Ta’lim yangiliklari
6.16K subscribers
10.3K photos
3.77K videos
745 files
9.07K links
Таълим янгиликлари

Ta'limdagi yangiliklar aniq, tezkor va xolis xabarlarni kuzatib boring.

Respublika, viloyat, tuman va shahar darajadagi tadbirlar joylashtirish mumkin.
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Yuy Szyun bilan uchrashdi.


Uchrashuv avvalida O‘zbekistondagi maktabgacha va maktab ta’limi tizimi, amalga oshirilgan islohotlar va istiqboldagi vazifalar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Xususan, "O‘zbekiston – 2030" strategiyasidagi ta’lim tizimi bilan bog‘liq ustuvor yo‘nalishlar haqida so‘z yuritildi.

Muloqot davomida o‘zaro hamkorlikda yangi loyihalar ishlab chiqish, hamkorlik aloqalarini kengaytirish hamda maktablarda xitoy tilini ikkinchi xorijiy til sifatida o‘qitishni rivojlantirish kabi masalalar muhokama qilindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 2024 йил 26 июлдан қисқа муддатли меҳнат таътилига чиқди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев с 26 июля 2024 года вышел в краткосрочный трудовой отпуск.

Facebook|Instagram|X
Мактабгача ва мактаб таълими вазирлигининг “Ягона электрон
тизими – erp.maktab.uz”ни “emaktab” платформаси билан ўзаро интеграция қилиш ва маълумот алмашинувини йўлга қўйиш,  вазифаларни ўз вақтида ва сифатли бажаришга кўмаклашиш ҳамда ахборот тизимлар имкониятларини ўрганиш мақсадида Ўзбекистон Республикаси мактабгача ва мактаб таьлими вазирлиги томонидан АКТни жорий этиш ва рақамлаштириш бўйича масъул ходимлари учун амалий семинар ташкил этилди.
Forwarded from Fan olimpiadalari
🟨🟨🟨🟨🟨

Joriy yilning 21-29-iyul kunlari Eronda tashkil etilgan 54-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO) da Nukus shahridagi Prezident maktabi 10-sinf o'quvchisi Javohir Sadullayev  bronza medalini  qo'lga kiritdi.

Ushbu yutuq bilan o‘quvchimizni va ota-onalarini hamda ustozlarini muborakbod etamiz.

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭕️⭕️⭕️
⭕️⭕️⭕️⭕️

📣 ERTAGA soat 16:00 da Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlarni amaliyotga tatbiq etish masalalariga bagʻishlangan JONLI MULOQOT tashkil etiladi.

Unda vazirlik boshqarma boshligʻi Sardor Rahimboyev hamda masʼul xodimi Hasan Ubaydullayev mavzuga doir savollarga atroflicha javob berib oʻtadi.

👉 Muloqot vazirlikning rasmiy telegram kanalida boʻlib oʻtadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Maktab bitiruvchilarining oliy oʻquv yurtlariga kirish oʻrtacha ball koʻrsatkichi besh yilda 69,8 balldan 78 ballga oshdi

Bilim va malakalarni baholash agentligi maʼlumotlariga koʻra, maktab bitiruvchilarining oliy oʻquv yurtlariga kirish oʻrtacha ballari soʻnggi besh yilda 69,8 baldan 78 ballga oshganligini koʻrishimiz mumkin (2020-yilda 69,8 ball, 2021-yilda 74,9 ball,2022-yilda 75,8 ball, 2023-yilda 76,1 ball, 2024 yilda 78 ball).

Ahamiyatli jihati, 2024-yilgi abituriyentlarga tegishli oʻrtacha ball 70,8 ni tashkil etgani holda, joriy yil maktab bitiruvchilarining oʻrtacha bali umumiy koʻrsatkichdan 7,2 ball yuqori.

Maksimal ballning 75 foizidan yuqorisini (141,75 + ball) egallagan 41 009 nafar abituriyentning 32 949 nafari yoki 80 foizi aynan joriy yildagi maktab bitiruvchilaridir.

Albatta, bizga bundan ham yuqori ko‘rsatkichlar kerak. Muhimi, raqamlarda ijobiy siljish bor. Hurmatli ustozlar va ota-onalar, kelgusi yillarda natijalar bundan-da yaxshi bo‘lishi uchun farzandlarimiz ta’limiga e’tiborni yanada kuchaytirishimiz zarur.
🟨🟨🟨🟨🟨

Xalqaro matematika musobaqasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar 18 ta medalni qo‘lga kiritishdi!


26-31-iyul kunlari Hindistonda bo‘lib o‘tgan 30 ta davlatdan 576 nafar iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etgan Xalqaro matematika musoboqasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar tomonidan 3 ta oltin, 4 ta kumush va 11 ta bronza medallari qo‘lga kiritishdi.

O‘zbekiston terma jamoasi 8 nafar iqtidorli yoshlardan iborat bo'lib, ularning barchasi sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Katta yoshlilar jamoasida medal olganlar (Key Stage III):

🥇Ozodbek Axtamov — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi;
🥇Asadbek Boboqulov — Toshkent shahridagi S.H.Sirojiddinov akademik litseyi 1-bosqich o‘quvchisi;
🥈Elbek Zohidjonov — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi;
🥉 Rasulbek G‘affarov — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan  maktabning 9-sinf o‘quvchisi;

Kichik yoshlilar jamoasida (Key Stage II):

🥇Dildora Mahkamova — Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 7-sinf o'quvchisi;
🥈Baxtiyor Ostonov — Qorako‘l tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 7-sinf o'quvchisi;
🥉Mehmonbek Amonov — Qorako‘l tumani ixtisoslashtirilgan maktabning 8-sinf o'quvchisi;
🥉Azizbek Mamajanov — Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani, 3-sonli maktabning 8-sinf o'quvchisi;

Shuningdek, ixtiyoriy ravishda ota-onasi va ustozlarining tashabbusi bilan ishtirok etgan o‘quvchilar orasidan 10 nafari muvaffaqiyatli ishtirok etdi va quyidagicha taqdirlandi:

Katta yoshlilar jamoasida medal olganlar (Key Stage III):

🥈Asadbek Aslonov — Navoiy Qorako'l ixtisoslashtirilgan maktabning - 11 sinf o'quvchisi;
🥉Davronbek Diyorov — Samarqand viloyati, Kattaqo'rg'on tumani 48-maktabning 9-sinf o'quvchisi;
🥉Muhammadali Rasulov — Qorako'l tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 8-sinf o'quvchisi;
🥉 Abdulaziz Radjabov — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan  maktabning 8-sinf o‘quvchisi;
🥉 Zufar Norkulov — Qashqadaryo viloyati, G'uzor tumani, 45-maktabning 8-sinf o'quvchisi;

Kichik yoshlilar jamoasida medal olganlar (Key Stage II):

🥈Kamrobek Kamolov — Buxoro shahar, 35-IDUMning 6-sinf o'quvchisi
🥉Muhammad Olimboyev — Guliston shahridagi Prezident maktabining 6-sinf o'quvchisi;
🥉Abbos Sattorov — Qorako‘l tumani ixtisoslashtirilgan maktabning 7-sinf o'quvchisi;
🥉Umarbek Ubaydullayev — Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 6-sinf o'quvchisi;
🥉Muhammadshoh Mardonov — Qorako‘l tumani ixtisoslashtirilgan maktabning 6-sinf o'quvchisi;

Ushbu yutuqlar bilan o‘quvchilarimizni va ularning ota-onalarini hamda ustozlarini samimiy muborakbod etamiz.

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM