Ehtimol, dunyoning bu chetida turib bir odam aytgan qo‘shiqni dunyoning narigi chekkasidagi boshqa bir odam tushunmas. Ehtimol, dunyoning bu chekkasida turib bir odam aytgan eng oqilona fikrni dunyoning narigi chekkasidagi boshqa bir odam tushunmas. Biroq dunyoning bu chekkasida turib ona aytgan allaga dunyoning narigi chekkasidagi go‘dak bemalol orom oladi. Nega shunaqa? Nahotki, go‘dak tushungan narsaga biz tushunmasak? Ehtimol, buning boisi boshqa joydadir. Ehtimol ona tushungan narsani bizlar tushunmasmiz. Balki shuning uchun ham ona – tabiatning eng buyuk ixtirosidir.
📖 O'tkir Hoshimov "Dunyoning ishlari"
#mulohaza #tavsiya #kitob
@taqi_uz
📖 O'tkir Hoshimov "Dunyoning ishlari"
#mulohaza #tavsiya #kitob
@taqi_uz
"... O'rus ichimizdan chiqadirg'an fitna-fasodni kutib, darbozamiz tegida qo'r to'kib yotibdir. Shunday mahshar kabi bir kunda biz chin yovg'a beradirgan kuchimizni o'z qo'limiz bilan o'ldirsak, sen falon deb qirilishsaq holimiz nima bo'ladir. Bu to'g'rida ham fikr qilg'uchimiz bormi? ..."
Abdulla Qodiriy - "O'tkan kunlar"
#mulohaza #tavsiya #kitob #iqtibos
@taqi_uz
Abdulla Qodiriy - "O'tkan kunlar"
#mulohaza #tavsiya #kitob #iqtibos
@taqi_uz
Yusufbek hoji: "... Ittifoqni ne el ekanini bilmagan, yolg‘iz o‘z manfaati shaxsiyasi yo‘lida bir-birini yeb, ichkan mansabparast, dunyoparast va shuhratparast muttahamlar Turkiston tuprog‘idan yo‘qolmay turib, bizning odam bo‘lishimizg‘a aqlim yetmay qoldi. Biz shu holda ketadirgan, bir-birimizning tegimizga suv quyadirg‘an bo‘lsaq yaqindirki, o‘rus istibdodi o‘zining iflos oyog‘i bilan Turkistonimizni bulg‘atar va biz bo‘lsaq o‘z qo‘limiz bilan kelgusi naslimizning bo‘ynig‘a o‘rus bo‘yindirig‘ini kiydirgan bo‘larmiz. O‘z naslini o‘z qo‘li bilan kofir qo‘lig‘a tutqin qilib topshirquchi — biz ko‘r va aqlsiz otalarg‘a xudoning la’nati albatta tushar, o‘g‘lim! ..."
Abdulla Qodiriy - "O'tkan kunlar"
#mulohaza #tavsiya #kitob #iqtibos
@taqi_uz
Abdulla Qodiriy - "O'tkan kunlar"
#mulohaza #tavsiya #kitob #iqtibos
@taqi_uz
Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...
Hozirgi kunda deyarli hamma sohada kompyuterda ishlashni bilish talab qilinadi. Kompyuterda tez va samarali ishlay oladigan xodim hamma joyda qadrlanadi. Chunki bunday xodim bilan ish samarasi oshadi, topshiriqlar qisqa fursatda, osongina bajariladi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, idorada ishlaydigan oddiygina xodim bir daqiqada 200 tagacha belgini bosa olish tezligiga ega ekan. Demak, ozgina mashq qilinsa, bu miqdorni 300-400 tagacha ham yetkazish mumkin. Qanday qilib, deysizmi? Ushbu maqolada, xuddi “mashinkadek” tez harf terishni o‘rgatamiz.
1️⃣ Tez va bexato harf terish klaviaturaning turiga ham bog‘liq
2️⃣ Qo‘llarni klaviatura yuzasiga to‘g‘ri joylashtirish ham harf terishni osonlashtiradi
3️⃣ Qancha tez eslab qolinsa, shuncha tez yoziladi
...
#maqola #foydali #tavsiya
Mundarija| 🏬 | ☝️ | 🎁 | 🗳 | 📚 | 🤖

“O’zbek ishi”
Osmon baravar plan berdilar.
- Bajarasan!-dedilar.
- Bajarolmayman,-dedi.
- Bajarasan!!- dedilar.
- Bajarmayman!!-dedi.
- Qamalasan!!! - dedilar.
Bajardi… Bola-chaqasi ko’p edi…
Orden berdilar... Planni oshirib bajargani uchun...
Keyin… qamadilar… Qo’shib yozgani uchun… Bola-chaqasi ko’p edi…
📖 O'tkir Hoshimov "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"
#mulohaza #tavsiya #kitob
🔽 Kitob: APK | PDF | MP3

Tomsuvoq
Qishloqda kuz pallasi tomsuvoq qilish udumi bo’lardi. Uning yozilmagan qoidasi bor. Birinchidan, hech kim tomini yolg’iz o’zi suvamaydi: hamma hasharga keladi. Ikkinchidan: beva-bechora, qo’li qisqa xonadonning uyi eng avval tomsuvoq qilinadi.keyin, navbatma-navbat davom etaveradi…
O’qituvchimizning hashariga ayniqsa ko’p odam yig’ildi. Uyi katta yo’l yoqasida edi. Shundoq ko’cha chetidan loyhandaq qazilgan ekan. Somon, katta yo’lning ko’pchib yotgan tuprog’iga qovushib, obdon yumshabdi. O’qituvchimizning Azim aka degan qo’shnisi ishboshi bo’ldi. Birov handaqqa tushib loy soberib turdi, birov paqirlab loy tashiydi, yana birov tomda turib, ilgak bilan tortib oladi, boshqasi hafsala bilan suvaydi…
Erta peshindayoq hamma ishni qoyil qilib tashladik. Hovli o’rtasidagi tut tagida ovqatlanib o’tirsak, o’qituvchimning keksa onasi kelib qoldi. (Keyin eshitsak, bir hafta avval ko’zi yorigan qizinikiga ketgan ekan).
Kampir hassasini do’qqillatib, to’ppa-to’g’ri o’qituvchimizning oldiga bordi.
- Nima qilding?- dedi o’g’lining salomiga alik ham olmay.- Nima ish qilib qo’yding?!
Hammamiz hayron bo’lib qoldik. Muallim o’quvchilarining oldida ayniqsa mulzam bo’ldi, shekilli, qizarib ketdi.
- Nima qipman, oyi?-dedi ko’zlarini pirpiratib.
-Dard!-kampir hassasi bilan yerninuqidi.- Sanga qachon aql kiradi, nodon bola!- Keyin Azim akaga yuzlandi.- Bu-ku ahmoqlik qilishga qipti, siz qayoqda edingiz? Nega ko’chadan loy qildilaring?! Ko’chaning tuprog’iga tegib bo’ladimi, nobakor! Ko’pchilikning
haqi-ku bu!- Bir zum harsillab turdi-da, to’satdan yig’lab yubordi.- Man yurtning haqiga suvalgan tom tagida turmayman!- Shunday dedi-yu, supa labiga borib, ters o’tirib oldi…
… Hammamiz qaytadan tomga chiqdik… Suvoq qilishdan ko’ra loyni ko’chirish qiyin bo’larkan. Bitta qoldirmay, qirtishlab, tomdan tushirdik. Paqirlab tashib, ko’chadagi loyhandaqni to’ldirib qo’ydik…
… Oradan yillar o’tib, kampir ko’z yumganida tumonat odam uni o’sha ko’chadan so’nggi manziliga ko’tarib bordi…
Ko’cha tuprog’i iliq edi… Mayin edi…
PS:

Ayrim "davlatnikiku, kamayib qolarmidi", "seni puling ketganmi", ... deya xalq/davlat mulkini talon-taroj qiladigan(xaromdan qaytmaydigan)lar ibrat olsa bo'ladigan voqea ekan. Davlat mulkida millionlab insonlar haqqi bo'ladi, javobgarligi og'ir!!!
📖 O'tkir Hoshimov "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"#mulohaza #tavsiya #kitob
🔽 Kitob: APK | PDF | MP3
@taqi_uz
Qanday sovg‘a olishga boshingiz qotyaptimi? Ushbu maslahatlarga quloq tuting
8-mart yaqinlashgani sari yigitlar boshi berk ko‘chaga kirib qolishadi. Xonimlarga sovg‘a tanlash unchalik ham oson ish emas. Quyida rafiqasi, sevgan qizi hamda opa-singillarini quvontirish istagida yurganlar uchun maxsus tavsiyalarimiz:
1️⃣ Taqinchoqlar – eng zo‘r tanlov! Tilla, kumush hamda olmos taqinchoqlar nozik xilqat vakillariga juda yoqib tushadi. Bu aniq. Agar mablag‘ingiz yetarli bo‘lsa, darhol zargarlik do‘koniga yuguring. ...
2️⃣ Aqlli qizlar uchun sovg‘a. Zamonaviy ayollar faqatgina to‘qish va kulinariyaga qiziqibgina qolmaydi. Ular elektronika va mobil texnikaning barcha imkoniyatlaridan unumli foydalanadi. Har bir qiz yoki ayol 8-martga yangi planshet, elektron kitob yoki mobil telefon olsa, juda xursand bo‘ladi. ...
...
#maqola #foydali #tavsiya
Videodarslar| 🏬 | ☝️ | 🎁 | 🗳 | 📚 | 🤖

📣 Hurmatli kanalimiz a'zolari, talabalar!
"Har yomonning bir yaxshisi" degandek ushbu yoqimsiz karantin davrini ham foydali tarzda o'tkazish uchun sizlarga ba'zi tavsiyalarni bermoqchimiz.
Shunday qilib, karantin paytida quyidagi kabi ishlar bilan shug'ullanib vaqtingizni mazmunli o'tkazish mumkin:
1️⃣ Yangi bilimlarni o'zlashtirish - o'qiyotgan sohangizga doir yangi bilimlarni o'zlashtirishingiz, o'z ustingizda ishlab kasbiy mahoratingizni oshirishingiz mumkin.
2️⃣ Til o'rganish - yangi til o'rganishingiz yoki muayyan til bo'yicha bilimlaringizni mustahkamlashingiz mumkin. Bu borada sizga Duolingo (ANDROID, iOS) va Bilimdon (ANDROID) kabi dasturlar asqotadi.
3️⃣ Frilans ishlash - agar aniq bir soha (arxitektorlik, dizaynerlik, video-fotomontaj, ...) ustasi bo'lsangiz masofadan ishlashingiz mumkin. Ish topishda quyidagi telegram kanallar: @UstozShogird, @uzdesignfind, @uzdev_jobs, FreelancerUz, ... va ushbu saytlar: olx.uz/rabota, hh.uz, rabota.uz, ... ning foydasi tegishi mumkin.
4️⃣ Dasturlashni o'rganish - muayyan dasturlash tili (Python, C++, JAVA, ...) ni yoki web dasturlash (web-design, front-end, back-end) ni o'rganishingiz mumkin. Boshlang'ich darajada o'rganguningizcha karantin ham tugaydi, InshaAlloh!
5️⃣ Kitob o'qish - Elektron kitoblarni ushbu resurslardan topib o'qishingiz, tinglashingiz mumkin: http://n.ziyouz.com/kutubxona, e-hilolnashr.uz, asaxiy.uz, kitobxonuz, ...
☝️Aytgancha, o'qish va o'rganish jarayonida nimanidir tushunmasangiz shu zahoti Google va Yandex amakilardan bu haqda so'rang, YouTubedan qidiring, 99% holatda javob topasiz (
Xullas, vaqtingizni mazmunli o'tkazing, qobiliyatlaringizni isrof qilmang qayoqdagi turk, koreys seriallarini ko'rib.
#tavsiya #karantin #maqola

agar rus yoki ingliz tilini hech bo'lmasa 4 ga bilsangiz
😉).Xullas, vaqtingizni mazmunli o'tkazing, qobiliyatlaringizni isrof qilmang qayoqdagi turk, koreys seriallarini ko'rib.
#tavsiya #karantin #maqola
Videodarslar| 🏬 | ☝️ | 🎁 | 🗳 | 📚 | 🤖
@taqi_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎞 O'ylaymanki siz o'zingizga "Internetda qanday pul ishlash mumkin" degan savolni bergansiz. Bu video internetdagi firibgarlar haqida:
🎬 YouTubeda ko'rish
#rolik #foydali #tavsiya
Videodarslar|YouTube kanal
Kanalga qo'shilish 👉 @taqi_uz
1xbet, 1xstavka, Telegram tarmog'idagi pul to'lovchi guruhlar, pul tikishlar, kapperlar va spam&scam haqida.
Bularning barchasi yolg'on, loxotron va ular firibgarlar tomonidan sizni aldash uchun uyushtiriladi. Odatda firibgarlar sizga internetda pul ishlash yoki internetda pul ishlash yo'llari haqida shirin ertaklar aytib aldashadi.🎬 YouTubeda ko'rish
#rolik #foydali #tavsiya
Videodarslar|YouTube kanal
Kanalga qo'shilish 👉 @taqi_uz
📣 Abituriyentlar diqqatiga:
Imtihonga kirish uchun ruxsatnomani abituriyentlar abitur.dtm.uz dagi shaxsiy kabinetidan yoki quyidagi manzildan yuklab olishlari mumkin: https://abitur.dtm.uz/allow
Dizaynga topshirganlar esa mana bunga ko'z yugurtiringlar: https://t.me/taqi_uz/3199
☝️ Aytgancha, imtihon bo'ladigan kuni pasport bilan kelishni unutmang!
🔔 Talabalar va abituriyentlarga ushbu kanallarni kuzatib borishni tavsiya qilamiz:
@rasmiydtm - Davlat test markazi rasmiy kanali (boshqa kanallar DTM niki emas), kirish imtihonlariga doir yangiliklar berib boriladi.
@eduuz - Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi kanali, talabalar va abituriyentlar uchun muhim yangiliklar beriladi.
@Xushnudbek - Huquqshunos Xushnud Xudoyberdiyev qonunchilikdagi yangiliklarni ommaga tushunarli qilib sharhlab boradi (abituriyentlar va talabalarga doir yangiliklarni ham).
@otm_info - Oliy ta'lim yangiliklari.
✅ Va albatta Toshkent Arxitektura-Qurilish Instituti va undagi qabul jarayonlariga doir ishonchli ma'lumotlarni bizda kuzatib boring: @taqi_uz
#abituriyent #tavsiya #eslatma
Abituriyent | Videodarslar | Bot

"Kiyimiga qarab kutib olinadi, muomalasiga qarab kuzatiladi!"
Yuqoridagi sarlavhani XXI asr variantini "Qanchalik to'g'ri yozganiga qarab u odam haqida xulosa qilinadi" deya o'zgartirsak bo'ladimi?
Siz qanchalik to'g'ri yozasiz?
Hozirgi kunda ko'pchilik vatandoshlarimizning ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlardagi yozganlarini ko'rib, yaxshiyam Navoiy hozir tirik emas deb o'ylaysan. Tilga hurmat deyarli yo'q darajada 😢, hatto rahbar lavozimlardagi shaxslarning ham imloviy xatoliklarini ko'rib, rahbar shunday yozsaya ... deb o'ylaysan kishi. (kelila, wowib yozgan deb yaxwi gumon qlamz 😁)
Ayni paytda to'g'ri yozish masalasida jon kuydirayotgan bloglardan biri bu @xatoliklar telegram kanalidir. Ushbu kanalda, hozirgi kunlarda ko'p uchrayotgan imloviy xatoliklar, ko'p foydalaniladigan va muammoli so'zlar imlosi haqida foydali ma'lumotlar berib boriladi.
Jumladan:
✅ Chiziqcha (tire) ning qo'llanilishi - https://t.me/xatoliklar/287
✅ Ayirish (tutuq) belgisining qo'llanilishi - https://t.me/xatoliklar/548
✅ BOOKNOMY haqida - https://t.me/xatoliklar/539
✅ Sonlar imlosi - https://t.me/xatoliklar/686
✅ Balki bog'lovchisining qo'llanilishi - https://t.me/xatoliklar/564
✅ Telefon raqamlarini yozish qoidalari - https://t.me/xatoliklar/359
✅ FRILANSER so'zi ma'nosi - https://t.me/xatoliklar/312
Xullas, hurmatli kanalimiz a'zolari, Adminjon tavsiya qiladi: @xatoliklar kanalini kuzatib boring!
#maqola #tavsiya
🌐 | Telegram | YouTube

💡 Hamma ham qoshiq yasay oladi, ammo faqat ustasigina uning sopini qoq o‘rtasidan chiqarishga qodir.
💡 Kamdan-kam kishilargina behuda, foydasiz gaplashayotganligini anglashga qodir, ularning ichidan kamdan-kamlarigina bunday foydasiz so‘zlashdan ko‘ra sukutni afzal bilishadi.
🤔 Ba’zan dunyoning eng kuchli lashkariga bosh egmagan millatning bolalari tafakkur, ma’rifiy-ma’naviy jihatdan shunday buziladiki, ko‘rib ishongingiz kelmaydi.
Ahmad Lutfiy Qozonchining "O'gay ona" asaridan
Kitobni ko'chirib olish: PDF | Android
#mulohaza #tavsiya #kitob
@taqi_uz
💡 Kamdan-kam kishilargina behuda, foydasiz gaplashayotganligini anglashga qodir, ularning ichidan kamdan-kamlarigina bunday foydasiz so‘zlashdan ko‘ra sukutni afzal bilishadi.
🤔 Ba’zan dunyoning eng kuchli lashkariga bosh egmagan millatning bolalari tafakkur, ma’rifiy-ma’naviy jihatdan shunday buziladiki, ko‘rib ishongingiz kelmaydi.
Ahmad Lutfiy Qozonchining "O'gay ona" asaridan
Kitobni ko'chirib olish: PDF | Android
#mulohaza #tavsiya #kitob
@taqi_uz
"... O'rus ichimizdan chiqadirg'an fitna-fasodni kutib, darbozamiz tegida qo'r to'kib yotibdir. Shunday mahshar kabi bir kunda biz chin yovg'a beradirgan kuchimizni o'z qo'limiz bilan o'ldirsak, sen falon deb qirilishsaq holimiz nima bo'ladir. Bu to'g'rida ham fikr qilg'uchimiz bormi? ..."
Abdulla Qodiriy - "O'tkan kunlar"
#mulohaza #tavsiya #kitob #iqtibos
@taqi_uz
Abdulla Qodiriy - "O'tkan kunlar"
#mulohaza #tavsiya #kitob #iqtibos
@taqi_uz
Yusufbek hoji: "... Ittifoqni ne el ekanini bilmagan, yolg‘iz o‘z manfaati shaxsiyasi yo‘lida bir-birini yeb, ichkan mansabparast, dunyoparast va shuhratparast muttahamlar Turkiston tuprog‘idan yo‘qolmay turib, bizning odam bo‘lishimizg‘a aqlim yetmay qoldi. Biz shu holda ketadirgan, bir-birimizning tegimizga suv quyadirg‘an bo‘lsaq yaqindirki, o‘rus istibdodi o‘zining iflos oyog‘i bilan Turkistonimizni bulg‘atar va biz bo‘lsaq o‘z qo‘limiz bilan kelgusi naslimizning bo‘ynig‘a o‘rus bo‘yindirig‘ini kiydirgan bo‘larmiz. O‘z naslini o‘z qo‘li bilan kofir qo‘lig‘a tutqin qilib topshirquchi — biz ko‘r va aqlsiz otalarg‘a xudoning la’nati albatta tushar, o‘g‘lim! ..."
Abdulla Qodiriy - "O'tkan kunlar"
#mulohaza #tavsiya #kitob #iqtibos
@taqi_uz
Abdulla Qodiriy - "O'tkan kunlar"
#mulohaza #tavsiya #kitob #iqtibos
@taqi_uz
Uyingiz interyeri uchun ajoyib g'oyalar
Har bir uy o‘ziga xos va yashash uchun qulay bo‘lishi kerak. Axir, bu bizning ichki dunyomizni ifodalab turadi. Shuning uchun doimo o‘z uyimiz uchun yangi va g‘ayrioddiy ko‘rinishlarni qidiramiz.
Individuallik – bu o‘ziga xoslik, lekin bu ikkita bir xil kiyim javoni ikkita alohida xonada turmaydi degani emas. Shuning uchun biz hech bo‘lmaganda ruhlanish, ilhomlanish uchun kerak bo‘ladigan ayrim qiziqarli va foydali fikrlarni to‘pladik. ...
#maqola #qiziqarli #foydali #tavsiya
Abituriyent|Videodarslar|Bot|🗳|☎️