⚡️⚡️DIQQAT E'LON⚡️⚡️
📣12 apreldan 15 aprelgacha "Psixologik haftaligiga" start beriladi
🔸 Hurmatli professor-o'qituvchilar, aziz talabalar, qadrli kanalimiz a'zolari!!!
O'zingizning harakter
xususiyatingizni bilishni istaysizmi ???
Qolaversa ijobiy emotsional muhitni sog'indingizmi, munosabatlarni uyg'unlashtirishda ehtiyoj sezyapsizmi, stress va charchoqni bartaraf qilishni xohlaysizmi???
👉 Unday bo'lsa bizga qo'shiling va kun davomida institutning "Psixologik haftaligida" faol ishtirok eting. Oddiy ranglar, geometrik shakllar, kiyinish uslubi, psixologik treninglar orqali barcha ma'lumotlarni bilib olish imkoniyatiga ega bo'ling.
Manzil: Toshkent arxitektura-qurilish instituti rektorat binosi hovlisida.
👌 Imkoniyatni qo'ldan boy bermang. Sizni tashrifingiz hayotingizda burilish yasashi mumkin.
TAQI Matbuot xizmati
#psixologiya #imkoniyat
@taqi_uz

Forwarded from Edu.uz
#BILASIZMI
#IMKONIYAT
⚡️Poliglot talabalar va oʻquvchi-yoshlar uchun yangi imkoniyat!
🔰 2022-yil 1-yanvardan eʼtiboran arab, xitoy, fransuz, rus, ispan, koreys, yapon, italyan, turk va nemis tillari bo‘yicha 13 ta xalqaro imtihon tizimida yuqori natijaga erishgan yoshlarning imtihon xarajatlarini kompensatsiya qilib berish tizimi ishga tushdi.
☝️Avvalroq (IELTS, TOEFL, GMAT, GRE, SAT) xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natija qayd etgan yoshlarning imtihon xarajatlari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qoplab berilishi haqida ma’lumot berilgan edi.
🗓 2022-yil 1-yanvardan boshlab yoshlar uchun mana shunday imkoniyatlarning yana 13 tasi ishga tushib, ularning soni jami 18 taga yetdi. Endilikda ushbu xalqaro imtihon tizimlarida ham yuqori natija qayd etgan yoshlarning imtihon xarajatlari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qoplab beriladi.
➡️ Batafsil ma’lumot.
🇷🇺 Читать на русском
—
🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Forwarded from Alisher Sadullaev
⚡️Xotin-qizlar ta’lim olishi uchun #imkoniyat
Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan xotin-qizlaning ta’lim olish imkoniyati kengaytirish maqsadda ularga foizsiz ta’lim kredit ajratish tartibi joriy qilingan. Ushbu kredit bo‘yicha foiz stavkalari to‘liq davlat budjetidan qoplanadi.
Ta’lim kreditini olgan xotin-qizlar rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida kreditning asosiy qarz qismini qaytaradilar, xolos. Mazkur imkoniyat yuzasidan 12 ta tijorat banki (rasmda) hozirda talabalar xotin-qizlarga foizsiz ta’lim krediti beradi.
@alisher_sadullaev

Talabalar uchun #imkoniyat №1: kontrakt to‘lovini ish haqi yoki boshqa daromadlardan amalga oshirgan shaxslarning daromadi soliqqa tortilmaydi.
Mazkur imkoniyatdan 26 yoshga to‘lmagan farzandlari to‘lov-shartnoma asosida o‘qiydigan ota-onalar, 26 yoshga to‘lmagan turmush o‘rtog‘i shartnoma asosida o‘qiydigan shaxslar va yoshidan qatʼiy nazar daromad oluvchi (rasman ishlayotgan) talabalar foydalanishlari mumkin.
Ushbu imkoniyat o‘z mablag‘lari, jismoniy shaxsga tijorat banklari tomonidan berilgan taʼlim kreditlari va yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablag‘lar (ssudalar) hisobidan o‘qish uchun to‘lov amalga oshirilganda taqdim etiladi.
Hisoblaymiz: masalan, hali 26 yoshga to‘lmagan talabaning yillik to‘lov-kontrakti miqdori 10 mln so‘m. Uning otasi 5 mln so‘m oylik olsa va shu oyligidan farzandiga kontrakt to‘lasa, undan daromad solig‘i (12 foiz yoki 600 ming so‘m) olinmaydi. Shunda bu talabaning otasi 10 mln so‘m kontrakt to‘lasa, 1 200 000 so‘m yutadi.
Ota-onalar, talaba-yoshlar, kontrakt to‘layotganda mazkur imkoniyatdan foydalanganmisiz?

⚡️Yoshlar uchun #imkoniyat №2
Ijtimoiy tarmoqlar orqali davolanish uchun o‘tkazilayotgan turli xayriyalarni tez-tez uchratib turamiz. Mana shunday paytlarda davlat tomonidan eng og‘ir sharoitdagi yoshlarimizga moddiy yordam ko‘rsatib, ularning salomatligini tiklashida hamda ota-onasini qo‘llab-quvvatlashda ko‘mak berish uchun “Yoshlar daftari” tizimi orqali subsidiya ajratish tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda.
Bunda moddiy ahvoli og‘ir bo‘lgan 30 yoshdan oshmagan bemor fuqarolarga mamlakatda yoki xorijiy davlatlarda davolanish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash uchun BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda (hozirda 15 000 000 so‘m) subsidiya ajratiladi. Bugunga qadar mazkur tizimga ishonib, 2148 nafar yosh davolanish bilan bog‘liq xarajatlari uchun murojaat qilgan va bu hozirda 15,5 mlrd so‘mni tashkil qilmoqda.
Eng og‘ir sharoitdagi yoshlarimizning davolanishi uchun yordam berib, ularni qo‘llab-quvvatlaganimiz bizni ham xursand qiladi. 👉 Ushbu imkoniyatdan foydalanish uchun havola.

⚡️Yoshlar uchun #imkoniyat №5: “Talabaga madad”
“Talabaga madad” loyihasida mahallalardagi yoshlar yetakchisining tavsiyasi asosida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan talabalar to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, biroq BHMning 50 baravaridan oshmagan (hozirda 15 mln so‘m) miqdordagi qismi to‘lab beriladi.
Bu imkoniyat O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha oliy ta’lim tashkilotlari (davlat, nodavlat, xorijiy va xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining filiallarida) bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shaklida, magistraturaning kunduzgi yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalar uchun amal qiladi.
Bugungacha mazkur tizimi orqali 30 mingdan ortiq talabalarning kontrakti to‘lab berildi. Juda koʻplab bilimli, iqtidorli talabalarda kontrakt pullarini toʻlashda qiyinchiliklar bo‘lishi mumkin. Bu loyiha orqali esa barchaga birdek yordam berishga harakat qilamiz, ammo maqsadimiz iloji boricha eng ogʻir moliyaviy vaziyatdagi iqtidorli talabalarni qo’llab-quvvatlashdir.
“Yoshlar daftari”ga kirish uchun ortiqcha ovora bo‘lib yurish shart emas. Tizim raqamlashgan bo‘lib, https://yoshlardaftari.uz/ platformasi orqali onlayn ariza yuborishingiz yoki 24/7 faoliyat ko‘rsatadigan 1093 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

⚡️Yoshlar uchun #imkoniyat №9
Har yili 500 nafargacha nogironligi bo‘lgan yoshlarga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha (hozirda 15 mln so‘m) subsidiya ajratiladi. 2022-yil 1-avgustdan boshlab ularni zamonaviy kasblarga o‘qitish bo‘yicha 3 ta yangi imkoniyat ishga tushgan.
Barchasi elektronlashgan:
1. https://my.gov.uz/uz/service/628 — oʻqish xarajati uchun subsidiya ajratishga ariza yuborish;
2. https://my.gov.uz/uz/service/633 — asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratishga ariza yuborish;
3. https://my.gov.uz/uz/service/629 — oʻqish davrida yashash va transport xarajatlari uchun subsidiya ajratish uchun ariza yuborish.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#repost #ulashing #imkoniyat
⚡️Yoshlar ishlari agentligi Mohirdev.uz onlayn ta’lim platformasi bilan hamkorlikda IT sohasida bepul ta’lim olish va mukofot jamg‘armasi 200 million so‘mlik “MohirFest 2022“ga start bermoqda.
Festival davomida bepul onlayn ta’lim olish, shuningdek, eng yaxshi bitiruvchilar qatorida xakatonda ishtirok etish, final bosqichda esa yaxshigina mukofot g‘olibi bo‘lish mumkin. Festival 12-noyabrda boshlanadi.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun: mohirdev.uz/mohirfest

#imkoniyat
#magistraturaga_qabul
⚡️Magistraturaga qabul bo‘yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun imkoniyat berilmoqda
2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul bo‘yicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlarning arizalari ko‘rib chiqildi.
Arizalarni ko‘rib chiqish natijasida ko‘plab murojaatlar turli sabablarga ko‘ra (tanlangan mutaxassislik bitiruvchining ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mos yoki turdosh emasligi, so‘ralgan hujjat o‘rniga boshqasi yuklangan yoki to‘liq yuklanmagan, hujjatlar sifatsizligi va b.) rad etilgan.
Shuni inobatga olib, davlat oliygohlari magistraturasiga o‘qishga kirish uchun onlayn ariza yuborgan, lekin arizasi rad etilgan talabgorlarga 9–10-avgust kunlari arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati yaratildi.
Rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun 10-avgust kuni soat 18:00 ga qadar so‘nggi imkoniyat beriladi.
Ushbu muddatdan so‘ng tahrirlashga yo‘l qo‘yilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
Shuni alohida ta’kidlaymizki, xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikati talab darajasida bo‘lmaganligi sababli rad etilgan arizalarni tahrirlash tavsiya etilmaydi, mazkur holda qayta tahrirlangan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube