Tanzila Narbaeva
13.1K subscribers
3.06K photos
90 videos
1 file
908 links
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi

Facebook:
https://www.fb.com/narbaevatanzila/
Instagram:
https://www.instagram.com/tanzilanarbaeva
Twitter:
twitter.com/TNarbaeva
Download Telegram
Bugun, 9 may – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushidagi fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning 75 yilligini nishonlayapmiz.

Fashizm ustidan qozonilgan g‘alabada xalqimizning munosib hissasi bor. Bu unutilmas haqiqatdir.

O‘zbekistondan 2 millionga yaqin kishi urushga safarbar etildi. Yurtimiz 1,5 millionga yaqin evakuatsiya qilinganlar uchun boshpanaga aylandi. 300 mingga yaqin yetim bolalarni Oʻzbekistonning minglab oilasi oʻz bagʻriga oldi.

O‘zbek xalqining G‘alabaga qo‘shgan buyuk hissasi, ajdodlarimizning buyuk jasoratini namoyon etuvchi “G‘alaba bog‘i”ning barpo etilishi faxriylarimizga e'tibor, beshavqat urushda halok bo‘lganlar xotirasiga hurmat ramzidir.

Hurmatli faxriylar!
Yosh avlodni ona Vatanga sadoqatli, mard va jasur qilib tarbiyalashda Siz, urush va mehnat fronti qatnashchilarini ibrat qilib ko‘rsatamiz. Bugungi sinovli kunlarda ham Sizlarning matonat va duoyingiz, katta hayotiy tajribangizga tayanamiz.

Sizlarni Xotira va qadrlash kuni hamda buyuk G‘alabaning 75 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman. Barchangizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr tilayman.
~~~~~~~~~
Сегодня, 9 мая, отмечается День памяти и почестей и 75-летие победы над фашизмом во Второй мировой войне.

Наш народ внес достойный вклад в победу над фашизмом. Это незабываемая истина.

Из Узбекистана были мобилизованы на фронт около 2 миллионов солдат. Наша страна стала приютом для 1,5 миллионов эвакуированных людей. Тысячи узбекских семей открыли свои объятия более 300 тысяч детям- сиротам.

Создание «Парка Победы», символизирующего великое мужество наших предков, отражающего вклад узбекского народа в Победу является символом почёта к нашим ветеранам, уважения к памяти погибших в жестокой войне.

Уважаемые ветераны!
Вашу любовь к Родине, мужество, смелость, мы ставим в пример молодому поколению. Даже в эти трудные дни мы полагаемся на вашу стойкость и молитву, на ваш великий жизненный опыт.

От всей души поздравляю вас с Днём памяти и почестей и 75-летием Великой Победы. Желаю всем здоровья и долгой жизни.

#9may
#Xotiravaqadrlashkuni


Senat.uz | Facebook | Instagram | Twitter