Tanzila Narbaeva
9.4K subscribers
2.92K photos
88 videos
1 file
903 links
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi

Facebook:
https://www.fb.com/narbaevatanzila/
Instagram:
https://www.instagram.com/tanzilanarbaeva
Twitter:
twitter.com/TNarbaeva
Download Telegram
Bugun qadriyatlarimizga xos bo’lgan birdamlik har qachongidan ko’ra ko’proq muhim

Mamlakatimizda #Covid_19 tarqalishining oldini olish maqsadida Prezidentimiz muhim Farmon va qarorlarni imzoladilar. Maxsus komissiya tomonidan ham kechiktirib bo‘lmas ishlar amalga oshirilmoqda.

Karantinda bo‘lgan hamyurtlarimiz koronavirusdan sog‘aygani haqidagi xushxabarlar har birimizning qalbimizga quvonch ulashmoqda. Albatta, bunda fidoiy shifokorlarimizning o‘rni beqiyos. Ularga har qancha ta'zim aylasak arziydi! Bundan tashqari, Milliy gvardiya va Ichki ishlar vazirligi hamda boshqa mas'ul idoralar mutaxassislarining mehnatini ham e'tirof etish zarur.

Aziz vatandoshlar! Sizlarga murojaat qilmoqchiman. Ko‘pgina mashaqqatlarni yengib chiqqan mard va oliyjanob xalqimiz azaldan og‘ir-vazmin bo‘lib, sinovli kunlarda birlashib kelgan. Bugun ana shunday qadriyatlarimizga xos bo‘lgan birdamlik har qachongidan ko‘ra ko‘proq muhim.

Uyda qolib, sanitariya-gigiyena qoidalarini unutmaylik! Qachonki jipslashib, mutaxassislarning tavsiyalariga, qolaversa, karantin davrida tartib-intizomga qat'iy rioya qilsak, shundagina ushbu sinovli kunlarni tezroq yengamiz.

Unutmang, mas'uliyatli bo‘la olish bilan nafaqat o‘zimiz va yaqinlarimizni, balki butun insoniyatni asrab qolamiz!
~~~~
Сегодня как никогда, важны такие присущие нашему народу ценности, как солидарность и единство

В целях предотвращения пандемии коронавируса в стране, Президент страны подписал важные Указы и постановления. Со стороны специальной комиссии реализуются все безотлагательные меры.

Новости о выздоровлении наших соотечественников от коронавируса радуют каждого из нас. Конечно, в этом роль наших преданных врачей неоценима. Низкий им поклон! Кроме того, необходимо отметить самоотверженный труд сотрудников Национальной гвардии, Министерства внутренних дел, а также специалистов других ответственных ведомств.

Уважаемые соотечественники! Я хочу обратиться к вам. Испокон веков наш благородный и отважный народ, спокойно и самоотверженно сплотившись, противостоял многим трудностям.

Оставайтесь дома и соблюдайте правила санитарии и гигиены! Только сплотившись вместе, строго следуя рекомендациям специалистов и соблюдая в период карантина дисциплину, мы сможем быстрее преодолеть эти испытания.

Помните, что наша ответственность спасает не только нас самих и наших близких, но и все человечество!

#uydaqoling
#vahimasizkarantin #sinovdavri

Senat.uz | Facebook | Instagram |Twitter