Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi
915 subscribers
17.6K photos
1.64K videos
56 files
6.15K links
Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Fotoqopqonlar nigohiga tuz bilan oziqlanayotgan morxo'r takasi muhrlandi

Tasvirlarda Ekologiya vazirligi tasarrufidagi "Surxon" davlat qo'riqxonasida o'tkazilgan biotexnik tadbirlar davomida qo'yilgan tuz bo'laklarini morxo'rlar galasi yalayotgan jarayoni qayd etilgan.

Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga ulanish :https://t.me/surxoneko
Tabiatni asrash, ekologik madaniyat oddiy ko`nikmalarni egallashdan boshlanadi.

Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga ulanish :https://t.me/surxoneko
Tabiatni asrash, ekologik madaniyat oddiy ko`nikmalarni egallashdan boshlanadi.

Yurtboshimiz inson ma'naviyatining yuksalishida ona tabiat, unga mehrli munosabatda bo'lish, go'zalliklaridan zavqlanish hissi katta ahamiyatga egaligini alohida ta'kdlaydi: “Tabiatga yaqinlik, jonajon o'lkaning benihoya go'zalliklaridan bahramand bo'lish ma'naviyatga oziq beradi, kuchaytiradi”.

“Ekologik madaniyat” degan tushuncha zamirida ayni shu holatlar oqibatini anglash, tabiat va jamiyat qonunlariga mos tarzda hayot kechirish talablari mujassamdir. Ekologik madaniyat ham umuminsoniy madaniyatning ajralmas qismi, uning muhim ko'rsatkichi hisoblanadi. Usiz insonni to'la ma'noda madaniyatli, ma'naviyatli deb bo'lmaydi.

Bugun Boysun tumanidagi 6-son umumta’lim maktabida tashkil etilgan “Ekologik madaniyat" kuniga bagishlangan bayrami tadbiri ham aynan o‘quvchilarda tabiatga bo‘lgan mehr muhabbatlari va ekologik tarbiyaning shakllanishida muhim jarayon bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

O‘quvchilar tomonidan tayyorlangan “Bu mening jonajon yurtim”, “Tabiatni asraylik” mavzularida rasm chizish tanlovi, gullar va qushlar ko‘rgazmasi namoyishi shuningdek, “Ekologik madaniyat” haqida mustaqil ishlar havola etildi.

Tadbirni o‘tkazishdan maqsad o‘quvchi yoshlarda ekologik madaniyatini shakllantirish, ekologik qadriyatlarni e’zozlash, ularga tabiatni asrab-avaylashga intilish, tashabbuskorlik, izchillik, mehnatsevarlikni o‘rgatishga xizmat qiladi.

Surxondaryo  viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga ulanish :https://t.me/surxoneko
Uyidan chiqqan maishiy chiqindilarni belgilanmagan joyga to’kkan fuqarolar javobgarlikka tortildi

Uzun tuman Ekologiya bo’limi
davlat inspektorlari tomonidan o’tkazilgan reyd tadbirlari davomida tumanning “Fayzobod” mahallasida yashovchi fuqarolar A.K, R.T,P.D, N.G lar tomonidan belgilanmagan joyga uyidan chiqqan maishiy chiqindilarni to’kayotganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan fuqarolarning har biriga nisbatan O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 91-moddasi 1-qismiga asosan BHMning 1 barobari -340 ming so’m miqdorida javobgarlikka tortildi.

Shuningdek aholi vakillarining e’tiborsizligi ortidan paydo bo’lgan noqonuniy chiqindi uyumi, chiqindi poligoniga olib borib joylashtirilgan.

Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga ulanish :https://t.me/surxoneko
Uzun tuman Ekologiya bo’limi tomonidan joriy yil bahorgi mavsumda ekilgan ko’chatlarini quritib qo’ygan tashkilotga nisbatan chora ko’rildi

Uzun tuman Yo’llardan foydalanish korxonasi tomonidan 2024-yilning bahorgi ko’chat ekish mavumida ekilgan 17 tup manzarali daraxt ko’chatlarini qarovsizlik sabab quritib qo’yganligi sababli, tashkilotning bosh muhandisi(Yashil makon loyihasi doirasida ekilgan ko’chatlarning parvarishiga ma’suli) S. N ga nisbatan O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 79-moddasining 3-qismiga asosan BHMning 10 barobari -3 million 400 ming so’m miqdorida jarima belgilangan.

Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga ulanish :https://t.me/surxoneko
Rasmiy munosabat!

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatida aholi turar joyiga ayiq kelib qolganligi haqida xabarlar tarqaldi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi bu xabar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi:

15-may kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi “Jannatmakon” MFY hududiga kutilmaganda ayiq kelib qolgan. Yirtqich hayvon aholi turar joylariga kirib, insonlar hayotiga xavf tug'dirgan. Ayiqni zararsizlantirish jarayonida yirtqich IIB xodimlaridan biriga tashlangan va jarohat yetkazgan. Shu bilan birga, 74-sonli maktab hududiga kirgan.

Holat kutilmaganda yuz bergani, ayiqning tajovuzkor harakat qilgani va maktab oʻquvchilari hayotiga xavf tug'dirganligi sababli tezkor chora koʻrish talab qilingan va yirtqich otib oʻldirilgan. Ayiq jarohat yetkazgan IIB xodimi esa tibbiy tekshiruvdan oʻtkazilmoqda.
__

Официальное сообщение!

В социальных сетях распространилась новость о медведе, появившимся в жилой махалле Сурхандарьинской области.

По данному сообщению, Министерство экологии, охраны окружающей среды и изменения климата сообщает следующее:

15 мая в махалле «Жаннатмакон» Сариасийского района Сурхандарьинской области появился медведь. Животное проникло на территорию жилых домов, поставив под угрозу жизнь людей. Медведя попытались обезвредить, однако животное напало на одного из сотрудников УВД, ранив его. Также медведь проник на территорию школы №74, где в этот момент находились ученики.

Медведь был агрессивен и угрожал жизни школьников, ввиду чего потребовались оперативные меры, и хищник был застрелен. Сотрудник УВД, подвергшийся нападению медведя, в настоящее время проходит медицинское обследование.

Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X |🌐 YouTube
☘️Surxondaryolik o'quvchilar eko oromgohga qatnashishdi

⚡️Bugun Termiz shahridagi yoshlar markazida iqlim o'zgarishi muammolari haqida bolalarning xabardorligini oshirish va "yashil" ta'lim dasturini targ'ib qilish maqsadida uzluksiz tarzda pedagog va o'quvchilar uchun milliy hamda xalqaro ekspertlar, Termiz shahridagi qator umumta'lim maktablarining o'quvchilari ishtirokida bir kunlik ta'lim oromgohi tashkil etildi.

🔘Ochilish marosimida viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Xusniddin Mamadiyev va boshqa mas'ullar ishtirok etishdi. Tadbirda "Eco-Schools Uzbekistan" loyihasi taqdimot qilindi. Ekologiya bilan bog'liq global muammolar va ularning yechimlari, tabiatni asrash borasida o'quvchilar bilan o'zaro fikr almashildi.

☑️Mavzuga doir savol-javoblar, jamoaviy o'yinlar bilan tadbir yanada qizg'in tus oldi. Yakunda faol ishtirokchilar tadbir tashkilotchilari tomonidan rag'batlantirildi.
Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga ulanish :https://t.me/surxoneko