Termiz tumani hokimligi
2.1K subscribers
20K photos
2.55K videos
14 files
9.21K links
Termiz tumani hokimligining rasmiy axborot kanali

Veb sayt: www.tertu.uz

Facebook: www.facebook.com/termiz.tuman.hokimligi

Telegram: https://t.me/termiztumanhokimligi

Twitter: @TermizX

Murojaat uchun: @termizt_hokimga_Murojaat_bot
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Boysun_bahori

“Boysun bahori” festivalining uchinchi kun tadbirlaridan o‘rin olgan milliy hunarmandchilik ko‘rgazmalari va havo sharlarini uchirish tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

Festival tadbirlariga tashrif buyurgan xorijlik mehmonlarda Surxoncha milliy liboslar, do‘ppi va so‘zanalar katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Festival doirasidagi tadbirlar, sport musobaqalari, milliy o‘yinlar hamda turli ko‘rgazmalar davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
🆕 My.gov.uz dan uzoq kutilgan yangilik❗️

💰 Endi kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashga onlayn ariza berish mumkin.

📱 My.gov.uz orqali ko‘rsatiladigan ushbu qulaylikdan kam taminlangan, jumladan, oilasida 18 yoshgacha farzandi bor ijtimoiy nafaqa olish istagida bo‘lgan talabgorlar foydalanishi mumkin.

👨‍👩‍👧‍👦 Bolalar nafaqasi 12 oy (bola 18 yoshga to‘lgangacha), moddiy yordam 6 oy muddatga to‘lanadi.

🔖 Bolalar nafaqasi va moddiy yordam miqdorlari qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan.

👉 Talabgorlar ushbu xizmatdan foydalanish uchun:
👨‍💻 my.gov.uz da ro‘yxatdan o‘tishi;
💁🏻‍♂️ tegishli xizmatni tanlashi;
📲 undagi so‘rovnomani to‘ldirishi va yuborishi kerak.

Xizmatdan foydalanish bepul.

🗂 Ariza “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi tomonidan o‘rganiladi.

📝 Bunda ariza beruvchi oilasining har bir aʼzosiga to‘g‘ri keladigan daromad miqdori aniqlanadi va belgilangan mezonlarga mosligi solishtiriladi.

❗️Shundan so‘ng ijtimoiy nafaqani tayinlash yoki tayinlashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Va ariza javobi my.gov.uz orqali yuboriladi.

▶️ https://youtu.be/V4HIzDAWmKY

💬 Mazkur xizmat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan koʻrsatiladi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Tumandagi yirik innovatsion korxonalar faoliyati ko‘zdan kechirilmoqda

Maʼlumki, keyingi yillarda Termiz tumanida ham ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda, shu jumladan tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda innovatsion texnologiya joriy etish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, tumanda xorijiy va mahalliy investorlar tomonidan yirik ishlab chiqarish korxonalari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda.

Termiz tumani hokimi o‘rinbosari Farhod Muradov loyiha qiymati 236 mlrd. so‘m bo‘lgan, yillik 2,2 mln. kv.m tayyor gilam mahsulotlarini ishlab chiqarish quvvatiga ega "Termez National Sarpets" MCHJ qarashli “Gilam mahsulotlarini ishlab chiqarish” korxonasida bo‘lib, bu yerda yangi innovatsion texnologiyalaridan foydalanib, sifatli va hamyonbop mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonini ko‘zdan kechirdi.

Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Boysun_bahori

Festivalda “Chorqarsak” folklor-etnografik ansambli o‘z chiqishlari bilan mehmonlarni xushnud qildi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyat kasb etmoqda

Aholini ijtimoiy himoya qilish davlatimiz oldida turgan muhim vazifalardan biri sanaladi. O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yakka-yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxslarning salomatligi va turmush sifatini yaxshilash borasida bir qator amaliy ishlar qilinmoqda.

Termiz tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari tomonidan tumandagi imkoniyati cheklangan, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlab, muntazam ravishda g‘amxo‘rlik ko‘rsatilib kelinmoqda.

Markaz xodimlari hamrohligida bir guruh fuqarolar tumanimizdagi muqaddas qadamjolarni ziyorat qilishdi. Bunday e’tibor va g‘amxo‘rlikdan xursand bo‘lgan insonlar bir piyola choy ustida yurtimiz tinchligi, hayotimiz farovonligini so‘rab duolar qilishdi.

Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter