Ta’lim yangiliklari
5.91K subscribers
11.1K photos
3.84K videos
747 files
9.28K links
Таълим янгиликлари

Ta'limdagi yangiliklar aniq, tezkor va xolis xabarlarni kuzatib boring.

Respublika, viloyat, tuman va shahar darajadagi tadbirlar joylashtirish mumkin.
Download Telegram
#Сўраган_эдингиз
#Call_markaz

Bolaning ota-onasi chet elda, jiyanimni 1-sinfga qabul qilish uchun o‘zim ariza topshirsam bo‘ladimi?
Ha, albatta topshirish mumkin. Elektron platformada shaxsiy ma’lumotlarni shakllantirganingizdan so‘ng, tegishli maydonni belgilab, vasiylik bo‘yicha qarorni biriktirasiz va keyingi jarayonlarni amalga oshirishingiz mumkin.

Yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tmagan harbiy xizmatchilar farzandini umumta’lim maktabiga o‘qishga joylashtirish uchun qanday tartibda ariza topshirishlari mumkin?
Elektron platformada shaxsiy ma’lumotlarni shakllantirgandan so‘ng, harbiy xizmatchi katakchasini belgilaysiz. So'ngra yashash joyi bo‘yicha davlat soliq idoralari ro‘yxatidan o‘tgan ijara shartnomasi yoki tegishli harbiy qism (muassasa) tomonidan yashash manzili ko‘rsatilgan ma'lumotni tizimga yuklagan holda ariza topshirishlari mumkin.

Ariza jo‘natmoqchi bo‘lganimda “Siz tanlagan manzilga biriktirilgan maktab topilmadi” degan xatolik chiqqanda nima qilish kerak?
Ushbu holatda siz shaxsiy kabinetingizga kirib, "Mening ma’lumotlarim" bo‘limidan yashash manzilingizni tahrirlab, saqlash tugmasini bosishingiz va qayta ariza yuborishingiz kerak.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#qabul_2024
#call_markaz
#press_tur

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida Qabul-2024 bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va 1206 qisqa raqamli Call-markaz faoliyati bilan OAV vakillarini yaqindan tanishtirish maqsadida press-tur tashki etildi.

Bugungi kunda Agentlik tizimida 14 ta Prezident maktabi, 9 ta ijod maktabi hamda 182 ta ixtisoslashtirilgan maktab faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ushbu maktablarga 1-iyundan boshlab hujjatlar ariza.piima.uz sayti orqali 20-iyungacha onlayn qabul qilinmoqda.

Ota-ona va o‘quvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida joriy yilning 10-may kunidan 1206 qisqa raqamli Call-markaz faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib kuniga 3000 mingga yaqin murojaatlarga batafsil javob berib kelinmoqda.

Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida joylashgan mazkur Call-markaz shu yilning 1-oktyabriga qadar har kuni soat 09:00dan 19:00gacha faoliyat koʻrsatadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal