Tanzila Narbaeva
19.7K subscribers
3.34K photos
95 videos
1 file
926 links
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi

Facebook:
https://www.fb.com/narbaevatanzila/
Instagram:
https://www.instagram.com/tanzilanarbaeva
Twitter:
twitter.com/TNarbaeva
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Markaziy Osiyo davlatlari parlamentlarining ikkinchi forumi doirasida Tojikiston Respublikasi Majlisi namoyondagon Majlisi Oli Raisi Maxmadtoir Zoir Zokirzoda, Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Senati Raisi Maulen Ashimbayev, Qirg‘iz Respublikasi Jogorku Keneshi Torag‘asi Nurlanbek Shakiyev bilan uchrashuvlar o‘tkazdik.

Hamkasblarimiz tomonidan forum ishi yuqori saviyada tashkil etilganligi e’tirof etilib, parlamentlarimiz bilan aloqalarni yangi mazmun bilan boyitish masalalarini muhokama qildik.

Bugungi kunda mamlakatlarimiz o‘rtasida oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirishda parlament nazoratidan unumli foydalanish yuzasidan fikr almashdik.

Bu borada parlament do‘stlik guruhlari va komissiyalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish lozimligi ta’kidlab o‘tildi.

Shu bilan birga, mahalliy vakillik organlari, yoshlar o‘rtasida tajriba almashish va hamkorlikni kengaytirish masalalarini  kelishib oldik.

#senat #parlamenthamkorligi

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan to‘rtinchi Yevroosiyo ayollar forumida ishtirok etdik.

Unda O‘zbekistonda xotin-qizlar manfaati davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligi ta’kidlandi, hayotning barcha jabhalarida ularning faolligini oshirish boʻyicha kompleks dastur haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, 2030-yilgacha gender tenglikka erishish strategiyasida xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirishga, qizlarni oliy taʼlim bilan qamrab olishga doir tajribamiz bilan o‘rtoqlashdik.

Bugun mamlakatimizda rahbar lavozimidagi ayollar 35 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2017-yilda ular atigi 27 foiz edi. Parlament a’zolarining soni 32 foizdan ortiqdir, bu Birlashgan Millatlar Tashkiloti tavsiyalariga mos keladi.

Islohotlar natijasida 2024-yilda Jahon banki o‘zining “Ayollar, biznes va huquq” hisobotida O‘zbekistonni gender tenglikni ta‘minlashda eng katta yutuqlarga erishgan beshtalik qatoriga kiritgani xalqaro miqyosda yuqori baholanib, boshqa davlatlarga namuna sifatida e‘tirof etildi.

#senat #hamkorlik #gendertenglik

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Oliy Majlis Senatining ellik yettinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi

Yalpi majlisda masalalar muhokamasi jarayonini Senatning YouTube tarmog‘idagi sahifasi orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin.

#senat #yalpimajlis57

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Cheksiz axborotlar almashinuvi va ijtimoiy munosabatlar murakkablashib borayotgan hozirgi shiddatli davrda inson ruhiyatiga ta’sirlar, bosimlar tobora kuchayib bormoqda.

Muammolarimiz esa faqat moddiy jihatlar bilan bog‘liq bo‘lavermaydi va qiyinchiliklarga duch kelgan har qanday inson avvalo ruhiy daldaga muhtoj bo‘ladi.

Shu bois aholiga psixologik yordam ko‘rsatish tizimi shaklan va mazmunan takomillashtirilib, ijtimoiy siyosatimizning muhim yo‘nalishi sifatida alohida Qonun bilan tartibga solinmoqda.

Qonunda kam ta’minlanganlar, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lganlar, bolalar, tazyiq va zo‘ravonlikdan, odam savdosidan jabrlanganlarga davlat tomonidan bepul psixologik yordam ko‘rsatilishi belgilangan.

Qonun amalda ishlashi va kutilgan samarani berishi uchun uning targ‘ibotini kuchaytirish hamda mutasaddilardan ushbu masalaga alohida e’tibor qaratish talab etiladi.

#senat #yalpimajlis57

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Navbatdagi yalpi majlisda senatorlar bilan mahalliy davlat hokimiyati tizimini takomillashtirishga qaratilgan Qonunni muhokama qildik.

Qonunga asosan hokimlar bir vaqtning o‘zida tegishli hududdagi xalq deputatlari Kengashiga rahbarlik qilish amaliyoti bekor qilinmoqda.

Mahalliy Kengash raisi vakolatlari kengaytirilib, “Kengash so‘rovi”, “Kengash tekshiruvi” institutlari joriy etiladi hamda hududni rivojlantirishda hokim va mahalliy Kengashning mas’uliyati kuchayadi.

Mazkur Qonun konstitutsiyaviy islohotlarimizning muhim tarkibiy qismi sifatida mahalliy Kengashlarni isloh qilish yo‘lida dadil qadam bo‘ladi.

#yalpimajlis57 #senat

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Senatorlar bilan oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikdan himoya qilish choralarini kuchaytirishga doir Qonunni ma’qulladik.

Qonun bilan bolalarga nisbatan oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik qilganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda.

Yana bir muhim jihat, zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyat ishlari yuzasidan yarashuv to‘g‘risidagi arizani surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida emas, sud muhokamasi paytida berish tartibi joriy qilinmoqda.

Bu esa, mazkur yo‘nalishda turli noo‘rin, bir yoqlama va yuzaki yondashuvlarga barham berishga hamda oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik holatlari kamayishiga xizmat qiladi.

#senat #yalpimajlis57

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Оliy Majlis Senatining ellik yettinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirmoqda

Yalpi majlisda ko‘rib chiqiladigan masalalarni Senatning YouTube  tarmog‘idagi sahifasi orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin.

#senat
#yalpimajlis57

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Ellik yettinchi yalpi majlisda davlat xaridlari tizimini takomillashtirishga doir Qonunni muhokama qildik.

Qonun bilan kichik qiymatdagi va ikki bosqichli davlat xaridlari tushunchalari hamda davlat xaridlarini amalga oshirishning yangi turlari joriy qilinmoqda.

Bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari (byudjet buyurtmachilari yigirma besh baravar) miqdoridan oshmagan xaridlar komissiyasining ishtirokisiz o‘tkazilishi mumkin.

Shu bilan birga, davlat xaridlari sohasida shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya faoliyatida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik asoslari Qonunda aniq ko‘rsatilmoqda.

Qonunning qabul qilinishi ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga, raqobat muhitini yanada kuchaytirishiga, tadbirkorlarni keng jalb qilishga xizmat qiladi.

#yalpimajlis57 #senat

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Mamlakatimizda sog‘liqni saqlash, sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish sohasi tubdan isloh qilinib, ming yillik tarixga ega xalq tabobati faoliyatiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

Biroq, hech birimizga sir emaski tabiblik yo‘li bilan turli kasalliklarni davolaymiz deya, bemor odamlarimizni umidvor qilib, aldab yurgan "soxta" tabiblar ham oramizda yo‘q emas.

Xalqimizni ana shunday firibgarlarning qurboniga aylanmasliklarini oldini olish hamda xalq tabobati faoliyatini tartibga solishga qaratilgan muhim Qonunni ko‘rib chiqdik.

Qonunga ko‘ra tegishli huquqqa ega bo‘lmagan shaxs tomonidan tibbiy tashxis qo‘yish, ruxsat etilmagan tibbiy xizmatni ko‘rsatish va ommaviy targ‘ib etganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.

#yalpimajlis57 #senat

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Xalq siyosiy maslahat kengashi Butunxitoy qo‘mitasi Raisi Van Xunin janoblari bilan uchrashuv o‘tkazdik.

Uchrashuvda davlatlarimiz rahbarlarining sa’y-harakatlari bilan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida ko‘ptomonlama strategik aloqalar yangi bosqichga yuksalganligi e’tirof etildi.

Muloqotimiz davomida fan-ta’lim va innovatsiya, turizm sohalari hamda qishloq xo‘jaligi va ekologiya masalalari yuzasidan o‘zaro hamkorlik rejalarini muhokama qildik.

Shu bilan birga, savdo-iqtisodiy, texnologiya va transport hamda energetika va sanoat kooperatsiyalari yo‘nalishidagi yirik loyihalarni birgalikda amalga oshirish xususida fikr almashdik.

Parlamentlararo aloqalarni uzviy davom ettirish, do‘stlik guruhlari faoliyatini jadallashtirish hamda mahalliy vakillik organlari o‘rtasidagi hamkorlikka qaratilgan dasturlarni qabul qilishga kelishib oldik.

#senat #hamkorlik

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM