Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi
811 subscribers
16.9K photos
1.56K videos
59 files
5.86K links
Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati.
Download Telegram
JARQO‘RGʻON TUMANIDA «BUTUNJAXON KO‘CHMANCHI QUSHLAR» KUNIGA BAGʻISHLANGAN TADBIR O‘TKAZILDI...

Jarqo‘rg‘on tumani Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limiga qarashli 28-umumta’lim maktabida tuman ekologiya bo‘limining mas’ul xodimlari va 28-maktab o‘qituvchilari hamkorligida maktab o‘quvchilari bilan 2024-yil 13-may Respublikamizda "Butunjaxon ko‘chmanchi qushlar" kuniga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tkazilib, tadbir yakunida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mas’ullardan javoblar olishdi.

Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga ulanish :https://t.me/surxoneko
Surxondaryo viloyati ekologiya boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan Boysun davlat o’rmon xo’jaligida korrupsiyaga qarshi kurashish, o’rmon xo’jaligida korrupsion holatlarni keskin kamaytirish mavzusida yig’ilish o’tkazildi.

Unda Boysun davlat o’rmon xo’jaligi bo’lim boshliqlari, bosh o’rmonchilar ishtirok etishdi.

Yig’ilishda viloyat Ekologiya boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish boshlig’I Alisher Meyliqulov korrupsiyaning kelib chiqishi, uning ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy zararlari, korrupsiyaga qarshi kurashning huquqiy asoslari va mexanizmlari to‘g‘risida batafsil tushuntirib o‘tdi.
Yakunda mavzuga oid bir qator fikr mulohazalar bilan almashilib, o‘zaro savol-javoblar o‘tkazildi va ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga ulanish :https://t.me/surxoneko
Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasida ochiq eshiklar kuni o’tkazildi

Termiz pedagogika institutining kimyo fakulteti talabalari viloyat Ekologiya boshqarmasida ochiq eshiklar kuni tashkil etildi. Talabalar asosan boshqarmaning latrof-muhit monitoring va cho’llanishga qarshi kurashish bo’limida bo’lishdi.

Talabalarga ekologiya boshqarmasi tomonidan olib boriladigan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Bundan tashqari laboratoriya kuzatuvlari, atmosfera havosidan, oqova suvlardan tahlil olish jarayonlari bilan tanishtirildi.

Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga ulanish :https://t.me/surxoneko
Maktablarda "Tabiat va biz" mavzusida ekodarslar o'tkazilmoqda

Ekologiya vazirligi tasarrufidagi "Surxon" davlat qo'riqxonasi xodimlari Sherobod tumani Maktabgacha va maktab ta`limi bo`limiga qarashli 6 - sonli umumta'lim maktabida "Tabiat va biz" mavzusida ekodars o`tkazildi.

Unda "Surxon" davlat qo`riqxonasida uchraydigan o‘simlik va hayvonot dunyosihaqida qiziqarli ma'lumotlar, tarqatma materiallar berildi.

Davra suhbati davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha ma'lumot va tushunchalar olishdi.

Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga ulanish :https://t.me/surxoneko