Joriy o‘quv yilida Surxondaryo viloyatidagi 967 ta umumta'lim maktabining 1-sinfiga 64 ming 90 nafar o‘quvchi qabul qilinishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, viloyatga Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan yuborilgan 64 ming 90 dona "Prezident sovg‘alari" yetib keldi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍3⚡1🔥1🎉1🏆1
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevraldagi 87-son qarori bilan davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlangan. Ushbu qarorga muvofiq, mamlakatimiz bo‘ylab pedagog kadrlar bosqichma-bosqich kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb qilinmoqda.
19–21-avgust kunlari Surxondaryo viloyatida bo‘lib o‘tayotgan sinovlarda onlayn ariza topshirgan 2 ming 771 nafar pedagog o‘z bilim va mahoratini sinovdan o‘tkazmoqda.
Sinov tartibi:
mutaxassislik fani bo‘yicha bilim darajasini baholash uchun 40 ta test,
pedagogik mahoratini aniqlash uchun 10 ta test,
jami 50 ta test topshiriladi.
56 va undan yuqori ball to‘plagan talabgorlar sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan hisoblanadi va ularning shaxsiy kabinetiga elektron shakldagi sertifikat yuboriladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4⚡1👏1🎉1👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida 2025-yil “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” deb e’lon qilingan bo‘lib, Prezidentimizning PF–16-son Farmonida ta’lim muassasalarida “Ekologik burchaklar” va “Ekologik yo‘lakchalar” tashkil etish muhim vazifalardan biri sifatida belgilangan.
Mazkur tashabbus asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ekologik burchaklar tashkil etilib, bolalarda tabiatni anglash, ekologik ong va ijodkorlikni uyg‘unlashtirish imkoniyati yaratilmoqda. Bu yerda tarbiyalanuvchilar o‘z ijodiy ishlari orqali gullar, daraxtlar, qushlar tasvirini chizadilar, tabiat boyliklaridan foydalanib turli maketlar tayyorlaydilar.
Shuningdek, ekologik yo‘lakchalar bolalar uchun amaliy bilim maktabi vazifasini bajarib, ularda “Qizil kitob”ga kiritilgan noyob o‘simlik va hayvonlar haqidagi bilimlarni kengaytiradi hamda tabiatni muhofaza qilishning ahamiyatini chuqur anglatadi.
Videorolikda Termiz shahridagi 16-24-sonli DMTTlaridagi jarayonlar aks etgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏1🎉1💯1