Tanzila Narbaeva
19.7K subscribers
3.34K photos
95 videos
1 file
926 links
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi

Facebook:
https://www.fb.com/narbaevatanzila/
Instagram:
https://www.instagram.com/tanzilanarbaeva
Twitter:
twitter.com/TNarbaeva
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Sankt-Peterburg shahrida Hindiston parlamenti quyi palatasi spikeri Om Birla bilan uchrashdik.

Davlatlarimiz o‘rtasida barcha sohalarda samarali hamkorlik ko‘lami kengayib borayotgani qayd etildi.

Shu bilan birga ilm-fan yo‘nalishida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, axborot texnologiyalari va raqamlashtirish sohasida hamkorlik qilish, turizm almashinuvini faollashtirish yuzasidan fikr almashildi.

Muloqotimiz davomida O‘zbekiston va Hindiston parlamentlararo munosabatlarini rivojlantirishning amaliy jihatlariga e’tibor qaratdik.

#hamkorlik

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazilayotgan BRIKSning X forumi doirasida Birlashgan Arab Amirliklari Federal Milliy kengashining Qo‘mita raisi, Parlamentlararo Ittifoq vitse-prezidenti Doktor Ali Rashid Al Nuaimi bilan uchrashuv o‘tkazdik.

Muloqot chog‘ida Oliy Majlis Senati va Parlamentlararo ittifoq hamkorligining amaliy jihatlarini muhokama qildik.

Shuningdek, Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley Assambleyasini 2025 yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishiga taalluqli masalalar yuzasidan fikr almashdik.

#hamkorlik

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿
BRIKSning X forumi doirasida Ozarbayjon Respublikasi Milliy Mejlisi Raisi Sahiba Gafarova bilan uchrashdik.

Suhbatimiz davomida oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirishda parlament nazoratidan samarali foydalanish va hamkorligimizning istiqbolli rejalari haqida fikr almashdik.

Shuningdek, parlamentlaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha 2024-2025 yillarga mo‘ljallangan “Yo‘l xarita”sining ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qildik.

#hamkorlik

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarda parlament diplomatiyasi muhim o‘rin tutadi.

Sankt-Peterburg shahrida Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko bilan o‘tkazgan muzokaramiz chog‘ida aynan parlamentlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni yangi mazmun bilan boyitish masalalarini muhokama qildik.

Hamkorlikning muhim yo‘nalishlarini qamrab olgan munosabatlarimizning kun tartibida juda ko‘plab muhim masalalar mavjud.

Shu bois, erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, ikki mamlakat hududlari o‘rtasida samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha zarur choralarni ko‘ramiz.

#hamkorlik

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oʼzbekiston parlament delegatsiyasi shu kunlarda Sankt-Peterburg shahrida oʼtkazilgan BRIKSning 10- parlamentlararo forumida ishtirok etdi.

Parlamentning global rivojlanish va havfsizlik, iqtisodiy va gumanitar hamkorlik masalalarini hal etishdagi roli - bu yilgi muhokamalar mavzusiga aylandi.

BRIKSning parlamentlararo muloqot maydonida Oʼzbekistonning bugungi kunda xalqaro darajadagi ochiqlik siyosati, olib borayotgan islohotlari haqida soʼz yuritdik.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilari mamlakatimiz dunyo xalqlari oʼrtasida doʼstlik va oʼzaro hamjihatlikni mustahkamlashdagi rolini taʼkidlab, Samarqand shahrining MDH davlatlari madaniy poytaxti maqomini olganini eʼtirof etdilar.

Tadbir davomida istiqbolli rejalar, parlamentlararo aloqalarni faollashtirish orqali savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, ilm-fan yoʼnalishlarini rivojlantirish bilan birga yoshlar oʼrtasida tajriba va bilim almashishga koʼmaklashuvchi dasturlarni amalga oshirish uchun aniq qadamlarni taklif etdik.

#hamkorlik

@tanzilanarbaeva
🇺🇿🇺🇿🇺🇿BMT Bosh kotibining maxsus vakili, Markaziy Osiyoda Preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi rahbari Kaxa Imnadze bilan uchrashuv o‘tkazdik.

Unda O‘zbekistonning BMT va uning ixtisosolashgan idoralari bilan hamkorligi yangi darajaga yuksalganligi hamda istiqboldagi rejalar haqida suhbatlashdik.

Muloqotimiz chog‘ida mintaqa davlatlari o‘rtasida yaqin qo‘shnichilik aloqalari, iqtisodiy o‘sish, tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan fikr almashdik.

Shuningdek, gender tengligini ta’minlash hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Bu borada hamkorlikda amalga oshiradigan ishlarimizning aniq yo‘nalishlarini kelishib oldik.

#hamkorlik

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Qirg‘iz Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Musa Djamanbayevni qabul qildik.

Uchrashuvda davlatlarimiz rahbarlarining qat’iy siyosiy irodasi va do‘stona munosabatlari tufayli aloqalarimiz kengayib, xalqlarimiz farovonligi uchun manfaatli bo‘layotganligi ta’kidlandi.

Kelgusida ham savdo-iqtisodiy, tadbirkorlik, turizm, madaniy- gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish, yoshlarimiz o‘rtasida ham doimiy muloqot maydonlarini tashkil etish haqida fikr almashdik.

Shuningdek, hududlararo hamkorlik dasturlarining ijobiy natijalari e’tirof etilib, mazkur aloqalarni yanada faollashtirish masalalarini muhokama qildik.

#hamkorlik

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Koreya Respublikasining xalqaro hamkorlik agentligi  Prezidenti Chang Von Sam boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildik.

Suhbat avvalida Janubiy Koreya bilan uzoq yillik hamkorlik davlatlarimiz rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilganligi e’tirof etildi.

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanishi va mustahkamlanishida Koreya Respublikasining xalqaro hamkorlik agentligining o‘rni alohida ta’kidlandi.

Kelgusida ham ta’lim, sog‘liqni saqlash, suv resurslarini boshqarish hamda investisiyalarni jalb etishga qaratilgan dasturlarni davom ettirish yuzasidan fikr almashdik.

Shuningdek, parlament faoliyatida axborotlashtirish tizimini yanada rivojlantirish maqsadida agentlik bilan hamkorlik bayonnomasi loyihasini imzoladik.

#hamkorlik

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 BMT Taraqqiyot dasturi O‘zbekistondagi vakolatxonasining doimiy vakili Akiko Fujii xonim bilan uchrashdik.

Suhbatimiz avvalida O‘zbekistonning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishdagi faol ishtiroki hamda kelgusidagi taklif va tashabbuslar haqida to‘xtalib o‘tildi.

Mamlakatimiz xalqaro indekslardagi reytingi yuqorilab borayotganligi e’tirof etilib, mazkur yo‘nalishda ham o‘zaro hamkorlik bo‘yicha fikr almashdik.

Shuningdek, mahalliy Kengashlar va xalq deputatlari faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan o‘quv dasturlari hamda uslubiy qo‘llanmalarni hamkorlikda ishlab chiqish masalalarini ham muhokama qildik.

#hamkorlik

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Markaziy Osiyo davlatlarining ikkinchi parlamentlararo forumi qizg‘in muhokamalar va amaliy takliflarga boy tarzda o‘tdi.

Forumda parlamentlarning mintaqada tinchlik, xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ilgari surishda hal qiluvchi ahamiyati qayd etildi.

Mazkur forum o‘z mohiyatiga ko‘ra, mintaqa davlatlarining har tomonlama hamkorligini kengaytirishga bo‘lgan intilishini o‘zida namoyon etdi.

Forum natijalariga ko‘ra, Markaziy Osiyo davlatlarining parlamentlararo tashabbuslari doirasidagi hamkorlik va keyingi harakatlar uchun asos bo‘ladigan Xiva deklaratsiyasi qabul qilinadi.

#hamkorlik

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM