Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
7.84K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
461 files
3.56K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
📣 Toshkent Arxitektura-Qurilish Instituti professori Borodina Marina Rostislavovna "Do'stlik" ordeni bilan taqdirlandi.

Shu yilning 27-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, adabiyot, madaniyat, san’at va ommaviy axborot vositalari sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi farmoni e'lon qilindi.

Quvonarlisi, ular qatorida Toshkent Arxitektura-Qurilish Instituti, Arxitektura fakulteti «Landshaft dizayni va inter'er» kafedrasi professori Borodina Marina Rostislavovna ham "Do'stlik" ordeni bilan taqdirlandi.

Institut jamoasi Borodina Marina Rostislavovnani yuksak mukofot - xizmatlarining e'tirofi bilan chin dildan qutlaydi hamda kelgusi ishlarida muvaffaqqiyatlar tilaydi!

#xushxabar #yangilik
Abituriyent | Videodarslar | Bot
@taqi_uz
Sirtqi bo'lim talabalari diqqatiga!

Hurmatli talabalar!
Toshkent arxitektura-qurilish institutining sirtqi ta'lim talabalari uchun alohida kanal ochildi.
Endi TAQI dagi sirtqi ta'limga doir barcha yangiliklarni ushbu kanaldan bilishingiz mumkin!

Kanalga o'tish:
@taqi_sirtqi_talim

#yangilik #sirtqi #elon
@taqi_uz
Hurmatli kanalimiz a'zolari!

Talabalar kuniga bag'ishlab institutimiz talabalari o'rtasida "Talabaligim mening - oltin davrim" tanlovi o'tkazilishi haqida
xabar bergan edik. Tanlov @taqi_2020 kanalida o'tkazilgan, hozircha eng yaxshi videoroliklar nominatsiyasi bo'yicha natijalar quyidagicha👇

1️⃣-o'rin: Ozoda Olimovna, TAQI, 1-bosqich talabasi. Ushbu videorolik https://t.me/taqi_2020/472 bilan qatnashgan.
2️⃣-o'rin: Toshpo'latova Charos, TAQI, 2-bosqich talabasi. Ushbu videorolik https://t.me/taqi_2020/482 bilan qatnashgan.
3️⃣-o'rin: Ahmadjonov Humoyun, TAQI, 2-bosqich talabasi. Ushbu videorolik https://t.me/taqi_2020/471 bilan qatnashgan.

G'oliblarga sovg'a va sertifikatlar institut Yoshlar ittifoqi rahbari Kumakov J. tomonidan an'anaviy ta'lim boshlangach topshiriladi!

Tashkilotchilarning beparvoligi sababli ikkinchi va uchinchi o'rinni almashtirib yozibmiz, to'g'rilab qo'ydik, buning uchun uzr so'raymiz!

#yangilik #tanlov
Abituriyent|Videodarslar|Bot|🗳|☎️
@taqi_uz
УСТОЗЛАР ҲИЁБОНИ ТАНЛОВИ (4).pdf
404.9 KB
Hurmatli kanalimiz a'zolari!

Toshkent arxitektura-qurilish instituti Respublikamizning barcha tuman, shahar va viloyat markazlariga moslashtirilgan “Ustozlar hiyoboni” majmuasining noyob me’moriy loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha Respublika tanlovini e’lon qiladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun - olimlar, doktorantlar, amaliyotchilar, arxitektura va qurilish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha mutaxassislar taklif etiladi.

Onlayn tanlovga qo‘yiladigan talablar:
Tanlov ishlari:
“Ustozlar hiyoboni” majmuasiga mos keluvchi ob’ektlar;
Ustoz va yoshlar haykali;
Belgilangan xudud 1000-2000 m2 dan oshmasligi maqsadga muvofiq.

1️⃣-o'rin: Notebook
2️⃣-o'rin: Planshet
3️⃣-o'rin: Mobil telefon

☝️Batafsil ma'lumot yuqoridagi PDF faylda keltirilgan.

#yangilik #tanlov
Abituriyent|Videodarslar|Bot|🗳|☎️
@taqi_uz
Hurmatli talabalar va professor-o'qituvchilar!

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-martdagi 122-son qarori bilan respublikamizdagi OTMlar ma'lum bir sport turlariga ixtisoslashtirilishi belgilangan. Qarorga ko'ra Toshkent arxitektura-qurilish institutini BADMINTON va SHAXMATga ixtisoslashtirish, ushbu sport turlari bo'yicha musobaqalar tashkil etish belgilangan.

Ushbu qaror ijrosini ta'minlash maqsadida 2020-yil 24-dekabr kuni BADMINTON bo'yicha institut chempionati tashkil etiladi.
Musobaqa Rektorat binosi joylashgan hududda (Toshkent Moliya institutining oldingi binosi) 24.12.2020 kuni soat 12:00 da boshlanadi.

☝️ Qiziquvchilar uchun vaqtliroq soat 10:00 dan boshlanadi.

#yangilik #sport #badminton
@taqi_uz
📣 O'zbekistondagi "Saint-Gobain - 2020 dan multikomfort" talabalar tanlovining milliy finalining eng yaxshi loyihasi tanlandi.

2020-yilning 15-dekabr kuni O'zbekistonda "Saint-Gobain-2020 dan multikomfort" xalqaro talabalar tanlovining birinchi milliy final bosqichi onlayn tarzda bo'lib o'tdi.
Musobaqa asosiy tashkilotchisi - Saint-Gobainning Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi.

Albatta, Internetda his-tuyg'ularni his qilish juda qiyin, ammo tanlov ishtirokchilarining ko'zlarida hayajonni ko'rish mumkin edi. Har bir ishtirokchi talabalar tanlovning mamlakat bosqichida birinchi o'rinni egallash umidida tayyorlangan va ajoyib loyiha ishlarini bajargan edilar.

Ishtirok etgan barcha loyihalardan 3 ta asosiy g'olib tanlab olindi. Birinchi o'rinni qo'lga kiritgan TAQI jamoasi 2021-yil iyun oyida Parijda jahon miqyosida O'zbekiston sharafini himoya qiladi. Ikkinchi va uchinchi o'rin egalari ham pul mukofotlari bilan rag'batlantirildi.

🥇Elmurodov Samidulla Salim o’gli rahbarligidagi Imomova Dilfuza Mirziyor qizi va Elmurodov Ramazon Saydulla o’g’li (TAQI, “Interyer va landshaft dizayni” kafedrasi, Toshkent);
🥈 Umarqulova Shahodat Mashrab qizi va Latipova Nozimaxon Vohidovnalar Ikramov Shovkat Rustamovich rahbarligida (TAQI, “Interyer va landshaft dizayni” kafedrasi, Toshkent);
🥉Turdibaev Alautdin Mambetkerimovich rahbarligidagi talabalar Xudaynazarov Rasul Omarovich va Sobirov Nauruzbek Imamatdinovich (Berdaq nomidagi QDU, Nukus).

Ushbu tanlov TEXNO DAT kompaniyasi tomonidan qo'llab-quvvatlandi.
Saint-Gobain Construction Products Kazakhstan kompaniyasi barcha ishtirokchilarga, menejerlarga, hakamlar hay'ati va universitetlarga "Saint-Gobain 2020 dan multikomfort" xalqaro talabalar tanlovining birinchi bosqichida qatnashgani uchun minnatdorchilik bildiradi.

Saint-Gobain Multicomfort ikki bosqichli talabalar tanlovi - bu Saint-Gobain Multicomfort tamoyillariga asoslangan xalqaro tanlovdir. Tanlovning birinchi finali 2004-yilda Serbiyada Saint-Gobain ISOVER tomonidan tashkil qilingan va 2005-yilda u xalqaro tanlov maqomini olgan. Milanda bo'lib o'tgan so'nggi tadbirga 34 mamlakatdan 2200 dan ortiq talabalar tashrif buyurishdi.
Mamlakatlar soni yil sayin ortib bormoqda va ro'yxatdan o'tgan talabalar soni ham ko'paymoqda. O'zbekiston 2020-yilgi musobaqada birinchi marta ishtirok etdi.

#yangilik #xabar #tanlov
Abituriyent|Videodarslar|Bot|🗳|☎️
@taqi_uz
📣 2020-2021 o'quv yilida nomdor davlat stipendiyalarini qo'lga kiritgan Toshkent arxitektura-qurilish instituti talabalari

#yangilik #xushxabar #stipendiya
Abituriyent|Videodarslar|Bot|🗳|☎️
@taqi_uz
⚡️O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi hamda Toshkent arxitektura-qurilish instituti bilan o‘zaro hamkorlik tadbiriga start berildi

👉Mazkur tadbirda Turkiyaning Yildiz texnika va Istanbul madaniyat universiteti professorlari Chidem Janbay Turkyilmas, Erxan Turkyilmas va TAQI Arxitektura fakulteti talabalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🔸Tadbir davomida Turkiya OTMlarida arxitekturaviy dizayn yo‘nalishi bo‘yicha dars o‘tish tajribasi to‘g‘risida mahorat darslari tashkil etildi.

🔸Shuningdek, Turkiya universitetlarida onlayn dars jarayonlarida qo‘llaniladigan zamonaviy texnologiyalar to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etildi.

TAQI Matbuot xizmati

#xabar #yangilik
@taqi_uz
⚡️Bugun Toshkent arxitektura-qurilish institutiga Fransiyaning “Shnayder Elektrik” vakolatxonasi mutaxassisi, “Binolarni avtomatizatsiyalash” bo‘limi rahbari Vasiliy Markushin tashrif buyurdi.

🔸Vasiliy Markushin tashrif davomida institutning Muhandislik qurilish infrastrukturasi fakulteti magistrantlari va talabalariga “Binolarining muxandislik tarmoqlarini ilg‘or texnologiyalar asosida avtomatizatsiyalashtirishning zamonaviy yechimlari” mavzusida o‘quv mashg‘ulotlarini olib bordi.

🔸 Ushbu o‘quv mashg‘ulotiga talabalar katta qiziqish bildirishdi hamda o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.

TAQI Matbuot xizmati

#xabar #yangilik
@taqi_uz
⚡️⚡️Toshkent arxitektura-qurilish instituti talabalari uchun ajoyib yangilik

👉Rektorat binosi, magistratura bo’limida institut talabalari uchun AutoCAD dasturida loyihalash bo’yicha o’quv kursi ochildi.

Kurs Dushanba, Chorshanba va Juma kunlari soat 14:00 dan 16:00 gacha bo’lib o’tadi.

💰Narxi ham siz uchun maxsus 300 ming so’m etib belgilandi.

👍1-aprelgacha darslar bepul.

🤝 Kimga darslarimiz ma’qul kelsa, 1-apreldan to’lov qilib, o’qishni davom ettirishi mumkin.

👩‍💻🧑‍💻O’zingiz bilan noutbukingizni olishni unutmang. Dars AutoCAD dasturini ingliz tili versiyasida o’tiladi.

👉 Tanlovingizga qarab online va offline kurslar tashkil etiladi.

Tel: +998-99-871-72-82.
Telegram: @ChaaaMPioooN

#kurs #yangilik
@taqi_uz
📣"Sog'lom ayol-sog'lom jamiyat" shiori ostida "Ayollar spartakiadasi" bo'lib o'tdi.

👉 Transport, yo'l va qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar kengashi tomonidan o'tkazilgan ushbu tadbirda Toshkent arxitektura-qurilish instituti o'qituvchilari ham ishtirok etdilar.

🏓Xotin - qizlar o'rtasida o'tkazilgan "Ayollar spartakiadasi"da stol tennisi bo'yicha "Iqtisodiyot va ko'chmas mulkni boshqarish" kafedrasi dotsenti Karima Tashmuxamedova hamda shaxmat sport turi bo'yicha doktorant Iroda Salimovalar bellashdilar.

🥉Iroda Salimova shaxmat sporti turi bo'yicha faxrli 3-o'rinni egalladi va kasaba uyushma tomonidan esdalik sovg'a hamda maxsus diplom bilan taqdirlandi.

🤝Institutimiz sharafini himoya qilgan barcha ayol qizlarimizni g'alaba bilan tabriklaymiz!

TAQI Matbuot xizmati

#xushxabar #yangilik #sport
@taqi_uz
⚡️ ⚡️ Ўқувчилар бир ҳафтада камида икки кун таълим олади, қолган кунлар ишлайди

“Профессионал таълим тизимида дуал таълимни ташкил этиш чора-тадбирлари ҳақида”ги Ҳукумат қарори қабул қилинди.

Қарорга мувофиқ, 2021/2022 ўқув йилидан профессионал таълим тизимида дуал таълим ташкил этилади.

👉 Дуал таълим – бу таълимни ўз йўналишига мос ташкилотда меҳнат қилиш билан бирга олиб борувчи тизимдир. Дуал таълимни ташкил этиш учун ҳокимликлар ва манфаатдор вазирликлар томонидан ўрта бўғин кадрларига бўлган эҳтиёж аниқланади ва таклиф тайёрланади.

Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ҳар йили 1 июлгача дуал таълим бўйича кадрлар тайёрланадиган таълим муассасаларини белгилайди.

Танланган таълим муассасалари белгиланган квоталар бўйича ўқувчиларни қабул қилади.

Таълим муассасалари кадрларга эҳтиёжи бўлган ташкилотлар билан шартнома тузади. Шартнома ташкилот ва ўқувчи ўртасида ҳам тузилади. Бунда ўқувчи учун ташкилотда муайян иш ўрни ажратилади.

Ўқувчилар бир ҳафтада камида икки кун таълим олади қолган кунлар ишлайди.

Ўқувчига ишлаган кунлари учун ҳақ тўланади.

#yangilik

@taqi_uz
⚡️ Hokim o‘rinbosarlari malaka oshirish kurslarida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning joriy yil Farg‘ona va Namangan viloyatlariga tashrifi doirasida tizimli ravishda davlat organlari va tashkilotlarining o‘rta va quyi bo‘g‘in xodimlarini “mahallabay” va “fuqarobay” ishlashga o‘rgatish, shuningdek, ularga respublikada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi islohotlarning tub mazmun mohiyatini yetkazish, sohalar bo‘yicha tayanch bilim va boshqaruv ko‘nikmalarini takomillashtirib borish hamda malakasini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berilgan.

Berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan 2021-yil 30-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Toshkent davlat agrar universiteti hamda Toshkent arxitektura-qurilish instituti bilan hamkorlikda Toshkent viloyati tuman (shahar) xokimlarining Qishloq va suv xo‘jaligi hamda Sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari uchun malaka oshirish kursi boshlandi.

Malaka oshirish kursini ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori O.Xasanov, Toshkent davlat agrar universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori S.Islamov, Toshkent arxitektura-qurilish instituti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori Z.Abduvaliyevlar ishtirok etdi.

Kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘tkaziladigan qisqa muddatli o‘quv seminarda mashg‘ulotlarni olib borish uchun Toshkent arxitektura-qurilish institutining 12 nafar malakali professor-o‘qituvchilari jalb etilgan.

Professor-o‘qituvchilarimiz tomonidan ilm-fan sohasida erishilgan eng so‘nggi yutuqlar, rivojlangan xorijiy davlatlarning tajribalariga asoslangan holda taqdimotlar, tarqatma materiallar, ko‘rgazmali qurollar tayyorlangan.

O‘quv seminarlari joriy yilning 2-apreliga qadar davom etadi.

#yangilik #xabar
@taqi_uz
📣 Yana bir horijiy OTM bilan hamkorlik aloqalari o'rnatilmoqda

2021-yil 6-aprel kuni Toshkent arxitektura-qurilish institutiga Tomsk Politexnika universtitetining to'rt nafar vakili tashrif buyurdi.

Ular:
1️⃣ Silushkin Stanislav Vladimirovich – Magistratura, aspirantura va doktorantura boshqarmasi boshlig'i
2️⃣ Valuev Denis Viktorovich – Tomsk Politexnika universiteti filiali Yurgensk texnologiya instituti direktor o'rinbosari
3️⃣ Dankov Artyom Georgievich – Xalqaro hamkorlik boshqarmasining boshlig'i
4️⃣ Yusupov Bahrombek Dusmatovich – O'zbekistonliklarning Tomskdagi ijtimoiy hamdo'stlik tashkiloti rahbari

Uchrashuvda TAQI prorektori – A.U.Mirisaev , Xalqaro hamkorlik bo'limi boshlig'i – A.T.Nig'madjanova, institut Ilmiy kotibi A.Abduholiqovlar ishtirok etishdi. Uchrashuvda o'zaro hamkorlik aloqalari o'rnatish masalalari muhokama qilindi hamda ikki ta'lim muassasalari o'rtasida o'zaro hamkorlik memorandumi tuzish kelishib olindi.

#yangilik #xabar #hamkorlik
Abituriyent|Videodarslar|Bot|🗳|☎️
@taqi_uz
📣 "Urush xotiralarda" ijodiy ishlar ko'rik tanlovi

O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g’alabaning 76 yilligini keng miqyosda nishonlash maqsadida “G’alaba bog’i” yodgorlik majmuasi tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyida 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan O’zbekiston xalqining Ikkinchi jahon urushidagi jasorati, sabr-matonati, mardligi, vatanparvarligini tarannum etuvchi “Urush xotiralarida” ijodiy ishlar ko’rik-tanlovi o’tkaziladi.

Ko’rik-tanlov
- rangtasvir,
- rassomchilik,
- amaliy san’at,
- grafika,
- haykaltaroshlik,
- xalq amaliy san’ati,
- bayon,
- insho,
- esse va hikoyalar yo'nalishlari (nominatsiyalar) bo'yicha o'tkaziladi.

☝️Qatnashish istagida bo'lganlar batafsil ma'lumotni quyidagi sahifadan olishlari mumkin:
http://taqi.uz/main/2267-urush-xotiralarda-ijodiy-ishlar-korik-tanlovi.html
👉 49-55 dyuymli televizor, noutbook, planshetga ega bo'lasiz

TAQI Matbuot xizmati
#tanlov #yangilik
Abituriyent|Videodarslar|Bot|🗳|☎️
@taqi_uz
Хорижий тилларни ўқитишга ихтисослаштирилган ОТМларига давлат гранти асосида қабул кўрсаткичлари уч бараварга оширилади

🔰 Қарорга кўра, 2021/2022 ўқув йилидан:

🔹 таълим муассасаларининг камида С1 даражадаги миллий ёки унга тенглаштирилган мос даражадаги халқаро тан олинган сертификатга эга хорижий тиллар ўқитувчиларига уларнинг базавий тариф ставкасига нисбатан ҳар ойлик 50 фоиз миқдорида қўшимча устама ҳақи тўлаб борилади.

🔹 умумий ўрта, ўрта махсус ва профессионал таълим муассасаларида фаолият юритаётган барча хорижий тиллар ўқитувчиларига замонавий адабиёт, дарслик ва ўқув қўлланмаларини сотиб олиши учун 1 млн сўмдан маблағлар ажратилади.

2021/2022 ўқув йилида хорижий тилларни ўқитишга ихтисослаштирилган ОТМларига қабул параметрлари икки бараварга, давлат гранти асосида қабул кўрсаткичлари эса уч бараварга оширилади.

2022/2023 ўқув йилидан:

🔹 хорижий тилларни ўқитишга ихтисослашган ОТМ битирувчилари томонидан давлат аттестация имтиҳонларини топшириш билан бир қаторда миллий ёки унга тенглаштирилган бошқа етакчи халқаро баҳолаш тизимлари орқали уларнинг билимлари даражасини аниқлаш амалиёти йўлга қўйилади;

🔹 ОТМларнинг магистратура мутахассисликларига ҳамда олий таълимдан кейинги таълим ихтисосликларига танловларда миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификатга эга шахслар иштирок этиши тартиби жорий этилади.

👉 2021 йил 1 июлдан давлат органларида таълим ташкилотлари ўқитувчиларини шартнома асосида жалб қилиб, ҳафтада камида бир маротаба ходимларни хорижий тилга ўқитиш амалиёти йўлга қўйилади.

👉 2022 йил 1 январдан хорижий тиллардан миллий ва халқаро сертификатга эга давлат бошқарув идораларининг барча бўғинлари ходимларига лавозим маошига нисбатан 20 фоизгача қўшимча устама тўланади.

👉 2022 йилдан давлат органларига ишга қабул қилиш ва юқори лавозимга тайинлаш учун хорижий тилни билиш талабгорга қўйиладиган мажбурий малакавий кўникма сифатида белгиланади.

#qonun #yangilik
@taqi_uz
📣 Toshkent arxitektura-qurilish institutiga yangi rektor tayinlandi.

21.08.2021 dagi 535-sonli
hukumat qaroriga ko’ra shu paytgacha Istanbul texnika universiteti professori sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Ercan Kahya Toshkent arxitektura-qurilish instituti rektori etib tayinlandi.

Rektor Ercan Kahya haqida qisqacha ma’lumot:
Bakalavriatura
– 1980-1984, Istanbul texnika universiteti
Magistratura – 1986-1988, Politexnika universiteti, Nyu York

Ilmiy darajasi: PhD, Civil & Environmental Engineering/Water Resources, 1989-1993, Kaliforniya universiteti, Los Anjeles

Manba: LinkedIn, Akademi

#yangilik #xabar #rektor
Facebook | Instagram | Youtube
@taqi_uz
Шаҳарсозлик ҳужжатларини экспертизадан ўтказиш тартиблари такомиллаштирилади

“Шаҳарсозлик ҳужжатларини экспертизадан ўтказиш тартиботларини такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида” Ҳуқумат қарори (579-сон, 17.09.2021 й.) қабул қилинди.

⚡️ Қарорга мувофиқ, 2021 йил 1 октябрдан шаҳарсозлик ҳужжатлари экспертизасини амалга оширишда:

🔸 шаҳарсозлик ҳужжатлари “Шаффоф қурилиш” миллий ахборот тизими орқали кўриб чиқилади;
🔸 давлат маблағлари, давлат кафолатига олинган ташқи инвестиция маблағлари ҳисобига амалга ошириладиган ишларнинг лойиҳа ҳужжатлари “Шаҳарсозлик ҳужжатлари экспертизаси” ДУК ёки унинг ҳудудий филиаллари томонидан кўриб чиқилади;
🔸 бошқа манбалар ҳисобидан молиялаштириладиган объектлар лойиҳа ҳужжатлари аккредитация қилинган юридик шахслар, “Шаҳарсозлик ҳужжатлари экспертизаси” ДУК ёки унинг ҳудудий филиаллари томонидан кўриб чиқилади;
🔸 ижобий экспертиза хулосалари “Экспертиза хулосаларининг ягона реестри”га киритилган тақдирда ҳақиқий деб тан олинади;
🔸 экспертизадан ўтказганлик учун хизматлар ҳақини табақалаштирилган тартибда ҳисоблаш тизими жорий этилади;
🔸 лойиҳа ҳужжатларини кўриб чиқувчи эксперт – мутахассисларни аттестациядан ўтказиш ва уларни сертификатлаш тизими йўлга қўйилади.

📋 Қарор билан Объектларни қуриш, реконструкция қилиш, мукаммал ва жорий таъмирлаш бўйича шаҳарсозлик ва лойиҳа ҳужжатларининг лойиҳавий ечимларини шаҳарсозлик ҳужжатларига мувофиқлиги юзасидан экспертизадан ўтказиш тартиби тўғрисидаги низом тасдиқланди.

❗️Низомга мувофиқ, қуйидаги объектларнинг лойиҳа ҳужжатларини экспертизадан ўтказиш мажбурий эмас:

🔹 мавсумий ишлар учун вақтинча ва маиший бинолар;
🔹 300 куб метрдан ортиқ бўлмаган алоҳида қурилаётган кичик ҳажмдаги объектлар;
🔹 икки қаватдан юқори бўлмаган (цоколни ҳисобга олмаган ҳолда) баландлиги ер юзидан 12 метрдан ва (ёки) умумий майдони 500 квадрат метрдан ортиқ бўлмаган якка тартибдаги уй-жойлар;
🔹 жорий таъмирланадиган бинолар, иншоотлар.

#qonun #yangilik #hukumat
@taqi_uz
Педагогларга аттестациядан ўтганлик тўғрисидаги сертификат электрон шаклда берилади

Мактабгача, умумий ўрта, ўрта махсус, профессионал ва мактабдан ташқари таълим ташкилотлари педагог кадрларини аттестациядан ўтказиш тартибини такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисидаги Ҳукумат қарори (572-сон, 17.09.2021 й.) қабул қилинди.

🔰 Қарорга кўра, 2022 йил 1 январдан:

🔹 педагог кадрларни аттестациядан ўтказиш бўйича вазирликлар ва идоралар, Қорақалпоғистон Республикаси, вилоятлар, Тошкент шаҳри, туманлар (шаҳарлар) ҳамда таълим муассасалари миқёсидаги аттестация комиссияларини тузиш ва йиғма жилд орқали ҳужжат топшириш амалиёти бекор қилинади;

🔹 педагог кадрларни аттестациядан ўтказиш уларнинг педагогик маҳорати ва психологик тайёргарлигини баҳолаш ҳамда Таълим сифатини назорат қилиш давлат инспекцияси томонидан ўқув фани бўйича малака синовини ўтказиш орқали амалга оширилади;

🔹 педагог кадрларни аттестациядан ўтказиш ва уларга малака тоифаси (лавозим) бериш бўйича ҳужжатларни қабул қилиш ДХМ ёки ЯИДХП ёхуд Таълим инспекцияси расмий веб-сайтидаги махсус портал орқали амалга оширилади;

🔹 педагог кадрларга қоғоз шаклидаги аттестациядан ўтганлик тўғрисидаги сертификат бериш амалиёти бекор қилиниб, электрон шаклдаги сертификат бериш тартиби жорий этилади;

🔹 педагог кадрларга бунгача берилган сертификатлар ўз кучида қолади ва амал қилиш муддати тугагунга қадар сертификатда кўрсатилган малака тоифаси (лавозими) бўйича базавий тариф ставкалари асосида ҳақ тўлашда ҳисобга олинади.

🗓 2022 йил 1 январгача “pedkadr.tdi.uz” платформаси ишлаб чиқилади.

💰 Пенсия ёшига тўлган педагог кадрлар навбатдаги аттестацияга жалб этилмайди, аттестациядан ўтганлик муддати тугашидан қатъи назар уларнинг амалдаги малака тоифаси (лавозими) сақлаб қолинади ҳамда мазкур малака тоифаси бўйича ҳақ тўланади.

☑️ Пенсия ёшига тўлган педагог кадрлар ўз хоҳишига кўра навбатдан ташқари аттестациядан ўтиб, малака тоифаси оширилган тақдирда, уларга янги тасдиқланган малака тоифаси бўйича ҳақ тўланади.

📋 Қарор билан шунингдек, мактабгача, умумий ўрта, ўрта махсус, профессионал ва мактабдан ташқари таълим ташкилотлари педагог кадрларини аттестациядан ўтказиш тартиби тўғрисидаги низом тасдиқланди.

#qaror #yangilik
@taqi_uz