Samarqand shahrida ilk bora oʻtkazilayotgan Osiyo xotin-qizlari forumida “BMT-ayollar” tuzulmasining direktori Sima Sami Baxus xonim, Parlamentlararo ittifoq Bosh kotibi Martin Chungong janoblarini, BMTning Jenevadagi boʻlimi direktori Tatyana Valovaya xonimlar oʻz nutqlari bilan ishtirok etishib, mamlakatimizda xotin-qizlar manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ijobiy ishlarni alohida eʼtirof etishdi.
Jahon miqyosida siyosiy-iqtisodiy beqarorlik holati davom etayotgan bir sharoitda xotin-qizlarning davlat boshqaruvi, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-akademik va madaniy-gumanitar sohalardagi faol ishtirokini taʼminlash har qachongidan-da muhim hisoblanadi.
Bu borada Osiyo mintaqasi davlatlarining oʻzaro hamkorligi va tajriba almashinuvi dolzarb ahamiyatga ega.
Shu jihatdan ham, muloqotlar maydoni boʻlgan, bugungi forumda koʻtarilgan masalalar, ilgari surilgan tashabbuslar, fikr-mulohazalar mintaqa davlatlarining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti uchun xizmat qiladi deb oʻylayman.
#Senat #UNWomen
#AsianWomensForum #hamkorlik
@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM