Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
7.98K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
461 files
3.57K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
Hurmatli abituriyentlar!

2021-2022 o’quv yili qabuli uchun Toshkent Arxitektura-Qurilish Institutida xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan xamkorlikda qo’shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash bo’yicha to’lov-kontrakt asosida
qabul ko’rsatkichlari tasdiqlandi.

Ushbu sahifada joriy yil uchun qabul kvotalari keltirilgan: http://taqi.uz/main/2421-qoshma-talim-dasturlari-boyicha-qabul-kvotalari-2021-2022.html

☝️Foydali havolalar:
-
Batafsil ma'lumot
- Onlayn hujjat topshirish formasi: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdm26hS3MsROqsmi43zSEVYyUzdpdeS5nu3h80FgTqdRURClg/viewform

Toshkent Arxitektura-Qurilish Instituti va undagi qabul jarayonlariga doir ishonchli ma'lumotlarni bizda kuzatib boring!

#abituriyent #qabul #qoshma_talim
Facebook | Instagram | Youtube
@taqi_uz
#Qabul_2021

Ikkinchi mutaxassislik uchun hujjatlar 25 sentyabrga qadar qabul qilinadi

2021/2022-o‘quv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlardan hujjat qabul qilish ikkinchitalim.edu.uz sayti orqali joriy yilning 25 sentyabr kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi.

@taqi_uz
#Qabul_2022

⚡️ Abituriyentlarni onlayn ro'yxatga olish boshlandi

🖥
2022/2023-o'quv yili uchun oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro'yxatga olish boshlandi.

Ro'yxatdan o'tkazish 20-iyundan 20-iyulgacha (20-iyul kuni ham) davom etadi.

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o'tkaziladigan bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga onlayn ro'yxatga olish esa 10-iyulgacha (10-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

🌐 Ro'yxatga olish DTMning rasmiy veb-sayti – my.dtm.uz hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali onlayn amalga oshiriladi.

Abituriyentlar fanlar majmuasi hamda ketma-ketligi bir xil bo'lgan 5 tagacha bakalavriat ta'lim yo'nalishi bo'yicha tanlovda ishtirok etishi mumkin.

⚠️ Ta'lim yo'nalishlarini esa 2022/2023-o'quv yili uchun qabul parametrlarining ta'lim tillari bo'yicha taqsimoti tasdiqlanganidan so'ng tanlash mumkin bo'ladi.

🔗 2022/2023-o'quv yili uchun o'qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari bilan bu yerda batafsil tanishing.

Barcha abituriyentlarga omad va muvaffaqiyat tilaymiz!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Abituriyentlar diqqatiga!

🔔To'rt 4 (5) yil ichida ikkita diplom olish imkoniyatini qo'ldan boy bermang!

Toshkent arxitektura-qurilish instituti (TAQI) Belarus Milliy texnika universiteti (BMTU), Qozon arxitektura-qurilish universiteti (QDAQU) Rossiya, Bialistok texnologiya universiteti (BTU) Polsha va Anhalt universiteti Germaniya bilan hamkorlikda bakalavriat yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo'yicha hujjatlar qabul qilishni e'lon qiladi.

👨‍💼👩‍💼Bakalavriat (kunduzgi): (2+2) (2+3)
-60730100 Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (turlari bo'yicha)
-60730100 Qiymat injiringi va ko'chmas mulk ekspertizasi
-60730100 Arxitektura
-60722500 Geodeziya, kartografiya va kadastr (funksiyalar bo'yicha)
-60310100 Iqtisodiyot (qurilish)
-60730900 Gidrotexnika qurilishi
-60730700 Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish
👨‍🎓👩‍🎓Magistratura: (1+1)
-70210401 Dizayn (me'moriy muhit)
-70730101 Bino va inshootlar arxitekturasi
-70730301 Bino va inshootlar qurilishi
-70722701 Geodeziya, kartografiya (funksiyalar bo'yicha)
-70730102 Arxitektura nazariyasi va tarixi, arxitektura yodgorliklarini tiklash
-70730401 Bino va muhandislik inshootlari konstruksiyalari
- Atrof muhit muhandisligi (suv ta'minoti va kanalizatsiya).

O'qishni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar TAQI hamda BMTU, QDAQU, BTU va Anhalt universitetlaridan birining ikkita diplomini olishadi.
💵O’qish pullik shartnoma asosida amalga oshiriladi.

🌐 Hujjatlar topshirish uchun havola:

http://2020.tiace.uz/qabul/create

📱Batafsil ma'lumot uchun:
(93) 565 04 03
#qabul
@taqi_uz
#Qabul_2022|#Magistratura

⚡️
Magistraturaga qabul boshlandi

▶️ 2022-yil 1-iyuldan respublika OTM magistratura mutaxassisliklariga qabul qilish uchun hujjatlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish jarayoni boshlandi.

✔️ 2022/2023-oʻquv yili uchun davlat OTMning magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy http://magistr.edu.uz veb-sayti orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

❗️Eslatib oʻtamiz, 2022/2023-oʻquv yilidan boshlab magistraturaga qabul abituriyentning bakalavriat diplom bali oʻrtacha koʻrsatkichi hamda xorijiy tilni bilish darajasi boʻyicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikat bali asosida, ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Qoʻshimcha imtihon oʻtkazilmaydi.

➡️Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklari hamda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga tanlovlarda milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin boʻladi.

👉@eduuz
📣📣 DIQQAT E'LON 📣📣

Abituriyentlar diqqatiga!

🔔To'rt 4 (5) yil ichida ikkita diplom olish imkoniyatini qo'ldan boy bermang!

Toshkent arxitektura-qurilish instituti (TAQI) Belarus Milliy texnika universiteti (BMTU), Qozon arxitektura-qurilish universiteti (QDAQU) Rossiya, Bialistok texnologiya universiteti (BTU) Polsha va Anhalt universiteti Germaniya bilan hamkorlikda bakalavriat yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo'yicha hujjatlar qabul qilishni e'lon qiladi.

👨‍💼👩‍💼Bakalavriat (kunduzgi): (2+2) (2+3)
-60730100 Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (turlari bo'yicha)
-60730100 Qiymat injiringi va ko'chmas mulk ekspertizasi
-60730100 Arxitektura
-60722500 Geodeziya, kartografiya va kadastr (funksiyalar bo'yicha)
-60310100 Iqtisodiyot (qurilish)
-60730900 Gidrotexnika qurilishi
-60730700 Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish
👨‍🎓👩‍🎓Magistratura: (1+1)
-70210401 Dizayn (me'moriy muhit)
-70730101 Bino va inshootlar arxitekturasi
-70730301 Bino va inshootlar qurilishi
-70722701 Geodeziya, kartografiya (funksiyalar bo'yicha)
-70730102 Arxitektura nazariyasi va tarixi, arxitektura yodgorliklarini tiklash
-70730401 Bino va muhandislik inshootlari konstruksiyalari
- Atrof muhit muhandisligi (suv ta'minoti va kanalizatsiya).

O'qishni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar TAQI hamda BMTU, QDAQU, BTU va Anhalt universitetlaridan birining ikkita diplomini olishadi.
💵O’qish pullik shartnoma asosida amalga oshiriladi.

🌐 Hujjatlar topshirish uchun havola:

http://2020.tiace.uz/qabul/create

📱Batafsil ma'lumot uchun:
93-565-04-03
#qabul
@taqi_uz
#Qabul_2022

❗️Bugundan abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

2022-2023-o'quv yili
da OTMning bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga o'qishga kirish uchun onlayn ro'yxatdan o'tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.

➡️ Abituriyentlar test sinovlarida qatnashish uchun mazkur ruxsatnomani my.dtm.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishi mumkin.

🔰Ruxsatnomani DTMning quyidagi maxsus telegram botlari orqali ham yuklab olish imkoniyati mavjud:

▫️ @e_dtm_mandatbot
▫️ @e_dtm_mandat1bot
▫️ @e_dtm_mandat2bot
▫️ @e_dtm_mandat3bot
▫️ @e_dtm_mandat4bot

🗓 Eslatib o'tamiz, test sinovlari 8-avgustdan boshlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qabul_2022

⚡️ Bugundan abituriyentlar uchun test imtihonlari boshlandi

📆 Test sinovlari 20-avgustga qadar ikki smenada:

1️⃣-smena — 07:00 dan 10:00 ga qadar;
2️⃣-smena — 19:00 dan 22:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

📌 Eslatma: Abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga test sinovi boshlanishidan kamida 1 soat oldin pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari hamda

1️⃣-smenada 06:30 ga qadar;
2️⃣-smenada 18:30 ga qadar tekshiruvlardan o‘tgan holda o‘z joyiga joylashgan bo‘lishlari lozim.

❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.

📹 Test sinovlarini abituriyentlar hamda ularning ota-onalari test2022.uz sayti va “Viasat Explore” telekanali orqali onlayn kuzatib borishlari mumkin.

👉@eduuz
#Qabul_2022

Davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat komissiyasi qarori bilan Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan fuqarolarni sirtqi va kechki taʼlim shakliga suhbat natijalariga koʻra tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish uchun tavsiya etish huquqiga ega boʻlgan vazirlik, idora va yirik birlashmalari roʻyxati tasdiqlandi.

Bunda, roʻyxatda keltirilgan tashkilotlar tavsiyanomasiga ega boʻlgan talabgorlar 2022-yil 8-avgustdan 22-avgustgacha (shu kuni ham) Davlat test markazining maxsus elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtkaziladi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
⚡️Xorijiy OTMdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ijodiy imtihonlar 2022-yil 22-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

🔰2022/2023-o‘quv yilida xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy o‘quv yurtlarining alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda.

➡️ Toshkent arxitektura-qurilish institutiga xorijiy OTMdan o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha ijodiy imtihonlar 2022-yil 22-avgust kuni soat 9:00da Arxitektura fakultetida boshlanadi.

#qabul
@taqi_uz