Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi
888 subscribers
17.4K photos
1.62K videos
56 files
6.06K links
Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati.
Download Telegram
Jarqo'rg'on tumani "Do'stlik" mahallasi hududida saqlanayotgan "Eman" daraxti tabiiy yodgorlik maqomiga kiritilgan

Yoshi 65-70 yosh bo'lgan ushbu Eman daraxtiga Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan tabiiy yodgorliklar maqomi berilib, doimiy ravishda muhofazaga olingan.

Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga ulanish :https://t.me/surxoneko
Qadrli ustozlar, aziz o‘qituvchi va murabbiylar!

Avvalo, Siz, azizlarni umumxalq bayrami - O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Murg‘ak qalblarga ilm-ma’rifat ulashadigan, har bir bolani o‘zining farzandidek ko‘rib, ardoqlab, ta’lim-tarbiya beradigan Siz, aziz o‘qituvchi va murabbiylar mehnati tom ma’noda fidoyilik namunasidir.

O‘zining ko‘z nuri, qalb qo‘ri, butun borlig‘ini yosh avlod tarbiyasiga baxsh etadigan Siz –mehridaryo ustozlarni, soha faxriylarini bayram bilan tabriklashdan hamisha faxr hissini tuyamiz.

Fursatdan foydalanib Sizlarga yana bir karra mustahkam sog‘lik, xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu-baraka, faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

Bayramingiz muborak bo‘lsin, azizlar!

Hurmat va ehtirom bilan Bahodir Urunov boshchiligidagi Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi boshqarmasi jamoasi
Yashil makon” loyihasi doirasida ekilgan ko’chatlarni qo’parib olgan fuqaro tabiatga 36 million 700 ming so’m zarar yetkazdi

S
ariosiyo tuman Ekologiya bo’limi davlat inspektorlari tomonidan o’tkazilgan nazorat reyd tadbirlari davomida tumanning “Nodirabegim” mahallasi hududidagi tuman Suv xo’jaligi bo’limiga tegishli bo’lgan hududda ekilgan 26 tup mevali va manzarali ko’chatlarni fuqaro N. Sh qo’porib olganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro N. Sh ga nisbatan O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 79-moddasining 1-qismiga asosan BHMning 25 barobari – 8 million 500 ming so’m miqdorida ma’muriy jarima belgilandi.

Holat natijasida tabiatga 36 million 700 ming so’m zarar yetkazildi.

Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga ulanish :https://t.me/surxoneko
Nazorat reyd tadbirlarida noqonuniy ravishda qum-shag’al olish holatiga chek qo’yildi

Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan olib borilgan reyd tadbirlari davomida Oltinsoy tumani “Mingchinor” mahallasi hududida fuqaro X.S noqonuniy ravishda qum-shag’al qazib olayotganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro X.Sga nisbatan O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 70-moddasi 1-qismiga asosan BHMning 10 barobari miqdorida – 3 million 400 ming so’m miqdorida ma’muriy jarima qo’llanildi.
Holat oqibatida tabiatga 3 million 255 ming so'm zarar yetkazilgan.

Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga ulanish :https://t.me/surxoneko
#Rasmiy_ munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Termiz tumanidagi Temiryo’l vokzali yonidagi zavoddan zaharli tutun chiqib, tevarak atrofni zaharlayotganligi bo’yicha e’lon qilingan xabar yuzasidan xabar yuzasidan Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi tomonidan o'rganish ishlari olib borildi.


Viloyat Ekologiya boshqarmasi xodimlari hamkorligida Termiz tumani “Yangihayot” mahallasi hududida joylashgan “Kontakt Silk Trans” MCHJ zavodida vizuval o’rganish ishlari olib borilib, laboratoriya analizi olindi.

O’rganish jarayonida ushbu zavodda atmosfera havosiga hech qanday tashlamalar qayd etilmaganligi, zaharli gazlarni ushlab qoladigan filtrlash uskunalari o’rnatilganligi aniqlanib, korxona rahbariga ekologik normalarga rioya qilgan holda ish olib borilishi yuzasidan ogohlantirish xati berildi.

Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga ulanish :https://t.me/surxoneko
Uzun tuman Ekologiya bo’limi nazorat tadbirlarida noqonuniy ravishda qum shag’al qazish oqibatida tabiatga 14 million 400 ming so’z zarar yetkazilgani aniqlandi

Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasining Uzun tuman bo’linmasi tomonidan o’tkazilgan reyd tadbirlari davomida tumanning “Ulanqul” mahallasi hududidagi soydan fuqaro S.I maxsus texnikasi yordamida qum olayotganligi qayd etildi.

Mazkur holat yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi Kodeksining 70-moddasiga asosan BHMning 10 barobari -3 million 400 ming so’m ma’muriy jarima belgilandi.

Noruda materiallarini qazib olingan hududda marksheyderlik o‘lchovi o‘tkazilganda tabiatga 14 million 400 ming so’z zarar yetkazilganligi oydinlashdi.

Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga ulanish :https://t.me/surxoneko
Maishiy chiqindilarini belgilanmagan joyga to’kkan fuqaro javobgarlikka tortildi

Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi xodimlari tomonidan o’tkazilgan reyd tadbirlari davomida Sariosiyo tumani “Sarijar’ mahallasi hududiga fuqaro R.A uyidan chiqqqan maishiy chiqindilarni belgilanmagan joyga tashlab ketayotganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro R.A ga nisbatan O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 91pr1-moddasining 1-qismiga asosan BHMning 1 barobari – 375 ming so’m ma’muriy jarima belgilandi.

Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga ulanish :https://t.me/surxoneko