Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
7.83K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
461 files
3.56K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
Photo
“Qurilish sohasida innovatsion texnologiyalar haftaligi” anjumani oʻtkazilmoqda
🖇Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligida “Qurilish sohada innovatsion texnologiyalar haftaligi” oʻz ishini boshladi. Mazkur haftalik joriy yilning 5-sentabridan 9-sentabriga qadar davom etadi.
 🩸Tadbirda Qurilish vazirligi, “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi masʼullari, Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti olimlari innovatsion mahsulotlar hamda drayver loyihalari bilan ishtirok etmoqda.
Qurilish sohasida yangi texnologiyalarni joriy qilish va innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsadida ilmiy tadqiqotchilar, yetuk olimlar hamda qurilish tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish maqsadida ushbu innovatsion texnologiyalar haftaligining oʻtkazilayotganligi, mazkur sohada olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarni ragʻbatlantirishga, yuqori tijorat salohiyatiga ega va amalga oshirishga tayyor boʻlgan istiqbolli loyihalarni tanlab olishga katta imkoniyatlarni yaratadi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
“Qurilish sohasida innovatsion texnologiyalar” haftaligi boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligida “Qurilish sohasida innovatsion texnologiyalar” haftaligi boshlandi. Unda tegishli vazirlik va tashkilotlar, olimlar, Oliy o‘quv yurti talabalari ishtirok etishmoqda. Haftalik davomida sohada ilm-fan yutuqlarini joriy etish, ilmiy ishlar tahlili, taqdimotlar, erishilgan yutuqlar haqida ma’lumotlar berildi. Tadbirning dastlabki kuni, qurilish materiallari sanoatida amalga oshirilayotgan ishlar, ilmiy ishlar va izlanishlar haqida so‘z yuritildi. Dastlab, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Azizbek Bahodirov so‘zga chiqib, qurilish materiallari yo‘nalishda erishilgan yutuqlar, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi haqida taqdimot o‘tkazdi. Shu bilan birga 2022-2026 yillarda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan islohotlar xususida fikr bildirdi.
​​Qonunchilikda yoshlarga berilgan ayrim imtiyozlar

▪️Mehnat kodeksida yoshlar uchun alohida kafolatlar belgilangan, jumladan 16 dan 18 yoshgacha bo‘lganlar uchun ish vaqti haftasiga 36 soatdan oshmasligi lozim.

▪️Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va kontrakt bo‘yicha o‘qiyotgan ijtimoiy faol talabalarga kontrakt summasining 35 foizi to‘lab beriladi.

▪️Kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalarga taʼlim krediti beriladi.

▪️Yoshlar muammolari bilan ishlashning yangicha tizimi – «Yoshlar daftari» ishga tushirilgan.

▪️«Yoshlar daftari» ga kiritilganlarning nogiron oila aʼzolariga dori-darmon, nogironlik aravachalari, eshitish apparatlari va ortopedik mahsulotlar xarid qilish uchun BHMning 5 baravari miqdorida yordam ko‘rsatiladi.

▪️Nogironligi bo‘lgan yoshlarga o‘qish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun 15 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi.

▪️Davlat oliy taʼlim muassasalariga kirishda eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar yoshlar uchun Prezident granti joriy qilingan.

▪️Ijtimoiy faol yoshlarga OTMga o‘qishga kirishda imtiyozlar beriladi.

▪️Mahalladagi yoshlar yetakchilari tavsiyasi asosida yoshlarga 20 turdagi yordam beriladi.

▪️Ayrim yoshlar OTMga o‘qishga qabul qilishda test sinovlarida ishtirok etish uchun undiriladigan to‘lovlardan ozod etiladi.

▪️«Moziyga sayohat» dasturi doirasida «Yoshlar daftari» ga kiritilganlar davlat muzeylariga bepul kiritiladi.

▪️Xorijdagi yosh vatandoshlarning vazirliklar, idoralar va tashkilotlarda ishlashi uchun shart-sharoit yaratiladi.

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Bizning sahifalarimiz:
👉 @yoshlaragentligiInstagramFacebookYouTube
#Tanqidiy_muhokama

Yangi o‘quv yilining dastlabki 2 kunidagi kamchiliklar tanqidiy muhokama qilindi

Bugun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida markaziy apparat mas’ullari, 130 dan ortiq oliy ta’lim muassasasi rahbarlari va prorektorlari ishtirokida kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Vazir Abduqodir Toshqulov olib borgan yig‘ilishda oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yilining ikki kunida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy muhokama qilindi.

Batafsil ushbu havolada 👈

Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
🧏‍♀️ Ayrim talaba xotin-qizlar kontrakt to‘lovi hokimliklar tomonidan to‘lab beriladi

Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlar davlat OTMga kontrakt asosida o‘qishga kirganida kontrakt to‘lovi Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan to‘lab beriladi.

Batafsil ma'lumot: https://kun.uz/uz/09277124

@taqi_uz
Forwarded from Xushnudbek.uz
❗️Расман: супер-контракт бўйича айрим тартиблар тасдиқланди

Давлат қабул комиссияси қарори билан супер-контракт бўйича қўшимча тартиблар белгиланди.

Энг катта янгилик, бу абитуриент ўзи танлаган БИРИНЧИ йўналишга кира олмаган, лекин 2, 3, 4 ёки 5-йўналишлардан бирига ўқишга кирган бўлса, унда ўз хоҳиши билан БИРИНЧИ танлаган йўналишида супер-контрактда ўқишига рухсат берилади.

Бу истисно 2, 3 ёки 4-йўналишга тааллуқли эмас. Яъни бешинчи йўналишга ўқишга кирган абитуриент иккинчи ёки тўртинчи йўналишни танлаб супер-контракт қила олмайди, фақат БИРИНЧИ йўналишга қилиши мумкин.

Шунингдек, танлаган бешала йўналишига ҳам ўқишга кира олмаган абитуриентлар исталган бешта йўналишдан бирини танлаб, супер-контрактда ўқишига рухсат берилади.

Абитуриентлар kontrakt.edu.uz сайтига кириб, бемалол ариза қолдиришлари мумкин.

Қўшимча маълумотлар:

Супер-контракт нархини қандай ҳисоблайман?
Жавоб:
https://t.me/xushnudbek/15751

Йўналишлар кесимида супер-контракт нархи қанча?
Жавоб: https://t.me/xushnudbek/15833

4 баллгача етмаганларга ҳам 10% чегирма бериладими?
Жавоб: https://t.me/xushnudbek/15834

Вакцина олганларга чегирма бериладими?
Жавоб:
https://t.me/xushnudbek/15837


👉 @xushnudbek 👈
📊 O'zbekistonda 8210 ta madaniy meros obyektlari bor

🏢 Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, 2022 yilning 1-yanvar holatiga respublikamizda jami moddiy m meros obyektlari soni 8 210 tani tashkil etgan.

- davlat mulki - 7827 ta
- xususiy mulk - 382 ta.

  Shundan :

— arxeologik yodgorliklar – 4797 та

— arxitektura yodgorliklari – 2266 та

— monumental yodgorliklar – 617 та

— diqqatga sazavor joylar – 530 та.

#statistika
@taqi_uz
📣📣 DIQQAT E'LON 📣📣

🔸 Joriy yilning sentyabr oyidan boshlab "Qurilishda smeta ishi" o'quv kursiga qabul boshlandi.

🔹 Toshkent arxitektura-qurilish instituti talabalariga chegirma narxlar mavjud.

👉 Manzil: TAQI Rektorat binosi 6-qavat 609-xona.

Quyidagi havola orqali telegram kanaliga bog'lanasiz hamda kurs bo'yicha barcha savollaringizga javob topasiz. https://t.me/smetataqi

@taqi_uz
⚡️Super-kontrakt boʻyicha qoʻshimcha tartiblar belgilandi

Davlat qabul komissiyasi qaroriga koʻra, abituriyent oʻzi tanlagan birinchi yoʻnalishga kira olmagan, lekin 2-, 3-, 4- yoki 5-yoʻnalishlardan biriga oʻqishga kirgan boʻlsa, oʻz xohishi bilan birinchi tanlagan yoʻnalishida super-kontraktda oʻqishiga ruxsat beriladi.

Bu istisno 2-, 3- yoki 4-yoʻnalishga taalluqli emas. Yaʼni beshinchi yoʻnalishga oʻqishga kirgan abituriyent ikkinchi yoki toʻrtinchi yoʻnalishni tanlab super-kontrakt qila olmaydi, faqat birinchi yoʻnalishga qilishi mumkin.

Shuningdek, tanlagan beshala yoʻnalishiga ham oʻqishga kira olmagan abituriyentlar istalgan beshta yoʻnalishdan birini tanlab, super-kontraktda oʻqishiga ruxsat beriladi.

Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
Birozdan soʻng, “Oʻzbekiston” telekanali “Munosabat” tok-shousining oliy taʼlim tizimidagi islohotlar, yangi oʻquv yilining boshlanishiga bagʻishlangan navbatdagi soni boshlanadi.

Unda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi mutasaddilari hamda oliy taʼlim muassasalari masʼullari ishtirok etadi.

Koʻrsatuvni “Oʻzbekiston” telekanali orqali toʻgʻridan toʻgʻri tomosha qilishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
🇺🇿🇷🇺 Савдо-саноат палатаси 2022 йил 27-30 сентабр кунлари Москва шаҳрида бўлиб ўтадиган “Болалик олами-2022” кўргазмасида иштирок этиш учун Ўзбекистон болалар маҳсулотлари саноати корхоналари таркибидан иборат делегацияни шакллантирмоқда.

Кўргазмада болалар ва чақалоқлар учун турли хил товарлар, ўйинлар, ўйинчоқлар, улгуржи совғалар, таълим ва ривожланиш учун китоблар, байрамлар ва карнаваллар учун маҳсулотлар намойиш этилади.

☎️ Шу муносабат билан, Савдо-саноат палатаси қизиқиш билдиган болалар маҳсулотлари саноати корхоналарини ушбу кўргазмада иштирок этиш учун таклиф килади. Мурожаат учун тел.: +998 99 850-67-76.

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
#Bilasizmi

Gender tengligi buzilishi bilan bog‘liq ishlarning sudlarda ko‘rib chiqilishida ayollarga advokatlar tomonidan ko‘rsatiladigan yuridik xizmat uchun haq davlat hisobidan qoplanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
📣 Ҳурматли тадбиркорлар!

‼️Сизларни 2022 йил 19-23 октябр кунлари Индонезия Республикаси савдо вазирлиги томонидан ташкил этилаётган Индонезиянинг 37 - савдо кўргазмасида иштирок этишга таклиф этамиз.

Маълумот учун: кўргазма онлайн ва офлайн форматда бўлиб ўтади, онлайн форматда қатнашиш учун қуйидаги ҳавола орқали рўйхатдан ўтишингиз мумкин.

📌"TEI-2022" Индонезия ҳукумати томонидан Индонезия маҳсулотлари ва хизматларининг экспортини тарғибот қилишга йўналтирилган, ҳар йили ташкил этиладиган энг йирик халқаро савдо туризм ва инвестиция кўргазмаси ҳисобланади.

Ҳамкорлик йўналишлари:
▪️Озиқ-овқат;
▪️Соғлиқни сақлаш;
▪️Мебель саноати;
▪️Ускуна ва технологиялар;
▪️IT технологиялар;
▪️Текстиль.
Ilk bor Oʼzbekistonda!

Savdo-sanoat palatasi Sizni 4 oktyabr kuni HILTON mehmonxonasida bo’lib o’tadigan FRANCHISING EXPO UZBEKISTAN franshiza koʼrgazmasiga taklif etadi.

Dunyoning 10 ta davlatidan 100 dan ortiq faol xorijiy va mahalliy franshizalar sizni kutmoqda, xususan:

🔹 Restoran biznesi
🔹 Riteyl
🔹 Ishlab chiqarish
🔹 Taʼlim
🔹 Goʼzallik va salomatlik
🔹 Development
va boshqalar.

20 dan ortiq xalqaro franshiza bozorining mutaxassislari eng dolzarb mavzular haqida soʼzlaydilar va oʼz tajribalari bilan boʼlishadilar.

Franchayzing Expo Uzbekistan – yangi franchayzilarni topish va franshizangiz afzalliklari haqida shaxsan soʼzlab berish uchun ajoyib imkoniyatdir!

Roʼyxatdan oʼtish 👉🏻https://forms.gle/3avC3riZDUM6jEf69

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
📣 Ҳурматли тадбиркорлар!

‼️Сизларни 2022 йил 4-7 октябр кунлари "АГРОСАЛОН 2022" кўргазмасига таклиф этамиз.

ℹ️Маълумот учун: кўргазма Россия Федерациясининг Красноярск шаҳрида "Крокус Экспо" майдонида бўлиб ўтади.

"АГРОСАЛОН 2022" кўргазмаси қуйидаги имкониятларни беради:
▪️ Қишлоқ хўжалиги техникаси сўнгги тенденциялари билан танишиш;
▪️ Инновацион технологиялар ва юқори самарали қишлоқ хўжалиги машиналари, ускуналари ва бутловчи қисмлари харид қилиш имкони;
▪️ Сиз ва бизнесингиз учун янги мақсадли алоқалар;
▪️ Муваффақиятли ва фойдали бизнесни олиб бориш учун қишлоқ хўжалиги техникасидан самарали фойдаланиш учун қимматли билимлар ва янги ечимлар билан танишиш имкони;

🌐 Қўшимча маълумот учун: https://agrosalon.ru/ веб сайтида танишишингиз мумкин.
Forwarded from Manaviyat.edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Kitobxon yoshlar” tanlovida qatnashing va planshet, smartfon yoki bir talay kitoblar yutib oling!

📚 Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi hamda "Qamar" kitoblar doʻkoni hamkorlikda “Kitobxon yoshlar” onlayn kitobxonlik tanlovini eʼlon qiladi.

☝️ Tanlovda ishtirok etish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali toʻliq roʻyxatdan oʻtib, 27-sentabrga qadar 4 ta kitobni oʻqishlari kerak boʻladi.

🏆 Tanlov gʻoliblari diplom va sertifikatlar bilan birga qimmatbaho sovgʻalar bilan ham taqdirlanadi:
🔹1-oʻrin: Galaxy Tab A8 planshet;
🔹2-oʻrin: RedMi Note 11 smartfon;
🔹3-oʻrin: Mi Band 6 smartwatch;
🔹4-10-oʻrinlar: 10 tadan kitoblar toʻplami;
🔹11-20-oʻrinlar: 5 tadan kitoblar toʻplami;
🔹21-50-oʻrinlar: 3 tadan kitoblar toʻplami;

📲
Tanlov haqida batafsil videolavhada tushuntirib o‘tilgan.
📌 Tanlov nizomi bilan tanishish
#Matbuot_anjumani

Ertaga, 9-sentabr kuni AOKAda Talabalarni turar-joy bilan taʼminlash, ijara va toʻlov - kontrakt masalalari yuzasidan matbuot anjumani boʻlib oʻtadi.

● Vaqti: 10:00
● Ishtirok etadi: Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov va boshqa masʼul mutasaddilar.

〰️〰️〰️
📲 Savollarni @Rasmiy_aloqabot ga joʻnating.
📹 OAV xodimlari taklif etiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube