Tanzila Narbaeva
18.9K subscribers
3.41K photos
97 videos
1 file
931 links
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi

Facebook:
https://www.fb.com/narbaevatanzila/
Instagram:
https://www.instagram.com/tanzilanarbaeva
Twitter:
twitter.com/TNarbaeva
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 👍
Aziz do'stlar, qadrli mehmonlar, Osiyo xotin-qizlar forumining barcha ishtirokchilari, Boqiy shahar – Samarqandga xush kelibsizlar!

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o'tkazilayotgan Osiyo xotin-qizlar xalqaro forumi ayollar va qizlar hayotini yanada ijobiy tomonga o'zgartirish borasida olib borayotgan ishlarimizda o'zining amaliy samarisini beradi degan umiddaman.

Forumda ishtirok etayotgan 30 dan ortiq davlatlar, xorijiy tashkilotlar vakillari hamda barcha qatnashchilarining ishlariga omadlar tilayman.

#AsianWomanForum
#Senat

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 👍

Samarqand shahrida oʼtkazilayotgan Osiyo xotin-qizlari forumi maydonida “BMT Аyollar” tuzilmasining Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari boʼyicha mintaqaviy direktori Belen Sans Luke bilan uchrashuv oʼtkazdik.

Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʼyicha respublika komissiyasi bilan Tuzilma oʼrtasida qoʼshma loyihalarni amalga oshirish eʼtiborimiz markazida boʼldi.

Gender byudjetlashtirish, gender statistikasi hamda gender audit yoʼnalishlarida oʼzaro tajriba almashish, ilgʼor amaliyotlarni joriy qilish boʼyicha aloqalarni kuchaytirishni maqsad qildik.

Munosabatlarimizni huquqiy jihatdan mustahkamlash uchun hamkorlik boʼyicha tegishli hujjat loyihasini ishlab chiqish va unda aniq yoʼnalishlarni belgilashga kelishib oldik.

#AsianWomanForum
#Senat

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 👍

Samarqand shahrida Ozarbayjonlik hamkasbim Sahiba Gafarova bilan uchrashuv oʼtkazdik.

Ochiq va oʼzaro ishonchga asoslangan doʼstlik munosabatlarini, parlamentlarimizning hamkorlik aloqalarini mustahkamlash masalalarini muhokama qildik.

Xalqaro tashkilotlar va parlamentlararo tuzilmalar doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, davlatlarimiz oʼrtasidagi kelishuvlarning amalga oshirilishini huquqiy jihatdan taʼminlashga alohida eʼtibor qaratdik.

Oʼzbekiston-Ozarbayjon tadbirkor ayollari oʼrtasidagi aloqalarni yanada faollashtirish, yosh parlamentariylar muloqotini jadallashtirish boʼyicha fikrlarimiz bir nuqtada birlashdi.

#AsianWomanForum
#Senat #hamkorlik

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿👍

Ikki kun davomida bo‘lib o‘tgan Osiyo xotin-qizlari forumi yangi g‘oyalar, amaliy takliflar, konstruktiv muhokamalar va tashabbuslarga boy bo‘ldi, deb aytish mumkin.

Mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rnini yanada yuksaltirish, tadbirkorlik, davlat boshqaruvida ularning ishtirokini oshirish hamda qizlarning taʼlimi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xorijlik ekspertlar tomonidan yuqori baholandi.

Bu eʼtirof bizlarni xursand qilishi bilan birga kelgusidagi faoliyatimizda yana-da katta masʼuliyatni ham yukladi.

Osiyo mamlakatlari ayollari uchun muloqot platformasida hamkasblarimiz bilan o‘zaro tajriba almashish hamda hamkorlikda faoliyat olib borishga kelishib oldik. Kelishuvlarimiz va forum yakunlari bo‘yicha xalqaro darajadagi muhim hujjat – Samarqand deklaratsiyasini qabul qildik. Endilikda ushbu deklaratsiyada eʼlon qilingan maqsadlarni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni boshlashimiz lozim.

Mazkur deklaratsiya xotin-qizlarning manfaatlarini himoya qilish, gender tenglikni taʼminlash va ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hamda maʼnaviy hayotimizda xotin-qizlarning faolligini yanada oshirish borasidagi ishlarimizda dasturiy asos vazifasini bajaradi deb umid qilaman.

#asianwomanforum
#senat #unwoman

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM