Tanzila Narbaeva
19.9K subscribers
3.41K photos
97 videos
1 file
931 links
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi

Facebook:
https://www.fb.com/narbaevatanzila/
Instagram:
https://www.instagram.com/tanzilanarbaeva
Twitter:
twitter.com/TNarbaeva
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Qirg‘iz Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Musa Djamanbayevni qabul qildik.

Uchrashuvda davlatlarimiz rahbarlarining qat’iy siyosiy irodasi va do‘stona munosabatlari tufayli aloqalarimiz kengayib, xalqlarimiz farovonligi uchun manfaatli bo‘layotganligi ta’kidlandi.

Kelgusida ham savdo-iqtisodiy, tadbirkorlik, turizm, madaniy- gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish, yoshlarimiz o‘rtasida ham doimiy muloqot maydonlarini tashkil etish haqida fikr almashdik.

Shuningdek, hududlararo hamkorlik dasturlarining ijobiy natijalari e’tirof etilib, mazkur aloqalarni yanada faollashtirish masalalarini muhokama qildik.

#hamkorlik

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Koreya Respublikasining xalqaro hamkorlik agentligi  Prezidenti Chang Von Sam boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildik.

Suhbat avvalida Janubiy Koreya bilan uzoq yillik hamkorlik davlatlarimiz rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilganligi e’tirof etildi.

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanishi va mustahkamlanishida Koreya Respublikasining xalqaro hamkorlik agentligining o‘rni alohida ta’kidlandi.

Kelgusida ham ta’lim, sog‘liqni saqlash, suv resurslarini boshqarish hamda investisiyalarni jalb etishga qaratilgan dasturlarni davom ettirish yuzasidan fikr almashdik.

Shuningdek, parlament faoliyatida axborotlashtirish tizimini yanada rivojlantirish maqsadida agentlik bilan hamkorlik bayonnomasi loyihasini imzoladik.

#hamkorlik

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 BMT Taraqqiyot dasturi O‘zbekistondagi vakolatxonasining doimiy vakili Akiko Fujii xonim bilan uchrashdik.

Suhbatimiz avvalida O‘zbekistonning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishdagi faol ishtiroki hamda kelgusidagi taklif va tashabbuslar haqida to‘xtalib o‘tildi.

Mamlakatimiz xalqaro indekslardagi reytingi yuqorilab borayotganligi e’tirof etilib, mazkur yo‘nalishda ham o‘zaro hamkorlik bo‘yicha fikr almashdik.

Shuningdek, mahalliy Kengashlar va xalq deputatlari faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan o‘quv dasturlari hamda uslubiy qo‘llanmalarni hamkorlikda ishlab chiqish masalalarini ham muhokama qildik.

#hamkorlik

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Markaziy Osiyo davlatlarining ikkinchi parlamentlararo forumi qizg‘in muhokamalar va amaliy takliflarga boy tarzda o‘tdi.

Forumda parlamentlarning mintaqada tinchlik, xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ilgari surishda hal qiluvchi ahamiyati qayd etildi.

Mazkur forum o‘z mohiyatiga ko‘ra, mintaqa davlatlarining har tomonlama hamkorligini kengaytirishga bo‘lgan intilishini o‘zida namoyon etdi.

Forum natijalariga ko‘ra, Markaziy Osiyo davlatlarining parlamentlararo tashabbuslari doirasidagi hamkorlik va keyingi harakatlar uchun asos bo‘ladigan Xiva deklaratsiyasi qabul qilinadi.

#hamkorlik

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 AQSH prezidentining nogironlarning xalqaro huquqlari bo‘yicha maxsus maslahatchisi Sara Minakara xonim bilan uchrashuv o‘tkazdik.

Samimiy va iliq tarzda o‘tgan muloqotimizda imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ijtimoiy muhitni yaxshilash bo‘yicha hamkorlikdagi rejalar haqida suhbatlashdik.

O‘zbekistonda inson qadri g‘oyasi ostida olib borilayotgan islohotlar, qonunchilikdagi o‘zgarishlar va ijtimoiy himoya institutining joriy etilganligini suhbatdoshimiz tomonidan alohida e’tirof etildi.

Mamlakatimizda inklyuziv jamiyatini rivojlantirish va nogironligi bor shaxslarni barcha sohalarda faolligini oshirishga doir chora-tadbirlarni muhokama qildik.

Shuningdek, nogironlikni oldindan aniqlash hamda korreksiya qilish, tibbiy modeldan inklyuziv modelga o‘tish va sifat darajasini xalqaro standartlarga moslashtirish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun maqbul muhitni yaratish, jamiyatda mavjud stereotiplarni bartaraf etish hamda bu borada davlat va nodavlat tashkilotlarining vazifalari xususida ham fikr almashdik.

#hamkorlik

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan to‘rtinchi Yevroosiyo ayollar forumida ishtirok etdik.

Unda O‘zbekistonda xotin-qizlar manfaati davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligi ta’kidlandi, hayotning barcha jabhalarida ularning faolligini oshirish boʻyicha kompleks dastur haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, 2030-yilgacha gender tenglikka erishish strategiyasida xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirishga, qizlarni oliy taʼlim bilan qamrab olishga doir tajribamiz bilan o‘rtoqlashdik.

Bugun mamlakatimizda rahbar lavozimidagi ayollar 35 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2017-yilda ular atigi 27 foiz edi. Parlament a’zolarining soni 32 foizdan ortiqdir, bu Birlashgan Millatlar Tashkiloti tavsiyalariga mos keladi.

Islohotlar natijasida 2024-yilda Jahon banki o‘zining “Ayollar, biznes va huquq” hisobotida O‘zbekistonni gender tenglikni ta‘minlashda eng katta yutuqlarga erishgan beshtalik qatoriga kiritgani xalqaro miqyosda yuqori baholanib, boshqa davlatlarga namuna sifatida e‘tirof etildi.

#senat #hamkorlik #gendertenglik

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Xalq siyosiy maslahat kengashi Butunxitoy qo‘mitasi Raisi Van Xunin janoblari bilan uchrashuv o‘tkazdik.

Uchrashuvda davlatlarimiz rahbarlarining sa’y-harakatlari bilan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida ko‘ptomonlama strategik aloqalar yangi bosqichga yuksalganligi e’tirof etildi.

Muloqotimiz davomida fan-ta’lim va innovatsiya, turizm sohalari hamda qishloq xo‘jaligi va ekologiya masalalari yuzasidan o‘zaro hamkorlik rejalarini muhokama qildik.

Shu bilan birga, savdo-iqtisodiy, texnologiya va transport hamda energetika va sanoat kooperatsiyalari yo‘nalishidagi yirik loyihalarni birgalikda amalga oshirish xususida fikr almashdik.

Parlamentlararo aloqalarni uzviy davom ettirish, do‘stlik guruhlari faoliyatini jadallashtirish hamda mahalliy vakillik organlari o‘rtasidagi hamkorlikka qaratilgan dasturlarni qabul qilishga kelishib oldik.

#senat #hamkorlik

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Xitoyga rasmiy tashrifimiz doirasida Butunxitoy ayollar federatsiyasi raisi Shen Yitsin xonim bilan uchrashdik.

Yurtimizda xotin-qizlar manfaatlariga davlat siyosati darajasida eʼtibor qaratilayotgani yuqori baholanib, ayollar huquqi va gender tengligini taʼminlash yo‘nalishida tajriba almashish  masalalarini muhokama qildik.

Muloqotimiz davomida xotin-qizlarning jamiyatda, ayniqsa, iqtisodiyot, tadbirkorlik sohalarida faolligini kuchaytirish maqsadida hamkorlik dasturlarini joriy etishga eʼtibor qaratdik.

Shuningdek, Xitoy bilan sog‘lom ona va bola dasturlarini davom ettirish hamda faol ayollarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha o‘quvlarni tashkil etish yuzasidan fikr almashdik.

#senat #hamkorlik

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Xitoy Xalq Respublikasi Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi raisi Chjao Leszi
boshchiligidagi parlament delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdik.

Unda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ko‘p tomonlama hamkorlik hamda parlament va hukumatlarimiz bilan strategik muloqotlar tizimi yo‘lga qo‘yilganligi ta’kidlandi.

Kelgusida ham iqtisodiyot, investisiya, ta’lim va madaniyat, turizm yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildik.

Shu bilan birga, hududlararo aloqalarning kengayib borayotganligiga ham e’tibor qaratib, mahalliy vakillik organlari o‘rtasidagi munosabatlarni kuchaytirish yuzasidan fikr almashdik.

Parlamentlararo munosabatlar davlatlarimiz hamkorligining muhim tarkibiy qismi sifatida ular o‘rtasidagi muloqotlarni yanada faollashtirishga kelishib oldik.

#senat #hamkorlik

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Tojikiston Respublikasi taklifiga binoan “Tojikiston Respublikasi Konstitutsiyasiga 30 yil” mavzusidagi xalqaro parlament konferensiyasida ishtirok etdik.

Mazkur xalqaro anjuman parlamentlararo hamkorlik va muloqotni yanada mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, unda konstitutsiyaviy-huquqiy islohotlarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashdik.

Shu bilan birga, milliy va jahon konstitutsiyaviy taraqqiyotida global jarayonlarning mohiyatini aniqlash hamda jamiyatda konstitutsiyaviy qadriyatlarni ilgari surish bo‘yicha tajribalarimiz bilan o‘rtoqlashdik.

Konferensiya doirasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi do‘stona aloqalar kengayib borayotgani, shu jumladan parlamentlararo hamkorlik yanada rivojlanayotgani ta’kidlab o‘tildi.

#senat #hamkorlik

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM