Tanzila Narbaeva
8.47K subscribers
3.06K photos
89 videos
1 file
908 links
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi

Facebook:
https://www.fb.com/narbaevatanzila/
Instagram:
https://www.instagram.com/tanzilanarbaeva
Twitter:
twitter.com/TNarbaeva
Download Telegram
O’zbekiston delegatsiyasi Bishkek shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʼstligiga aʼzo davlatlar Parlamentlararo Assambleyasining kuzgi sessiyasi doirasidagi tadbirlarida qatnashdi.

Аssambleya doirasida 2023 yilda amalga oshirilgan ishlar sarxisob qilindi. Sogʼliqni saqlash, ekologiya, xavfsizlik va huquq sohalariga oid bir qator namunaviy qonun loyihalari koʼrib chiqildi.

Parlament delegatsiyalari kelgusi yil rejalari yuzasidan kelishib olishdi.

@tanzilanarbaeva
Endi voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarning bolalar bilan ishlashi qat’iyan man etiladi

Aprel oyida Senatda tuzilgan ishchi guruhi tomonidan ishlab chiqilgan “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi.

Ushbu hujjatga asosan, qonunchilikka voyaga yetmaganlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarning bolalarga ta’lim, tarbiya berish, ularni sog‘lomlashtirish, bolalar sporti, ijodiy tashkilotlarda ishlashini taqiqlovchi norma kiritildi.

Kuni kecha Hukumatning maxsus qarori bilan voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslar reyestrini yuritish tartibi tasdiqlandi.

Endilikda qasddan odam o‘ldirish, voyaga yetmagan shaxsning nomusiga tegish, voyaga yetmagan shaxs tasvirlangan pornografik mahsulotni tarqatish, voyaga yetmagan shaxsni jalb etgan holda qo‘shmachilik qilish, fohishaxonalar tashkil etish yoki saqlash, terrorizm, shuningdek boshqa turdagi jinoyatlar uchun ilgari hukm qilingan shaxslar mazkur reyestrga kiritiladi. Reyestr maxsus axborot tizimi orqali shakllantiriladi va yuritiladi.

Eng muhim va e’tiborli tomoni shundaki, reyestrga kiritilgan shaxslarni ishga qabul qilish bilan bog‘liq jarayonlar ushbu axborot tizimidan olingan ma’lumotlar asosida nazorat qilib boriladi.

Qonunchiligimizdagi bu kabi o‘zgartirishlar zamon talablariga xos va insonparvarlik uchun o‘ta ahamiyatlidir.

Oldimizda ushbu sohada yechimini kutayotgan yana qator masalalar mavjud. Biz bu yo‘nalishdagi ishlarimizni faol davom ettirgan holda, qonunlarni yanada takomillashtirishga, targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirishga alohida e’tibor qaratamiz.

Bundan buyon ham ayollarimiz va farzandlarimizning huquqlarini ishonchli himoya qilish faoliyatimizning ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qoladi.

@tanzilanarbaeva
Bugun dunyo hamjamiyati Ayollar tadbirkorligi kunini nishonladi

Tadbirkorlik orzulari sari intilib, qiyinchiliklarni yengib oʻtib, turli sohalarda salmoqli yutuqlarni qoʻlga kiritayotgan ayollarimizning matonati va yetakchilik fazilatlarini koʻrib, doimo faxrlanaman.

Xotin-qizlarimizning tadbirkorlik uchun yaratilgan imkoniyatlardan keng foydalanayotgani, muvaffaqiyatning yangidan yangi eshiklarini shahdam qadamlar bilan ochayotgani nafaqat ularning oʻz oilalari uchun, balki mamlakatimiz iqtisodiyoti rivoji uchun uchun ham ulkan hissadir.

Qadrli ishbilarmon ayollar, ishonamanki, sinmas irodangiz va intilishingiz bilan bundan-da katta marralarni zabt eta olasiz. Sizning barcha tashabbuslarlaringiz, saʼy-harakatlaringizni roʻyobga chiqarishda doim yoningizdamiz. Erishgan yutuqlaringiz va matonatingizni olqishlab, tadbirkorlik faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilayman.

@tanzilanarbaeva
Musulmon oqsoqollar kengashi bosh kotibi Muhammad Аbdusalom bilan uchrashib, muzokara o‘tkazdik.

Аsosiy e’tiborni O‘zbekiston va Musulmon oqsoqollar kengashi bilan keng ko‘lamli aloqalarni mustahkamlash, diniy bag‘rikenglik hamda Islom qadriyatlarini mustahkamlash borasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalariga qaratdik.

Mehmonlar tomonidan yurtimiz boy tarixga ega ekanligi, buyuk allomalarimiz noyob ilmiy merosining, ayniqsa, yoshlarimiz bilim va tafakkurini yuksaltirishdagi ahamiyatiga to‘xtalib, bu meros jahon hamjamiyatida targ‘ib qilinishi kerakligi aytib o‘tildi. 

Bundan keyin ham o‘zaro aloqalarni yanada kengaytirish, birgalikda turli ilmiy va amaliy tadbirlarni tashkil etishga kelishib oldik.

@tanzilanarbaeva