Tanzila Narbaeva
19.1K subscribers
3.3K photos
95 videos
1 file
926 links
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi

Facebook:
https://www.fb.com/narbaevatanzila/
Instagram:
https://www.instagram.com/tanzilanarbaeva
Twitter:
twitter.com/TNarbaeva
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Bugun “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunni muhokama qildik.

Unga koʻra mahkumlarning oʻziga nisbatan insoniy muomalada boʻlinishi huquqi mustahkamlanmoqda. Mahkumlarga nisbatan intizomiy jazo va boshqa majburlov choralarini qoʻllashda Kodeksda belgilangan asoslardan va tartibdan chetga chiqishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Ularning roziligisiz tibbiy va ilmiy tajribalar oʻtkazilishi mumkin emasligi qatʼiy belgilanmoqda.

Bundan tashqari, mahkumlarning Ombudsmanga hamda Bolalar ombudsmaniga murojaatlarni yuborish tartibi yangi normada oʻz ifodasini topmoqda.

Qolaversa, ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganligi uchun ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlarning saylovlarda hamda referendumda ishtirok etishga boʻlgan huquqi kafolatlanmoqda.

#yalpimajlis52

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ellik ikkinchi yalpi majlisida yurtdoshlarimiz uchun juda ham muhim bo‘lgan bir necha qonunlarga o‘zgartirish  kiritish bo‘yicha qaror qabul qildik.
 
Endilikda Uy-joy kodeksiga, “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunlarga hamda Shaharsozlik kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
 
Qonunda xususiy mulkka bo‘lgan huquqlar daxlsizligining hamda tadbirkorlik subyektlari manfaatlarining ishonchli himoya qilinishini taʼminlash nazarda tutilgan bo‘lib, unda hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligi ko‘zda tutilmoqda.
 
Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi taʼminlanishi belgilanmoqda.
 
Afsuski tajribamizda sel va ko‘chki sabab uy-joylar vayron bo‘lishi bilan bog‘liq noxush holatlar kuzatilmoqda. Bularni oldini olish maqsadida Shaharsozlik kodeksiga sel va ko‘chki xavfi mavjud bo‘lgan hududlarda binolar va inshootlarni loyihalashtirishni ta’qiqlanishi belgilangan yangi norma kiritilmoqda.

#yalpimajlis52

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Navbatdagi Yalpi majlisda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktorining O‘zbekistonda inson huquqlari bo‘yicha xalqaro majburiyatlarga rioya qilinishining holati to‘g‘risidagi axborotini tingladik.

So’nggi yillardagi islohotlarimizning bosh g‘oyasi inson qadrini ulug‘lash bo‘lib, tabiiy ravishda inson huquqlari himoyasini kuchaytirish va bu borda xalqaro normalarga to‘laqonli amal qilish bo‘yicha tizimli choralar ko‘rishni taqozo etadi.

Yangilangan Konstitutsiyamizda bevosita inson huquqlariga oid normalar 3,5 barobarga oshirilgani va ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri va so‘zsiz qo‘llanishiga oid talab – bu boradagi intilishlarimizning nechog‘lik qatʼiy ekanligini anglatadi.

Shu boisdan, inson huquqlari bo‘yicha olib borilgan ishlarning natijasi biz uchun juda muhim bo‘lib, Milliy markaz tomonidan tayyorlangan Axborotni tanqidiy jihatdan o‘rgandik va muhokamlarda senatorlarimiz tomonidan yo‘l qo’yilgan kamchiliklari bo‘yicha zaruriy ko‘rsatmalar berildi.

#yalpimajlis52

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2023-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotini tingladik.

Markaziy bank o‘tgan yilda bank tizimining moliyaviy barqarorligini taʼminlash, inflyatsiyani jilovlash kabi qator muhim yo‘nalishlarda samarali ish olib bordi.

Shu bilan birga, sohada Markaziy bank va tijorat banklari eʼtibor qaratishlari lozim bo‘lgan muammo va kamchiliklar ham mavjud.

Senatorlar tomonidan muammoli kreditlarni kamaytirish, bank kartalaridan pul mablag‘larini noqonuniy yechilishini oldini olish va to‘lov tizimlari kiberxavfsizligi masalalari hali ham o‘z yechimini topmaganligi va kelgusida mazkur yo‘nalishda tizimli ishlar olib borilishining zarurati taʼkidlab o‘tildi.

#yalpimajlis52

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Turkiya Respublikasi Buyuk Millat Majlisi Raisi Numan Kurtulmush bilan uchrashuv o‘tkazdik.

Muloqotimiz davomida har ikkala davlat Prezidentlarining qatʼiy siyosiy irodasi, ular o‘rtasidagi do‘stona, o‘zaro ishonchga asoslangan munosabatlar tufayli aloqalarimiz strategik sheriklik darajasida yuksalganligi eʼtirof etildi.

Mamlakatlarimiz o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-gumanitar yo‘nalishlar doirasida aloqalarimiz tobora rivojlanib borayotganligini qayd etib, qo‘shimcha imkoniyatlarni amaliyotga tadbiq qilish yuzasidan ham fikr almashdik.

Uchrashuvda Turkiya davlati parlamenti bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan tegishli hujjatlar qabul qilishga kelishib oldik.

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bishkek shahrida oʼtkazilgan “Markaziy Osiyo iqtisodiyotida ayollarning roli: raqamli, ijtimoiy va ekologik innovatsiyalarni ilgari surish uchun yetakchilik” mavzusidagi Markaziy Osiyo yetakchi ayollari Muloqoti yigʼilishida ishtirok etdik.

Oʼzbekiston tashabbusi bilan tashkil etilgan Muloqot mintaqa ayollarining jamiyatdagi oʼrnini yuksaltirish, ayniqsa tadbirkorlik, iqtisodiy sohadagi ishtirokini yanada faollashtirishda muhim platformaga aylanib bormoqda.

Qirgʼiziston raisligida oʼtayogan bu yilgi muloqotimizda ham Markaziy Osiyo davlatlarida yashil, raqamli hamda kreativ iqtisodiyotni rivojlantirishda ayollarning faol ishtirokini ragʼbatlantirish borasida amaliy takliflarni muhokama qildik.

#hamkorlik #senat

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM