Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
7.83K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
461 files
3.56K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_kun

💐 Hurmatli talabalar sizlarni talabalik baxtiga muyassar bo'lganingiz bilan tabriklaymiz, yangi o'quv yilida omad yor bo'lsin !!!

📚 Toshkent arxitektura-qurilish instituti barcha oliy ta’lim muassasalari qatori 5-sentabr o‘z talabalari uchun eshiklarini ochadi.

TAQI Matbuot xizmati

@taqi_uz
#Bilasizmi

🔰 Akademik ta'til olishni istagan talabalar o'z ixtiyoriga ko'ra akademik ta'til muddatiga ta'limning sirtqi va masofaviy shakliga o'tkazilib (agar oliy ta'lim muassasasida bunday ta'limning shakllari mavjud bo'lsa), ularga uzluksiz mustaqil ta'lim olish imkoniyati yaratiladi.

Oilasining betob a'zosini parvarish qilish sababli an'anaviy shakldagi ta'limni davom ettirish imkoniyati bo'lmagan talabalar ham akademik ta'til olishi mumkin.

📌 Akademik ta'tildan qaytgan talabalar ilgari o'zlashtirilgan fanlar bo'yicha qaytadan o'qimaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Hukumat qarori (486-son, 31.08.2022-y.) bilan Nogironligi bo'lgan shaxslarning faoliyat yuritishi uchun ish o'rinlari va kasblarni moslashtirish bo'yicha tavsiyalar tasdiqlandi

📝 Mazkur Tavsiyalar barcha tashkilotlarda faoliyat yurituvchi nogironlarning mehnat munosabatlariga tatbiq etiladi.

➡️ Tavsiyalar nogironlarning maxsus yaratilgan ish joylari jihozlanishiga nisbatan belgilanadi.

🔰 Jumladan, ko'zi ojizlar uchun maxsus ish joylari jihozlanishiga quyidagilar tavsiya etiladi:

🔹binolarda, har xil inshootlarda, kirish joylarida, kommunikatsiya xonalarida, ma'muriyat, madaniy-maishiy xizmat ko'rsatish joylarida, ish joylarida, tibbiy xizmat ko'rsatish xonalarida, sanitariya-maishiy xonalarda hammaboplikni, xavfsizlikni, hayot faoliyatiga mos keladigan me'yoriy sharoitlarini ta'minlash;
🔹ko'zi ojiz nogironligi bo'lgan shaxslar to'sqinliksiz o'z ish joyini topishi va mehnat funksiyalari bajarilishini ta'minlaydigan tiflotexnik belgilar va tuzulmalar bilan maxsus ish joyini jihozlash;
🔹qo'shimcha periferiyali jihozlar va funksional maqsadli elektron tiflotexnik vositalar yordamida vizual ma'lumotga ovoz berish va ko'rish nazoratisiz mehnatni bajarish imkoniyatini ta'minlash;
🔹maxsus ish joyini yozuv uchun bo'rtma – naqsh-nuqtali va yassi bosmali harflar, shuningdek, toshqalam, daftarlar va yon daftarchalar, Brayl yozuvi uchun bosmali harf, tovushni yozuvchi va tovushni qaytadan tiklovchi asbob-uskunalar bilan jihozlash;
🔹kompyuterda ishlashga mo'ljallangan ish joyini yirik bo'rtma – naqsh keskin farq qiladigan (kontrast) bosmali harf va Brayl bosmali harf (Brayl displey va Brayl klaviaturasi) bilan ta'minlash;
🔹maxsus asbob-uskunali va dasturli vositalar, shuningdek, moslashtirilgan taktil displey va audiodispley (nutq sintezatori) yordamida monitor ekranida vizual ma'lumotga ovoz berish imkonini yaratish.

Eshitish bo'yicha nogironligi bo'lgan shaxslar uchun maxsus ish joylarini bajarilayotgan mehnat funksiyasini hisobga olgan holda, tovush kuchaytiradigan asbob-uskunalar va ovoz chiqaruvchi telefonlar bilan ta'minlash tavsiya etiladi.

📋 Shuningdek, qaror bilan Nogironligi bo'lgan shaxslar uchun tavsiya etilgan ishchi kasblar va xizmat lavozimlarining namunaviy ro'yxati (klassifikatori) va Nogironligi bo'lgan shaxslarning faoliyat yuritishi mumkin bo'lgan kasblar va lavozimlar ro'yxati hamda mehnat sharoitlari bo'yicha tavsiyalar tasdiqlandi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Talaba yoshlarni birlashtiradigan loyiha!

Talabalarning ta’lim muassasasi hayotiga tezroq moslashishiga ko‘mak berish, yoshlarni tashkil etilgan loyiha va tanlovlar, yaratilgan imtiyozlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida 5-9-sentabr kunida barcha oliy ta'lim muassasalarida “Orientation week” loyihasi tashkil etiladi.

Loyiha doirasida 10 dan ortiq ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o'tkaziladi.

Aziz 1-bosqich talabalari, siz ham o‘zingiz tahsil olayotgan oliy ta'lim muassasasiga murojaat qilgan holda “Orientation week” loyihasida faol ishtirok eting!

Bizning sahifalarimiz:
👉 @yoshlaragentligiInstagramFacebookYouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Toʻlov-shartnomalarni kontrakt.edu.uz orqali onlayn olish boʻyicha videoqoʻllanma

Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎓Siz talaba bo'ldingizmi? Ta'lim kreditni olmoqchimisiz? U holda orzuingizdagi kasbni egallash uchun tijorat banklariga murojaat qiling!

👉🏻Ushbu video rolik orqali qaysi banklar ta'lim krediti ajratishi haqidagi ma'lumotga ega bo‘ling.

Web | Telegram | Facebook | Instagram | Odnoklassniki | Youtube | Twitter | Linkedin
#Bilasizmi

🔰Qonunchilikka ko'ra, transport vositalari tezligini:

🔹aholi punktlarida soatiga 70 kilometrdan;
🔹maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlari atrofidagi yo'llarda 300 metrgacha bo'lgan masofada 30 kilometrdan;
🔹turar joy dahalari va yondosh hududlarda (uy-joy binolari orasidagi yer uchastkasida) soatiga 20 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
📣 Ҳурматли тадбиркорлар!

‼️Сизларни 2022 йил 19-23 октябр кунлари Индонезия Республикаси савдо вазирлиги томонидан ташкил этилаётган Индонезиянинг 37 - савдо кўргазмасида иштирок этишга таклиф этамиз.

Маълумот учун: кўргазма онлайн ва офлайн форматда бўлиб ўтади, онлайн форматда қатнашиш учун қуйидаги ҳавола орқали рўйхатдан ўтишингиз мумкин.

📌"TEI-2022" Индонезия ҳукумати томонидан Индонезия маҳсулотлари ва хизматларининг экспортини тарғибот қилишга йўналтирилган, ҳар йили ташкил этиладиган энг йирик халқаро савдо туризм ва инвестиция кўргазмаси ҳисобланади.

Ҳамкорлик йўналишлари:
▪️Озиқ-овқат;
▪️Соғлиқни сақлаш;
▪️Мебель саноати;
▪️Ускуна ва технологиялар;
▪️IT технологиялар;
▪️Текстиль.
#Bilasizmi

🔰 Avtoyonilg'i quyish shoxobchalari (AYQSH):

🔸badiiy jihatdan bezatilgan peshlavhalar, reklamalar, ko'rgazmali tashviqot vositalari bilan jihozlangan bo'lishi kerak;

🔸tevarak-atrofi va katta avtoyo'llardan kirish qismining beton hamda asfalt qoplamalarida nuqsonlar bo'lmasligi kerak;

🔸egallab turgan maydonchalar tekis bo'lishi hamda avtomashinalarning kolonkalar va quyish qurilmalariga erkin kelishini ta'minlashi lozim.

➡️ Shuningdek, AYQSH binolari, inshootlari, maydonchalari, uning tevarak-atrofidagi joylar sanitariya-maishiy va yong'inga qarshi normalarga javob berishi kerak.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Yangi o'quv yili Mustaqillik dars soatlari bilan boshlandi...

Toshkent arxitektura-qurilish institutida dars jarayonlari bo'lib o'tmoqda.

Shuningdek, talabalarni yotoqxonaga joylash bo'yicha ishlar olib borilmoqda.

Bugungi o'quv yilidagi talabalar soni bilan bog'liq statistik ma'lumotlar bilan bog'liq mavzuga qaytamiz.

TAQI Matbuot xizmati

@taqi_uz
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Toʻlov-shartnomalarni kontrakt.edu.uz orqali onlayn olish boʻyicha videoqoʻllanma

Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
Forwarded from Xushnudbek.uz
Ўқишга кирганлар учун базавий контракт, кира олмаган учун супер-контракт олиш мақсадида kontrakt.edu.uz сайти орқали онлайн ариза бераётганда шартнома турини танлаш деган банд бор. Бунда ёки 2 томонлама, ёки 3 томонлама шартномани танлаш сўралмоқда. Шу бўйича изоҳ сўраб, абитуриентлардан кўплаб саволлар келиб тушди.

Бу жуда оддий.

Икки томонлама шартнома — бу ОТМ ва абитуриент ўртасида тузилади. Бошқача айтганда агар контракт ёки супер-контракт пулини абитуриентнинг ўзи ёнидан тўламоқчи бўлса, шу бандни танлаш керак.

Уч томонлама шартнома — бу ОТМ, абитуриент ва яна бирор ташкилот ўртасида тузилади. Агар мабодо контракт ёки супер-контракт пулини абитуриентнинг ўзи эмас, балки бирор ташкилот, масалан банклар ёки ота-онасининг ишхонаси тўламоқчи бўлса, унда уч томонлама шартнома деган бандни танлаш керак.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Alisher Sadullaev
⚡️Xotin-qizlar ta’lim olishi uchun #imkoniyat

Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan xotin-qizlaning
ta’lim olish imkoniyati kengaytirish maqsadda ularga foizsiz ta’lim kredit ajratish tartibi joriy qilingan. Ushbu kredit bo‘yicha foiz stavkalari to‘liq davlat budjetidan qoplanadi.

Ta’lim kreditini olgan xotin-qizlar rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida kreditning asosiy qarz qismini qaytaradilar, xolos. Mazkur imkoniyat yuzasidan 12 ta tijorat banki (rasmda) hozirda talabalar xotin-qizlarga foizsiz ta’lim krediti beradi.

@alisher_sadullaev