Tanzila Narbaeva
9.19K subscribers
3.04K photos
89 videos
1 file
908 links
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi

Facebook:
https://www.fb.com/narbaevatanzila/
Instagram:
https://www.instagram.com/tanzilanarbaeva
Twitter:
twitter.com/TNarbaeva
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Surxondaryo viloyatida hududning ijtimoiy-iqtisodiy holati tahlil qilindi.

Ushbu hudud iqtisodiy salohiyatining rivojlanish darajasi tez sur’atlarda yuksalib borishini, aholining turmush darajasi muttasil oshib borayotganini kuzatdik.

Aholi bandligiga ko‘maklashish, tadbirkorlikni rivojlantirish, viloyatning chekka qishloqlarida yashaydigan hamyurtlarimizga zarur sharoitlar yaratilishi masalalari diqqat markazimizda bo‘ldi.

Mehnatkash yurtdoshlarimiz bilan turli joylarda o‘tkazgan samimiy suhbatlarimiz davomida ular o‘z tashabbus va takliflarini bildirdilar.

#senat

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Oliy Majlis Senati a’zolari hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush farovonligini oshirish, xotin-qizlar bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar “mahalla yettiligi” hamda mahalliy Kengashlar faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi.

#senat

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Boku shahrida Ozarbayjon Respublikasi Milliy Mejlisi Raisi Sahiba Gafarova bilan uchrashdik.

Suhbat davomida savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorligimizning istiqbolli rejalari haqida fikr almashdik.

Uchrashuvda 2022 yilda parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish boʼyicha Toshkentda imzolangan amaliy harakatlar rejasining ijrosi toʼliq taʼminlangani alohida qayd etilib, 2024-2025 yillarga moʼljallangan yangi «Yoʼl xaritasi»ni imzoladik.

#senat

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ozarbayjon Respublikasiga tashrifimiz doirasida Vengriya Milliy Аssambleyasi vitse-spikeri Marta Matray bilan uchrashuv oʼtkazdik.

Muloqotimiz davomida taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalar, sogʼliqni saqlash yoʼnalishidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, yoshlar oʼrtasida muloqot platformasini yaratish yuzasidan fikr almashdik.

Oʼzbekiston va Vengriya oʼrasidagi hamkorlikni kuchaytirishning amaliy mexanizmi sifatida parlamentlararo doʼstlik guruhlarining faol ishlashiga kelishib oldik.

#senat

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Oʼzbekiston Xalqaro mehnat tashkilotining (XMT) Maʼmuriy Kengashi aʼzoligiga saylandi

Jenevada XMT Maʼmuriy Kengashi aʼzoligiga saylov boʼlib oʼtdi. Unda Oʼzbekiston Yevropa hududidan eng koʼp ovoz toʼplab, tarixda ilk marotaba Kengash aʼzoligiga saylandi.

Bu albatta, mamlakatimizda fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, mehnat munosabatlarini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasidir.

Oʼzbekistonning ushbu Kengash aʼzoligiga saylanishi mehnat munosabatlari tizimini takomillashtirish yuzasidan oʼz taklif va gʼoyalarini xalqaro miqyosga olib chiqishi mumkin boʼladi.

Endilikda mamlakatimiz ilgʼor xorijiy tajribalarni shakllantirishda faol ishtirok etish yuzasidan zarur imkoniyatlarga ega boʼladi.

Oʼz oʼrnida XMTning milliy hamkorlari – aholi bandligini taʼminlashga koʼmaklashadigan tizim masʼullari, kasaba uyushmalari xodimlari hamda ish beruvchilardan munosib mehnat tamoyillarini ilgari surish borasidagi ishlarda yanada faollashish talab qilinadi.

#senat

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bugun xushxabarlarga boy kun boʼldi

Para velosportchilarimiz Olmaota shahrida boʼlib oʼtayotgan Osiyo chempionatida 10 ta oltin, 3 ta kumush, 6 ta bronza, jami 19 medal bilan 30 dan ortiq davlatlar ichida birinchi oʼrinni egalladi.

Matonat va jasoratning timsoli boʼlmish sportchi oʼgʼil-qizlarimni yuksak natija bilan samimiy muborakbod etaman!

Joriy yilda boʼlib oʼtadigan “Parij-2024” Paralimpiya oʼyinlarida ham gʼoliblikni qoʼlga kiritishlarida omad yor boʼlishini tilab qolaman!

#senat

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Malayziya Senati parlamenti Raisi oʼrinbosari Nur Jazlan Mohamad bilan uchrashuv oʼtkazdik.

Suhbatimiz davomida Oʼzbekiston va Malayziya oʼrtasida turli darajadagi muloqotlarning faollashgani savdo-iqtisodiyot, taʼlim, turizm sohalarida hamkorlikni yanada kengaytirish yuzasidan fikr almashdik.

Parlamentlarimizdagi doʼstlik guruhlari aloqalarini jadallashtirish hamda oʼzaro hamkorlik rejalarini amalga oshirishga qaratilgan hujjatlarni qabul qilishga kelishib oldik.

#senat

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xalqaro mehnat konferentsiyasining 112-sessiyasi doirasida Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) mehnatkashlar faoliyati boʼyicha byurosi direktori Mariya-Xelena Аndre bilan uchrashuv oʼtkazdik.

Muloqotimiz davomida xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish, ish joylarida ijtimoiy va mehnat meʼyorlariga rioya etishda kasaba uyushmalarining rolini oshirish masalalarini muhokama qildik.

XMT bilan hamkorlikda oʼquv dasturlarini yoʼlga qoʼyish orqali kasaba uyushmalari mutaxassislarining salohiyatini yanada kuchaytirish yuzasidan fikr amlashdik.

#senat

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) Bosh direktori Jilber Ungbo janoblari bilan uchrashuv oʼtkazdik.

Ungbo Janoblari tomonidan Oʼzbekistonda mehnat munosabatlarini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, ijtimoiy adolatni taʼminlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar yuqori baholandi.

Oʼzbekiston ilk bora XMT maʼmuriy kengashi aʼzoligiga saylanganligi bilan qutlab, mamlakatimizning ushbu yoʼnalishdagi tajribasi boshqa davlatlarga oʼrnak boʼlishi lozimligi taʼkidlandi.

Shuningdek, XMT hamda Oʼzbekiston oʼrtasidagi aloqalarning istiqbollari hamda Ijtimoiy adolat boʼyicha Global koalitsiyasi doirasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilinib, kelgusidagi vazifalarni belgilab oldik.

#senat

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Jeneva shahrida XMTning Xalqaro mehnat standartlari departamenti direktori Korin Varga xonim bilan uchrashdik.

Suhbatimiz davomida mehnat va ijtimoiy munosabatlar sohasidagi Oʼzbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan xalqaro Konventsiyalarning bajarilishi, ushbu yoʼnalishda boshqa Konventsiyalarga qoʼshilishi masalalarini muhokama qildik.

Mamlakatimizda xususiy sektor rivojlanib borayotganini hisobga olib, korxonalarda ish beruvchilar va xodimlar munosabatlarining huquqiy asoslarini yanada kuchaytirishda hamkorlikni yoʼlga qoʼyishga kelishib oldik.

#senat

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM