Suhrob Ziyo
756 subscribers
1.27K photos
278 videos
18 files
847 links
Саҳифаларимиз:
👉🏻 @sz_fotopoeziya
👉🏻 @turkiysoz
👉🏻 @sz_turkce

Мурожаат учун: @suhrobziyodov
Download Telegram
Qizimga

Daryo qizim, turonko‘z qizim,
Nigohlaring oppoq xarita.
Men ularga bir surat chizdim
Sen bilmagan dunyo haqida.

Unda hamma manzillar ayri,
Unda hamma yo‘llar chuqurli,
Unda hamma hammaga g‘ayri,
Unda hamma hammasi sirli.

Unda bitta Vatan bor,
unda...
sen bor,
men bor,
ayang bor,
xalq bor.
Ertaklar bor — ishonma bunga.
Shiorlar bor — hammasi yolg‘on...

Yo‘q, bu surat senga arzimas,
Hayf u jajji dudoqlaringga.
Shunga uni sidirib otdim,
Sening oppoq nigohlaringdan.

Daryojonim, tushungin meni,
Og‘ir olma dilchalaringga.
Bu Vatanni shu ahvolida
Tutgim kelmas qo‘lchalaringga.

S.Z.

@suhrob_ziyo1
Forwarded from ERKIN BOZOROV | RASMIY
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
BINAFSHA

Binafsha, senmisan, binafsha — senmi,
Ko‘chada aqchaga sotilgan.
Binafsha menmanmi, binafsha menmi,
Sevgingga, qayg‘ungga tutilgan?..
(Cho'lpon)



Hayot shovqinlarida berkingan tuyg'ularimiz bizni qayta topadilar. Uchrashuv joyi @arthousehamsa
+998 93 145 80 80

(Qo'shiq muxlislar talablariga binoan to'liq joylandi🫡)

@erkinbozorovv
“OZARBAYJON DAFTARI”dan

Xazar dengiziga

Salom, Xazar, mungli dengiz,
Suv tilida so’ylarmisan?
Turkistonda qurib bitgan
Qardoshingni o’ylarmisan?

Charloq qushlar sayrab bersin,
Sening-da bir nolang bormi?
Dengizimni yo’q qildim men,
Seni asrar bolang bormi?

Yuz o’ttizta irmog’ingga
Qirg’oqlaring “dorilmaydi”.
Mening bitta daryoyim bor,
Oroliga borolmaydi.

Oy dengizim, kun dengizim,
Bosh-oxiri mung dengizim,
To’rt tomoni turkka makon,
To’rt tomoni gung dengizim.

Senga boqib, ko’zim tindi,
Ichim yondi, so’zim sindi.
Orol uchun mangu yasha,
Orol uchun to’lgin endi.

Men-chi qaytdim, qalqa-qalqa,
Ko’zimda yosh halqa-halqa,
Dengizlari qurib bitgan,
Yuraklari dengiz xalqqa.

Oy dengizim, kun dengizim,
Menga mehring sun, dengizim...

S.Z.

2024, dekabr.
Boku.

@suhrob_ziyo1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“OZARBAYJON DAFTARI”dan

Hamdardlik
Ozarbayjon uchog‘i halokatiga bag‘ishlanadi

1.
Allohga omonat etilmish har jon,
Dilda omonatning yodi boshlandi,
Qozoq tuprog‘ida yongan uchoqning,
Menim yuragimda dodi boshlandi.

Ozarim ozori — mening ozorim,
Portlagan uchoqday portladi zorim,
Sening-da, mening-da turk erur borim,
Turklikning yana faryodi boshlandi.

Kuylangan kuylarning kuygan qanoti,
Bir kun Turk bo‘ladi dunyoning oti,
Ungacha, qardoshim, tik tut saboti,
Endi xayol qurmoq chog‘i boshlandi.

Sizga salom bo‘lsin, ey shahid jonlar,
O‘rtaga chiqqanda sirlar, ayonlar,
Bizniki bo‘ladi barcha osmonlar,
Yolg‘on podshohlarning “mot”i boshlandi.

Birlikda motam-u, bayram-to‘yimiz,
Yurtimiz, shahrimiz, so‘qoq, ko‘yimiz,
Tilimiz, so‘zimiz, xayol, o‘yimiz:
Orzuning she'rda bunyodi boshlandi.

2.
Zolimdan do‘st chiqmas: ming yil silasang,
Tishlaydi non tutgan panchalaringni.
Qardosh tuprog’iga qula, qulasang,
Dushmanga qoldirma parchalaringni!

2024-yil, dekabr.
Baku — Lankaron.

@suhrob_ziyo1
“OZARBAYJON DAFTARI”dan tarjimalar

MIKOYIL MUSHFIQ

Tuyg‘u yaproqlari


*
Bu so‘ngsiz fazolar bizniki, ey do‘st!
Bu ulug‘ daryolar bizniki, ey do‘st!
Samoda yulduzlar, yerda chechaklar,
Atirlar, ziyolar bizniki, ey do‘st!

*
Tinchiting dunyoni buzgan saslarni,
Bu muxannaslarni, bu iblislarni.
Beayov kurashmoq zamonidir bu,
Ey inson qalbining muhandislari.

*
Kunduz ishimizni tamomlashaylik,
Toki yaxshi yerda oqshomlashaylik,
Hayot qayig‘ini suraylik olg‘a,
Go‘zal sohillar-la salomlashaylik.

*
Ey bizim dunyoning so‘z deganlari,
Ruhning dudog‘iga tuting naylari,
Bir nag‘ma chalingki, hayratda qolsin,
Barcha zamonlarning mug‘anniylari.

*
Iforsiz bir guldir ma’nosiz she’rlar,
Qanotsiz bir qushdir xulyosiz she’rlar,
Go‘zalsiz, cholg‘usiz majlisga o‘xshar
Mazmunsiz, ohangsiz, adosiz she’rlar.

*
Kecha bir shoirning o‘tdim yonidan,
Zo‘rg‘a bir so‘z chiqmas xasis jonidan,
Ishqi, ehtirosi bo‘lmasa, yetar,
Chiqsin bu fidolik so‘z maydonidan.

*
Har tarafda qurgan ziyofat — menman,
Yulduzlar-la qilgan muloqot — menman,
Mening ozodligim quchoqqa sig’mas,
Yer menman, ko’k menman, koinot menman.

Suhrob Ziyo o’zbekchalashtirdi.

@suhrob_ziyo1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar sheʼriyati haqida suhbatlashganmiz.

"Qaqnus"

🗓 17-aprel
21:00

📺 "Madaniyat va ma'rifat" telekanalida!

@suhrob_ziyo1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oila va siyosat. Ular bir-biriga qanchalik o‘xshash? Tasavvur qiling, AQSh, Rossiya va Ukraina kelin qiyofasiga kirsa-yu, bir xonadonda yashay boshlasa... Ijodiy jamoa buni qanchalik uddaladi?

“Umr so‘qmoqlari”da dushanba-juma soat 19:20da “Mahalla” telekanalida tomosha qiling!


💬 Facebook 📸 Instagram Telegram 📹 Youtube
Forwarded from Farrux Jabborbek
Murod Muhammad Doʻstning bu surati "JannatMakon" jurnali uchun olingan. Muqovaga ham bermoqchi boʻlganmiz (shu syomkadan boshqa fotoni). Faxriyor suhbat qilgan edi. Ammo-lekin-biroq Gulnora Karimovaning shotirlari taqiqlagan. Sababi Murod Muhammad Doʻst kinorahbar payti ularning xontaxta filmlarini qaytargan ekan. Mana, qora roʻyxatlar qanday paydo boʻladi. Suhbat biror yildan soʻng "Yoshlik" jurnalida chiqqan (2012-yilgi 2-soni). Koʻp oʻtmay, "JannatMakon" ham jannatmakon boʻlib ketdi. Taqiqchilar taqiqlandi, qamaldi yo qochdi.

Murod Muhammad Doʻstning kiroarboblik yillari haqida oʻzi bilan suhbat qilganman, “Kino san’ati” jurnalining 2019-yil 2-sonida chiqqan. Shu orada feysbukda okaxonning toʻrt enlik posti rosa shov-shuv boʻldi. Xoʻjakoʻrsin islohotlar pufagi tezda yorilishi bashorat qilingan edi. Bu paytda hali jahonda pandemiya boshlanmagan, Buxoroda namunali uy-joylardan iborat mahallalarning tomini shamol uchirmagan, Sardoba suvombori yorilmagan, ...magan, ...magan edi.

Adib oʻsha posti uchun urkaltak-surkaltak qilindi. Ayni kunlarda "Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati" gazetasi suhbatni "Kino sanʼati" jurnalidan koʻchirib bosdi va... bosh muharrir Oʻktam Mirzayor lavozimidan uchib ketdi. Bugun esa na jurnal bor, na bu nomdagi gazeta.

Mistik film uchun senariy toʻqimayapman. Oʻzim guvoh boʻlgan voqealarni tigʻizlashtirilgan surʼatda soʻzlab berdim. Yaqin tariximiz tovuq titib tashlagan tomorqaga oʻxshaydi(((.

Kinosuhbatni oʻqishni istasangiz👉 https://oyina.uz/uz/article/2553
***
Shovullaydi toshqin daryolar,
To‘lqinlari titratar jonni.
Bu hayqiriq, tinsiz urholar,
Uyg‘otadi bir kun Turonni.

Uyg‘onadi Turon, beshikdan
Mo‘ralaydi bir juft qora ko‘z,
Daryo esa sho‘xchan qo‘shiqlar
kuylab, raqs tushadi sho‘x-sho‘x.

Hayot hayot bo‘ladi shunda,
Tong ham shunda otadi tongday,
Daryolarga to‘la ochunda,
Turon uxlab yotarmi shunday?!

Bu ro‘y berar, bilmaydi dunyo,
Bizning uyda shu etar davom:
Har kun suron soladi Daryo,
Va shu taxlit uyg‘onar Turon.

S.Z.

2025. Aprel.

@suhrob_ziyo1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar sheʼriyati haqida suhbatlashganmiz.

"Qaqnus"

🗓 17-aprel
21:00

📺 "Madaniyat va ma'rifat" telekanalida!

@Qaqnus_klub
Dunyo
(turkumdan)


Gul shakliga kirgan chayon...
Qushman, degan ko‘rshapalak...
Haqiqatman, degan yolg‘on...
Yerga botgan qontus falak...

Vafodorman, degan itlar...
Xushovozman, degan qarg‘a...
Pashshaday jon bergan kitlar,
Okeanni zaqqum qamrab...

Ummon otli ko‘lmaklar-u,
Madadnamo ermaklar-u,
Moziy degan ertaklar-u,
Orsiz qolgan erkaklar-u...

Nomus yegan ayollar ham,
Iblis ekkan xayollar ham,
Yiltiragan mezonlarga
O‘zin osgan shamollar ham...

Zulmini haq bilgan zolim...
Ilmini naqd sotgan olim...
Osmonini yerga ko‘mib,
Yerda degan dunyo molin...

Zarga cho‘mgan bechoralar...
O‘rmalagan tayyoralar...
Ishqni loyga qorib o‘tgan
Ma’shuqlar-u, makkoralar...

Gullayman deb turgan toshlar...
Shabnam bo‘lib tomgan yoshlar...
Shart kesilgan mag‘rur boshlar...
Tuproqqa teng bo‘lgan doshlar...

Bari o‘tar...
Bari o‘tar...
Bari o‘tar...

S.Z.

@suhrob_ziyo1
Savol
(turkumdan)


Qorlar erib, jilg‘a bo‘lib,
daryosiga borarkan,
Yantoqlarning ildizi ham
sahrosiga borarkan,
Sarson kezgan Majnun oxir
Laylosiga borarkan,
Ketsam, qayga borarmano,
ketsam, qayga borarman?

Qushning ini ilon to‘la
komda bo‘lsa ham borar,
Rizq bo‘lgan suv hovuchda yo
jomda bo‘lsa ham borar,
Nasibang sen Falastin yo
Shomda bo‘lsang ham borar,
Ketsam, qayga borarmano,
ketsam, qayga borarman?

Adir osha ketgan suruv
qishlog‘idan ayrilmas,
Jilg‘a - daryo, daryo - ummon
qirg‘og‘idan ayrilmas,
Cholg‘usidan taralgan kuy
mashshog‘idan ayrilmas,
Ketsam, qayga borarmano,
ketsam, qayga borarman?

Bu ming yo‘llik dunyosida
qarorimni bilmayman,
Bu ming yillik savdosida
barorimni bilmayman,
Hali ketmay turib qayga
bororimni bilmayman
Ketsam, qayga borarmano,
ketsam, qayga borarman?

S.Z.

@suhrob_ziyo1
Yo‘l
(turkumdan)


Bir zumda adashdi qiblanomalar,
Gorizont to‘rlari teshdi tovonim.
Sovrilib ulgurdi barcha nomalar,
Menga yo‘l ko‘rsating, balogardonim.

Sahrodan suv chiqdi, zam-zam bo‘lmadi,
Dardga tabib keldi, malham bo‘lmadi,
Ahdlar erib bitdi, mahkam bo‘lmadi,
Menga yo‘l ko‘rsating, balogardonim.

O‘zidan yengilgan, o‘ziga qurbon,
O‘z muhriga kuchi yetmagan farmon,
Menman o‘z suyagin xo‘rlagan sulton,
Menga yo‘l ko‘rsating, balogardonim.

Qushdan qanot qarzman, ezdi qo‘lsizlik,
Uchmadim, sudraldim, bezdi qo‘lsizlik,
Yo‘lsizlik yo‘l bo‘ldi, yo‘llar – yo‘lsizlik,
Menga yo‘l ko‘rsating, balogardonim.

Qayda qonlar oqar, hiylo qayerda,
Dunyo nurab bitdi, dunyo qayerda?
Misman, oltin bo‘lay, kimyo qayerda:
Menga yo‘l ko‘rsating, balogardonim.

Poklikka da’vo-yu, kirlikka ixlos,
Bir-bir topganlarim to‘kildi qiyg‘os,
Hech kimdan hech narsa olmadim meros,
Menga yo‘l ko‘rsating, balogardonim.

Qarang, odamlikdan bormi nishonam,
Shuncha yo‘l ichinda hanuz beshonman,
Yag‘ir bo‘lib ketsin tizzam, peshonam –
Menga yo‘l ko‘rsating, balogardonim!

S.Z.

@suhrob_ziyo1
Yo Layli, Layli
(turkumdan)


Dunyoga kelmay
devona hayli
oshkor bo‘larmish
qismatni zayli,
shundan ko‘ngilda
yangraydi bot-bot
tinmaydi bir dam
bu oh-u vayli.
Bir kuy, munojot,
bir she’r-u imdod:
yo Layli, Layli...
yo Layli, Layli.

O‘tdi ko‘zimdan
tam-tam chamanlar...
tam-tam chamanda
laylibadanlar...
laylibadanlar
qilsa suxanlar...
qilgach suxanlar
so‘z yo‘q u damlar:
yo Layli, Layli...
yo Layli, Layli.

Holimga voydir –
suyganda bildim,
poyiga boshim
qo‘yganda bildim,
bu kuy jafosin
kuyganda bildim,
kuydingmi, ko‘ngil,
kel, kuyla, mayli,
yo Layli, Layli...
yo Layli, Layli.

Oshiq maqomga
oshiqqanim rost,
avji lisonga
o, chiqqanim rost,
ammo chin ishqqa
ochiqqanim rost,
qayda ko‘ngilning
navro‘zi, sayli,
yo Layli, Layli,
yo Layli, Layli?

Ey ko‘z-u qoshi
oshno habibam,
ey har qaroshi
ifsho habibam,
ey umri menga
insho habibam,
ruh so‘zlar oni
til indamaydi,
yo Layli, Layli,
yo Layli, Layli?

Ishq ichra kezgay
shundoq rivoyat:
Majnunni hajga
eltib nihoyat,
aylarmikin deb
Alloh hidoyat
bosh eg, deyishdi,
tavbang bag‘oyat,
u sajda qildi
o‘tlig‘ chekib un,
shukr aylagan chog‘
o‘z qavm-u hayli
bir ishq tufayli
dod etdi Majnun:
“yo Layli, Layli,
yo Layli, Layli?”

Majnun ko‘zidan
yosh to‘kdi kam-kam,
Ka’ba visoli
bo‘lmabdi malham,
tingin deyishdi
qaynardi zam-zam,
ko‘z ham, vujud ham,
til ham, ko‘ngil ham:
“yo Layli, Layli,
yo Layli, Layli?”

Bu ko‘rgulik ne,
dod, ahli Makka,
bu odam otli
et-u suyakka
kim ham qo‘yibdir
Haqdin demakka,
unga sherik yo‘q,
yakto-yu yakka,
Qays nola aylar
titrab falakka:
“yo Layli, Layli,
yo Layli, Layli?”

Dunyo azaldan
bu deb o‘tarlar,
dehqoni yerga
“suv” deb o‘tarlar,
cho‘poni otga
“chu” deb o‘tarlar,
so‘fiysi bo‘zlab
“hu” deb o‘tarlar,
Majnunning zikri
shu deb o‘tarlar:
“yo Layli, Layli,
yo Layli, Layli?”

O, layli dard bu,
bormi qiyosi,
yo‘lida o‘lsang,
bo‘lmas riyosi,
Suhrob ketar-ku,
qolgay ziyosi,
kelmog‘idan shu
bir muddaosi,
ko‘ngildagi bor
so‘z-u nidosi:
yo Layli, Layli,
yo Layli, Layli...

S.Z.
2025

@suhrob_ziyo1
Bu "jurnal"ning chiqishini ko‘p kutdik, negaligini uni varaqlaganda bilasiz... 😉

@suhrob_ziyo1