Ta’lim yangiliklari
6.31K subscribers
10.2K photos
3.74K videos
743 files
9.01K links
Таълим янгиликлари

Ta'limdagi yangiliklar aniq, tezkor va xolis xabarlarni kuzatib boring.

Respublika, viloyat, tuman va shahar darajadagi tadbirlar joylashtirish mumkin.
Download Telegram
#Сўраган_эдингиз
#Sertifikatlar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2024-yil 29-maydagi 3515-son qoʻshma qarori izoh qismi 2-bandida majburiy attestatsiyada imtiyoz beriladigan sertifikatlar roʻyxati belgilangan. Bunda faqat til bilish sertifikatlari qabul qilinadimi?

Mazkur imtiyoz qarorning 3-bobida keltirilgan Common European Framework of Reference (CEFR) tizimiga mos keladigan xorijiy til bilish sertifikatlari uchun amal qiladi.

Matematika boʻyicha SAT (Digital Scholastic Assessment Test) sertifikatini topshirishda yoshning ahamiyati bormi?

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Collegeboard xalqaro tashkiloti o‘rtasida olib borilgan hamkorlik natijasida joriy yildan boshlab matematika bo'yicha SAT sertifikatini topshirishdagi yoshga doir cheklov bekor qilindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Kasbiy sertifikatlash sinovlarida qatnashish istagidagi pedagoglar uchun muhim eslatma!

Avval xabar qilinganidek, navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash sinovlarida qatnashish uchun umumiy oʻrta taʻlim tashkilotlariga pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajor-oʻqituvchilar hamda tegishli toifaga ega boʻlmagan pedagog kadrlar tomonidan murojaatlar yuborish davom etmoqda.

❗️Murojaatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda davlat xizmatlari markazlari orqali 2024-yil 10-avgust (shu kuni ham)ga qadar qabul qilinadi.

Maʼlumot uchun: mazkur sinovlarda joriy yilning mart-iyun oylarida oʻtkazilgan kasbiy sertifikatlash sinovlarida yetarli ball toʻplay olmagan (56 dan kam) hamda sinovlardan oʻta olmagan stajor-oʻqituvchilar ham qatnashishi mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭕️⭕️⭕️

📣 Avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan malaka test sinovlarida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish bugundan boshlandi


Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʻlim tashkilotlari pedagog kadrlari joriy yil avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan attestatsiyada ishtirok etishlari uchun 1-avgustdan 1-oktabrga qadar roʻyxatdan oʻtishi va murojaat yuborishi mumkin.

❗️Murojaatlar:

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining pedkadr.uzedu.uz platformasi;

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali;

Davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilinadi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM