Tanzila Narbaeva
19.8K subscribers
3.34K photos
95 videos
1 file
926 links
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi

Facebook:
https://www.fb.com/narbaevatanzila/
Instagram:
https://www.instagram.com/tanzilanarbaeva
Twitter:
twitter.com/TNarbaeva
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 👍

Samarqand shahrida ilk bora  oʻtkazilayotgan  Osiyo xotin-qizlari forumida “BMT-ayollar” tuzulmasining direktori Sima Sami Baxus xonim,  Parlamentlararo ittifoq Bosh kotibi Martin Chungong janoblarini, BMTning Jenevadagi boʻlimi direktori Tatyana Valovaya xonimlar oʻz nutqlari bilan ishtirok etishib, mamlakatimizda xotin-qizlar manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ijobiy ishlarni alohida eʼtirof etishdi.

Jahon miqyosida siyosiy-iqtisodiy beqarorlik holati davom etayotgan bir sharoitda  xotin-qizlarning davlat boshqaruvi, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-akademik va madaniy-gumanitar sohalardagi faol ishtirokini taʼminlash har qachongidan-da muhim hisoblanadi.

Bu borada  Osiyo mintaqasi davlatlarining oʻzaro hamkorligi va tajriba almashinuvi  dolzarb ahamiyatga ega.

Shu jihatdan ham, muloqotlar maydoni boʻlgan, bugungi forumda koʻtarilgan masalalar, ilgari surilgan tashabbuslar, fikr-mulohazalar mintaqa davlatlarining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti uchun xizmat qiladi deb oʻylayman.

#Senat #UNWomen
#AsianWomensForum #hamkorlik

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM