Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
7.98K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
461 files
3.57K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
Noutbuk olishda e'tibor berish kerak bo'lgan jihatlar
https://www.rbt.ru/doc/info/noutbuk_dlya_raboty/

Quyidagi tavsiyalar dasturchi, dizayner, loyihalovchi ya'ni og'ir dasturlarni ishlatuvchi yoki o'rganuvchilar uchun noutbuk sotib olishga taalluqli. Faqat MS Office bilan ishlaydiganlarga bundayroq kompyuterlar ham bo'laveradi 😉.

1️⃣ RAM (Operativ xotira, ОЗУ) - Kamida 8 GB
Ma'lumot: https://is.gd/x0IPJE

2️⃣ Doimiy xotira (hard, винт) - SSD toifalisini oling, kamida 240 GB hajmdagi. Agar ma'lumotlarni saqlash uchun boshqa HDD diskingiz bo'lsa, 120 GB lik SSD hard olib, unga operatsion tizimni yozib, fayllaringizni HDD da saqlasangiz ham bo'ladi.
Ma'lumot: https://www.starusrecovery.ru/articles/the-difference-between-ssd-and-hdd.html

3️⃣ Protsessor (x64) - Intel Core i5 (i7 bo'lsa yana ham yaxshi).
Chastotasi kamida 2 GHZ, kamida 8 yadroli
https://it.wikireading.ru/39448

4️⃣ Videokartasi kamida 2 GB bo'lsin, undan yuqori bo'lsa juda yaxshi.
Ekran Full HD - https://car3g.ru/info/chto-takoe-vram-v-noutbuke/

5️⃣ Tekshiring:
- kamida 1 tadan USB 2.0 va USB 3.0 portlar (ko'p bo'lsa yaxshi)
- VGA port (proyektor ulash uchun)
- HDMI port (televizorga, proyektorga, ... ga ulash uchun kerak)
- Ethernet port (kabel bilan internetga ulanish uchun)

6️⃣ Akkumlyatorining ishlash vaqtiga ham e'tibor beringlar (bu ishlatilgan noutbuk olayotganlar uchun).

0️⃣ Kompyuteringizning yuqorida sanalgan texnik ko'rsatkichlarini qanday aniqlashni bilmasangiz:
- Win + R (Win bu Пуск, ya'ni u bilan R harfi birgalikda bosiladi) ni bosing hamda chiqqan oyna (Выполнить) ga dxdiag deb yozing va OK ni bosing.
- Win + R, msinfo32 deb yozing va OK. (komandalar izohdagi rasmda keltirilgan)
- Win bilan birga Pause Break klavishini bosing.
Chiqqan oynalarda tizim va kompyuter texnik ko'rsatkichlarini bilib olishingiz mumkin.

☝️ Agar, uzoooq ishlatishni mo'ljallagan bo'lsangiz, sensor ekranli olsangiz ham bo'laveradi (oma lekin jichcha qimmatroq bo'latta).
Microsoftning Surface Pro lari va shu kabilar juda yaxshi, ammo qimmaaat!

P.S.:
Odatda dasturlar (Autocad, 3D Max, Revit, Photoshop, ... kabi katta va og'ir dasturlar ayniqsa) ishlash jarayonida doimiy xotira (qattiq disk) dagi o'z fayllariga o'qish yozishlarni amalga oshirish orqali ishlaydi. Demak, ular tezroq ishlashi uchun muhim omillardan biri, bu - qattiq diskning o'qish / yozish tezligidir. SSD disklar HDD disklardan kamida 5 barobar tezroq ishlaydi bu o'qish yozish tezligi bo'yicha (mana bu yerda https://t.me/planetait/964 HDD va SSD yaxshilab solishtirilgan). Shuning uchun SSD xotirali qattiq diskli kompyuter tavsiya qilaman. Ammo, SSD li noutbuklar qimmatligi uchun yana bir yo'lni tavsiya qilaman: Siz 200 - 500 $ ga HDD li noutbuk olib, uning qattiq diskini olasizda, o'rniga kamida 120 GB li SSD disk o'rnatasiz, chiqarib olgan HDD ga 10 $ ga g'ilof va kabel olish mumkin Malikada. Shunda noutbuk ishlashi ancha tezlashadi.

🚫 Imkon qadar Lenovo olmanglar, agar 800$ dan arzon bo'lsa. Men tanishlarimda ko'rgan Lenovolarning ko'pida 1-2 yil ishlatgandan keyin USB portlar ishlamay qoladi, Wi-Fi o'chirib yoqish ham muammo bo'ladi va shu kabilar. (Keyin ATM ga ish ko'payadi 😂)

👨🏼‍💻Men qoldirib ketgan qo'shimcha foydali ma'lumotlarni bilsangiz, shaxsiy tavsiyalaringiz bo'lsa, izohlarda qoldirishingizni so'rayman. Atayin postning ostiga 👍👎 ni qo'ymadim, izoh yoza olishingiz uchun.

#foydali #tavsiya #notebook #maqola
Abituriyent|Videodarslar|Bot|🗳|☎️
@taqi_uz