Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron bilan oʻtkazgan muzokaramizda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalarini muhokama qildik.
Uchrashuv davomida siyosiy muloqotlarni kengaytirish, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar yoʻnalishda qoʻshma loyihalarni tadbiq etish boʻyicha fikr almashdik. Shuningdek, inson huquqlarini, munosib mehnat, gender tenglikni taʼminlash masalalariga eʼtibor qaratdik.
Suhbat davomida davlatlarimiz parlamentlari oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini faollashtirish muhimligiga urgʻu berildi.
#senat
#hamkorlik
@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AQSHning Yuta shtati Senati raisi Styuart Adams boshchiligidagi delegatsiya bilan muzokara oʻtkazdik.
Yuta shtati bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, shuningdek, mehnat munosabatlari va migratsiyasi, sogʻliqni saqlash, taʼlim, gender tenglikni taʼminlash sohalaridagi hamkorlikning amaliy jihatlarini muhokama qildik.
Delegatsiya tarkibidagi parlament, biznes, taʼlim va boshqa sohalar vakillari bilan bizning mamlakatimiz uchun manfaatli boʻladigan aniq loyihalar yuzasidan fikr almashdik.
Uchrashuv davomida parlamentlararo muloqotni yanada rivojlantirishga, bunda mahalliy vakillik organlari hamkorligini yoʻlga qoʻyishga kelishib oldik.
#senat
#hamkorlik
@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun davlatlararo munosabatlarda parlament diplomatiyasining ahamiyati tobora ortib bormoqda.
Germaniya Bundestagidagi “Germaniya - Markaziy Osiyo” Parlament guruhi raisining oʻrinbosari Manfred Grund boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvimiz chogʻida ham koʻp qirrali aloqalarni chuqurlashtirish masalalarini muhokama qildik.
Iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, mehnat munosabatlari, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish yoʻnalishlarida amaliy loyihalarni yoʻlga qoʻyish yuzasidan fikr almashdik.
Parlamentlararo muloqotni kengaytirish maqsadida uni huquqiy jihatdan taʼminlash, qoʻmitalarimiz oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni oʻrnatish istiqbollarini koʻrib chiqdik. Munosabatlarimizning yangi yoʻnalishlarini belgilab olish uchun tegishli hujjatlarni ishlab chiqishga kelishib oldik.
#senat
#hamkorlik
@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekiston va Janubiy Koreya Respublikasi o'rtasida ko'plab sohalardagi hamkorligimiz rivojlanib bormoqda. Ayniqsa, sog'liqni saqlash yo'nalishidagi aloqalarimizni yanada kengaytirishimiz har qachongidan ham muhim hisoblanadi.
Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasining Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy taʼminot qo‘mitasi raisi Shin Dong Gin bilan bo'lgan uchrashuvimizda ham, hamkorlikda yangi tibbiyot markazlarini tashkil etish, farmatsevtika klasterlarini ishga tushirish, kadrlar tayyorlash, hududiy tibbiyot muassasalarini ilg‘or uskunalar bilan jihozlash yuzasidan fikr almashdik.
Oliy Majlis Senatining Fan, taʼlim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi hamda Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasining Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy taʼminot qo‘mitasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish orqali onalar va bolalar salomatligi, reproduktiv ko‘rsatkichlarni yaxshilash, irsiy kasalliklarning oldini olish, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari uchun volontyorlarni jalb qilish yo‘nalishlarida o‘zaro tajriba almashishga kelishib oldik.
#senat
#xalqaro
#hamkorlik
@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun mamlakatimizda Xotira va qadrlash kuni.
Yurtimizda “Inson qadri uchun” ezgu gʻoyasi ostida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida urush va mehnat faxriylarining xotirasini ulugʻlash, keksa avlod vakillariga hurmat-eʼtibor koʻrsatish kabi insoniy tuygʻular yanada yuksalmoqda.
Shu oʻrinda biz uchun bebaho boylik boʻlgan tinchlik yoʻlida jonini fido qilgan ajdodlarimizdan umrbod minnatdormiz.
Mustaqillik yillarida ham tinchligimizni saqlash yoʻlida halok boʻlgan jasur harbiylarimizning oʻchmas xotirasi oldida hamisha bosh egamiz.
Bugungi kunda qalblari va qoʻllari duoda boʻlib, hayot kechirayotgan nuroniy otaxon va onaxonlarimizga cheksiz ehtiromimizni bildiramiz, ularga mustahkam sogʻlik tilaymiz.
Aziz doʻstlar! Sizlarga tinch va osoyishta hayot nasib etaversin, oilalaringizdan fayzu-baraka hech qachon arimasin!
#9may
@tanzilanarbaeva
Yurtimizda “Inson qadri uchun” ezgu gʻoyasi ostida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida urush va mehnat faxriylarining xotirasini ulugʻlash, keksa avlod vakillariga hurmat-eʼtibor koʻrsatish kabi insoniy tuygʻular yanada yuksalmoqda.
Shu oʻrinda biz uchun bebaho boylik boʻlgan tinchlik yoʻlida jonini fido qilgan ajdodlarimizdan umrbod minnatdormiz.
Mustaqillik yillarida ham tinchligimizni saqlash yoʻlida halok boʻlgan jasur harbiylarimizning oʻchmas xotirasi oldida hamisha bosh egamiz.
Bugungi kunda qalblari va qoʻllari duoda boʻlib, hayot kechirayotgan nuroniy otaxon va onaxonlarimizga cheksiz ehtiromimizni bildiramiz, ularga mustahkam sogʻlik tilaymiz.
Aziz doʻstlar! Sizlarga tinch va osoyishta hayot nasib etaversin, oilalaringizdan fayzu-baraka hech qachon arimasin!
#9may
@tanzilanarbaeva
Aziz do'stlar, qadrli mehmonlar, Osiyo xotin-qizlar forumining barcha ishtirokchilari, Boqiy shahar – Samarqandga xush kelibsizlar!
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o'tkazilayotgan Osiyo xotin-qizlar xalqaro forumi ayollar va qizlar hayotini yanada ijobiy tomonga o'zgartirish borasida olib borayotgan ishlarimizda o'zining amaliy samarisini beradi degan umiddaman.
Forumda ishtirok etayotgan 30 dan ortiq davlatlar, xorijiy tashkilotlar vakillari hamda barcha qatnashchilarining ishlariga omadlar tilayman.
#AsianWomanForum
#Senat
@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM