Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
8.15K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
461 files
3.56K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
📣Xorijiy OTMlardan o‘qishini Toshkent arxitektura-qurilish institutiga ko‘chirish uchun o‘tkazilgan test va ijodiy imtihonlar natijalari

🔔Xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishni respublika oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha 2019 yilning 28-30 avgust kunlari o‘tkazilgan maxsus sinovlar (onlayn test, kasbiy (ijodiy) imtihon) natijalari bo‘yicha o‘tish bali 56,7 ballni tashkil etadi.

🔔Xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishini Toshkent arxitektura-qurilish institutiga ko‘chirish uchun maxsus sinovlar (on-layn test, kasbiy (ijodiy) imtihon) topshirgan va sinovlar natijalariga ko‘ra 56,7 va undan ortiq ball to‘plagan fuqarolar 2019 yilning 4 sentabridan tegishli fakultetlarga murojaat qilishlari mumkin.

#yangilik #perevod #transfer
@taqi_uz
📣 DIQQAT! DIQQAAAT!

🔔 Qo'shni davlatlar (Qozog'iston, Qirg'iziston. Tojikiston) Oliy ta'lim muassasalaridan o'qishini Toshkent Arxitektura-Qurilish Institutiga ko'chirish uchun ariza bergan talabgorlarning dastlabki natijalari e'lon qilindi!

☝️ O'qishni ko'chirish natijalari ko'rib chiqilishda davom etmoqda. Shunga ko'ra yuqoridagi ro'yhat yana kengayishi mumkin!

PS: Ko'chirilganlarning o'qishi qachon boshlanadi, qay tartibda bo'ladi, ... kabi savollarga keyinroq javob beramiz!

☎️ Murojaat uchun: +99871-2341139

#yangilik #elon #transfer #natija
@taqi_uz
📣 DIQQAT E'LON!

🔔 Qo'shni davlatlar (Qozog'iston, Qirg'iziston. Tojikiston) Oliy ta'lim muassasalaridan o'qishini Toshkent Arxitektura-Qurilish Institutiga ko'chirish uchun ariza bergan talabgorlarning orasidan TAQIda o'qishga tavsiya etilganlar ro'yhati!

☝️ Bu ikkinchi jadval, birinchi jadvalni shu yerdan ko'rishingiz mumkin.
O'qishga tavsiya etilmaganlar savollaringiz bo'lsa Oliy ta'lim vazirligiga murojaat qilasizlar.

O'qishga tavsiya etilganlar marketing bo'limi bilan bog'lanib shartnoma to'lovini amalga oshirishingiz va talabalarimiz uchun ochilgan MOODLE guruhiga qo'shilib, masofadan o'qishni boshlashingiz mumkin!

Ma'lumot uchun:
- Kontrakt summalari
- Marketing xizmati: Xudoynazarov Razzoq +99890-9250217
- Moodle guruhiga qo'shilish uchun havola: https://t.me/joinchat/F8qQZE5wHjZyetA6UdaYBA


#yangilik #elon #transfer #natija
Kanalga qo'shilish 👉 @taqi_uz
Toshkent Arxitektura-Qurilish Insituti ichida o'qishni ko'chirish (qayta tiklash) uchun onlayn tarzda arizalar qabul qilish boshlandi!

🗓 Arizalar qabul qilish muddati: 15.07.2020-05.08.2020

🎁 O'qishni ko'chirish mumkin bo'lgan ta'lim shakllari

❗️ Yodda tuting! Bu forma faqatgina Toshkent Arxitektura-Qurilish Instituti ichida o'qishni ko'chirish(qayta tiklash) uchun. Agar boshqa OTM talabasi bo'lsangiz, https://transfer.edu.uz sayti orqali ariza topshirasiz.

🙏 Hujjatlar rasmlari (passport, reyting daftarchasi) sifatli, tiniq bo'lishiga e'tibor beringlar!
🙏 Убедитесь, что копия документа высокого качества, четкие!

🇺🇿 O'qishni ko'chirish (qayta tiklash) uchun onlayn ariza to'ldirish
🇷🇺 Заполнение онлайн заявки на перевод (восстановление) учебы

📃 O'qishni ko'chirish (qayta tiklash) natijalari haqida arizalar qabul qilish muddati tugagandan so'ng, saytimiz (taqi.uz) va telegram kanalimiz orqali xabar beramiz!

#transfer #перевод #ariza
Abituriyent | Videodarslar | Bot
@taqi_uz
Hurmatli Toshkent Arxitektura-Qurilish Instituti talabalari!

Bugun o'qishni ko'chirish va qayta tiklash bo'yicha arizalar qabul qilish uchun oxirgi kun!

Bugun 05.08.2020 23:59 dan keyin transfer.edu.uz sayti hamda institutimiz ichida o'qishni ko'chirish/qayta tiklash uchun onlayn arizalar topshirish formasi ham o'z faoliyatini to'xtatadi!

#elon #transfer
@taqi_uz
📣 O'zbekiston Respublikasidagi boshqa OTM lardan Toshkent Arxitektura-Qurilish Institutiga o'qishini ko'chirish (qayta tiklash) uchun ariza topshirganlar diqqatiga!

Ushbu PDF faylda o'qishi Toshkent Arxitektura-Qurilish Institutiga ko'chirish (qayta tiklashi) ga tavsiya etilgan talabgorlar ro'yhati keltirilgan!

☝️ Ushbu ro'yhatda keltirilgan nomzodlar 71-2341139 raqamga bog'lanishlari so'raladi!

❗️Qolgan turdagi o'qishni ko'chirish/qayta tiklash (horijdan, ichki) natijalarini ham tez kunlarda e'lon qilamiz!

#transfer #natija #perevod
Abituriyent | Videodarslar | Bot
@taqi_uz
📣 Toshkent Arxitektura-Qurilish Institutiga horijiy OTM laridan o'qishini ko'chirish (qayta tiklash) uchun ariza topshirganlar diqqatiga!

1️⃣ Horijiy oliy ta'lim muassasalaridan o'qishni Toshkent Arxitektura-Qurilish Institutiga ko'chirish bo'yicha o'tkazilgan maxsus (onlayn test) sinovlari natijalari: https://t.me/arxivxona/207

2️⃣ Dunyoning TOP-1000 OTM lari ro'yhatiga kirgan Rossiya Federatsiyasi universitetlaridan Toshkent Arxitektura-Qurilish Institutiga o'qishini ko'chirish tavsiya etilganlar ro'yhati: https://t.me/arxivxona/208

#transfer #natija #perevod
Abituriyent | Videodarslar | Bot
@taqi_uz
📣 Toshkent Arxitektura-Qurilish Institutiga turdosh bo'lmagan yo'nalishlardan o'qishini ko'chirish (qayta tiklash) natijalari

#transfer #natija #perevod
Abituriyent|Videodarslar|Bot|🗳|☎️
@taqi_uz
DTM raisi o'rinbosari bilan ovozli chat yakunlandi
(Audiosi shu yerda: https://t.me/xushnudbek/10235)

Biroz avval @Xushnudbek telegram kanalida Davlat test markazi raisi o'rinbosari Sardor Rajabov bilan ovozli chat uyushtirildi.

Suhbatdan ba'zi ma'lumotlar:
Abituriyentlarga
- abituriyentlar (shu yil maktab/litsey/kollej larni tugatganlardan tashqari) test uchun to'lovni 22.07.2021 kuni 23:59 gacha amalga oshirishlari mumkin;
- tabiiyki, hujjat topshirish ham 22.07.2021 kuni 23:59 gacha davom etadi (lekin, so'nggi daqiqaga qolmasdan topshirib olishni tavsiya qilamiz);
- talabalar ham o'qishga topshirishlari mumkin;

O'qishni ko'chirmoqchi bo'lganlar
- ertadan boshlab o'qishni ko'chirish uchun arizalar qabul qilish platformasi ishga tushiriladi deb aytildi;
- transfer.edu.uz - O'zbekiston ichida o'qishini ko'chirish istagida bo'lganlar uchun;
- transfer.dtm.uz - horijdan O'zbekistonga o'qishini ko'chirish istagida bo'lganlar uchun;
- horijdan O'zbekistonga turdosh bo'lmagan yo'nalishlararo o'qishni ko'chirish mumkin emas;
- O'zbekiston ichida turdosh bo'lmagan yo'nalishlararo o'qishni ko'chirish pullik, superkontrakt narxiga teng: https://t.me/xushnudbek/10075

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun:
@eduuz - Oliy ta'lim vazirligi telegram kanali
@dtmuzb - Davlat test markazi telegram kanali
@Xushnudbek - huquqshunos, bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev blogi

#abituriyent #xabar #transfer
Facebook | Instagram | Youtube
@taqi_uz
Transfer_Exam_table.pdf
464.6 KB
📣 Xorijiy OTM dan TAQI ga o'qishini ko'chirish uchun ariza topshirgan talabgorlar diqqatiga

Ushbu 👆 faylda "Dizayn (turlari bo'yicha)" yo'nalishiga o'qishini ko'chirish uchun ariza topshirgan talabgorlar uchun o'tkaziladigan ijodiy imtihon grafigi keltirilgan.

Imtihon dasturi esa shu yerda:
https://t.me/arxivxona/265

☝️Boshqa yo'nalishlar uchun o'tkaziladigan test kuni haqida https://t.me/taqi_uz/4952 da ma'lumot berilgan.

#oqishni_kochirish #transfer #imtihon
Facebook | Instagram | Youtube
@taqi_uz
📣 Xorijiy OTM dan TAQI ga o'qishini ko'chirish uchun ariza topshirgan talabgorlar diqqatiga

Toshkent arxitektura-qurilish institutiga 2021-2022 o‘quv yili qabulida xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlari va O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan filiallar va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan alohida iqtidor talab etiladigan 5150910-Dizayn: arxitekturaviy muhit dizayni ta’lim yo‘nalishiga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza topshirgan talabgorlarning imtihon natijalari shu yerda keltirilgan:
https://t.me/arxivxona/267

#oqishni_kochirish #transfer #imtihon #natija
Facebook | Instagram | Youtube
@taqi_uz
Toshkent arxitektura-qurilish institutiga 2021-2022 o‘quv yili qabulida xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlari va O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan filiallar va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan alohida iqtidor talab etiladigan 5150910-Dizayn: arxitekturaviy muhit dizayni ta’lim yo‘nalishiga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza topshirgan talabgorlarning imtihon natijalari:

http://taqi.uz/main/2429-oqishni-kochirish-boyicha-ariza-topshirgan-talabgorlarning-imtihon-natijalari.html

#dizayn #transfer
Facebook | Instagram | Youtube
@taqi_uz
TAQI_kunduzgi_transfer_sirtqi_2021.pdf
342.1 KB
Toshkent arxitektura-qurilish instituti 2021-2022 o‘quv yili qabulida o‘qishini sirtqi ta’lim shakliga o‘zgartirish bo‘yicha tavsiya etilgan talabalar ro‘yxati

Ushbu ro‘yxatda keltirilgan talabalar 2021-yil 7-sentyabr kuni soat 14-00da institut Axborot-resurs markaziga kelishlari so'raladi.

Manzil:
Yunusobod tumani, Kichik xalqa yo‘li 7-uy, goo.gl/maps/BFQqu2sFPgQ4Pdp5A

#oqishni_kochirish #transfer #ariza
Facebook | Instagram | Youtube
@taqi_uz
TAQI_kunduzgi_transfer_sirtqi_SHARTNOMA_2021.pdf
256.2 KB
Toshkent arxitektura-qurilish instituti 2021-2022 o‘quv yili qabulida talabalar o‘qishini sirtqi ta’lim shakliga o‘zgartirish bo‘yicha tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdoriga teng bo‘lgan bir martalik to‘lov asosida tavsiya etilgan talabalar ro‘yxati

Ushbu ro‘yxatda keltirilgan talabalar 2021-yil 7-sentyabr kuni soat 10-00da institut Axborot-resurs markaziga kelishlari so'raladi.

Manzil:
Yunusobod tumani, Kichik xalqa yo‘li 7-uy, goo.gl/maps/BFQqu2sFPgQ4Pdp5A

#oqishni_kochirish #transfer #ariza #shartnoma
Facebook | Instagram | Youtube
@taqi_uz