Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
7.83K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
461 files
3.56K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
LifeHack - Kitob mutolaasiga o‘rgatuvchi 5 layfxak

Uzluksiz axborot oqimi davrida kitob mutolaa qilishga ko‘p vaqt ajrata olmaymiz. Ammo mutolaa nutqni boyitish, o‘zlikni tarbiyalash va dunyoqarashni kengaytirishning eng yaxshi usuli. Mutolaaga hech ham vaqt ajrata olmayapsizmi?

Quyida mutolaa qilishga yordam beruvchi 5 layfxakni e’tiboringizga havola etamiz:
1️⃣ Elektron kitob sotib oling
2️⃣ Diqqatni chalg‘itmang
3️⃣ Audiokitobdan foydalanib ko‘ring
...

#LifeHack #foydali #kitob
@taqi_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
5 крутых книг для архитекторов

1️⃣ Нью-Йорк вне себя. Рем Колхас. 2013 (1978) - Ko'chirib olish

2️⃣ Архитектура XX века. Ле Корбюзье. 1977 - Ko'chirib olish

3️⃣ Архитектурный скетчинг - Ko'chirib olish

4️⃣ Петер нойферт - Ko'chirib olish

5️⃣ 101 полезная идея для архитекторов - Ko'chirib olish

6️⃣ Начни с главного! 1 удивительно простой закон феноменального успеха - Ko'chirib olish


#video #foydali #kitob #tavsiya
Mundarija|Arxiv|Qo'llanma|🎁
@taqi_uz
Ona o'g'lini harbiy xizmatga kuzatayotib dedi:
"Qara o‘g‘lim, bugungacha senga qaramoq bizning vazifamiz edi. Bugundan so‘ng bizga qaramoq sening vazifang bo‘lur. Hayotingda o‘tashing kerak bo‘lgan vazifalarning eng ulug‘laridan birini ado etmoqqa ketyapsan. Istardimki, to‘g‘riliqdan, samimiyatdan ayrilmagaysan. Agar bir bor nojiddiy harakat qilib, vatan xizmatiga hiyla aralashtirsang, sendan rozi emasman. Navbatchilikda har on menga, qarindoshlaringga hujum qilmoqchi bo‘lgan dushman qarshisiga chiqqanday sergak, bedor va xushyor bo‘l! Yurganda qadamingni dushmanni ezayotganday bos. Meni Alloh huzurida uyaltirib qo‘yma! Vatan mudofaasida xiyonat qilgan o‘shaning onasi ahvolini boshimga solma. Meni bunday sharmandalikka tushirma! Agar so‘zlarimga amal qilsang orqangda seni kecha-kunduz duo qilgan bir onang bor. Sen uni topasan. Agar so‘zlarimga amal qilmasang, yonimga qaytma va meni ona demagaysan o‘g‘lim! Mayli, Alloh salomat saqlasin va seni ikki dunyoda azizu mukarram etsin!.."

Ahmad Lutfiy Qozonchining "O'gay ona" asaridan

#mulohaza #tavsiya #kitob
@taqi_uz
Bir kuni shahar sayriga chiqqan podshoh roʼbaroʼsida gado paydo boʼlib tilanibdi. Podshoh unga bitta oltin tanga berib, oʼzining saxiyligidan oʼzi mamnun holda jilmayibdi. Gado esa, norozi ohangda:
— Ey podshohim, hisobsiz xazinang boʼlgani holda oʼz ukangga bittagina tanga berishdan uyalmadingmi? — debdi.
Bu gapdan podshoh ajablanibdi:
— Ie, qachondan beri sen mening ukam boʼlib qolding?
— Nechun hayronu lolsan podshohim, axir sening nasabing Odam Аto bilan Momo Havvodan boshlanmaydimi? — debdi gado.
— Ori-ori, soʼzlaring rost, — debdi podshoh.
— Mening nasabim ham shunday: ikkovimizning ota-onamiz Odam Аto bilan Momo Havvo boʼlgach, ogʼa-ini hisoblanmaymizmi?
Bayon qilganim tilanchining gapi latifanamo rivoyatga oʼxshagani bilan isbot talab etilmaydigan haqiqatdir. Buni ilm tilida «aksioma» deydilar.
Hazrat Bilol roziyollohu anhudan «Sening otang kim?» deb soʼrashganida u zot «Mening otamga maloikalar sajda qilishgan», deb javob qaytargan ekanlar.

Tohir Malikning "Iymonlashish umidi" kitobidan

#mulohaza #tavsiya #kitob
@taqi_uz
💡 Hamma ham qoshiq yasay oladi, ammo faqat ustasigina uning sopini qoq o‘rtasidan chiqarishga qodir.

💡 Kamdan-kam kishilargina behuda, foydasiz gaplashayotganligini anglashga qodir, ularning ichidan kamdan-kamlarigina bunday foydasiz so‘zlashdan ko‘ra sukutni afzal bilishadi.

🤔 Ba’zan dunyoning eng kuchli lashkariga bosh egmagan millatning bolalari tafakkur, ma’rifiy-ma’naviy jihatdan shunday buziladiki, ko‘rib ishongingiz kelmaydi.

Ahmad Lutfiy Qozonchining "O'gay ona" asaridan

#mulohaza #tavsiya #kitob
@taqi_uz
Teri qo'ldan ketar

Ko‘chada shoshib ketayotgan bir odamdan so‘rashdi:
— Nega buncha shoshyapsan? Ranging ham o‘chgan, nima bo‘ldi.
Odam aytdi:
— Eshitmadingmi hali? Shahar sultonining ko‘ngli uchun bozordagi eshaklarni so‘yib, terisini shilib, ichiga somon to‘ldiryaptilar.
— Xo‘sh,xo‘sh? Lekin sen odamsan-ku?
— To‘g‘ri, ammo sultonning odamlari bu ishga shunday sho‘ng‘iganlarki, ularga
kimligimni anglatgunimga qadar, terim qo‘ldan ketishi mumkin.

📖 Jaloliddin Rumiy "Masnaviydan hikoyatlar"

#mulohaza #tavsiya #kitob
@taqi_uz
Ehtimol, dunyoning bu chetida turib bir odam aytgan qo‘shiqni dunyoning narigi chekkasidagi boshqa bir odam tushunmas. Ehtimol, dunyoning bu chekkasida turib bir odam aytgan eng oqilona fikrni dunyoning narigi chekkasidagi boshqa bir odam tushunmas. Biroq dunyoning bu chekkasida turib ona aytgan allaga dunyoning narigi chekkasidagi go‘dak bemalol orom oladi. Nega shunaqa? Nahotki, go‘dak tushungan narsaga biz tushunmasak? Ehtimol, buning boisi boshqa joydadir. Ehtimol ona tushungan narsani bizlar tushunmasmiz. Balki shuning uchun ham ona – tabiatning eng buyuk ixtirosidir.

📖 O'tkir Hoshimov "Dunyoning ishlari"

#mulohaza #tavsiya #kitob
@taqi_uz
"... O'rus ichimizdan chiqadirg'an fitna-fasodni kutib, darbozamiz tegida qo'r to'kib yotibdir. Shunday mahshar kabi bir kunda biz chin yovg'a beradirgan kuchimizni o'z qo'limiz bilan o'ldirsak, sen falon deb qirilishsaq holimiz nima bo'ladir. Bu to'g'rida ham fikr qilg'uchimiz bormi? ..."

Abdulla Qodiriy -
"O'tkan kunlar"

#mulohaza #tavsiya #kitob #iqtibos
@taqi_uz
Yusufbek hoji: "... Ittifoqni ne el ekanini bilmagan, yolg‘iz o‘z manfaati shaxsiyasi yo‘lida bir-birini yeb, ichkan mansabparast, dunyoparast va shuhratparast muttahamlar Turkiston tuprog‘idan yo‘qolmay turib, bizning odam bo‘lishimizg‘a aqlim yetmay qoldi. Biz shu holda ketadirgan, bir-birimizning tegimizga suv quyadirg‘an bo‘lsaq yaqindirki, o‘rus istibdodi o‘zining iflos oyog‘i bilan Turkistonimizni bulg‘atar va biz bo‘lsaq o‘z qo‘limiz bilan kelgusi naslimizning bo‘ynig‘a o‘rus bo‘yindirig‘ini kiydirgan bo‘larmiz. O‘z naslini o‘z qo‘li bilan kofir qo‘lig‘a tutqin qilib topshirquchi — biz ko‘r va aqlsiz otalarg‘a xudoning la’nati albatta tushar, o‘g‘lim! ..."

Abdulla Qodiriy -
"O'tkan kunlar"

#mulohaza #tavsiya #kitob #iqtibos
@taqi_uz
“O’zbek ishi”

Osmon baravar plan berdilar.

- Bajarasan!-dedilar.

- Bajarolmayman,-dedi.

- Bajarasan!!- dedilar.

- Bajarmayman!!-dedi.

- Qamalasan!!! - dedilar.

Bajardi… Bola-chaqasi ko’p edi…

Orden berdilar... Planni oshirib bajargani uchun...

Keyin… qamadilar… Qo’shib yozgani uchun… Bola-chaqasi ko’p edi…

📖 O'tkir Hoshimov "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"

#mulohaza #tavsiya #kitob
🔽 Kitob: APK | PDF | MP3
@taqi_uz
Tomsuvoq

Qishloqda kuz pallasi tomsuvoq qilish udumi bo’lardi. Uning yozilmagan qoidasi bor. Birinchidan, hech kim tomini yolg’iz o’zi suvamaydi: hamma hasharga keladi. Ikkinchidan: beva-bechora, qo’li qisqa xonadonning uyi eng avval tomsuvoq qilinadi.keyin, navbatma-navbat davom etaveradi…
O’qituvchimizning hashariga ayniqsa ko’p odam yig’ildi. Uyi katta yo’l yoqasida edi. Shundoq ko’cha chetidan loyhandaq qazilgan ekan. Somon, katta yo’lning ko’pchib yotgan tuprog’iga qovushib, obdon yumshabdi. O’qituvchimizning Azim aka degan qo’shnisi ishboshi bo’ldi. Birov handaqqa tushib loy soberib turdi, birov paqirlab loy tashiydi, yana birov tomda turib, ilgak bilan tortib oladi, boshqasi hafsala bilan suvaydi…
Erta peshindayoq hamma ishni qoyil qilib tashladik. Hovli o’rtasidagi tut tagida ovqatlanib o’tirsak, o’qituvchimning keksa onasi kelib qoldi. (Keyin eshitsak, bir hafta avval ko’zi yorigan qizinikiga ketgan ekan).
Kampir hassasini do’qqillatib, to’ppa-to’g’ri o’qituvchimizning oldiga bordi.
- Nima qilding?- dedi o’g’lining salomiga alik ham olmay.- Nima ish qilib qo’yding?!
Hammamiz hayron bo’lib qoldik. Muallim o’quvchilarining oldida ayniqsa mulzam bo’ldi, shekilli, qizarib ketdi.
- Nima qipman, oyi?-dedi ko’zlarini pirpiratib.
-Dard!-kampir hassasi bilan yerninuqidi.- Sanga qachon aql kiradi, nodon bola!- Keyin Azim akaga yuzlandi.- Bu-ku ahmoqlik qilishga qipti, siz qayoqda edingiz? Nega ko’chadan loy qildilaring?! Ko’chaning tuprog’iga tegib bo’ladimi, nobakor! Ko’pchilikning
haqi-ku bu!- Bir zum harsillab turdi-da, to’satdan yig’lab yubordi.- Man yurtning haqiga suvalgan tom tagida turmayman!- Shunday dedi-yu, supa labiga borib, ters o’tirib oldi…
… Hammamiz qaytadan tomga chiqdik… Suvoq qilishdan ko’ra loyni ko’chirish qiyin bo’larkan. Bitta qoldirmay, qirtishlab, tomdan tushirdik. Paqirlab tashib, ko’chadagi loyhandaqni to’ldirib qo’ydik…
… Oradan yillar o’tib, kampir ko’z yumganida tumonat odam uni o’sha ko’chadan so’nggi manziliga ko’tarib bordi…
Ko’cha tuprog’i iliq edi… Mayin edi…

PS: Ayrim "davlatnikiku, kamayib qolarmidi", "seni puling ketganmi", ... deya xalq/davlat mulkini talon-taroj qiladigan(xaromdan qaytmaydigan)lar ibrat olsa bo'ladigan voqea ekan. Davlat mulkida millionlab insonlar haqqi bo'ladi, javobgarligi og'ir!!!

📖 O'tkir Hoshimov "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"

#mulohaza #tavsiya #kitob
🔽 Kitob: APK | PDF | MP3
@taqi_uz
💡 Hamma ham qoshiq yasay oladi, ammo faqat ustasigina uning sopini qoq o‘rtasidan chiqarishga qodir.

💡 Kamdan-kam kishilargina behuda, foydasiz gaplashayotganligini anglashga qodir, ularning ichidan kamdan-kamlarigina bunday foydasiz so‘zlashdan ko‘ra sukutni afzal bilishadi.

🤔 Ba’zan dunyoning eng kuchli lashkariga bosh egmagan millatning bolalari tafakkur, ma’rifiy-ma’naviy jihatdan shunday buziladiki, ko‘rib ishongingiz kelmaydi.

Ahmad Lutfiy Qozonchining
"O'gay ona" asaridan

Kitobni ko'chirib olish:
PDF | Android

#mulohaza #tavsiya #kitob
@taqi_uz
"... O'rus ichimizdan chiqadirg'an fitna-fasodni kutib, darbozamiz tegida qo'r to'kib yotibdir. Shunday mahshar kabi bir kunda biz chin yovg'a beradirgan kuchimizni o'z qo'limiz bilan o'ldirsak, sen falon deb qirilishsaq holimiz nima bo'ladir. Bu to'g'rida ham fikr qilg'uchimiz bormi? ..."

Abdulla Qodiriy -
"O'tkan kunlar"

#mulohaza #tavsiya #kitob #iqtibos
@taqi_uz
Yusufbek hoji: "... Ittifoqni ne el ekanini bilmagan, yolg‘iz o‘z manfaati shaxsiyasi yo‘lida bir-birini yeb, ichkan mansabparast, dunyoparast va shuhratparast muttahamlar Turkiston tuprog‘idan yo‘qolmay turib, bizning odam bo‘lishimizg‘a aqlim yetmay qoldi. Biz shu holda ketadirgan, bir-birimizning tegimizga suv quyadirg‘an bo‘lsaq yaqindirki, o‘rus istibdodi o‘zining iflos oyog‘i bilan Turkistonimizni bulg‘atar va biz bo‘lsaq o‘z qo‘limiz bilan kelgusi naslimizning bo‘ynig‘a o‘rus bo‘yindirig‘ini kiydirgan bo‘larmiz. O‘z naslini o‘z qo‘li bilan kofir qo‘lig‘a tutqin qilib topshirquchi — biz ko‘r va aqlsiz otalarg‘a xudoning la’nati albatta tushar, o‘g‘lim! ..."

Abdulla Qodiriy -
"O'tkan kunlar"

#mulohaza #tavsiya #kitob #iqtibos
@taqi_uz
📚 "Kitob mening hayotimda"

🔹 Toshkent arxitektura-qurilish institutida talabalar va professor o'qituvchilar o'rtasida kitob oʼqishga boʼlgan munosabat, kitobning inson hayotida tutgan oʼrni beqiyosligi hamda kitobga boʼlgan qiziqish va muhabbatni yana yuksaltirish maqsadida “Kitob mening hayotimda” mavzusida maʼnaviy psixologik aksiya tadbiri bo'lib o'tdi.

🔹 Tadbirda 400 dan ortiq professor-o'qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.

🔹 Аksiya natijasiga koʼra 80% ishtirokchilarda ”Kitobning inson hayotida oʼrni beqiyosligi kitobni koʼp oʼqish kerak”ligi, 10% “Kitob insoning doʼsti”, 10% “Kitob hayotni oʼrgatadi, dunyoqarashni kengaytiradi” kabi izohlar qoldirishdi.

🔹 Shu bilan birga talabalar bilan kitobxonlik viktorinasi oʼtkazildi va faol ishtirok etgan talabalarga kitoblar sovgʼa qilindi.

🔹 Shuningdek "Yangi kitob” nashriyoti tomonidan kitob yarmarkasi tashkil etildi. Zero kitob har qanday bilimning joni va yuragi, har qanday fanning isbotidir.

#kitob #yarmarka #tadbir
@taqi_uz
#kitob_bilim_maskani

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti "Qurilish meхаnikasi va inshootlar zilzilabardoshligi" kafedrasi tomonidan "Kitob bilim maskani" mavzusida talabalar ishtirokida yozuvchi va shoirlar bilan uchrashuv o’tkazildi.

Uchrashuvda O’zbekiston Respublikasi davlat mukofoti laureati, "Do’stlik" ordeni sohiblari hamda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari yozuvchi Sobir O’nar va shoir Shodmonqul Salom qatnashdilar.

Shuningdek, davra suhbatida professor-o’qituvchilar va talabalar ham faol ishtirok etdi.

TAQU Matbuot xizmati

@taqi_uz