#daraxt #murojaat #ekologiya
Aholi diqqatiga!
Oʻzbekiston Respublikasining “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida” Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 30-dekabrdagi 46-son Farmoni asosida ekologik barqarorlikni taʼminlashga qaratilgan kechiktirib boʻlmas choralarni koʻrish belgilab berilgan.
Hozirgi kunda Respublika bo‘ylab kuchli shamol kabi gidrometerologik favqulodda vaziyatlarning tabiatga va jamiyatga salbiy taʼsiri ortib bormoqda. Bu holat tabiiy omillar yoki oʻsimliklar zararkunandalari ta'sirida zararlangan, qurib qolgan, shuningdek, insoniyat hayoti va sog‘lig‘i, mol-mulkiga tahdid solayotgan daraxtlar bilan alohida ishlashni taqozo etadi.
Shu bois yurtimizda aholining qulay tabiiy muhitga ega boʻlishini taʼminlash, zarur shart-sharoitlarni yaratish va yuzaga kelayotgan ekologik muammolarning oldini olish va bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Shu munosabat bilan Sizlardan:
— daraxtlarning ildiz tizimlari beton va asfalt qoplamalar bilan qoplanganligi, ularga turli yoritkich moslamalari, reklama bannerlari va shitlar ilinganligi;
— daraxtlarning tabiiy omillar yoki oʻsimliklar zararkunandalari taʼsirida zararlanganligi, chirigan va qurib qolganligi hamda avariya holatiga kelganligi;
— daraxtlarni noqonuniy kesish va shikastlantirish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar
kabi holatlarga Surxondaryo viloyati miqyosida guvoh bo‘lsangiz, @ecogovuz_bot telegram boti, 76 221 43 06 .raqamlari hamda 76 221 44 79 va 1157 qisqa raqamlari orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Unutmang! Hech bir murojaat e’tiborsiz qoldirilmaydi. Daraxtlarni muhofaza qilishda sizning ishtirokingiz biz uchun muhim! Zero tabiatni asrash barchamizning burchimizdir.
Telegram bot orqali murojaat yo‘llash tartibi bilan havola orqali tanishishingiz mumkin.
Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Kanalga ulanish :https://t.me/surxoneko