatib berish uchun ham bu yilgi “Boysun bahori” xalqaro festivalining davomiyligi hamda mazmunini boyitdik”

Viloyat hokimi jurnalistga bergan intervyusida “Boysun bahori” xalqaro festivalini yetti kun davomida o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad haqida to‘xtaldi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
“Boysun bahori” xalqaro folklor festivalining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Boysun tumani Bibishirin mahallasidagi turizm kompleksining markaziy amfiteatrida bo‘lib o‘tayotgan tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov so‘zga chiqib, barcha ishtirokchilarni xalqaro festival tantanalari bilan qutladi.

Viloyat rahbari o‘z so‘zida "Boysun bahori" festivali insoniyat madaniy merosining qimmatbaho boyliklaridan biri ekanligi hamda bu festival xalqimizning milliy qadriyat va an’analarini asrab-avaylashga, kelajak avlodlarga yetkazishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Xalqaro festivalning rasmiy tantanalari ochiq deb e’lon qilindi. Ayni vaqtda poytaxtdan tashrif buyurgan san’atkorlar, vohamizning folklor jamoalari ishtirokidagi konsert dasturi namoyish etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, festival tadbirlari joriy yil 7-may kuniga qadar davom etadi.

#Surxondaryo #Boysunbahori #ochilish

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_hikmati

Bu mehnat birla topsang parcha non,
Kishining minnatidin uldur oson.

📝 So‘fi Olloyor

Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Siyosiy-ma’rifat soati| Davlat xizmatchilarining sog‘lom ovqatlanishini tashkil etish hamda salomatligini asrash bo‘yicha zaruriy tavsiyalar

“Siyosiy-ma’rifat soati”ning navbatdagi haftaga mo‘ljallangan onlayn mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

O‘quv mashg‘ulotini tuman hokimligi kichik majlislar zalidan tuman hokimining o‘rinbosarlari, hokimlik apparati xodimlari hamda korxona va tashkilotlar vakillari onlayn kuzatib borishdi.

O‘quv mashg‘ulotida " Davlat xizmatchilarining sog‘lom ovqatlanishini tashkil etish hamda salomatligini asrash bo‘yicha zaruriy tavsiyalar" mavzusidagi videolavha namoyishi hamda “Mutolaa vaqti” rukni, shuningdek, yurtimiz va xorijda ro‘y berayotgan muhim voqea-hodisalar sharhiga to‘xtalib o‘tildi.

Mazkur o‘quvning to‘liq shaklini Davlat xizmatini rivojlantirish Agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda You tubedagi rasmiy sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter