Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
25K subscribers
26.6K photos
2.51K videos
91 files
8.57K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik
#UNICEF

Bugun vazirligimiz tomonidan UNICEF hamda Ta'lim bo‘yicha global hamkorlik tashkiloti (GPE) bilan birgalikda tashkil etilgan “Mahalliy ta'lim guruhi”ning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

❗️Unda xalqaro va mahalliy mutaxassislar bilan birga 2023–2026-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi ta'lim sohasini isloh qilishning Milliy yo‘l xaritasi (National Compact)ni ishlab chiqish jarayonlari haqida so‘z yuritdik.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, so‘nggi yillarda Davlatimiz rahbari boshchiligida mamlakatimizda ta'lim sohasini rivojlantirish maqsadida katta islohotlar amalga oshirilmoqda.

✔️Biz zamonaviy ko‘nikmalarga ega, kreativ fikrlaydigan, keng dunyoqarashli yangi avlodni tarbiyalashni maqsad qilib oldik va ushbu maqsadga erishish uchun barcha kuch, bilim, sharoit va imkoniyat safarbar etamiz.

⚡️Ta'lim sohasini isloh qilishning Milliy yo‘l xaritasini ishlab chiqish jarayoni xalqaro hamkorlar bilan birgalikda ta'lim islohoti dasturini amalga oshirish yo‘lidagi birinchi qadamdir.

Umid qilamanki, yurtimizdagi ta'lim tizimini yanada isloh etishda bu kabi ko'plab loyihalar ustida birgalikda ishlaymiz. Maqsadimiz bitta - yoshlarimizning jahon standartlariga mos ta'lim olishlarini ta'minlashdir.
_______
📌Ma'lumot o'rnida, bugun maktabgacha va maktab ta'limi tizimida salkam 40 mingta ta'lim tashkilotlarida 8,4 million nafar farzandlarimizga 700 ming nafarga yaqin pedagog xodimlar ta'lim va tarbiya berib kelmoqda.

👇Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
#Xalqaro_hamkorlik

Xalqaro hamkorlar bilan taʼlim sifatini oshirish imkoniyatlari muhokama etilmoqda

🔴 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan UNICEF, Ta'lim bo‘yicha global hamkorlik tashkiloti (GPE) hamda boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda 2023-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasida taʼlim islohotlarini muvofiqlashtiruvchi "Hamkorlik to‘g‘risidagi milliy kelishuv"ni ishlab chiqish yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi.

Unda vazirning birinchi o'rinbosari Usmon Sharifxodjayev, UNICEFning Ta’lim sektori rahbari Alberto Biankoli, Taʼlim boʻyicha global hamkorlik tashkilotining mamlakat guruhi rahbari Lina Benet va boshqa bir qator tashkilotlar vakillari ishtirok etishmoqda.

Mazkur tadbirdan ko'zlangan maqsad:

▶️Taʼlim sifatini oshirish imkoniyatlarini va kamchiliklarni aniqlash orqali yakuniy xulosalar chiqarish;
▶️Hamkorlik toʻgʻrisidagi milliy kelishuv” hujjatida aks etuvchi tizimli islohotlar, ularni amalga oshirish mexanizmlari va investitsiyalarning ustuvor yoʻnalishlarini aniqlash;
▶️Hamkorlik toʻgʻrisidagi milliy kelishuv”ning tarkibiy tematik yoʻnalishlari boʻyicha indikatorlarni ishlab chiqishdan iborat.

📅Davra suhbati ikki kun davom etadi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Xalqaro_hamkorlik

⚡️ ISLOM TARAQQIYOT BANKI MAKTABLARNI QURISH VA TA’MIRLASHGA MABLAG’ AJRATISHI REJALASHTIRILMOQDA

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Islom Taraqqiyot Banki Markaziy Osiyo mintaqaviy vakolatxonasi ta’lim sho‘basi rahbari Muhammad Mirzai Kahagi, Ta'lim uchun global hamkorlik (GPE) tashkilotining hududiy rahbari Lina Benete hamda UNICEF tashkilotining O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mammedzade bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida tomonlar Islom taraqqiyot banki tomonidan ajratilishi rejalashtirilayotgan mablag‘dan foydalanishda asosiy vazifalar hamda rejalarni belgilab olishdi.

❗️Muzokaralar natijasiga ko‘ra, Islom taraqqiyot banki tomonidan ta’mirtalab maktablarda ta’mir ishlarini amalga oshirish, yangi maktablar va sportzallar qurishga mablag’ ajratilishiga kelishib olindi.

Mazkur soha uchun GPE tomonidan ham qo‘shimcha mablag’ ajratilishi ko‘zda tutilgan.

📌Ma'lumot uchun, hozirgi kunda yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan 10104 ta maktablar jami 5,2 million o‘quvchi o‘rniga ega bo‘lsa-da, amalda ushbu maktablarda 6,3 million o‘quvchi tahsil olmoqda.

Hozirda ta’mirtalab maktablar soni 1250 tani tashkil etadi.
#Xalqaro_hamkorlik

HELSINKIDA O’ZBEKISTONDAGI TA’LIM ISLOHOTLARI HAQIDA SO’Z YURITILDI

Ayni vaqtda Helsinki shahrida “Taʼlimda Finlyandiya tajribasini joriy qilish” mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tmoqda.

✔️ Tadbir Osiyo taraqqiyot banki (OTB), Finlyandiya taʼlim vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tashkil etilgan bo'lib, unda OTB tomonidan tanlab olingan, Finlyandiya bilan hamkorlikda amaliy natijalariga erishgan Filippin, Bangladesh, Nepal va Shri-Lanka bilan birgalikda O‘zbekiston vakillari ham ishtirok etmoqda.

❗️ Davra suhbatida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Strategik rivojlantirish va xalqaro reytinglar boshqarmasi boshlig‘i Laziz Xo‘jaqulov O‘zbekistonda taʼlim islohotlarining asosiy yo‘nalishlari, shuningdek, vazirlikning xalqaro hamkorlari bilan taʼlimda olib borayotgan hamkorlik istiqbollari bo‘yicha o‘rtoqlashdi.

Shuningdek, davra suhbatida ishtirok etgan Finlandiyaning O‘zbekistondagi elchisi Ikka Raisanen Finlyandiya tomonidan yurtimizda taʼlim islohotlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida grant ajratilishini bildirdi.

📌Ushbu grant o‘qituvchilarning malakasini oshirish, metodik xizmat va boshqaruv uchun yo‘naltirilishi rejalashtirilmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Forwarded from Movluda Asqarxo‘jayeva
#xalqaro_hamkorlik

⚡️UNICEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi vakillari hamda xalqaro ekspert Surxondaryoda

🤝Kuni-kecha Surxondaryo viloyatida UNICEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi  ta’lim bo‘limi xodimlari, xalqaro ekspert Tereza Gonsales va Maktabgacha taʼlim agentligi vakili ishtirokida Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

📌Batafsil: https://mpe.uz/post-detail/posts/news/2458
_______________________________

#международное_сотрудничество

⚡️Представители ЮНИСЕФ в Узбекистане и международный эксперт в Сурхандарье

🤝На днях в Сурхандарьинской области состоялась совместная встреча в Управлении дошкольного и школьного образования Сурхандарьинской области с участием сотрудников отдела образования представительства ЮНИСЕФ в Узбекистане, международного эксперта Терезы Гонсалес и представителя Агентства дошкольного образования.

📌Подробнее: https://mpe.uz/post-detail/posts/news/2458

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Forwarded from Movluda Asqarxo‘jayeva
#xalqaro_hamkorlik🇺🇿🇰🇷

🤝Maktabgacha ta'lim agentligida Koreya-O'zbekiston Biznes Assotsiatsiyasi rahbariyati va Koreyaning "EdulinkGlobal" kompaniyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

📌Batafsil: https://mpe.uz/post-detail/posts/news/2461
_____________________________

#международное_сотрудничество🇺🇿🇰🇷

🤝В Агентстве дошкольного образования прошла встреча с руководством Корейско-Узбекской Бизнес Ассоциации и корейской компанией "EdulinkGlobal"

📌Подробнее: https://mpe.uz/post-detail/posts/news/2461

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik

⚡️ Agentligimiz tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetidagi talabalar endilikda xorijda bilim oshirish imkoniyatiga ega.

Universitet talabalari 10 kun davomida Germaniyaning Drezden hamda Berlin shaharlarida bo'lib, u yerdagi Laboratoriya markazlari hamda "Volkswagen" zavodi faoliyati bilan tanishib, seminarlarda ishtirok etishdi.

📌 Eslatib o'tamiz, “Yangi O‘zbekiston” universitetiga o‘qishga hujjat topshirish davom etmoqda. Xorijiy tajriba asosida bilim olishga shoshiling!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Movluda Asqarxo‘jayeva
#xalqaro_hamkorlik

⚡️Maktabgacha ta'lim agentligida Maktabgacha ta'lim vazirining birinchi o'rinbosari - Maktabgacha ta'lim agentligi direktori A.V. Shin va Jahon bankining Janob Xiroshi Saeki boshchiligidagi missiyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi, unda tomonlar "O'zbekistonda bolalarning erta rivojlanishini takomillashtirish" qo'shma loyihasini amalga oshirish jarayonini muhokama qildilar.

📌Batafsil: https://mpe.uz/post-detail/posts/news/2491
_____________________________

#международное_сотрудничество

⚡️В Агентстве дошкольного образования состоялась встреча Первого заместителя министра дошкольного и школьного образования – Директора Агентства дошкольного образования А.В. Шин с миссией Всемирного Банка во главе с г-ном Хироши Саеки, в ходе которой стороны обсудили ход реализации совместного проекта "Совершенствование раннего развития детей в Узбекистане".

📌Подробнее: https://mpe.uz/post-detail/posts/news/2491

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Forwarded from Movluda Asqarxo‘jayeva
#xalqaro_hamkorlik

Mehribonlik korpusi (Mercy corps) xalqaro nodavlat notijorat tashkilotining O‘zbekistondagi vakillari bilan uchrashuv
bo'lib o'tdi
_______________________________________________________________

Состоялась встреча с представителями Корпуса Милосердия (Mercy Corps) в Узбекистане

👉
https://mpe.uz/post-detail/posts/news/2613


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Forwarded from Movluda Asqarxo‘jayeva
#Xalqaro_hamkorlik

⚡️Kuni-kecha "Mersy Corps" (Mehribonlik Korpusi)ning “Bolalar ta’limi va ovqatlanishi uchun MakGovern-Doul xalqaro oziq ovqat dasturi” doirasida mahsulotlar saqlanayotgan omborxonasini Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta'lim agentligining birinchi o'rinbosari F.Boboyev ko‘zdan kechirdi.

📌Batafsil: https://mpe.uz/post-detail/posts/news/2667

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#Xalqaro_hamkorlik

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Yuy Szyun bilan uchrashdi.


Uchrashuv avvalida O‘zbekistondagi maktabgacha va maktab ta’limi tizimi, amalga oshirilgan islohotlar va istiqboldagi vazifalar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Xususan, "O‘zbekiston – 2030" strategiyasidagi ta’lim tizimi bilan bog‘liq ustuvor yo‘nalishlar haqida so‘z yuritildi.

Muloqot davomida o‘zaro hamkorlikda yangi loyihalar ishlab chiqish, hamkorlik aloqalarini kengaytirish hamda maktablarda xitoy tilini ikkinchi xorijiy til sifatida o‘qitishni rivojlantirish kabi masalalar muhokama qilindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Yaponiyaning “Digital Knowledge Co.Ltd.” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Xaga Xiroaki bilan loyiha qiymati 7 mln AQSH dollar bo'lgan Grant shartnomasini imzoladi.

Mazkur grant loyihasi doirasida, tashkilotning yapon tilini o‘rgatish platformasi orqali umumta'lim maktablarining o‘quvchilariga yapon tilini o‘rganish imkoniyatlari kengaytiriladi.

Shuningdek, uchrashuvda hamkorlik istiqbollarining keyingi qadamlari muhokama qilindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening
#Xalqaro_hamkorlik

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan AQSHning Mehribonlik korpusi (Mercy Corps) xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda maktabgacha ta'lim tashkilotlari metodistlari uchun treninglar tashkil etildi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Surxondaryo viloyatidan 24 nafar metodist ishtirok etmoqda.

Mazkur tadbir “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimida bolalarning ilk yoshidan savodxonlik, ratsional ovqatlanish, gigiyena va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirishda kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish” mavzusiga bag'ishlangan.

📍 Jarayonlar 6 kun davom etadi, unda qatnashgan trenerlar kelgusida 128 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlariga kaskad usulida o'z bilimlarini hamkasblari bilan o‘rtoqlashishadi.

Trening mashg‘ulotlari davomida pedagoglar yangi pedagogik usullar, bolalarning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olib, ta’lim berishning innovatsion yondashuvlari bilan tanishishlari maqsad qilingan.

🔴 Ayni damda amaliy mashg‘ulotlar doirasida bolalarning o‘qish, yozish, muloqot qilish ko‘nikmalari hamda ratsional ovqatlanish, sog‘lom turmush tarziga oid bilimlarini rivojlantirish haqida so‘z yuritilmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM