Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
7.98K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
461 files
3.57K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
⚡️⚡️Hurmatli institut professor-o'qituvchilari ma'lum soatdan keyin ilmiy-amaliy onlayn konferensiyaga start beriladi.

🔸 TOSHKENT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTNING 30 YILLIGIGA BAG'ISHLANADI

Mavzu: “Nofilologik oliy o‘quv yurtlarida xorijiy tillarni o‘qitishda darslik, o‘quv qo‘llanmalar yaratishda innovatsion yondashuvlar”

(Innovative approaches to the creation of textbooks, manuals for teaching foreign languages in non-philological universities)

https://us02web.zoom.us/j/86881312132?pwd=T1NMQXhjaC9xYnhONSt2N01oZ3F1Zz09

#onlayn #konferensiya
@taqi_uz
⚡️⚡️ TOSHKENT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTNING 30 YILLIGIGA BAG'ISHLANGAN
ilmiy-amaliy onlayn konferensiya o'z ishini boshladi.

🔸 Mavzu: “Nofilologik oliy o‘quv yurtlarida xorijiy tillarni o‘qitishda darslik, o‘quv qo‘llanmalar yaratishda innovatsion yondashuvlar”

🔸 (Innovative approaches to the creation of textbooks, manuals for teaching foreign languages in non-philological universities)

🔸 Buyuk Britaniyaning Norvich universiteti professori Rod Bolayto tomonidan qiziqarli ma'lumotlar berilmoqda va ayni daqiqalarda 100 dan ortiq ishtirokchilar faol qatnashmoqda. Ular nifolologik oliy o'quv yurtlarida ingliz tilida darsliklar yaratishning interfaol metodlari va savol javoblarni tinglashmoqda.

🔸 Konferensiya "Xorijiy tillar"kafedrasi tomonidan tashkil etildi.

🔸 Bizni kuzatishda davom eting mavzuga batafsil qaytamiz.

https://us02web.zoom.us/j/86881312132?pwd=T1NMQXhjaC9xYnhONSt2N01oZ3F1Zz09

#onlayn #konferensiya
@taqi_uz
⚡️⚡️ Toshkent arxitektura-qurilish institutining arxitektura fakulteti 21-apreldan 14 kunga onlayn ta'limga o'tkazildi.

#onlayn
@taqi_uz
⚡️⚡️Ayni daqiqalarda Toshkent arxitektura-qurilish institutining 30 yilligi munosabati bilan Xalqaro onlayn konferensiya bo'lib o'tmoqda.

🔸 Konferensiyada Germaniyaning Anxalt amaliy fanlar universiteti prorektori Rudolf Lyukmann, shu universitet professori Klaudiya Xenrix, Turkiyaning Yeditepe universiteti professori, arxitektor Ayshe Gulchin Kuchukaya, Koreyaning Adju universiteti professori, arxitektor Kyungrai Kim, Polshaning Belostok texnika universiteti professori Gurinovich Anatoliy Dmitrievich hamda O'zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Ta'lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig'i Azamiddin Quldoshev va Toshkent arxitektura-qurilish instituti rektori Ravshan Hakimov o'z ma'ruzalari va tabriklari bilan ishtirok etmoqda.

#konferensiya #onlayn #30yil
@taqi_uz
⚡️ Абитуриентларни онлайн рўйхатга олиш бошланди

🖥 2021/2022 ўқув йили учун ОТМнинг бакалавриат таълим йўналишларига абитуриентларни онлайн рўйхатга олиш бошланди.

Бунда абитуриентлар:

🔸 телефон рақамини авторизациядан ўтказиб, паспорт маълумотлари, доимий яшаш манзили ва тугатган таълим муассасаси бўйича маълумотларни киритиши;
🔸 имтиёзлари мавжуд бўлса, уларни текширишлари;
🔸 чет тилидан миллий ёки халқаро сертификатга эга бўлса, сертификат маълумотларини киритиши керак.

❗️Таълим йўналишларини эса 2021-2022-ўқув йили учун ОТМга ўқишга қабул қилишнинг давлат буюртмаси параметрлари белгиланиб, тиллар кесимида тасдиқланганидан сўнг танлаш мумкин бўлади.

🌐 Рўйхатга олиш Давлат тест марказининг my.dtm.uz сайти ва Ягона интерактив давлат хизматлари портали (my.gov.uz) орқали амалга оширилади.

Абитуриентларни рўйхатдан ўтказиш 20 июлга қадар (20 июль куни ҳам) давом этади ҳамда улар ушбу муддатга қадар ўз маълумотларини ўзгартиришлари, чет тилидан миллий ёки халқаро сертификатга эга бўладиган бўлса, сертификат маълумотларини киритишлари мумкин.

📌 2021/2022 ўқув йилидан абитуриентларни ОТМга ўқишга қабул қилишдаги айрим ўзгаришлар билан қуйидаги ҳаволалар орқали батафсил танишиш мумкин:
● 1-қисм;
● 2-қисм;
● 3-қисм;
● 4-қисм.

Барча абитуриентларга омад ва муваффақият тилаймиз!

#qabul #onlayn
@taqi_uz
Forwarded from Edu.uz
#Onlayn_olimpiada

⚡️“Moliyaviy savodxon yosh iste’molchi” onlayn olimpiadasiga start berildi

♻️ 15-mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni munosabati bilan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorlikda oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Moliyaviy savodxon yosh iste’molchi” onlayn olimpiadasi o‘tkazilayotganini e’lon qiladi.

➡️Tanlov ikki bosqichda bo‘lib o‘tadi:

1️⃣-bosqich 6-mart kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining olimpiada.edu.uz elektron plaformasi orqali ro‘yxatdan o‘tgan talabalar o‘rtasida test savollari;

2️⃣-bosqich 10-mart kuni test natijalaridan saralab olingan 30 nafar talaba bilan onlayn savol-javob tarzida amalga oshiriladi.

💻 G‘oliblarni qimmatbaho sovg‘alar kutmoqda.

🌐 Batafsil ma’lumot
📞 71-207-47-00 (321)

〰️〰️〰️

⚡️ Дан старт онлайн-олимпиаде «Финансово грамотный молодой потребитель»

♻️ По случаю Всемирного дня защиты прав потребителей, который ежегодно отмечается 15 марта, Комитет по развитию конкуренции и защите прав потребителей, Министерство высшего образования, науки и инноваций объявляют о проведении онлайн-олимпиады «Финансово грамотной молодой потребитель».

➡️Конкурс пройдет в два этапа:

➡️На 1-этапе 6 марта тестовое испытание среди студентов, зарегистрированных через электронную платформу Министерства высшего образования, науки и инноваций olimpiada.edu.uz;

➡️На 2-этапе 10 марта состоится онлайн-сессия вопросов и ответов с участием 30 студентов, отобранных по результатам тестирования.

💻 Победителей ждут ценные призы.

🌐 Подробная информация
📞 71-207-47-00 (321)

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📹 #ONLAYN

🏘 Ayni daqiqalarda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti hamda Yoshlar parlamenti hamkorligida oʻtkazilayotgan “Yoshlar arxitektura forumi” start oldi.

Forum doirasida yosh, unib kelayotgan boʻlajak arxitektorlarga sohadagi yangi islohotlar xususan, me’morchilikning eng nozik sirlari boʻyicha atroflicha tushuncha berish, yosh-avlodning qurilish sohasini rivojlantirishga boʻlgan qiziqishini uygʻotish nazarda tutilgan.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram|
📹 #ONLAYN

😇Forum avvalida Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri o'rinbosari Toir Alimatov so'zga chiqib, bugun yurtimizda qurilish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yangiliklar xususida to'xtaldi. Jadal rivoj topib borayotgan qurilish industriyasi soha vakillari zimmasiga katta vazifalarni qo‘yayotgani, bu jarayonda tabiiyki, ilmni amaliyotga integratsiya qilish muhim ahamiyat kasb etishi ta'kidlandi.

🥰 Kun sayin o‘ziga xos megapolis qiyofasiga kirib borayotgan shahar va qishloqlarimiz, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari rivojida qalbi shijoatga to‘la sizdek yoshlarning fikri, yangicha qarashlari biz uchun muhim. Ana shunday paytda beixtiyor tanlagan kasbimizdan faxr-iftixor tuyg‘usini his qilamiz. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining eshiklari sizdek g‘ayratli va izlanuvchan yoshlar uchun hamisha ochiq. Keling! O‘rganing! Yangi O‘zbekistonni sizdek navqiron yoshlar bilan birga qurishdan mamnunmiz.
Bugun zamonaviy talablar asosida qurib foydalanishga topshirilgan yangi o‘quv binosi va unda ta'lim olayotgan sizdek yoshlarni ko‘rib havas qildik. Albatta buning zamirida muhtaram Prezidentimizning yoshlarga qaratayotgan e'tibori va bu boradagi siyosiy irodasi mujassam desak ayni haqiqat bo‘ladi
, - deya ta'kidladi Toir Alimatov.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram|
📹 #ONLAYN

📍 Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalariga
vazirlikning Arxitektura va shaharsozlikni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Jahongir Anvarov sohadagi tajribasi, yaxshi mutaxassis boʻlishda e’tibor berish lozim boʻlgan jihatlar haqida soʻzlab berdi.

- Qurilish va arxitektura sohasini chuqur oʻrganish nazariy bilimlar bilan bir qatorda, amaliyotga ham katta e’tibor qaratishni talab etadi. Chunki biz qurgan binolar odamlar uchun xavfsiz, qulay sharoit yaratishi, shu bilan birgalikda zamonaviy qiyofa kasb etishi zarur. Men ushbu tizimda ustoz-shogird an’anasiga alohida e’tibor qaratish lozim, deb hisoblayman. Zero, bizning ajdodlarimiz bunyodkorligi butun duyoga mashhur. Biz ushbu an’analarni yoʻqotmasligimiz kerak, - dedi Jahongir Anvarov.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram|
📹 #ONLAYN

Ochiq va samimiy ruhda kechgan forum davomida Toshkent arxitektura-qurilish universitetining talabalari shaharsozlik sohasiga oid o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan mas'ullarga yuzlandilar.


Xususan, talabalar uchun chet elda malaka oshirish kurslarini tashkil etish, yoshlar o'rtasida turli loyiha tanlovlarini tashkillashtirishni yana kuchaytirish, bugunga kelib xususiy sektor vakillari tomonidan qurilayotgan obyektlarda sifat nazoratining qay darajada ekani, qurilishga jalb etilayotgan energotejamkor va yengil qurilish materiallarining afzalliklari xususidagi savollar shular sirasidandir. Mas'ullar tomonidan har bir savol va takliflarga batafsil javob berildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram|
#ONLAYN

📹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli “Ma’muriy islohotlar doirasida qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan qurilish va kommunal sohada
normativ hujjatlarni takomillashtirish hamda ularning fondini yaratish vazifasi yuklatilgan.

Shunga ko‘ra ayni damda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida “Shaharsozlikdagi dolzarb masalalar: Kelajakka nigoh” mavzusida seminar tashkil etilmoqda.

Unda vazir o‘rinbosari D.Adilov boshchiligida vazirlik mas'ullari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi xodimlari, Texnik me'yorlash va standartlashtirish ilmiy tadqiqot institutidan malakali mutaxassislar hamda boshqa tizim tashkilotlaridan mutasaddilar ishtirok etishmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ONLAYN

📹 Seminarda aytib o‘tilganidek, yurtboshimiz islohotlarini izchil davom ettirish maqsadida vazirlik huzuridagi har bir tizim tashkiloti 2024-yilda oldindan strategiyasini belgilashi va oʻz yoʻnalishi boʻyicha samaradorlik koʻrsatkichlarini aniqlab olishi, qurilish normalari boʻyicha amaldagi muammolarni oʻrganishi, iqtisodiy va ijtimoiy, ekspluatatsiya hamda xavfsizlik jihatdan samaradorlikka erishishni inobatga olgan holda xalqaro standartlarni uygʻunlashtirish rejalarini ishlab chiqishi lozim.

Bunda dastlab joriy yilda rejalashtirilgan 40 dan ortiq normativ va standartlarni iqtisodiy hamda ijtimoiy samaradorligini baholashlari hamda natijasiga koʻra ularni yangilash boʻyicha qaror qabul qilishi, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishni, xalqaro tajriba asosida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlari yaxshilanishi nuqtai nazaridan koʻrib chiqishi, bu orqali ajratilgan mablagʻlarni maqsadli va samarali ishlatilishi, Bosh rejalar, master rejalarning ishlab chiqish sifati yuqori darajada boʻlishi talab etiladi.

🔴 Seminar malakali mutaxassislarning sohaga oid taqdimotlari bilan davom etmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟥#ONLAYN

✔️ Ayni damda “Mahalla” telekanalida “Minbar” koʻrsatuvi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi mas'ullari hamda Toshkent arxitektura-qurulish universiteti professor -o'qituvchilari va talabalari ishtirok etishyapti.

TAQU matbuot xizmati:
🌐 Sayt
🌐 Telegram
🌐 Instagram
🌐 Facebook